Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.07.2017 18.11.2003 yildagi 516-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.07.2017
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ANDIJON VILOYaTINING XONOBOD ShAHRIDA “XONOBOD” SANATORIYSINI QURISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyuldagi 557-sonli “2017 — 2019-yillarda Andijon viloyatining Xonobod shahrini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona vodiysi aholisining faol xordiq chiqarishga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, kasalliklarning oldini olish va sogʻlomlashtirish, shuningdek Andijon viloyatining Xonobod shahridagi qurilishi tugallanmagan obyektdan oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasining Andijon viloyatining Xonobod shahridagi qurilishi tugallanmagan “Davolash-sogʻlomlashtirish kompleksi boʻlgan 200 oʻrinli dam olish uyi” obyekti bazasida “Xonobod” sanatoriysi qurish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xonobod” sanatoriysi obyektlari qurilishida homiylar va respublika budjeti mablagʻlari hisobiga amalda 2166 mln soʻm, shu jumladan 2003-yilda 58 mln soʻm oʻzlashtirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Andijon viloyati hokimligi “Xonobod” sanatoriysi qurilishining buyurtmachisi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, “Xonobod” sanatoriysi qurilishini tugallash ilovaga muvofiq mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisobiga, 2005-yilda foydalanishga topshirish muddati bilan bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Xonobod” sanatoriysining asosiy davolash ixtisosini kardiologiya, pulmonologiya, nyevrologiya va tayanch-harakatlanish apparati kasalliklarini davolashga ixtisoslashtirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Xonobod” sanatoriysidan foydalanishni taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari hokimliklari Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda belgilangan tartibda “Xonobod” sanatoriysi” ochiq aksiyadorlik jamiyatini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xonobod” sanatoriysi” ochiq aksiyadorlik jamiyati muassislari qurilish tugallangandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda taʼsis majlisini oʻtkazsinlar, ustav jamgʻarmasi miqdorini va uning muassislar ulushlari boʻyicha taqsimlash tartibini belgilasinlar, jamiyat Ustavini tasdiqlasinlar, uni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan obyekt qurilishi tugallangach Andijon viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ishtirokida uni tashkil etilayotgan “Xonobod” sanatoriysi” ochiq aksiyadorlik jamiyati balansiga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilmiy-metodik va konsultatsiya ishlari masalalarini muvofiqlashtirish, shuningdek “Xonobod” sanatoriysi tomonidan aholiga koʻrsatiladigan tibbiy va sanatoriy-kurort yordami sifati uchun javobgarlik Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiy-sanitariya birlashmasining “Oʻzbekiston” kurort-sogʻlomlashtirish ochiq aksiyadorlik jamiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi “Xonobod” sanatoriysi” ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining davlat paketini “Oʻzbekiston” kurort-sogʻlomlashtirish ochiq aksiyadorlik jamiyatiga ishonchli boshqaruvga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Andijon viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston” kurort-sogʻlomlashtirish ochiq aksiyadorlik jamiyati va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda bir oy muddatda zarur tibbiy asbob-anjomlarni aniqlasin va dam olish uyini zamonaviy talablarni hisobga olgan holda sanatoriy etib qayta ixtisoslashtirishning texnik-iqtisodiy hisoblarini ishlab chiqish yuzasidan topshiriq tayyorlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda joriy yil oxirigacha, loyihani ishlab chiquvchini tanlov asosida tanlagan holda, texnik-iqtisodiy hisoblarni, loyiha hujjatlarini ishlab chiqishni va belgilangan tartibda tasdiqlashni taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov savdolari natijalariga koʻra bosh pudratchi qurilish tashkilotini belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh pudratchi bilan birgalikda ishchi hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj va maxsus ishlarning ayrim turlarini bajarish uchun subpudratchi tashkilotlarni, asbob-uskunalar, qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlarni yetkazib beruvchilarni tanlab olish boʻyicha tanlov savdolarining sifatli oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Andijon viloyati hokimligi “Xonobod” sanatoriysi” obyekti qurilishini Oʻzbekiston Respublikasining 2004-2005-yillardagi investitsiya dasturiga kiritishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 12-maydagi F-209-son farmoyishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov va Andijon viloyati hokimi Q.Gʻ. Obidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2003-yil 18-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
516-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2003-yil 18-noyabrdagi
516-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xonobod” sanatoriysi” obyekti qurilishini tugallash bosqichlari va mablagʻ bilan taʼminlash manbalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mablagʻ bilan taʼminlash manbalari ‎‏‎

Jami ‎‏
‎

shu jumladan:

I bosqich (amalda oʻzlashtirilgan) ‎

II bosqich (2004-yil)‎

III bosqich (2005-yil) ‎

Umumiy smeta qiymati ‎ 8866‎ 2166*‎ 3655,3‎ 3044,7‎
Davlat budjeti mablagʻlari ‎ 2200‎ 900‎ 800‎ 500‎
Andijon viloyati hokimligi ‎ 3666‎ 1266‎ 1355,3‎ 1044,7‎
Namangan viloyati hokimligi‎ 500‎ ‎ 250‎ 250‎
Fargʻona viloyati hokimligi‎ 500‎ ‎ 250‎ 250‎
Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ‎ 2000‎ ‎ 1000‎ 1000‎

(mln soʻm – shartnomaviy narxlarda)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. * Qurilishning I bosqichi etap stroitelstva – obyekt qurilishi boshlangandan beri 2003-yil 1-oktabrgacha shartnomaviy-joriy narxlarda 2166 mln soʻm oʻzlashtirilgan, shu jumladan 280,3 mln soʻm – Andijon viloyati mahalliy budjeti mablagʻlari hisobiga, 985,7 mln soʻm – homiy tashkilotlar mablagʻlari hisobiga, 900 mln soʻm – davlat budjeti mablagʻlari hisobiga oʻzlashtirilgan.