Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Investitsiya loyihalarini tasdiqlash va amalga oshirish monitoringi mexanizmlarini takomillashtirish, muruvvat yordami yuklarini va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini hisobga olish va nazorat qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabrdagi 786-sonli “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin, shuningdek baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-noyabr,
251-son
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga
1-ILOVA
2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga
1-ILOVA
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi — oltinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 11-maydagi 96-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 196-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 11-maydagi 96-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 196-modda)
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalanilgan:
dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi oʻrinlarda DTIA {DTIH} deb ataladi) — loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali texnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimini tanlashni, umuman loyihaning cheklangan qiymatini, shu jumladan uni amalga oshirishning variantlarini va mumkin boʻlgan sxemalarini koʻrib chiqish asosida texnologik asbob-uskunalar qiymatini asoslovchi hujjat;
yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi oʻrinlarda TIA {TIH} deb ataladi) — investitsiya loyihasini amalga oshirishning tanlov savdolari asosida aniqlangan yakuniy, eng samarali texnik, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy yechimlarini belgilovchi hujjat;
ishchi loyiha — cheklangan qiymat va ish hujjatlariga ega boʻlgan asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar bilan tasdiqlanadigan qismdan iborat hujjat;
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar (keyingi oʻrinlarda XMII deb ataladi) — xalqaro iqtisodiy munosabatlarni, shu jumladan valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadida davlatlararo bitimlar asosida tashkil etilgan institutlar;
Rivojlanishga Rasmiy Koʻmaklashish (RRK) liniyasi boʻyicha imtiyozli kreditlar beradigan xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda XHMT deb ataladi).
3. Loyiha hujjatlarida quyidagi asosiy masalalar nazarda tutiladi:
xomashyo va tayyor mahsulotlarni tashish oqimlari sxemalari;
ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash, iqtisodiyotning oʻzaro bogʻliq tarmoqlari bilan aloqalar, ishlab chiqarishni hisoblash va tashkil etish;
ishlab chiqarishni kadrlar bilan taʼminlash;
qurilish uchun ajratilgan yer uchastkasidan oqilona foydalanish, binolar va inshootlarning hajmiy-rejali, arxitektura va konstruktiv yechimlari, atrof muhitni muhofaza qilish, buzilgan yerlarni tiklash (ekinlar oʻsadigan qilish) hamda yer ostini muhofaza qilish, quvvatlarni oʻzlashtirish.
Loyiha hujjatlari qurilishning boshlangʻich (cheklangan) qiymatini aniqlash, tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, tanlov savdolarini oʻtkazish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi oʻrinlarda DTIA {DTIH} deb ataladi);
yakuniy texnik-iqtisodiy asoslash yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi oʻrinlarda TIA {TIH} deb ataladi);
ishchi loyiha (keyingi oʻrinlarda IL deb ataladi);
ishchi hujjatlar.
4. Loyiha hujjatlari loyiha tashabbuskori yoki uning buyurtmasi boʻyicha — loyihalovchi tashkilot (tanlov savdolari gʻolibi) tomonidan tuziladigan loyihalash yuzasidan topshiriqlar asosida ishlab chiqiladi.
II. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish yuzasidan topshiriqlarni tuzish va tasdiqlash tartibi
5. Loyihalash yuzasidan topshiriqlar tarkibi (keyingi oʻrinlarda Topshiriq deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
6. Topshiriq quyidagilar tomonidan tasdiqlanadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi rahbari tomonidan, quyidagilar uchun DTIA (DTIH)ni ishlab chiqishda:
ushbu Nizomning 8-bandi “a” va “b” kichik bandlariga muvofiq budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun — loyiha tashabbuskori taqdimnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan (qoʻshimcha moliyalashtiriladigan) investitsiya loyihalari uchun — loyiha tashabbuskori taqdimnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda;
(6-bandning “a” kichik bandi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan va (yoki) uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlar hisobiga, shu jumladan ushbu Nizomning 8-bandi “a” kichik bandiga muvofiq xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun — loyiha tashabbuskori taqdimnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda;
ushbu Nizomning 8-bandi “a” va “b” kichik bandlariga muvofiq markazlashtirilmagan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan, qurilishning hisoblangan qiymati tasdiqlash kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi boʻyicha ekvivalentda — ishlab chiqarish maqsadidagi 25 mln. AQSh dollaridan ortiq boʻlgan va noishlab chiqarish maqsadidagi 15 mln. AQSh dollari boʻlgan investitsiya loyihalari uchun — loyiha tashabbuskori taqdimnomasi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda;
b) vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, loyihaning tashabbuskori boʻlgan tashkilotlar tomonidan:
ushbu Nizomning 8-bandi “v” kichik bandiga muvofiq budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun, qurilishning hisoblangan qiymati tasdiqlash kunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha ekvivalentda 5 mln. AQSh dollaridan ortiq boʻlgan ILni ishlab chiqishda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda;
ushbu Nizomning 8-bandi “a” va “b” kichik bandlariga muvofiq markazlashtirilmagan manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari uchun, qiymati tasdiqlash kunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha ekvivalentda qurilishning hisoblangan ishlab chiqarish maqsadidagi 15 mln. AQSh dollaridan 25 mln. AQSh dollarigacha boʻlgan va noishlab chiqarish maqsadidagi 5 mln. AQSh dollaridan 15 mln. AQSh dollarigacha boʻlgan TIA (TIH)ni ishlab chiqishda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda;
v) qolgan barcha hollarda Topshiriq loyiha tashabbuskori tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
III. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish tartibi
7. Loyihani amalga oshirish shartlariga bogʻliq holda loyiha hujjatlari quyidagicha izchillikda ishlab chiqiladi:
dastlabki TIA — tanlov hujjatlari — yakuniy TIA — ishchi hujjatlar;
dastlabki TIH — tanlov hujjatlari — yakuniy TIH — ishchi hujjatlar;
boshlangʻich qiymatga ega boʻlgan loyiha —tanlov hujjatlari — shartnomaviy qiymatga ega boʻlgan yakuniy loyiha — ishchi hujjatlar.
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish variantlari sxemasi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan.
8. Loyihani amalga oshirish variantlarini va loyiha hujjatlari tarkibini tanlash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) TIA (dastlabki va yakuniy) ishlab chiqilgan holdagi birinchi variant — quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda foydalaniladi:
davlat budjeti mablagʻlari — ishlab chiqarish maqsadidagi obyektlar boʻyicha (“boshqa tarmoqlar” obyektlaridan tashqari);
Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan va/yoki uning kafolati ostida jalb etilgan kreditlar, shu jumladan xalqaro moliya institutlari kreditlari, xorijiy banklarning kredit liniyalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklari tomonidan qayta moliyalashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladigan kichik biznes loyihalari bundan mustasno;
markazlashtirilmagan manbalar mablagʻlari — ishlab chiqarish maqsadidagi obyektlar boʻyicha;
b) TIH (dastlabki va yakuniy) ishlab chiqilgan holdagi ikkinchi variant — quyidagilar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda foydalaniladi:
davlat budjeti mablagʻlari — ishlab chiqarish maqsadidagi “boshqa tarmoqlar” obyektlari va yakka tartibdagi loyihani, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari boʻyicha amalga oshiriladigan loyihani ishlab chiqishda ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha;
markazlashtirilmagan manbalar mablagʻlari — yakka tartibdagi loyihani ishlab chiqishda ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha;
v) ILni ishlab chiqqan holdagi uchinchi variant — namunaviy va takroriy qoʻllaniladigan loyihalarni qoʻllangan holda quriladigan ishlab chiqarish maqsadidagi “boshqa tarmoqlar” va ijtimoiy soha obyektlari boʻyicha (ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlariga toʻgʻri keladigan hollardan tashqari), shuningdek aholi yashash punktlarining bosh rejalarida nazarda tutilgan muhandislik kommunikatsiyalari qurilishida foydalaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan (qoʻshimcha moliyalashtiriladigan) loyihani amalga oshirish variantini, shuningdek loyiha boʻyicha loyiha hujjatlari tarkibini tanlash ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlariga muvofiq davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan loyihalarga oʻxshash tartibda amalga oshiriladi.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirishda loyiha tashabbuskori tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadigan Idoralararo ekspertlar kengashi xulosasiga koʻra, dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash ishlab chiqilmasdan loyihaning uzil-kesil texnik-iqtisodiy asoslashi belgilangan tartibda tayyorlanadi.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-dekabrdagi 247-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 484-modda)
IV. Loyiha hujjatlarini tasdiqlash
10. Quyidagilarning mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha DTIA (DTIH) va TIA (TIH) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi:
ushbu Nizomning 8-bandiga muvofiq markazlashtirilgan manbalar — loyiha tashabbuskori taqdimnomasi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va vakolatli bank (vakolatli bank kreditor hisoblanadigan hollarda) taqdimnomasi boʻyicha;
hisoblangan qiymati tasdiqlash kunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha ekvivalentda ishlab chiqarish maqsadidagi 25 mln. AQSh dollaridan ortiq va noishlab chiqarish maqsadidagi 15 mln. AQSh dollari boʻlgan markazlashtirilmagan manbalar — loyiha tashabbuskori taqdimnomasi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va vakolatli bank (vakolatli bank kreditor hisoblanadigan hollarda) taqdimnomasi boʻyicha.
11. Quyidagilar:
markazlashtirilgan manbalar mablagʻlari, ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilganlardan tashqari;
markazlashtirilmagan manbalar mablagʻlari, qurilishning hisoblangan qiymati tasdiqlash kunida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha ekvivalentda ishlab chiqarish maqsadidagi 5 mln. AQSh dollaridan 25 mln. AQSh dollarigacha hamda noishlab chiqarish maqsadidagi 5 mln. AQSh dollaridan 15 mln. AQSh dollarigacha boʻlgan mablagʻlar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar boʻyicha loyiha hujjatlari tashabbuskorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
Qolgan barcha hollarda loyiha hujjatlari loyiha tashabbuskori tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
V. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining DTIA (DTIH)ni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi
12. Investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq tarkibga muvofiq, zarur boʻlganda, asosiy texnik va texnologik yechimlarni ishlab chiqishga arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha faoliyatning tegishli turlarini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan loyihalash tashkilotlarini va injiniring kompaniyalarini tanlov asosida jalb etgan holda ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti tomonidan ishlab chiqiladi yoki uning bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) ni koʻrib chiqish va ular boʻyicha xulosa tayyorlash mazkur Nizomning 8-bandi “a” va “b” kichik bandlariga muvofiq quyidagi vakolatli ekspertiza organlari tomonidan ikki bosqichda amalga oshiriladi: Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, shuningdek vakolatli bank (qarz oluvchi (subqarz oluvchi)ning asosiy hisob raqamlariga xizmat koʻrsatuvchi va (yoki) kredit beruvchi bank) tomonidan amalga oshiriladi. Vakolatli ekspertiza organlari qayta tashkil etilgan taqdirda xulosa huquqiy voris tashkilot tomonidan beriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan DTIA (TIH)ni ekspertizadan oʻtkazish uning Shaharsozlik kodeksi talablariga, normativ hujjatlar talablariga va qurilishning qabul qilinadigan qiymatining shakllangan bozor konyunkturasiga muvofiqligini aniqlash yuzasidan DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti tomonidan ishlab chiqiladigan yoki uning bilan kelishiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan investitsiya loyihalarining DTIA (DTIH) vakolatli ekspertiza organlariga faqat “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti Ilmiy-texnika kengashi va Iqtisodiyot vazirligining ularni amalga oshirishning ustuvorligi va Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish)ning maqsadga muvofiqligi yuzasidan, shuningdek mazkur Nizom 14-bandining “a” kichik bandida koʻrsatilgan masalalar boʻyicha ijobiy xulosasidan keyin ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
14. Birinchi bosqichda, DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda loyihani amalga oshirishning prinsipial imkoniyati va maqsadga muvofiqligi yuzasidan ekspert xulosasini loyiha tashabbuskoriga quyidagilar berishadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
DTIA boʻyicha — iqtisodiyotni barqaror, mutanosib rivojlantirishni, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul ravishda joylashtirishni, tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni, tarmoqlararo kooperatsiyalashni amalga oshirishni, investitsiya siyosatini roʻyobga chiqarishni, ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni, shuningdek xomashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar konyunkturasini taʼminlash nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash yuzasidan;
DTIH boʻyicha — ijtimoiy ahamiyatini, ijtimoiy sohaning alohida tarmoqlarini va ishlab chiqarish yoʻnalishidagi “boshqa tarmoqlar”ni rivojlantirishga doir hukumat qarorlariga muvofiqligini, ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni va ularni joylashtirishni maqbullashtirishni hisobga olgan holda baholash yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
b) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi — DTIA boʻyicha — tavsiya etilayotgan marketing konsepsiyasi, jahon bozori konyunkturasi nuqtai nazaridan tayyor mahsulotlarni sotish istiqbollari, shuningdek texnik daraja va DTIAda tavsiya qilinayotgan texnologiyaga muvofiq asbob-uskunalar narxlarining cheklangan parametrlari asosida loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash yuzasidan. Talab etiladigan asbob-uskunalar (texnologik liniya)ning, shu jumladan yakka tartibda tayyorlanadigan asbob-uskunalar (texnologik liniya)ning toʻliq va batafsil roʻyxati tashabbuskor tomonidan taqdim etilishi mumkin boʻlmagan hollarda asbob-uskunalarning texnik darajasi va ular narxlarining cheklangan parametrlari yakuniy TIA hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan baholanishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi oʻz vakolatlari doirasida tashabbuskorlarga investitsiya loyihalari boʻyicha DTIAni ishlab chiqishda, ichki va tashqi bozorlarni uch-besh yillik prognozlash davri uchun marketing ishlanmalarini tashkil etishda koʻmaklashadilar.
