Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi toʻgʻrisidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida” va “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Quyidagilar:
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi ikki hafta muddatda Komissiya toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Belgilansinki, topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish huquqiga mazkur qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalar ularning amal qilish muddati tamom boʻlgunga qadar haqiqiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-apreldagi 126-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2009-y., 18-son, 224-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari K.N. Toʻlaganov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
2003-yil 14-noyabr,
510-son
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomga 1-ilovada koʻrsatilgan geodeziya va kartografiya ishlari turlari litsenziyalanishi kerak.
3. Litsenziyalarni berish va bekor qilish, ularning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorlar Vazirlar Mahkamasining geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya faoliyati Komissiya tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi deb yuritiladi) Komissiyaning hujjatlarni qabul qilishni, litsenziyalar berishni, litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishni, litsenziya bitimi tuzishni va uning bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiruvchi ishchi organi hisoblanadi.
(3-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Yuridik shaxslar litsenziya talabgori boʻlishlari mumkin.
5. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga namunaviy (oddiy) litsenziyalar beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziya 5 yil muddatga beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
7. Litsenziya talabgorining arizasiga koʻra litsenziya umuman faoliyat turiga yoxud uning bir qismiga (ayrim ish turlariga) berilishi mumkin.
II. Litsenziya talablari va shartlari
8. Quyidagilar geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talablari va shartlari hisoblanadi:
litsenziat tomonidan geodeziya va kartografiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish boʻyicha normativ-texnik hujjatlarga rioya etilishi;
litsenziat shtatida litsenziyada koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha maʼlumoti toʻgʻrisidagi hujjatga va kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan kamida bir xodim boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan talablarga muvofiq boʻlgan moddiy-texnik bazaning, geodeziya va kartografiya asbob-uskunalarining, boshqa texnik vositalarning mavjud boʻlishi;
geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishni tartibga soluvchi zarur normativ-texnik hujjatlarning mavjud boʻlishi;
litsenziat tomonidan davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlardan foydalanish bilan bogʻliq ishlar bajarilgan taqdirda rejim organining mavjud boʻlishi.
9. Litsenziya bitimida mazkur Nizomning 8-bandida sanab oʻtilgan litsenziya talablari va shartlaridan aniq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Geodeziya yoki kartografiya faoliyatining tegishli turini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik bazaga, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarga talablar “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi va Komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
(10-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Litsenziya olish uchun zarur hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
11. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(1-ilova 11-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza, unda quyidagilar koʻrsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bankdagi hisob raqami; faoliyatning litsenziyalanayotgan turi (yoxud uning qismi)
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 22-maydagi 92-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda)
yuridik shaxsning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning notarial tasdiqlangan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyalovchi organ tomonidan litsenziya berish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;
litsenziyalanadigan ish turlarini bajaradigan mutaxassislar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (soni, maʼlumoti, mutaxassislik boʻyicha ish staji);
texnika bilan jihozlanganlik va litsenziyalanadigan ishlarni amalga oshirishga doir normativ-texnik hujjatlar mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
geodeziya, kartografiya priborlari va asbob-uskunalarining metrologiya jihatidan taʼminlanganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarning nusxalari;
litsenziyalanadigan ishlarni nazorat qilish va ularni qabul qilib olishning tashkil etilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Litsenziya talabgoridan ushbu Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishning talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga bevosita yoxud ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali yetkaziladi.
( 13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining masʼul shaxsi tomonidan roʻyxat boʻyicha qabul qilib olinadi, roʻyxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda litsenziya talabgoriga yuboriladi (topshiriladi).
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
15. Litsenziya berish haqidagi ariza koʻrib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida yigʻim undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Litsenziya berish toʻgʻrisidagi hujjatlar koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim summasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
17. Litsenziya talabgori berilgan arizadan voz kechgan taqdirda toʻlangan yigʻim summasi qaytarilmaydi.
IV. Litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi
18. Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish muddati ariza va litsenziya olishga barcha zarur hujjatlar tushgan kundan boshlab oʻttiz kunni tashkil etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi ariza olingan kundan boshlab oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda hujjatlarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi tegishli qaror protokoli loyihasini tasdiqlash uchun Komissiyaga taqdim etadi.
Komissiya “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining taklifi olingandan keyin oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi protokolni tasdiqlaydi. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror protokoli Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi. Zarur hollarda Komissiya qarori soʻrov yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Zarur hollarda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi joylarga borib litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi imkoniyatini oʻrganish huquqiga egadir.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qiladi.
(20-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat boji toʻlash muddati koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi). Litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan bir vaqtda litsenziya talabgoriga imzolash uchun litsenziya bitimi yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Litsenziyalovchi organ va litsenziatning oʻzaro huquq va majburiyatlarini belgilab beruvchi litsenziya bitimi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan litsenziat oʻrtasida tuziladi va unda quyidagilar boʻlishi kerak:
bitimni imzolagan shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi;
tomonlarning rekvizitlari;
amalga oshirilishi uchun litsenziya berilayotgan faoliyat turining nomi;
litsenziatga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari;
litsenziyaning amal qilish muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziya bitimi talablari va shartlari buzilganligi uchun tomonlarning javobgarligi;
litsenziat tomonidan litsenziya bitimi talablari va shartlari bajarilishini litsenziyalovchi organning nazorat qilishi tartibi;
geodeziya va kartografiya faoliyatining oʻziga xos xususiyatlariga tegishli boʻlgan boshqa shartlar.
