22.12.2003 yildagi 558-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“RADIOCHASTOTA SPEKTRINING TEXNIK NAZORAT TIZIMIDAN FOYDALANISH UCHUN ASBOB-USKUNALAR YETKAZIB BERISH, MONTAJ QILISH, SOZLASH VA ISHGA TUSHIRISH (IKKINCHI BOSQICH)” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining radiochastota resursini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish, undan foydalanish ustidan monitoringni taʼminlash, respublikaning butun hududida radionurlar manbalari bilan ijozat berilmagan ishlar olib borilishini oʻz vaqtida aniqlash va ularga barham berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining “Kurt Mitterfelner GmbX” firmasi (Germaniya) bilan birgalikda “Radiochastota spektrining texnik nazorat tizimidan foydalanish uchun asbob-uskunalar yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish (ikkinchi bosqich)” loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning umumiy qiymati 6060,4 ming yevroni, shu jumladan erkin muomaladagi valyutadagi xarajatlari — 6008,6 ming yevroni va milliy valyutada — 51,8 ming yevroga teng summani tashkil etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Elektromagnit moslik markazi tomonidan “Kurt Mitterfelner GmbX” firmasi (GFR) bilan qurilishning ikkinchi bosqichi boʻyicha radiochastota spektri texnik-nazorat tizimiga asbob-uskunalar yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va foydalanishga topshirish uchun 5 730 ming yevro miqdorida kontrakt tuzilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Elektromagnit moslik markazi jalb etilayotgan kreditlar boʻyicha qarz oluvchi ekanligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Radiochastota spektrning texnik nazorat tizimidan foydalanish uchun asbob-uskunalar yetkazib berish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirish (ikkinchi bosqich)” loyihasining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, koʻrsatib oʻtilgan kontraktni moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 859,5 ming yevro miqdoridagi 15 foizi KfV Bankining (Germaniya) Elektromagnit moslik markaziga 4 yil muddatda qaytarish sharti bilan berilayotgan krediti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 4870,5 ming yevro miqdoridagi 85 foizi KfV Bankining (Germaniya) Elektromagnit moslik markaziga “Germes” eksport-kredit agentligining (Germaniya) 5 yil muddatda qaytarish sharti bilan berilayotgan sugʻurta qoplamasi ostidagi krediti hisobiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, asosiy qarzni, foizlarni, vositachilik haqini va jalb etilayotgan koʻrsatib oʻtilgan kreditlarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni qaytarish Elektromagnit moslik markazining oʻz mablagʻlari hisobiga 2 va 3-ilovalarga* muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2, 3-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Elektromagnit moslik markazi koʻrsatib oʻtilgan loyihani moliyalashtirish boʻyicha xorijiy bank — KfV Banki (Germaniya) bilan belgilangan tartibda kredit bitimlari tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Markaz bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafolat bitimi tuzib, Elektromagnit moslik markazining toʻlov majburiyatlari boʻyicha xorijiy bankka kafolat berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xorijiy bankni qoniqtiradigan shakl boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining kafolatlari yuzasidan yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Elektromagnit moslik markazining “Kurt Mitterfelner GmbX” firmasi bilan tuzgan kontraktini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Kurt Mitterfelner GmbX” xorijiy kompaniyasi, xorijiy bank va “Germes” eksport-kredit agentligi ushbu loyiha doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi manbadan norezidentlardan undiriladigan daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
558-son