(14-bandning “b” kichik bandi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan, “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti Ilmiy-texnika kengashi va Iqtisodiyot vazirligi tomonidan koʻrib chiqilgan investitsiya loyihalarining DTIA (DTIH) birinchi bosqichda Iqtisodiyot vazirligida ekspertizadan oʻtkazilmaydi”.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
15. Ikkinchi bosqichda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda, DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab uch hafta muddatda loyiha tashabbuskoriga ekspert xulosani quyidagilar taqdim etishadi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
DTIA boʻyicha — loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini va qoplanuvchanligini, shuningdek moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan sxemasi maqbulligini baholash yuzasidan;
DTIH boʻyicha — moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan sxemasi maqbulligi yuzasidan;
b) vakolatli bank — DTIA boʻyicha, moliyalashtirishning tavsiya etilayotgan sxemasining iqtisodiy samaradorligi, maqbulligi, tavakkalchiliklarni va kreditlarning qaytariluvchanligini baholash yuzasidan.
DTIA (DTIH)da mablagʻlar taqchilligi jalb etiladigan kreditlarni budjet mablagʻlari hisobiga qaytarish nazarda tutiladigan ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar boʻyicha vakolatli organlar xulosasida budjet mablagʻlarining, shu jumladan soliq imtiyozlari berishning maqsadga muvofiqligi (maqsadga muvofiq emasligi) va hajmlari toʻgʻrisidagi xulosalar mavjud boʻlishi kerak.
Moliyalashtirish budjet mablagʻlari hisobiga (boshqa manbalar ishtirokisiz) amalga oshiriladigan obyektlar boʻyicha vakolatli bankning ekspert xulosasi talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
151. Vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasining DTIA (DTIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda loyiha tashabbuskoriga va Iqtisodiyot vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Investitsiya loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) mezonlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Direksiyaning vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha ekspert xulosasi taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda Iqtisodiyot vazirligi loyihaning DTIA (DTIH)ni loyihani amalga oshirishning koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish)ning maqsadga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengashning navbatdagi yigʻilishiga kiritadi.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Loyiha tashabbuskori:
investitsiya loyihalari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan loyihalar bundan mustasno, — vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan loyihalar boʻyicha vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashning ijobiy qarori mavjud boʻlgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga ikki nusxada loyihaning DTIA (DTIH)ni va uni amalga oshirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini kiritadi;
(16-bandning birinchi—uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti bir hafta muddatda loyihaning DTIA (DTIH) yuzasidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Kompleks rahbari bilan kelishilgan xulosani, shuningdek Vazirlar Mahkamasining DTIA (DTIH)ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi farmoyishi loyihasini va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq kelishish va imzolash uchun hujjatlarni kiritadi.
17. Loyiha tashabbuskori loyihaning DTIA (DTIH) yuzasidan bir yoki bir nechta vakolatli ekspertiza organi xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda tegishli axborot-tahlil departamentiga asoslangan xulosa taqdim etishga haqlidir. Tegishli axborot-tahlil departamenti loyihaning DTIA (DTIH)ni vakolatli ekspertiza organlari va loyiha tashabbuskorining xulosalarini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
18. Vazirlar Mahkamasining DTIA (DTIH)ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorida loyihaning nomi, uning tashabbuskori, qurilishning cheklangan qiymati (shu jumladan import texnologiya va boshqa asbob-uskunalarni sotib olish xarajatlari), obyektning hisoblangan quvvati (ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning yillik hajmi va nomenklaturasi), shuningdek iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlari, shu jumladan ushbu Nizomga 3-ilovaning 2-bandiga muvofiq shakl boʻyicha eksport hajmlari mavjud boʻladi.
19. Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan loyiha DTIA (DTIH)ning har qaysi sahifasiga davlat tilida “Vazirlar Mahkamasining 200__ y. “__” ________ dagi ___-son farmoyishi bilan tasdiqlangan” yozuvi yozilgan shtempel albatta qoʻyilgan boʻladi.
Tasdiqlangan DTIA (DTIH)ning bir nusxasi loyiha tashabbuskoriga beriladi, ikkinchi nusxasi saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimida qoladi.
20. Loyihaning tasdiqlangan DTIA (DTIH) parametrlari, shu jumladan xarajatlar turlari boʻyicha moliyalashtirishning cheklangan limitlari asosida loyiha tashabbuskori tomonidan pudratchilarni va loyiha boʻyicha sotib olinadigan texnologik asbob-uskunalarning yetkazib beruvchilarini aniqlash uchun tegishli ravishda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishiladigan tanlov hujjatlari belgilangan tartibda ishlab chiqiladi.
Xorijiy kreditlar jalb etilgan holda amalga oshiriladigan loyihalar boʻyicha tanlov savdolari oʻtkazishda loyihani moliyalashtirishning qatnashchilar tomonidan taklif etilayotgan shartlari maqbulligi ham hisobga olinadi.
VI. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining TIA (TIH)ni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi
21. Loyihaning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan DTIA (DTIH), tanlov savdolari natijasida tanlab olingan texnologiyalar va boshqa asbob-uskunalar boʻyicha takliflar asosida loyiha tashabbuskori tomonidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tarkibga binoan investitsiya loyihasining TIA (TIH) ishlab chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasining TIA (TIH) mazkur bandning birinchi xatboshida koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar, shuningdek tanlov savdolari gʻolibi bilan belgilangan tartibda har beti imzolangan kontrakt asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti tomonidan ishlab chiqiladi yoki uning bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kelishiladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadigan Idoralararo ekspertlar kengashi tomonidan tasdiqlanadigan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish loyihalarini tanlash boʻyicha mezonlar asosida ishlab chiqiladi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-dekabrdagi 247-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Loyihaning TIA (TIH)ni ekspertizadan oʻtkazish u taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda, ayni bir vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va vakolatli bank tomonidan, ushbu Nizomning 13, 14 va 15-bandlarida koʻrsatilgan vakolatli ekspertiza organlaridan har birining vakolati doirasida amalga oshiriladi.
Loyiha tashabbuskoriga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan investitsiya loyihasi boʻyicha ijobiy xulosa taqdim etilgan taqdirda vakolatli bank kredit olish uchun buyurtmanoma tayyorlaydi va koʻrib chiqish uchun koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarma ijro etuvchi direksiyasiga kiritadi”.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Loyiha qiymatidan qatʼi nazar, qarz mablagʻlarini jalb etmasdan, toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalar moliyalashtirish manbai hisoblanadigan yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida ekspertizadan oʻtkaziladi.
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-dekabrdagi 247-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 484-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
221. Vakolatli ekspertiza organlari xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan loyihaning TIA (TIH) loyiha tashabbuskori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasiga kiritiladi.
TIA (TIH) taqdim etilgan vaqtdan boshlab ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direksiyasi loyiha tashabbuskoriga va Iqtisodiyot vazirligiga koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Investitsiya loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) mezonlari va tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Direksiyaning vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha ekspert xulosasi taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda Iqtisodiyot vazirligi loyihaning TIA (TIH)ni loyihani amalga oshirishning koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish)ning maqsadga muvofiqligi yuzasidan koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasini boshqarish boʻyicha Kengashning navbatdagi yigʻilishiga kiritadi.
222. Loyiha tashabbuskori:
investitsiya loyihalari boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan loyihalar bundan mustasno, — vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari mavjud boʻlgan taqdirda;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) tavsiya etilayotgan loyihalar boʻyicha vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengashning ijobiy qarori mavjud boʻlgan taqdirda Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga ikki nusxada loyihaning TIA (TIH)ni va uni amalga oshirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini kiritadi.
Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq investitsiya loyihasining yakuniy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan birga koʻrib chiqadi va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq hujjatlarni kelishish va imzolash uchun kiritadi.
Loyiha tashabbuskori loyihaning TIA (TIH) yuzasidan bir yoki bir nechta vakolatli ekspertiza organi xulosasiga rozi boʻlmagan taqdirda tegishli axborot-tahlil departamentiga asoslangan xulosa taqdim etishga haqlidir. Tegishli axborot-tahlil departamenti loyihaning TIA (TIH)ni vakolatli ekspertiza organlari va loyiha tashabbuskorining xulosalarini hisobga olgan holda koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladigan (qoʻshimcha moliyalashtiriladigan) investitsiya loyihalari boʻyicha hujjatlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga koʻrib chiqish va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati bilan kelishish uchun kiritiladi.
Loyiha boʻyicha TIA (TIH)ning asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari Vazirlar Mahkamasining loyihani amalga oshirish boʻyicha qaroriga ilova sifatida tasdiqlanadi.
(Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarorga muvofiq 221 va 222-bandlar bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
223. Yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilishni nazarda tutuvchi loyihalar boʻyicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslashi loyiha boʻyicha qabul qilingan texnologik yechimni baholash (foydalaniladigan texnologiyalar darajasi, texnologik jarayon asbob-uskunalarining tavsiya etilayotgan zanjirining toʻliqligi, yuqori sifatli va keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyati, xalqaro standartlarga muvofiq boʻlgan sifatni boshqarish tizimining mavjudligi, xomashyo bazasi bilan taʼminlanganlik, shuningdek umuman tarmoq boʻyicha loyihani amalga oshirishning kompleksliligi) boʻyicha “Oʻzbekyengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida ekspertizadan oʻtkazilgandan keyin vakolatli ekspertiza organlariga kiritiladi.
224. Vakolatli ekspertiza organlarining ijobiy xulosalari mavjud boʻlganda yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta takomillashtirish va modernizatsiya qilish loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashi loyiha tashabbuskori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi Yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqadigan Idoralararo ekspertlar kengashiga kiritiladi”.
(Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-dekabrdagi 247-son qarorga muvofiq 223 va 224-bandlar bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 484-modda)
23. Loyiha boʻyicha TIA (TIH)ning Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan har qaysi sahifasiga davlat tilida “Vazirlar Mahkamasining 200__ y. “__” ________dagi ___-son qarori bilan tasdiqlangan” yozuvi yozilgan shtempel albatta qoʻyilgan boʻladi.
Tasdiqlangan TIA (TIH)ning bir nusxasi loyiha tashabbuskoriga beriladi, ikkinchi nusxasi saqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Umumiy boʻlimida qoladi.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Kichik va xususiy biznesni rivojlantirish uchun kredit liniyalari hisobiga tijorat banklari tomonidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini texnik-iqtisodiy asoslash (texnik-iqtisodiy hisoblash)ni ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish toʻgʻrisida” 1998-yil 27-maydagi 232-son qarori bilan tasdiqlangan Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish uchun loyihalarni tanlab olish va xorijiy kreditlarni berish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi, yengil sanoat korxonalarini qurish, qayta takomillashtirish va modernizatsiya qilish boʻyicha loyihalar bundan mustasno”.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-dekabrdagi 247-son qarori bilan toʻldirilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 48-50-son, 484-modda)
VII. Rivojlanishga Rasmiy Koʻmaklashish liniyasi boʻyicha imtiyozli kreditlar beradigan xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarning qarz mablagʻlarini jalb etgan holda amalga oshirilishi nazarda tutilayotgan loyihalarni tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi
25. Rivojlanishga Rasmiy Koʻmaklashish liniyasi boʻyicha imtiyozli kreditlar beradigan xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlarning qarz mablagʻlari jalb etilgan loyihalarni koʻrib chiqish va tayyorlash ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda:
loyiha tashabbuskorlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligiga va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga XMII missiyalarining baholashdan oldingi hisobotlari asosida tayyorlangan makroiqtisodiy siyosat va tarmoqni rivojlantirish strategiyasi nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning zarurligi toʻgʻrisidagi, loyiha qiymatini dastlabki baholashni va XMIIning jalb etiladigan qarz mablagʻlari miqdorini oʻz ichiga oladigan takliflarni kiritadilar;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi taqdim etilgan takliflarni iqtisodiyotni barqaror, mutanosib rivojlantirishni, ishlab chiqarish kuchlarini maqbul ravishda joylashtirishni, tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni, tarmoqlararo kooperatsiyalashni amalga oshirishni, investitsiya siyosatini roʻyobga chiqarishni, ishlab turgan quvvatlardan foydalanishni, shuningdek xomashyo va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar konyunkturasini taʼminlash nuqtai nazaridan loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash yuzasidan koʻrib chiqadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi — tarkibiy qayta oʻzgartirishlarni amalga oshirish, loyihani moliyalashtirishning dastlabki qiymati va sxemasining maqbulligi yuzasidan koʻrib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tavsiya etilayotgan marketing konsepsiyasi, jahon bozori konyunkturasi nuqtai nazaridan tayyor mahsulotlarni sotish istiqbollari, shuningdek texnik daraja va tavsiya qilinayotgan texnologiyaga muvofiq asbob-uskunalar narxlarining cheklangan parametrlari asosida loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash yuzasidan. Talab etiladigan asbob-uskunalar (texnologik liniya)ning toʻliq va batafsil roʻyxati tashabbuskor tomonidan taqdim etilishi mumkin boʻlmagan favqulodda hollarda asbob-uskunalarning texnik darajasi va ular narxlarining cheklangan parametrlari TIA hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan baholanishi mumkin.
(25-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-avgustdagi 170-son qarori tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 33-son, 331-modda)
loyihani amalga oshirishning zarurligi va maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi takliflar kelishib olingandan keyin Oʻzbekiston Respublikasi bilan XMII oʻrtasidagi oʻzaro hamfikrlik toʻgʻrisidagi memorandum belgilangan tartibda imzolanadi.
Ikkinchi bosqichda:
loyiha tashabbuskori XMII baholovchi missiyasining hisoboti asosida, ushbu Nizomga 4-ilovaga binoan TIA tarkibiga muvofiq TIAni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi loyihaning TIA ekspertizasini ushbu Nizomning V boʻlimiga muvofiq amalga oshiradilar;
TIAni tasdiqlash ushbu Nizomning VI boʻlimiga muvofiq amalga oshiriladi.
26. TIA (TIH) mazkur Nizomning VI boʻlimiga muvofiq tasdiqlangandan keyin doirasida tanlov (tender) savdolari oʻtkazish nazarda tutilayotgan loyihaning tashabbuskori Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi bilan kelishgan holda tender hujjatlarini ishlab chiqadi va tanlov (tender) savdolari budjetini aniqlaydi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish sxemasi
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash (DTIA) tarkibi
1. Loyihaning maqsadi.
2. Obyektning tavsifi — ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, ishchi kuchlari mavjudligi, ijara qiymati, ishlab chiqarish binolari va yordamchi binolarni sotib olish yoki ularni yangidan qurish imkoniyatlari va boshqalar.
3.Shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, korxona (inshoot)ni joylashtirish rayoni va punktini tanlashning asoslanishi.
4. Arxitektura-qurilish va hajmiy-rejalashtirishning prinsipial yechimlari va ularning asosiy koʻrsatkichlari.
5. Qurilish va ishlatishda zararli tashlanmalar va oqova suvlarning tavsifi va hajmi, atrof muhitni ifloslantirishning oldini olish tadbirlari.
6. Muhandislik taʼminoti va obyektni jihozlash (suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr energiyasi bilan taʼminlash, isitish, shamollatish va havo haroratini birxillashtirish) boʻyicha prinsipial yechimlar.
7. Texnologiyaning tavsifi va texnologiya asbob-uskunalari variantlarining asosiy koʻrsatkichlari (quvvati, energetika va moddiy resurslar isteʼmoli va boshqalar).
8. Marketing tadqiqotlari natijalari, ular:
tashqi va ichki bozorlar konyunkturasini oʻrganishga asoslangan, tayyor mahsulotni ichki bozorda sotish, shuningdek eksport qilish imkoniyatlarini;
potensial isteʼmolchilar tomonidan talab va raqobatchilar tomonidan taklif oʻrganilganligini;
mahsulotning sifat va narx koʻrsatkichlari boʻyicha raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlarining mavjudligini;
loyihaning eng avvalo arzon narxdagi, talab qilinadigan miqdor va sifatdagi mahalliy xomashyo va boshqa moddiy resurslar bilan taʼminlanganligini;
asbob-uskunalarga qoʻyiladigan asosiy talablarni, tabiiy-iqlim, ishlab chiqarish omillari va boshqa omillarni hisobga olgan holda vatanimiz texnologiyalarini va xorijiy texnologiyalarni qiyoslash tahliliga asoslangan samarali ishlab chiqarish texnologiyasi, prinsipial texnik yechimlar tanlanganligini;
taklif etilayotgan ishlab chiqarishning maqbul hajmini;
loyihani amalga oshirish, shu jumladan uning investitsiya fazasi muddatlarini tasdiqlashi kerak.
9. Loyiha tashabbuskorining texnik va moliyaviy imkoniyatlariga asoslangan loyihani amalga oshirishning dastlabki sxemasi, loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻladigan resurslarning mavjudligi va qiymati (shu jumladan EMVda).
10. Tanlangan variant asosida qurilishning cheklangan qiymati, shu jumladan injiniring kuzatuviga, DTIAni va loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, texnologiya asbob-uskunalariga, yer uchastkasi ajratishga, binolar va inshootlar qurilishiga xarajatlar, shuningdek aylanma kapitalning, jalb etiladigan kreditlar boʻyicha moliyaviy chiqimlar va boshqalarning EMV va milliy valyutadagi qiymati.
11. Loyiha yuzasidan xarajatlar tarkibi boʻyicha moliyalashtirish sxemasi.
12. Loyiha tavakkalchiliklarining tahlili.
13. Barcha investitsiyalar bazasida sof diskont daromad nulga teng (moliyaviy baholash) boʻlgan davr sifatida hisoblab chiqilgan loyihaning EMVdagi moliyaviy-iqtisodiy samaradorligining, oʻzini oʻzi qoplashi muddatining hisob-kitoblari, loyihaning yakuniy qiymatiga asoslangan kreditlarni qaytarishning hisob-kitoblari.
Dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (DTIH) tarkibi
1. Loyihaning maqsadi.
2. Obyektning tavsifi — ishlab chiqarish va transport infratuzilmasining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, ishchi kuchlari mavjudligi, ijara qiymati, ishlab chiqarish binolari va yordamchi binolarni sotib olish yoki ularni yangidan qurish imkoniyatlari va boshqalar.
3. Shaharsozlik talablarini hisobga olgan holda, korxona (inshoot)ni joylashtirish rayoni va punktini tanlashning asoslanishi.
4. Arxitektura-qurilish va hajmiy-rejalashtirishning prinsipial yechimlari va ularning asosiy koʻrsatkichlari.
5. Qurilish va ishlatishda zararli tashlanmalar va oqova suvlarning tavsifi va hajmi, atrof muhitni ifloslantirishning oldini olish tadbirlari.
6. Muhandislik taʼminoti (suv bilan taʼminlash, kanalizatsiya, issiqlik, gaz, elektr energiyasi bilan taʼminlash, isitish, shamollatish va havoni tozalash) va jihozlash boʻyicha prinsipial yechimlar.
7. Texnologiyaning tavsifi va texnologiya asbob-uskunalari variantlarining asosiy koʻrsatkichlari (quvvati, energetika va moddiy resurslar isteʼmoli va boshqalar).
8. Loyiha tashabbuskorining texnik va moliyaviy imkoniyatlariga asoslangan loyihani amalga oshirishning dastlabki sxemasi, loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻladigan resurslarning mavjudligi va qiymati (shu jumladan EMVda).
9. Tanlangan variant asosida qurilishning cheklangan qiymati, shu jumladan injiniring kuzatuviga, DTIHni va loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga, texnologiya asbob-uskunalariga, yer uchastkasi ajratishga, binolar va inshootlar qurilishiga xarajatlar, shuningdek aylanma kapitalning, jalb etiladigan kreditlar boʻyicha moliyaviy chiqimlar va boshqalarning EMV va milliy valyutadagi qiymati.
10. Loyiha yuzasidan xarajatlar tarkibi boʻyicha moliyalashtirish sxemasi.
Izoh. Ishlab turgan va yangidan foydalanishga topshiriladigan ijtimoiy soha muassasalarini jihozlash uchun jalb qilinadigan xorijiy kreditlar hisobiga asbob-uskunalar xarid qilishda DTIA (DTIH) tuzilmaydi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
“Kelishilgan”
Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
kompleksi rahbari
200 yil “___” ____________
Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi
kompleksi rahbari
200 yil “___” ____________
Investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi (DTIA) yuzasidan xulosa
|
_________________________________________________________________ | ||
|
(loyihaning nomi) |
investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi quyidagi vakolatli ekspertiza organlarida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtdi:
| Vakolatli ekspertiza organlari: | Xulosa natijasi (tavsiya etildi/rad etildi) |
| Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi | |
| Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi | |
| Vakolatli bank (banklar) | |
Investitsiya loyihasining DTIAdagi asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlar:
| T/r |
Koʻrsatkichlar nomi |
Oʻlchov birligi |
Hammasi |
Moliyalashtirish manbalari | ||
| Budjet | Kreditlar, shu jumladan xorijiy kreditlar, XMII qarzlari ham shu jumlaga kiradi | Markazlashtirilmagan mablagʻlar (oʻz mablagʻlari) | ||||
| 1 | Qurilishning cheklangan qiymati | ming dollar, mln .soʻm | | | | |
| | Shu jumladan: mashina va asbob-uskunalar EMVda mahalliy valyutada Qurilish-montaj ishlari EMVda mahalliy valyutada Investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar EMVda mahalliy valyutada Dastlabki aylanma kapital EMVda mahalliy valyutada Boshqa xarajatlar EMVda mahalliy valyutada | ming doll. mln. soʻm ming doll. mln. soʻm ming doll. mln. soʻm ming doll. mln.soʻm ming doll mln. soʻm |
| | | |
| 2 | Korxonaning quvvati, shu jumladan: - ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi -eksport hajmi* |
Tegishli birliklarda | ||||
| 3 | Ish bilan taʼminlanadiganlarning moʻljallanayotgan soni | kishi | ||||
| 4 | Qurilish muddati | oy | ||||
| 5 | Yaratilayotgan asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati | ming AQSh dollari (ekvivalentda) mln. soʻm | ||||
| 6 | Loyihaning oʻzini qoplash muddati* | yil | ||||
| 7 | Kreditni va boshqa qarz mablagʻlarni qaytarish muddati | yil | ||||
| | shu jumladan valyuta mablagʻlarini qaytarish muddati | yil | ||||
|
___________________________________________________________________ | ||
|
(loyihaning nomi) |
investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi koʻrsatib oʻtilgan asosiy koʻrsatkichlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlash uchun tavsiya etiladi.