Litsenziya bitimi ikki nusxada — litsenziat va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi uchun bir nusxadan tuziladi.
(21-bandining birinchi va oʻninchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Litsenziya blankalari qatʼiy hisobda turadigan hujjat hisoblanadi, hisobga olish seriyasi, tartib raqami va himoyalanish darajasiga ega boʻladi. Litsenziyalar blankalari namunalari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan ishlab chiqiladi, Komissiya tomonidan tasdiqlanadi hamda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining buyurtmanomasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosmaxona usulida tayyorlanadi. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi rahbari litsenziya blankalarining hisobga olinishi, saqlanishi va maqsadli foydalanilishi uchun belgilangan tartibda javob beradi.
Litsenziyalar “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan rasmiylashtiriladi va Komissiya raisi (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
(22-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
23. Litsenziya litsenziya talabgori tomonidan davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilgandan va litsenziya bitimi imzolangandan keyin uch kun muddatda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Agar litsenziat litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan boshlab uch oy mobaynida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga litsenziya berilganligi uchun davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etmagan yoxud litsenziya bitimini imzolamagan taqdirda Komissiya litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir.
(24-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
25. Litsenziya berish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgori litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining mansabdor shaxsi xatti-harakati (harakatsizligi) yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
(25-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
26. Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida, rad etishning aniq sabablari va litsenziya talabgori koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib hujjatlarni qayta koʻrib chiqish uchun taqdim etishi uchun yetarli boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi (topshiriladi).
Keyingi tahrirga qarang.
27. Litsenziya talabgori tomonidan litsenziya berish rad etilishi uchun asos boʻlgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlar barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda litsenziya talabgorining arizasi olingan kundan boshlab oʻn kundan ortiq boʻlmagan muddatda qayta koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi hujjatlar qayta taqdim etilgandan keyin uch kun mobaynida ekspert xulosasi tayyorlaydi va litsenziya talabgoriga litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish toʻgʻrisidagi taklifni tegishli qaror protokoli bilan tasdiqlash uchun Komissiyaga kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Komissiya ““Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining taklifi olingandan keyin yetti kun muddatda uni koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror protokolini tasdiqlaydi.
(27-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya talabgorlarining arizalari qayta koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziya berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilgan muddat oʻtgandan keyin berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi.
V. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilish muddatini uzaytirish, dublikat berish
Oldingi tahrirga qarang.
28. Litsenziat — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) oʻzgarganda litsenziat yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin bir hafta muddatda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishga majbur.
(28-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Litsenziat litsenziya qayta rasmiylashtirilgunga qadar unda koʻrsatilgan faoliyatni ilgari berilgan litsenziya asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
30. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziyalar reyestriga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi. Litsenziyani qayta rasmiylashtirish “Oʻzgeodezkadastr” bosh boshqarmasi tomonidan litsenziyani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida tegishli hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab besh kun mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Litsenziyani qayta rasmiylashtirishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(30-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
31. Litsenziyaning amal qilish muddati litsenziatning arizasiga koʻra uzaytiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga litsenziyaning amal qilish muddati oʻtgunga qadar ikki oydan kechikmay berilishi kerak.
(31-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish yoki uzaytirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror litsenziya berish uchun nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Yoʻqolgan yoki amal qilish muddati oʻtmagan yaroqsiz holga kelgan litsenziya oʻrniga litsenziatning arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Dublikatlar berishda litsenziya talabgorining litsenziya berish toʻgʻrisidagi arizasi koʻrib chiqilganligi uchun toʻlanadigan summaning yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Yigʻim summasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
33. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilishda:
(33-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va litsenziya bitimlari shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejali tekshiradi;
litsenziat tomonidan litsenziya talablari va shartlari buzilganligidan dalolat beruvchi holatlar mavjud boʻlgan taqdirda litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rejadan tashqari tekshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziatdan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida paydo boʻluvchi masalalar yuzasidan zarur axborotni soʻraydi va oladi;
tekshirish natijalari asosida litsenziya talablari va shartlari buzilishining aniq hollarini koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzadi;
litsenziya talablari va shartlarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqaradi, bunday buzilishlarni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisida Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taklif kiritadi.
Davlat nazorat va tekshirish organlari, shuningdek davlat hokimiyatining boshqa organlari litsenziya talablari va shartlarining buzilishlari aniqlangan taqdirda, oʻz vakolatlari doirasida, aniqlangan buzilishlar va koʻrilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida litsenziyalovchi organga maʼlum qilishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
34. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini tekshirish chogʻida “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tekshiruvchi xodimlari tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, uning bir nusxasi litsenziatga beriladi, ikkinchi nusxasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasida qoladi.
(34-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
VII. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish va uni bekor qilish
Oldingi tahrirga qarang.
35. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
“Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi
(35-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
36. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi
37. Litsenziyani bekor qilish “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasida nazarda tutilgan hollarda va tartibda Komissiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Komissiyaning litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori yuzasidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorning asossiz ekanligi sud tomonidan eʼtirof etilgan taqdirda Komissiya litsenziat oldida litsenziat koʻrgan zarar miqdorida javob beradi
VIII. Litsenziyalar reyestri
Oldingi tahrirga qarang.
38. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi belgilangan tartibda litsenziyalar reyestrini yuritadi.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
39. Litsenziyalar reyestrida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
yuridik shaxsning toʻliq va qisqartirilgan nomi, uning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (roʻyxatdan oʻtkazish sanasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma berilgan sana va uning tartib raqami), pochta manzili, telefon va faks raqamlari, elektron pochta manzilini oʻz ichiga oluvchi litsenziatlar toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar;
litsenziat tomonidan bajariladigan ishlar koʻrsatilgan holda faoliyatning litsenziyalanadigan turi;
litsenziyaning berilgan sanasi va tartib raqami;
litsenziyaning amal qilish muddati;
Keyingi tahrirga qarang.
litsenziyani qayta rasmiylashtirish, uning amal qilishini toʻxtatib turish va tiklash asoslari va sanasi;
litsenziyaning amal qilishini toʻxtatish asoslari va sanasi;
litsenziyani bekor qilish asoslari va sanasi.
40. Litsenziyalar reyestridagi mavjud maʼlumotlar manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarning ular bilan tanishishi uchun ochiq hisoblanadi va yozma soʻrovga koʻra hamda soʻrov haqi toʻlangani toʻgʻrisidagi hujjat koʻrsatilganda muayyan litsenziatlar toʻgʻrisida reyestrdan koʻchirma tarzida uch kun muddatda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Litsenziyalar reyestridan bir litsenziat toʻgʻrisida maʼlumot berilganligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining yarmi miqdorida toʻlov undiriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar tekin beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Reyestrdan maʼlumot berilganligi uchun yigʻim summasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hisob raqamiga oʻtkaziladi.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
IX. Litsenziya berganlik uchun davlat boji
43. Litsenziya berganlik uchun eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida davlat boji undiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Davlat boji summasi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Geodeziya va kartografiya ishlarining litsenziyalanadigan turlari
roʻyxati
1. Davlat ahamiyatiga ega boʻlgan ishlar:
a) geodeziya ishlari:
gravimetrik aniqlashlar;
davlat geodezik reja va balandlik shoxobchalarini yaratish, rivojlantirish va ish holatida saqlash;
erni masofadan tekshirish;
geodinamik tadqiqotlar chogʻida geodezik aniqlashlar;
1:10000, 1:25000 masshtablarda topografik va maxsus suratga olishlar.
b) kartografiya ishlari:
Keyingi tahrirga qarang.
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda 1:10000, 1:25000, 1:50000, 1:100000, 1:200000, 1:500000, 1:1000000 masshtabi topografiya rejalari va xaritalarini tuzish va nashr etish;
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda umumgeografik, siyosiy-maʼmuriy, ilmiy-maʼlumotnoma xaritalari hamda tarmoqlararo ahamiyatga ega boʻlgan boshqa mavzuli xaritalar va atlaslar, oʻquv kartografiya qoʻllanmalari tuzish va nashr etish;
davlat ahamiyatiga ega boʻlgan geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish.
2. Maxsus ahamiyatga ega boʻlgan ishlar:
a) geodeziya ishlari:
maxsus ahamiyatga ega boʻlgan geodezik reja va balandlik shoxobchalarini yaratish;
1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000 masshtabi topografik va maxsus suratga olishlar;
har xil inshootlarni qurish va ulardan foydalanishda muhandislik-geodeziya ishlari;
erlarni chegaralashda, davlat kadastrlarini yuritishda, geologiya, marksheyder ishlari va boshqa ishlarda geodeziya va topografiya ishlari;
muhandislik izlanishlari va boshqa izlanishlarda geodeziya va topografiya ishlari.
b) kartografiya ishlari:
Keyingi tahrirga qarang.
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda 1:200, 1:500, 1:1000, 1:2000, 1:5000 masshtabi topografik va maxsus rejalar hamda xaritalar tuzish va nashr etish;
grafik, raqamli, fotografik va boshqa shakllarda maxsus ahamiyatga ega boʻlgan mavzuli xaritalar va atlaslar tuzish va nashr etish;
maxsus ahamiyatga ega boʻlgan geografik axborot tizimlarini yaratish va yuritish.
Geodeziya va kartografiya faoliyatini litsenziyalash faoliyatini litsenziyalash
sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 21-son, 218-modda; 2004-y., 42-son, 446-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2009-y., 18-son, 224-modda; 2012-y., 6-son, 57-modda, 44-son, 507-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/398/1288-son, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son, 30.10.2018-y., 09/18/884/2128-son, 25.09.2018-y., 09/18/756/2025-son, 22.11.2019-y., 09/19/927/4051-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 16.06.2020-y., 09/20/384/0770-son)