O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona shaharlarining tuman ma’muriy-hududiy tuzilmalarini tugatish va Navoiy viloyatining Navoiy tumani chegaralarini kengaytirish va nomini o‘zgartirish to‘g‘risida” 2003-yil 12-dekabrdagi 569-II-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tasdiqlangan chegaralar hisobga olingan holda Buxoro shahridagi Fayzulla Xo‘jayev va To‘qimachi tumanlarini, Navoiy shahridagi Karmana tumanini, Namangan shahridagi Davlatobod tumanini, Samarqand shahridagi Siyob, Bog‘ishamol va Temir yo‘l tumanlarini hamda Farg‘ona shahridagi Qirguli tumanini tugatish hamda Navoiy viloyatining Navoiy tumani nomini Karmana tumani deb qayta nomlash bilan bog‘liq tashkiliy-texnik tadbirlarni hal etish bo‘yicha respublika komissiyasi ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Shahar tumanlari hokimliklari tugatilishi natijasida boshqaruv xodimlari soni 111 nafarga qisqarishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro, Namangan, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida tugatilayotgan tumanlarning ichki ishlar organlari xodimlarining mavjud sonini saqlab qolsin, ularni militsiyaning tayanch bo‘limlariga aylantirsin, zaruriyat bo‘lganda esa tugatilayotgan tumanlar tuzilmalarining shtat birliklari negizida shahar tuzilmalarini tashkil etsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ko‘rsatib o‘tilgan shaharlarning tugatilayotgan tumanlaridagi ishlab turgan fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari (FHDY organlari) va notarial idoralarni saqlab qolsin, ular tegishli viloyat adliya boshqarmalariga bo‘ysundirilsin va ularga tartib raqamlari berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi Navoiy shahrining tugatilayotgan Karmana tumani ichki ishlar organlari va FHDY organlari xodimlarining mavjud sonini Navoiy viloyatining Karmana tumaniga bersin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Moliya vazirligi bilan birgalikda tugatilayotgan tuman tuzilmalarining prokuraturasi hamda Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘limlari xodimlarining shtatdagi xodimlari doirasida Buxoro shahrida tegishli shahar bo‘limini, Samarqand, Namangan va Farg‘ona shaharlarida, Navoiy viloyatining Karmana tumanida esa tuman bo‘limlarining qisqartirilayotgan shtatlari hisobiga ularni mustahkamlashni hisobga olgan holda shtat jadvallarini qayta tasdiqlash tavsiya qilinsin.
Tugatilayotgan tuzilmalarning mol-mulki va binosi prokuraturaning tegishli organlari balansida qoldirilsin.
bir oy muddatda Buxoro shahridagi Fayzulla Xo‘jayev va To‘qimachi tumanlari, Navoiy shahridagi Karmana tumani, Namangan shahridagi Davlatobod tumani, Samarqand shahridagi Siyob, Bog‘ishamol va Temir yo‘l tumanlari hamda Farg‘ona shahridagi Qirguli tumani tugatilishi, shuningdek tasdiqlangan chegaralar hisobga olingan holda Navoiy viloyatining Navoiy tumani Karmana tumani deb qayta nomlanishi bilan bog‘liq barcha zarur tashkiliy-texnik tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlasin, ularning funksiyalari yuqori turuvchi shahar hokimliklariga, tegishli funksional va tarmoq boshqaruv organlariga berilsin;
ikki hafta muddatda Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, Namangan va Navoiy viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasining “Boshqaruv xodimlari sonini tartibga solish va sarflanadigan xarajatlarni maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 22-avgustdagi 363-son qarori talablariga qat’iy muvofiq ravishda Buxoro, Samarqand, Navoiy, Namangan, Farg‘ona shaharlari va Navoiy viloyatining Karmana tumani davlat boshqaruv organlari xodimlarining cheklangan umumiy sonini, tuzilmasi va mehnatga haq to‘lash fondlarini aniqlashga doir tashkiliy masalalarni belgilangan tartibda hal etsin;
ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Buxoro, Samarqand, Navoiy, Namangan, Farg‘ona shaharlari va Navoiy viloyatining Karmana tumanining 2004-yil uchun budjet va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognoz parametrlarini belgilasin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan shahar tumanlarining davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tugatilishi natijasida bo‘shab qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘rsin, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini o‘zgartirish chora-tadbirlarini amalga oshirsin.
7. Navoiy viloyatining Karmana tumani hokimligi apparati, shuningdek mustaqil bo‘limlar rahbar xodimlari va mutaxassislari mehnatga haq to‘lash bo‘yicha I guruhga o‘tkazilsin.
8. Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari shahar xo‘jaligining tashkiliy davrda uzluksiz va bir maromda ishlashini, ijtimoiy masalalar o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Buxoro, Navoiy, Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda shahar tumanlari tugatilishini va Navoiy viloyatidagi Karmana tumanining ma’muriy hududi kengaytirilishini hisobga olgan holda statistika ko‘rsatkichlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tashkil etish va Navoiy tumanining yangi markazini qurish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 22-iyundagi 308-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.