Izoh. *Koʻrsatib oʻtilgan bandlar DTIH ni tasdiqlashda toʻldirilmaydi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Investitsiya loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash (TIA) TARKIBI
1. Loyihaning maqsadi (rezyume).
2. Loyihaning buyurtmachisi:
2.1. Rekvizitlar, maqomi, tarkibi;
2.2. Bozordagi ahvol, mavjud amaliy aloqalar va amaliy reputatsiya;
2.3. Mavjud va prognoz qilinayotgan salohiyat;
2.4. Iqtisodiy va moliyaviy koʻrsatkichlar.
3. Loyiha strategiyasi (loyihani yaratish tarixi va shart-sharoitlari).
4. Marketing bozori va konsepsiyasi:
4.1. Talab va taklif;
4.1.1. Bozor tuzilmasi va tavsifi. Mahsulot tavsifi, uning bozorda raqobatga bardoshliligi;
4.1.2. Tarmoqning mavjud salohiyati, raqobatchi korxonalar, tarmoqni rivojlantirish istiqbollari va muammolarini baholash, hududiy joylashtirish, mahsulot sifati;
4.1.3. Tarmoqning milliy iqtisodiyotdagi roli, uning ustuvorliklari va maqsadi;
4.1.4. Mavjud talab, uning oʻsishini prognoz qiluvchi asosiy omillar va koʻrsatkichlar;
4.1.5. Import va uning kelgusidagi tendensiyalari, hajmi va narxlari;
4.2. Marketing konsepsiyasi, sotish prognozi;
4.2.1. Bozorlarning joylashgan joyi, bozor segmentatsiyasi;
4.2.2. Mavjud potensial mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan kutilayotgan raqobat;
4.2.3. Sotish dasturi, sotishni tashkil etish;
4.3. Foydalaniladigan savdo markalari va mahsulotning patent tozaligi;
4.4. Marketing xarajatlarini baholash.
5. Moddiy resurslar:
5.1. Xom ashyo, materiallar, komponentlar tasnifi;
5.1.1. Xom ashyo bazasining mavjudligi, xomashyoning qidirib topilgan zaxiralari;
5.1.2. Xom ashyo sifatiga va uni tayyorlash usullariga qoʻyiladigan talablar, mahalliy xomashyoning texnologiyalar talablariga muvofiqligi;
5.2. Loyiha boʻyicha ehtiyoj, materiallar va komponentlarning mavjudligi va ular bilan taʼminlanish, ularning tasnifi, yetkazib berish dasturi;
5.3. Energiya resurslari bilan taʼminlash;
5.4. Boʻlim boʻyicha xarajatlarni baholash.
6. Obyektning joylashgan joyi:
6.1. Tanlangan uchastkaning tavsifi;
6.1.1. Xom ashyo bozorlaridan uzoqlik va tayyor mahsulotni sotish, transport kommunikatsiyalari;
6.1.2. Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani baholash;
6.1.3. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xususiyatlarini hisobga olish, afzallik va cheklashlar;
6.1.4. Ekologiya, atrof muhitga taʼsir (umumiy axborot);
6.2. Asosiy pozitsiyalar boʻyicha uchastkani tanlash asoslari;
6.3. Boʻlim boʻyicha xarajatlarni baholash.
7. Loyihalashtirish va texnologiya:
7.1. Yillar boʻyicha oʻzlashtirgan holda ishlab chiqarish quvvati;
7.2. Texnologiya va asbob-uskunalar;
7.2.1. Texnologiya va asbob-uskunalarni, texnologik jarayon sxemalarini tanlashni asoslash, afzalliklar va kamchiliklar, asbob-uskunalarning ishonchliligi va yetkazib beruvchining kafolati;
7.2.2. Texnologiyaning atrof muhitga taʼsiri;
7.2.3. Asbob-uskunalarni joylashtirish sxemasi:
ishlab chiqarish asbob-uskunalari;
yordamchi asbob-uskunalar;
servis asbob-uskunalari;
ehtiyot qismlar, anjomlar;
7.2.4. Nou-xauni berish shartlari, xodimlarni oʻqitish;
7.2.5. Mahsulotlarning xalqaro standartlarga muvofiqligi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ISO 9000 seriyasi talablariga muvofiqligini taʼminlash tadbirlari hamda ularni amalga oshirish xarajatlari;
7.2.6. Mahalliylashtirish istiqbollari (respublika hududida butlovchi buyumlar va komponentlarni ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari);
7.3. Qurilish;
7.3.1. Vaziyatli reja;
7.3.2. Bosh reja sxemasi, binolar va korpuslarning joylashishi;
7.3.3. Prinsipial hajmli-rejalashtirish va konstruktiv yechimlar, ularning parametrlari, alohida talablar;
7.3.4. Uchastkani tayyorlash va oʻzlashtirish;
7.3.5. Muhandislik kommunikatsiyalari;
7.3.6. Qurilish-montaj ishlarining pul ifodasidagi hajmlari;
7.4. Tugallanmagan qurilishni hisobga olgan holda xarajatlarni baholash.
8. Ishlab chiqarishni tashkil etish va qoʻshimcha xarajatlar:
8.1. Korxonaning tashkiliy tuzilmasi;
8.2. Qoʻshimcha xarajatlar (umumzavod, maʼmuriy);
8.3. Boʻlim boʻyicha xarajatlarni baholash.
9. Mehnat resurslari:
9.1. Mehnat resurslariga ehtiyoj va ularning mavjudligi;
9.2. Kadrlarga qoʻyiladigan talablar, ularni oʻqitish zaruriyati va oʻqitishni tashkil etish;
9.3. Boʻlim boʻyicha xarajatlarni baholash.
10. Loyihani amalga oshirish sxemalari:
10.1. Loyihani amalga oshirish bosqichlari;
10.2. Loyihani amalga oshirish jadvali;
10.3. Loyihani amalga oshirish budjeti.
11. Loyihani amalga oshirish variantlarini moliyaviy baholash:
11.1. Toʻliq investitsiya xarajatlari;
11.2. Loyihani moliyalashtirish: moliyalashtirish mexanizmi va manbalari;
11.3. Sotilgan mahsulotlarga toʻliq chiqimlar;
11.4. Qarz mablagʻlarining (ulardan foydalanilgan taqdirda) qoplanishini va oʻz vaqtida qaytarilishini hisobga olgan holda iqtisodiy samaradorlikni baholash, valyutaning qoplanishi;
11.4.1. Loyihaning asosiy tavakkalchiliklarga sezgirligi;
11.4.2. Sof joriy qiymat koʻrsatkichlari va kapital qoʻyilmalarning ichki qaytariluvchanligi normalari;
11.5. Moliyaviy natijalarning mamlakat iqtisodiyotiga taʼsirini baholash.
12. Xulosalar:
12.1. Loyihaning asosiy afzalliklari va kamchiliklari;
12.2. Qabul qilingan variantning muqobil variantlardan afzalliklari;
12.3. Noaniqlik tavakkalchiliklari va jihatlari;
12.4. Loyihani amalga oshirish imkoniyatini baholash.
13. “A” ilova:
“A” ilovada erkin shaklda, milliy va xorijiy valyuta xarajatini alohida aks ettirgan holda moliyaviy va iqtisodiy koʻrsatkichlar sxemasi, shu jumladan quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
13.1. Asosiy kapitalga investitsiyalar;
13.2. Ishlab chiqarishdan oldingi xarajatlar;
13.3. Sotilgan mahsulotlarga chiqimlar;
13.4. Sof aylanma kapitalga ehtiyoj;
13.5. Moliyalashtirish manbalari va rejasi; .
13.6. Qarz mablagʻlaridan foydalanish va ularni qaytarish;
13.7. Soliq solishning amaldagi tizimini va majburiy toʻlovlarni hisobga olgan holda mavjud mablagʻlar (aniq pullar) oqimi;
13.8. Mavjud mablagʻlarning diskontlangan oqimi;
13.9. Diskont foyda;
13.10. Foyda va zararlar prognozi;
13.11. Prognoz qilinayotgan balans
14. “B” ilova:
“B” ilovada tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari, shu jumladan quyidagilar mavjud boʻlishi kerak:
14.1. Yuridik hujjatlar:
korxona ustavi va taʼsis shartnomasi;
ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi litsenziya, agar faoliyat turi maxsus litsenziyalar talab qilinadigan faoliyatning alohida turlari roʻyxatiga kirsa;
rahbarlar, asosiy menejerlar, direktorlar kengashi, korxona aniq mulkdorlarining qisqacha biografik maʼlumotlari;
14.2. Kontrakt hujjatlari:
asbob-uskunalar yetkazib berish yoki obyektni foydalanishga tayyor holda topshirish yuzasidan kontrakt;
qurilish pudrati va qurilishni moddiy taʼminlash shartnomasi;
xomashyo, butlovchi buyumlar yetkazib berish va tayyor mahsulotlarni xarid qilish shartnomasi (moʻljallar protokoli);
loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa shartnomalar;
14.3. Smeta hujjatlari va moliyaviy hujjatlar:
qurilishning smeta hujjatlari;
korxona (qarz oluvchi, investorlar, kafillar, loyiha boʻyicha garantlar)ning keyingi uch yil uchun soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan toʻliq buxgalteriya (har choraklik) hisobotlari;
boshqa banklardagi hisob raqamlari, qarz mablagʻlari va ularni qaytarish shartlari toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma;
xorijiy sheriklar (muassislar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar — keyingi ikki yil uchun xalqaro standartlar boʻyicha (taniqli auditor kompaniya tomonidan tasdiqlangan) yillik hisobot;
14.4. Ekspert hujjatlari va boshqa hujjatlar:
idoradan tashqari ekspertiza (“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi), mustaqil konsalting tashkilotining tanlangan texnologiya va texnologiya asbob-uskunalari boʻyicha xulosalari;
sotib olinadigan asbob-uskunalarning texnik pasportlari va ularning tanlov asosida tanlanishini tasdiqlovchi hujjatlar;
kadastr (garovga beriladigan yer hamda bino va inshootlar kadastri) va mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar;
asosiy ishlab chiqarish binolarining texnologiya asbob-uskunalari joylashtirilgan holdagi sxemasi;
14.5. Tayyor mahsulotni sotish va xomashyo, materiallar xarid qilish marketing tadqiqotlari boʻyicha hujjatlar.
15. Texnik-iqtisodiy hisoblashni ishlab chiqishda texnik-iqtisodiy asoslashlar tarkibidan quyidagi bandlar va kichik bandlar chiqarib tashlanishi kerak: 2.2, 2.3, 2.4, 4 (kichik bandlar bilan), 5.1 (kichik bandlar bilan), 5.2, 6.1.1, 6.1.2, 7.1, 7.2 (kichik bandlar bilan), 8 (kichik bandlar bilan),11.3, 11.5, 12.3, 13.2, 13.3, 13.4, 13.9, 13.10, 13.11, 14 (“B” ilova).
16. Mavjud va yangidan foydalanishga topshirilayotgan ijtimoiy soha muassasalarini jihozlash uchun jalb etiladigan xorijiy kreditlar hisobiga asbob-uskunalar xarid qilishda texnik-iqtisodiy asoslash qisqartirilgan shakl boʻyicha, moliyaviy-iqtisodiy samaradorlik, qurilish-montaj ishlari uchun mablagʻlarga ehtiyoj, marketing boʻlimi hisob-kitoblarisiz ishlab chiqiladi.
Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashlanishi asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari
| T/r |
Koʻrsatkichlar nomi |
Oʻlchov birligi |
Hammasi |
Shu jumladan: | ||
| Budjet | kreditlar, shu jumladan xorijiy kreditlar, XMII qarzlari ham shu jumlaga kiradi | Markazlashtirilmagan mablagʻlar (oʻz mablagʻlari) | ||||
| 1 | Qurilishning umumiy qiymati, shu jumladan: | ming doll. (ekv.) | | | | |
| 1.1 | EMVdagi xarajatlar, ulardan: qurilish-montaj ishlariga; asbob-uskunalar xarid qilishga; investitsiya davrida foizlar va vositachilik haqiga; boshqa xarajatlarga | ming dollar | | | | |
| 1.2 | Milliy valyutadagi xarajatlar, ulardan: qurilish-montaj ishlariga; asbob-uskunalar xarid qilishga; dastlabki aylanma kapitalga; boshqa xarajatlarga | ming doll. (ekv.) | | | | |
| 2 | Korxona quvvati, shu jumladan: yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi* yillik eksport hajmi* | Tegishli birliklarda | ||||
| 3 | Ish bilan taʼminlanayotganlarning moʻljallanayotgan soni | kishi | ||||
| 4 | Qurilish muddati | oy | ||||
| 5 | Yaratilayotgan ishlab chiqarish fondlari qiymati | ming dollar (ekvivalentda) | ||||
| 6 | Loyihaning oʻzini qoplash muddati | yil | ||||
| 7 | Kreditni va boshqa qarz mablagʻlarini qaytarish muddati | yil | ||||
| | shu jumladan valyuta mablagʻlarini qaytarish muddati | yil | ||||
Izoh. * TIHni tasdiqlashda toʻldirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2005-yil 26-iyuldagi PQ–136-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizomning amal qilishi ular uchun qonun hujjatlarida amalga oshirish va monitoring olib borishning alohida tartibi belgilangan loyihalarga tatbiq etilmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 3-yanvardagi 5-son qaroriga muvofiq ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 11-modda)
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi (keyingi oʻrinlarda “Monitoring” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishini boshqarish va nazorat qilishning asosiy mexanizmi hisoblanadi.
3. Monitoring:
vazirliklar, idoralar tomonidan tashabbus koʻrsatilgan investitsiya loyihalari va takliflari yuzasidan — Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda xorijiy investitsiyalar jalb etilgan korxonalar tomonidan tashabbus koʻrsatilgan investitsiya loyihalari va takliflari yuzasidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan — Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda “Muvofiqlashtiruvchi kengash” deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Quyidagilar:
respublika investitsiya dasturiga kiritilgan va birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida va samarali roʻyobga chiqarilishini taʼminlash;
davlat boshqaruvi organlarining, investitsiya jarayoni boshqa qatnashchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning investitsiya loyihalarini, ular toʻliq tugallangunga qadar, amalga oshirish bilan bogʻliq masalalarni oʻz vaqtida hal etish yuzasidan javobgarligini oshirish;
investitsiya loyihalari harakatiga ularni amalga oshirishning barcha bosqichlarida toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va oʻrganish, ularni, shu jumladan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi bilan bogʻliq boʻlgan turli xil masalalarni koʻrib chiqish muddatlarini oʻzgartirish yoʻli bilan, bartaraf etish boʻyicha tezkor chora-tadbirlar koʻrish;
investitsiya loyihalari tasdiqlangan hajmlar va muddatlarga qatʼiy rioya qilingan holda investitsiya loyihalari tashabbuskorlari va vakolatli banklar tomonidan mablagʻlar bilan oʻz vaqtida taʼminlanishi ustidan nazorat qilish;
investitsiya loyihasi boʻyicha xorijiy sheriklar oldida qabul qilingan majburiyatlarning bajarilishiga koʻmaklashish;
investitsiya muhitini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar va takliflar boʻyicha maʼlumotlar bankini shakllantirish monitoringning asosiy vazifalari hisoblanadi.
5. Aniq dasturga va Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining tarkibiy qismi boʻlgan investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatiga kiritilgan investitsiya loyihalari monitoring obyekti hisoblanadi.
II. Investitsiya loyihalari boʻyicha maʼlumotlar bankini yaratish
6. Investitsiya dasturi belgilangan tartibda tasdiqlangan vaqtdan boshlab bir oy muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek investitsiya loyihalari tashabbuskorlari bilan birgalikda investitsiya loyihalarining aniq dasturiga, shuningdek investitsiya dasturining tarkibiy qismi boʻlgan ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatiga kiritilgan loyihalar boʻyicha maʼlumotlar bankini (keyingi oʻrinlarda “Maʼlumotlar banki” deb ataladi) shakllantiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Maʼlumotlar banki:
investitsiya loyihasining tashabbuskori tomonidan tasdiqlangan investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritilgan investitsiya loyihasi pasporti;
har bir investitsiya loyihasini amalga oshirishning investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan reja-jadvallari;
Keyingi tahrirga qarang.
ustuvor investitsiya takliflarining yigʻma roʻyxatiga kiritilgan investitsiya takliflari boʻyicha ishlab chiqiladigan yangidan boshlanayotgan ustuvor investitsiya loyihalarini olgʻa surish chora-tadbirlari dasturi;
Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihasi tashabbuskori tomonidan har oyda taqdim etiladigan axborot asosida shakllantiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Investitsiya loyihasi pasporti mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tuziladi va unda investitsiya loyihasi tashabbuskori, xorijiy sherik, loyihaning umumiy qiymati va barpo etilayotgan ishlab chiqarishning loyihadagi quvvati, mahsulotni eksport qilish, mablagʻ bilan taʼminlash manbalari va sxemasi boʻyicha prognoz koʻrsatkichlar, loyihaning qoplanish va qarz mablagʻlarni qaytarish muddatlari toʻgʻrisidagi axborotlar, shuningdek, zarurat boʻlganda, xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilayotgan korxona boʻyicha maʼlumotlar boʻladi.
9. Reja-jadval mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tuziladi va unda yangi tashkil etilayotgan korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash, roʻyxatdan oʻtkazish (zarurat boʻlganda), asosiy kontraktni tuzish va roʻyxatdan oʻtkazish, investitsiya loyihasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi qarorini kelishish va qabul qilish, kredit bitimlarini imzolash, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash, milliy va xorijiy valyutada mablagʻ bilan taʼminlashni boshlash, ishlab chiqarish maydonlarini va infratuzilma obyektlarini qurish, texnologiya asbob-uskunalarini oʻrnatish, korxonaning loyihadagi quvvatga chiqishi boʻyicha aniq muddatlar toʻgʻrisidagi axborotlar boʻladi.
10. Chora-tadbirlar dasturi mazkur Nizomga 3-ilovaga binoan Xalqaro moliya va iqtisodiy institutlar hamda donor mamlakatlar ishtirokida Investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish reglamentiga muvofiq ishlab chiqiladi va investitsiyalashdan oldin investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslanishini tasdiqlash va mablagʻ bilan taʼminlashning aniq manbalarini belgilashgacha boʻlgan ishlar kompleksini (ularni bajarishning prognoz muddatlarini koʻrsatgan holda) oʻz ichiga oladi.
11. Investitsiya loyihasining tashabbuskori hisobot oyidan keyingi oyning 3-kunidan kechikmay har oyda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga kelishilgan shakl boʻyicha investitsiya loyihasi amalga oshirilishi reja-jadvalining bajarilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har oyda:
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish toʻgʻrisida Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan hajmda va muddatlarda taqdim etiladigan yigʻma statistika axboroti boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan;
markazlashtirilgan investitsiyalardan, shu jumladan Hukumat kafolati ostida jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan foydalanish boʻyicha — Moliya vazirligi va tijorat banklari tomonidan;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha — Adliya vazirligi tomonidan;
xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiyalari paketini xorijiy investorlarga sotish, mulkida davlat ulushi boʻlgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyati boʻyicha — Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
kichik va xususiy biznes sohasidagi, shu jumladan jalb etilayotgan xorijiy kredit liniyalari ishtirokidagi, investitsiya loyihalari boʻyicha — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan;
Keyingi tahrirga qarang.
loyiha koʻrsatkichlari (loyihadagi quvvatni taʼminlash, eksportni taʼminlash, yangi ish oʻrinlari barpo etish) investitsiya loyihasi tashabbuskori tomonidan bajarilishi yuzasidan — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etiladigan axborotlar asosida Maʼlumotlar bankini yangilab boradi.
13. Maʼlumotlar bankiga Investitsiya dasturida nazarda tutilgan kapital qoʻyilmalar hajmlari prognozi belgilangan tartibda aniqlashtirilish natijalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori bilan tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Monitoringni amalga oshirish
14. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari, Moliya vazirligi (Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan Moliya vazirligi qarz oluvchi sifatida ish koʻradigan qarzlar boʻyicha), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qabul qilingan qarorlariga, shuningdek tasdiqlangan reja-jadvallarga muvofiq investitsiya loyihalari amalga oshirilishi ishlarining holatini shu jumladan joyning oʻziga chiqib muntazam ravishda oʻrganadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Bunday ishni tashkil etish uchun Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi turli vazirliklar va idoralar yoxud xalqaro tashkilotlar va konsultatsiya kompaniyalari mutaxassislarini jalb etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan monitoring:
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga taqdim etiladigan tasdiqlangan reja-jadvallarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan Davlat statistika ishlari dasturida belgilangan hajmda va muddatlarda taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi yigʻma statistika axborotini;
mavjud va potensial xorijiy investorlar faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish boʻyicha ularning takliflarini oʻrganish asosida vaqti-vaqti bilan tayyorlanadigan investitsiya muhiti sharhini;
manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etiladigan tezkor axborotlarni;
markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan loyihalarni oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlash masalalari boʻyicha axborotlarni tahlil qilish va umumlashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
16. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan:
Keyingi tahrirga qarang.
tasdiqlangan reja-jadvallar bajarilishini, loyihalarni amalga oshirish yuzasidan zarur ishlar kompleksini olib borishning texnologik izchilligiga rioya etilishini nazorat qilish;
texnik-iqtisodiy asoslashlarning asosiy qoidalarini koʻrib chiqish, loyihalarni amalga oshirish mumkinligi yuzasidan umumiy qarorlar qabul qilish;
alohida yirik loyihalar, shu jumladan texnik-iqtisodiy asoslashlar koʻrsatkichlariga nisbatan loyihalarning qimmatlashishi yoki arzonlashishi mumkinligini hisobga olgan holda bazaviy loyihalashtirishni tasdiqlash;
markazlashtirilgan manbalar hisobiga ajratiladigan mablagʻlarning oʻz vaqtida moliyalashtirilishini va ulardan samarali foydalanilishini taʼminlash, hukumat kafolati ostida jalb etiladigan qarz mablagʻlarning oʻz vaqtida qaytarilishi taʼminlanishini nazorat qilish;
manfaatdor vazirliklar va buyurtmachi idoralar tomonidan ishlab chiqilgan ehtiyot qismlar va komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishi boʻyicha marketing dasturlarini ekspertizadan oʻtkazish;
ayrim strategik muhim va yirik loyihalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari, qurilishi amaldagi qonun hujjatlari buzilgan holda amalga oshirilayotgan loyihalarni mablagʻ bilan taʼminlashni toʻxtatib qoʻyish, shuningdek Investitsiya dasturi bajarilishi barbod boʻlishiga yoʻl qoʻyuvchi vazirliklar va idoralar, korxonalar va buyurtmachi tashkilotlarning rahbarlarini javobgarlikka tortish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqish;
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini oʻz vaqtida roʻyobga chiqarishga koʻmaklashuvchi boshqa asosiy masalalarni koʻrib chiqish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
IV. Monitoring natijalarini koʻrib chiqish
17. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va vakolatli banklardan olingan maʼlumotlar asosida investitsiya dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida yigʻma axborot tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yigʻma axborotda xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlar bilan bir qatorda vazirliklar, idoralar va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda investitsiya loyihalari tashabbuskorlari boʻlgan korxonalar va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan investitsiya loyihalari va takliflarini amalga oshirishning asosiy bosqichlari boʻyicha quyidagi maʼlumotlar;
investitsiyalashdan oldingi tadqiqotlarning oʻz vaqtida oʻtkazilishi, texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlarining ishlab chiqilishi toʻgʻrisida investitsiya loyihalari tashabbuskorlarida olingan axborot;
texnik-iqtisodiy asoslashlar va loyiha-smeta hujjatlari vakolatli ekspertiza organlari tomonidan ekspertiza qilinganligi toʻgʻrisidagi axborot;
investitsiya loyihalarining mablagʻ bilan taʼminlashning tasdiqlangan sxemalariga muvofiq oʻz vaqtida mablagʻ bilan taʼminlanishi toʻgʻrisidagi axborot;
qurilish-montaj ishlarini bajarish va obyektlarni ishga tushirish muddatlariga va texnologik izchilligiga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi axborot;
Hukumat kafolati ostidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan kredit mablagʻlaridan foydalanish va ularni qaytarish muddatlari va shartlariga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi axborot (banklar);
investitsiya loyihalari tashabbuskorlari tomonidan loyihalarni investitsiya loyihalarining aniq dasturiga kiritish uchun asos hisoblanadigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishida ifodalangan investitsiyalash shartlariga rioya qilinishi toʻgʻrisidagi boshqa axborot;
Investitsiya dasturiga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishni taʼminlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni asoslagan holda takliflar mavjud boʻladi.
18. Investitsiya dasturini amalga oshirishning yigʻma tahlili, shuningdek qoʻshimcha tahliliy axborot asosida, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:
Keyingi tahrirga qarang.
shakllanayotgan yoʻnalishlarni oʻrganib chiqadi, investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik toʻsiqlarni aniqlaydi, xorijiy investorlar uchun mavjud imtiyozlar va preferensiyalar tizimining samaradorligini tahlil qiladi;
investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish yuzasidan takliflar va tavsiyalar ishlab chiqadi;
investitsiya jarayoni samaradorligini oshirish uchun zarur boʻlgan hukumat qarorlarini tayyorlash ishlarini tashkil etadi;
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan taqdim etiladigan axborot asosida iqtisodiyotning ustuvor sektorlari va toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun eng muhim ishlab chiqarishlar roʻyxatini, shuningdek jalb etilayotgan investitsiyalarni respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va mintaqalari boʻyicha maqbul joylashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
Investitsiya dasturini shakllantirish va amalga oshirishning muammoli masalalarini hal etish boʻyicha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan birgalikda takliflar tayyorlaydi;
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha qoʻshimcha investitsiya loyihalarini Investitsiya dasturining aniq qismiga kiritish yoki yigʻma qismiga oʻtkazish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritadi;
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya dasturini shakllantirish va uning bajarilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa ishlarni tashkil etadi.
19. Monitoring natijalari Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan:
har oyda Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlariga va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga;
yilning har choragida — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Zarur qarorlar qabul qilish uchun har oyda:
Keyingi tahrirga qarang.
Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari majlislarida koʻrib chiqiladi;
monitoring natijalari Vazirlar Mahkamasining iqtisodiy islohotlarning borishi va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlariga bagʻishlangan majlislarida tinglanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Investitsiya loyihasi
PASPORTI
(loyihaning nomi va joylashgan joyi)
PASPORTI
(loyihaning nomi va joylashgan joyi)
1. Loyiha buyurtmachisi boʻlgan tashkilot —
2. Loyihaning maqsadi —
3. Loyihani investitsiyalash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining qarori (agar zarur boʻlsa) —
4. Hukumat kafolatlari —
5. Loyiha TIA holati —
6. Xorijiy sherik va investor (shu jumladan kreditor, bosh pudratchi) —
7. Loyihani amalga oshirish muddatlari, shu jumladan loyihadagi quvvatga chiqish muddati (yillar) —
8. Loyiha joylashgan joy —
|
T/r |
Koʻrsatkichlar nomi |
Oʻlchov |
TIA boʻyicha |
Loyihani amalga |
Izoh |
|
1. |
Loyiha tashabbusi (kim tomonidan, sana va hujjatlar tartib raqami) |
|
|
|
|
| 2. | Loyihaning umumiy qiymati | mln AQSh dollari | | | |
| | joriy narxlarda (sh. j. ekvivalent) | | | | |
| | EMVda (ekvivalent) | | | | |
| 3. | EMVdagi xarajatlar, hammasi | mln AQSh dollari | | | |
| | sh. j. asbob-uskunalar xarid qilish va boshqalar uchun | | | | |
| 3.1 | Milliy valyutadagi xarajatlar, hammasi (ekvivalent) | soʻm/ AQSh dollari | | | |
| | sh. j. qurilish-montaj ishlari va boshqalar uchun | | | | |
| 4 | Moliyalashtirish manbalari | tegishli birliklarda | | | |
| | budjet mablagʻlari | | | | |
| | xorijiy kreditlar, hammasi | | | | |
| | sh. j. hukumat kafolatlari ostida | | | | |
| | boshqa manbalar: | | | | |
| | toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsilar, hammasi | | | | |
| | sh. j. xorijiy sherikning ustav fondiga ulushi | | | | |
| | oʻz mablagʻlari | | | | |
| | tijorat banklari kreditlari | | | | |
| | boshqa manbalar | | | | |
| 5 | Band boʻladiganlarning moʻljallanayotgan soni | kishi | | | |
| 6. | Qurilishning davom etishi, hammasi | oy | | | |
| | sh. j. qurilish boshlanadigan yil | | | | |
| | qurilish tugallanadigan yil | | | | |
| 7. | Loyihaning oʻzini qoplash muddati, hammasi | yil | | | |
| | sh. j. yillar boʻyicha | | | | |
| 8. | Qarz mablagʻlarini toʻlash muddati, hammasi | yil | | | |
| | sh. j. yillar boʻyicha | | | | |
| 9. | sh. j valyuta mablagʻlarini toʻlash muddati, hammasi | yil | | | |
| 10. | Qarz mablagʻlarini toʻlashning holati, hammasi | tegishli birliklarda | | | |
| | sh. j. yillar va toʻlash manbalari boʻyicha | | | | |
| 11. | sh. j. toʻlovlarning muddati oʻtkazib yuborilgan summasi, hammasi | tegishli birliklarda | | | |
| sh. j. yillar va toʻlash manbalari boʻyicha | | | | | |
| 12. | Korxona quvvati (nomenklatura boʻyicha ishlab chiqariladigan mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlarning yillik hajmi) | tegishli birliklarda | | | |
| 13. | Olinadigan xomashyoning mavjudligi va hajmlari | tegishli birliklarda | | | |
| | sh. j. yillar boʻyicha | | | | |
| 14. | Loyihani mahalliylashtirish darajasi, hammasi | % | | | |
| | sh. j. yillar boʻyicha | | | | |
| 15. | Eksport hajmi (mahsulot va koʻrsatiladigan xizmatlar eksporti hajmi) va uning nomenklaturasi | tegishli birliklarda | | | |
| 16. | Mahsulotni sotishning moʻljallanayotgan bozorlari: | | | | |
| | ichki bozor | % | | | |
| | tashqi bozor | % | | | |
| 17. |
Loyiha boʻyicha vakolatli ekspertiza organlari xulosasi (xatlar tartib raqami) | ||||
|
1. Moliya vazirligi — | |||||
|
2. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi — | |||||
|
3. Iqtisodiyot vazirligi — | |||||
|
4. Bank — | |||||
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Tasdiqlayman”
Korxona rahbari (rais, direktor)
_______________________ (F.I.O.)
200__ y. ____________ “__”
Korxona rahbari (rais, direktor)
_______________________ (F.I.O.)
200__ y. ____________ “__”
(loyiha nomi, tashabbuskor)
| T/r |
Loyihani amalga oshirish bosqichlari |
Boshlash |
Tugatish |
| 1. | Loyiha tashabbusi (kim tomonidan, sana va hujjatlar tartib raqami) | | |
| 2. | Loyihaning TIAni ishlab chiqish tasdiqlash | | |
| 3. | Xorijiy sherik, investor, bosh pudratchini va boshqalarni tanlab olish boʻyicha tender oʻtkazish (sana va hujjatlar tartib raqami) | | |
| 4. | Yangi tashkil etilayotgan korxonani, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani (zarurat boʻlsa) roʻyxatdan oʻtkazish (kim tomonidan, sana va hujjatlar tartib raqami) | | |
| 5. | Asosiy kontraktni tuzish, kelishib olish va roʻyxatdan oʻtkazish (kim tomonidan, sana va hujjatlar tartib raqami) | | |
| 6. | Moliyalashtirish shartlarini, shu jumladan mablagʻ bilan taʼminlovchi institutlar (banklar) bilan tuziladigan kredit bitimlari shartlarini belgilash | | |
| 7. | Loyiha boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish (agar talab qilinsa) | | |
| 8. | Loyiha-smeta hujjatlarini ishl�b chiqish, kelishib olish va tasdiqlash | | |
| 9. | Milliy valyutada mablagʻ bilan taʼminlashni boshlash | | |
| 10. | Xorijiy valyutada moliyalashtirishni boshlash | | |
| 11. | Qurilish-montaj ishlarini bajarish | | |
| 12. | Texnologiya asbob-uskunalarini ishlab chiqarish, yetkazib berish, oʻrnatish va ishga tushirish-sozlash | | |
| 13. | Ishlab chiqarishni boshlash va loyihadagi quvvatga chiqish | | |
*) Izoh. Mablagʻlarni manbalar (investitsiyalar, kreditlar, budjet mablagʻlari va boshqalar) boʻyicha oʻzlashtirish jadvali ilova qilinishi zarur.
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarni tayyorlash va ularning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
XMII va donor mamlakatlar ishtirokidagi investitsiya loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish
REGLAMENTI
REGLAMENTI
| T/r | Tayyorlash va amalga oshirish bosqichlari | Nazorat muddatlari | Masʼul organ |
| I. Loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligini oldindan ishlab chiqish va asoslash — muddat 2 oygacha | |||
| 1 | Tarmoq va hududni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish | Reglamentga muvofiq |
Vazirlik/idora (loyiha tashabbuskori) |
| 2 | Ayrim loyihalarni amalga o�irishning iqtisodiy samaradorligini oldindan ishlab chiqish | Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamenti | |
| 3 | Dastlabki hisob-kitoblarni ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriqni idoralararo kelishib olish | 1 hafta | Vazirlik/idora |
| 4 | Tashabbuskor tomonidan loyihaning dastlabki hisob-kitoblari tayyorlanishi va Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamentiga va vakolatli ekspertiza organlariga (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga) kiritish | 1 oy | Vazirlik/idora |
| 5 | Loyihani koʻrsatib oʻtilgan dastlabki shartlarda amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida vakolatli ekspertiza organlari xulosalarini olish | 3 hafta (reglamentga muvofiq | Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 6 | Tashabbuskor tomonidan kamchiliklarning bartaraf etilishi | Ekspertiza yakunlariga koʻra | Vazirlik/idora |
| II. TIA/TIH* ishlab chiqish — muddat 3 oygacha | |||
| 7 | Loyiha TIAni ishlab chiqish boʻyicha moliyalashtirish manbalarini belgilash | 3 oygacha |
Vazirlik/idora |
| 8 | TIA/TIHRni ishlab chiqish yuzasidan texnik topshiriqni ichki idoraviy kelishib olish | Vazirlik/idora | |
| 9 | Loyihaning yakuniy TIA/TIHni tayyorlash | Vazirlik/idora | |
| III. Loyihaning texnik-iqtisodiy parametrlarini ekspertizadan oʻtkazish, Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olish va tasdiqlash tartib-qoidalarini amalga oshirish — muddat 2 oygacha | |||
| Ichki ekspertiza |
1 hafta |
Vazirlik/idora | |
| 10 | Maʼqullash uchun Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamentiga kiritish | Vazirlik/idora | |
| 11 | Kamchiliklarni bartaraf etish va Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamentining maʼqullashi | 1 hafta | Vazirlik/idora |
| Tashqi ekspertiza |
3 hafta |
Vazirlik/idora | |
| 12 | Loyihalarning TIA/TIH boʻyicha vakolatli ekspertiza organlaridan (Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, vakolatli bank) loyihani ishlab chiqilgan yakuniy shartlar bilan amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosani olish | ||
| 13 | Tashabbuskor tomonidan TIA/TIH boʻyicha kamchiliklarning bartaraf etilishi � | Ekspertiza yakunlariga koʻra | Vazirlik/idora |
| 14 | Loyiha TIA/TIH parametrlarini vakolatli ekspertiza organlari bilan belgilangan tartibda kelishish | 1 hafta | Vazirlik/idora |
| Loyihaning TIAni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi |
10 kun |
Vazirlik/idora | |
| 15 | Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishib olish | ||
| 16 | Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash yuzasidan kelishilgan Hukumat qarorining kelishilgan loyihasini Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamentiga kiritish | 1 hafta | Vazirlik/idora |
| 17 | Loyihaning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash yuzasidan Hukumat qarorini qabul qilish | Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga muvofiq | Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamenti |
| IV. Loyihani amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalarini qidirib topish va kelishib olish — muddat 3 oygacha | |||
| 18 | Loyihani moliyalashtirish (zarurat boʻlganda qoʻshimcha moliyalashtirish) manbalarini ishlab chiqish | 1 hafta (TIA/TIHni ishlab chiqish bilan bir vaqtda | Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
* Ishlar XMII/kreditor tartib-qoidalari boʻyicha Loyihani boshqarish toʻgʻrisidagi hujjatni tayyorlash bilan bir vaqtda olib boriladi.
| T/r | Tayyorlash va amalga oshirish bosqichlari | Nazorat muddatlari | Masʼul organ |
| 20 | Moliyaviy institutlar bilan moliyaviy qarz mablagʻlari ajratish shartlarini ishlab chiqish | 4 hafta (TIA/TIHni ishlab chiqish bilan bir vaqtda) | Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 21 | Moliyaviy institutlarning baholash hisobotlari asosida tegishli dastlabki bitim (oʻzaro anglash toʻgʻrisidagi memorandum, umumiy bitim)ni imzolash | 1 oy (TIA/TIHni ishlab chiqish bilan bir vaqtda | Vazirlar Mahkamasining mutasaddilik qiluvchi kompleksi rahbari yoxud vakolatli mansabdor shaxs |
| Asosiy moliyaviy institut |
Moliyaviy institut tomonidan belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda |
vazirliklar va idoralar jalb etilgan holda Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti | |
| 22 | Loyihani Moliyaviy institutning Direktorlar kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritishni taʼminlash yuzasidan muzokara jarayonini olib borish, shuningdek qarz bitimi, zarur boʻlganda loyiha va kafolat bitimi matnlarini kelishib olish | ||
| 23 | Loyihani Direktorlar kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisida moliyaviy institutning dastlabki roziligini olish | Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi | |
| Qoʻshimcha moliyalashtiruvchi organ |
Moliyaviy institut tomonidan belgilangan muddatlarni hisobga olgan holda |
vazirliklar va idoralar jalb etilgan holda Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti | |
| 24 | Loyihani Moliyaviy institutning Direktorlar kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritishni taʼminlash yuzasidan muzokara jarayonini olib borish, shuningdek qarz bitimi, zarur boʻlganda loyiha va kafolat bitimi matnlarini kelishib olish | ||
| 25 | Loyihani Direktorlar kengashi koʻrib chiqishi uchun kiritish toʻgʻrisida moliyaviy institutning dastlabki roziligini olish | | Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
| 26 | Loyihaning XMII Direktorlar kengashi tomonidan maʼqullanishi | Moliyaviy institut Direktorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi | |
| V. Loyihani amalga oshirish toʻgʻrisidagi Hukumat qarorini kelishib olish va qabul qilish — muddat 1 oygacha | |||
| 27 | Vazirlar Mahkamasining loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori loyihasini tayyorlash | 1 hafta | Vazirlik/idora |
| 28 | Vazirlar Mahkamasi qarorini vakolatli vazirliklar va idoralar bilan kelishib olish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish | 2hafta | Vazirlik/idora |
| 29 | Vazirlar Mahkamasining loyihani amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish | | |
| 30 | Qabul qilingan Hukumat qarorini bajarish boʻyicha nazorat rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash | 3 kun | Vazirlar Mahkamasining mutasaddi axborot-tahlil departamenti |
| VI. Moliviy bitimlar tuzish — muddat 1 oygacha | |||
| 31 | Moliyaviy institut bilan qarz bitimini imzolash | Moliyaviy institut bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha | Vazirlar Mahkamasi kompleksi rahbari/Moliya vazirligi |
| 32 | Zarurat boʻlganda loyiha va kafolat bitimlarini imzolash | Moliyaviy institut bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha | Moliya vazirligi, vakolatli bank Vazirlik/idora |
| VII. Tender savdolari tartib-qoidalarini bajarish, moliyalashtirishni, investitsiya jarayonini va moliyaviy mablagʻlarni oʻzlashtirishni boshlash – muddat 3 oygacha | |||
| 33 | Loyihani Investitsiya loyihasining aniq qismiga kiritish | Reglamentga muvofiq | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligi |
| 34 | Tender hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash | 1 oy | Vazirlik/idora |
| 35 | Etkazib beruvchilarni tanlab olish boʻyicha tender oʻtkazish | | Vazirlik/idora |
| 36 | Tender natijalarining XMII/kreditor tomonidan maʼqullanishi | Moliyaviy institutlar tartib-qoidalarini hisobga olgan holda | |
| 37 | Amalga oshirilayotgan loyiha doirasida kontraktlar tuzish | 2 hafta | Vazirlik/idora |
| 38 | Loyiha doirasida import kontraktlarini ekspertizadan oʻtkazish va xulosa berish | 2 hafta / reglamentga muvofiq | Tashqi iq�isodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Davlat bojxona qoʻmitasi, vakolatli bank |
| 39 | XMII tomonidan moliyalashtirish (qoʻshimcha moliyalashtirish) boshlanishi va davlat budjeti mablagʻlari ajratish | Kontraktlarni ekspertizadan oʻtkazish yakunlariga koʻra | Moliya vazirligi (budjet mablagʻlari qismi boʻyicha) |
Izohlar:
1. Loyihani tayyorlash va amalga oshirishning har bir bosqichida ijro etuvchi agentlik Vazirlar Mahkamasining mutasaddi departamenti bilan kelishgan holda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga investitsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringi tizimining yagona kompyuterlashgan maʼlumotlar bazasini shakllantirish va unga oʻzgartirishlar kiritish maqsadida loyihaning joriy holati toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi.
2. Loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishning majburiy bosqichlari cheklangan muddatlari Vazirlar Mahkamasining mutasaddi departamenti bilan kelishgan holda tuzatishlar kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Asosiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini, shuningdek muruvvat loyihalari monitoringi masalalarini belgilaydi va tartibga soladi.
2. Muruvvat yordami — bu aholining ijtimoiy nochor guruhlariga tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish, ijtimoiy soha muassasalarini qoʻllab-quvvatlash, tabiiy ofatlar hamda boshqa favqulodda hodisalar oqibatlarini tugatish uchun beriladigan maqsadli begʻaraz koʻmakning bir turidir.
Muruvvat yordami tibbiyot tovarlari, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmol tovarlari va boshqa tovarlar, shu jumladan asbob-uskunalar, transport va texnika, shuningdek grantlar, ixtiyoriy ehsonlar, bajarilgan ishlar va xizmatlar, shu jumladan muruvvat yordami yuklarini transportda tashish, kuzatib borish va saqlash shaklida koʻrsatiladi.
Muruvvat yordami sifatida olingan tovarlar bojxonada rasmiylashtirish tartib-qoidalari amalga oshirilgandan keyin oluvchilar tomonidan “Muruvvat yordami” yozuvini qayd etgan, oluvchining rekvizitlarini koʻrsatgan holda tamgʻalanadi.
Muruvvat yordami xorijiy davlatlar, ularning federal yoki munitsipal tuzilmalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar (keyingi oʻrinlarda donorlar deb ataladi) tomonidan koʻrsatilishi mumkin.
Budjet, nodavlat notijorat tashkilotlari va faoliyati foyda olishga yoʻnaltirilmagan boshqa yuridik shaxslar (keyingi oʻrinlarda oluvchilar deb ataladi) keyinchalik respublika isteʼmolchilari oʻrtasida taqsimlash maqsadida muruvvat yordamining oluvchilari boʻlishi mumkin.
Muruvvat yordami yuklarini oluvchilar dasturlar va donorlar bilan tuzilgan dasturlar va bitimlar yoki muruvvat yordami bilan bogʻliq tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbarining (keyingi oʻrinlarda Kompleks deb ataladi) qarorlari asosida aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tamaki mahsulotlari, vino-aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar, harbiy maqsaddagi tovarlar, shuningdek olib kelinishi taqiqlangan tovarlar muruvvat yordami yuklari jumlasiga kiritilishi mumkin emas.
Muruvvat yordami yuklarining pul ifodasidagi qiymatidan asosan bojxonada rasmiylashtirish maqsadlari uchun foydalaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekistonda muruvvat yordami koʻrsatuvchi xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida akkreditatsiya qilinadi. Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, sogʻliqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari axborot-tahlil departamentining xulosasi xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilot vakolatxonasi yoki filiali davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va qayta roʻyxatdan oʻtkazilishi uchun asos hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Kompleks rahbarining muruvvat yordami masalalari boʻyicha qarorlari vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordamini muvofiqlashtirish ishlari tezkor bajarilishini tezkor taʼminlash maqsadida shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadigan doimiy ishlaydigan ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruh deb ataladi) tashkil etiladi.
5. Muruvvat yordami yuklarini qabul qilish, bojxonada rasmiylashtirish, transportda tashish, toʻplash, saqlash, xatlovdan oʻtkazish, yuklarning xavfsizligi boʻyicha qoʻriqlash va boshqa karantin tadbirlarini oʻtkazish, muruvvat yordamini aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash va ulardan samarali, maqsadli foydalanish uchun masʼuliyat:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tuziladigan muruvvat yordami boʻyicha hududiy komissiyalarga (keyingi oʻrinlarda hududiy komissiyalar deb ataladi);
ijtimoiy soha vazirliklari va idoralari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari huzurida tuziladigan muruvvat yordami boʻyicha tarmoq komissiyalariga (keyingi oʻrinlarda tarmoq komissiyalari deb ataladi) yuklanadi.
6. Muruvvat yordamidan belgilanmagan maqsadda foydalanishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javob beradilar.
II. Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi
7. Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi. Muruvvat yordami olinishidan oldin maxsus ekspert komissiyasi tomonidan bu yordamning maqsadga muvofiqligi aniqlanadi.
8. Muruvvat yordami sifatida Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan yuklarni bojxonada rasmiylashtirish qonun hujjatlariga muvofiq, Departamentning koʻrsatilgan yuklarning muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasiga keltirilgan muruvvat yordami yuklari va yuklarni oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Departamentga hamda Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Yuklarning muruvvat yordamiga mansubligini tasdiqlash uchun muruvvat yordamini oluvchi Departamentga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
dastur yoxud donor tashkilot bilan muruvvat yordami boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim;
yukni joʻnatuvchining yuk muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi invoysi (schyot-faktura);
yukni oluvchining yukning foydalanish maqsadi toʻgʻrisidagi xati;
yoʻl-transport yuk xatlari;
zaruriyat boʻlganda, karantin va boshqa inspeksiya xizmatlarining yukning qonun hujjatlariga muvofiq respublikaga keltirilishiga ruxsat etilgan yuklar roʻyxatiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi.
10. Yuklarning muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi xulosalar Departamentning protokol tarzidagi qarori rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordami yuklarini bojxonada tezkorlik bilan rasmiylashtirish maqsadida Departamentning masʼul xodimlaridan tayinlangan muvofiqlashtiruvchi tomonidan ularning muruvvat yordamiga mansubligi toʻgʻrisidagi dastlabki xulosasi berilishiga yoʻl qoʻyiladi, keyinchalik mazkur xulosa Departamentning protokoli bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Aeroportlarda, temir yoʻl va avtotransport stansiyalarining omborlaridagi muruvvat yordami yuklaridan saqlash, xabardor qilish, bojxona tartib-qoidalari, deklaratsiyalash, bekor turib qolish, tushirish-yuklash ishlari va boshqa xizmatlar uchun bojlar, yigʻimlar va boshqa xil toʻlovlar olinmaydi.
12. Muruvvat yordami yuklari sifatini va ularning xavfsizligini nazorat qilish belgilangan tartibda, toʻlov undirmasdan davlat nazoratining vakolatli organlari tomonidan amalga oshiriladi.
13. Muruvvat yordami yuklarining ularni tashish vaqtidagi saqlanishi tegishli transport tashkilotlari va Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati boʻlinmalari tomonidan, toʻlov undirmasdan taʼminlanadi.
14. Muruvvat yordami yuklarini oluvchilar muruvvat yuklarining hisobga olinishini, saqlanishini, ulardan maqsadli foydalanilishini va ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini taʼminlashga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordami sifatida keltirilgan tovarlarni hisobga olish va saqlash tijorat tovarlaridan alohida amalga oshiriladi.
15. Hududiy va tarmoq komissiyalari Kompleks rahbari tasdiqlashi uchun Departamentga muruvvat yordami yuklarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash boʻyicha takliflar taqdim etadilar, ular har yili beriladigan buyurtmanomalarga muvofiq boʻlishi (ushbu Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq shakl boʻyicha), shuningdek donor tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlarning takliflariga, xalq deputatlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari soʻrovlariga asoslanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va ularni aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash ustidan nazorat hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Muruvvat yordami yuklarini oluvchi budjet tashkilotlari boʻyicha nazorat, shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan ham amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Huzurida hududiy va tarmoq komissiyalari tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga muruvvat yordami yuklari olingani va ulardan maqsadli foydalanilgani toʻgʻrisida har chorakda Davlat statistika hisoboti shakli boʻyicha hisobotlar taqdim etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Ishchi guruh bilan birgalikda hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni yigʻma statistika hisoboti tarzida umumlashtirishni taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini tekshirishlar belgilangan tartibda, Ishchi guruh tomonidan Departament tasdiqlagan jadval boʻyicha, zaruriyat boʻlganda, mustaqil ekspertlar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasi vakillarini jalb etgan holda oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Muruvvat yordami yuklarining oluvchilari yoki isteʼmolchilari hisoblanadigan budjet tashkilotlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini rejali tekshirishlarni oʻtkazish vaqtida davlat moliya organlari tomonidan ularni tekshirish rejalariga muruvvat yordami yuklarining maqsadli foydalanilishi va ularning aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishini nazorat qilish ham kiritiladi.
20. Oʻtkazilgan tekshirishlar yakunlari boʻyicha dalolatnoma tuziladi, unda muruvvat yordami yuklarini bojxonada rasmiylashtirish, qabul qilish, hisobga olish va aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlash talablariga muvofiqlik, shu jumladan:
muruvvat yordami yuklarini saqlash va taqsimlash sharoitlari;
muruvvat yordami sifatida keltirilgan tovarlarda tamgʻaning mavjudligi;
olingan muruvvat yordami yuklari boʻyicha hisobga olish hujjatlarining (hisobga olish daftarlari, kitoblari, vedomostlar va shu kabilar) mavjudligi va toʻliqligi;
muruvvat yordami yuklari isteʼmolchilarining yuklarning olinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holdagi nomlari koʻrsatilgan roʻyxatlarini tuzish;
muruvvat yordami sifatida olingan foydalanilmagan tovarlar miqdorining hisobi, sabablari, foydalanishga yaroqlilik muddati oʻtib ketgan tovarlar (mahsulotlar)ni koʻrsatgan holda;
fuqarolarning xatlari va shikoyatlari boʻyicha ishlarning amalga oshirilganligi aks ettiriladi.
III. Muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi monitoringini yuritish tartibi
21. Muruvvat loyihalari amalga oshirilishi monitoringi ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha yuritiladi.
22. Donorlar tomonidan muruvvat yordami doirasida berilgan mablagʻlar, tovarlar va xizmatlardan foydalanish samaradorligini oshirish muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringining maqsadi hisoblanadi.
23. Muruvvat yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalari muruvvat loyihalarini amalga oshirish boʻyicha takliflar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻadi, ishlaydi va umumlashtiradi hamda ushbu maʼlumotlarni muntazam ravishda Departamentga taqdim etadi.
Ishchi guruh taqdim etilgan axborotni tahlil qiladi, har yili yigʻma hisobot tuzadi va Kompleks rahbari uchun ustuvor loyihalar roʻyxatini shakllantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Muruvvat loyihalarining ustuvor roʻyxatini donorlarga yuborish Ishchi guruh tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda respublikada akkreditatsiya qilingan donorlar vakolatxonalari orqali amalga oshiriladi.
Donorlar tomonidan muruvvat loyihasini amalga oshirishdan manfaatdorlik tasdiqlangan taqdirda tegishli ijrochi hududiy va tarmoq komissiyalari orqali dasturni tayyorlash va amalga oshirishning asoslangan reja-jadvalini protokol bilan tasdiqlash uchun Departamentga joʻnatadi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Muruvvat loyihalari monitoringining muntazam ravishda oʻtkazilishi yuzasidan masʼuliyat hududiy va tarmoq komissiyalariga yuklanadi.
26. Muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringini amalga oshirish quyidagi hujjatlarni tayyorlash va yigʻish, shuningdek tasdiqlashni taʼminlashni nazarda tutadi:
a) Reja-jadval (ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha);
b) Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobot (ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha);
v) Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotga tushuntirish xati (ixtiyoriy shaklda), unda quyidagi maʼlumotlar boʻladi:
loyiha toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar (tarmoq sektori, loyihaning nomi, uning joylashgan joyi va kutilayotgan natijalari, muruvvat loyihasining ijrochilari, amalga oshirish davri, smeta qiymati, moliyalashtirish manbalari);
moliyalashtirishning borishi va ajratilgan mablagʻlarning oʻzlashtirilishi, muruvvat loyihasini amalga oshirishda paydo boʻlgan muammolar toʻgʻrisida axborot;
import qilinayotgan tovarlar va xizmatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
qoʻyilgan maqsadlarga erishilganligi va prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
27. Muruvvat yordami boʻyicha hududiy va tarmoq komissiyalari tomonidan hisobotlar Departamentga va Davlat statistika qoʻmitasiga:
Keyingi tahrirga qarang.
Reja-jadval — har yili 25-yanvardan kechikmay;
Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisobot va Ishlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotga tushuntirish xati — hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay taqdim etiladi.
28. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi Departamentga va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga ustuvor muruvvat loyihalarining amalga oshirilishi toʻgʻrisida yakuniy axborot taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Muruvvat dasturlarini amalga oshirish maqsadida muruvvat yordami boʻyicha hududiy komissiya buyurtmanomasining namunaviy shakli
1. Sarvaraq
a) dasturning nomi
b) hududiy komissiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (manzili, telefon, faks)
v) dasturning boshlanishi va tugallanishi sanalari
g) loyihaning jugʻrofiyasi (u qayerda amalga oshiriladi)
d) dasturning qiymati
2. Muammoning qoʻyilishi
3. Dasturning maqsadi va vazifalari
4. Dasturni amalga oshirish usullari va bosqichlari
5. Dastur monitoringi usullari
6. Kutilayotgan natijalar va ularni baholash mezonlari
7. Dasturning budjeti
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi
toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Muruvvat yordami boʻyicha tarmoq komissiyasining muruvvat yordami olishga buyurtmanomasining
NAMUNAVIY ShAKLI
NAMUNAVIY ShAKLI
1) Tarmoq komissiyasining nomi
2) Muruvvat yordami sifatida olinayotgan tovarlarning soʻralayotgan guruhi nomi
(Masalan: dori-darmonlar va tibbiyot anjomlari)
3) Necha marta murojaat qilingan
(Buyurtmanoma birinchi buyurtmanoma yoki takroriy ekanligi koʻrsatilsin. Agar buyurtmanoma takroriy boʻlsa, qaysi xalqaro tashkilotga va qachon murojaat qilinganligi koʻrsatilsin)
4) Talab etiladigan muruvvat yuklari soʻrovi uchun shakl
| MURUVVAT YORDAMINI OLUVChILAR | MURUVVAT YORDAMINING TALAB ETILGAN YuKLARI ROʻYXATI | KOMPLEKTLAR SONI |
| Masalan: Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi | Nogironlar aravachalari | 10 |
5) Etkazib berishning kutilayotgan muddatlari
6) Muruvvat yordamidan foydalanish monitoringi usullari
(Masalan: bevosita oluvchilardan soʻrab chiqish, taqsimlash joyiga boruvchi komissiyalar, oluvchi tashkilotlar hisobotlari, boshqalar)
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Muruvvat loyihalarini amalga oshirish monitoringi sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
5-ILOVA
Muruvvat loyihasini tayyorlash va amalga oshirish reja-jadvali
Loyihaning nomi ____________ Bajaruvchi____________ Loyihaning rejalashtirilayotgan muddatlari: 200__ .
| T/r |
Loyiha qismining nomi |
Natura koʻrsatkichini oʻlchash birligi |
Bajarilish \ moliyalashtirish hajm | |||||||||
| Loyiha boʻyicha hammasi |
Shu jumladan yillar boʻyicha | |||||||||||
| Tadbirlar (ishlar turi) |
Rejalashtirilayotgan yil boshlangungacha | Rejalashtirilayotgan bir yilga | Prognoz | |||||||||
| Bir yilga hammasi |
Shu jumladan choraklar boʻyicha | 2-yil-ga |
3-yil-ga |
Undan keyingi yillarga | ||||||||
| I | II | III | IY | |||||||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 |
| | | | | | | | | | | | | |
Izoh: Loyiha qismlari boʻyicha tadbirlar (ishlar turlari)ni bajarish va moliyalashtirishning rejadagi hajmlari jadvalga kasr shaklida kiritiladi, tegishli oʻlchov birliklaridagi naturadagi koʻrsatkich surat, maxraj esa – valyutadagi moliyalashtirish summasi. Naturadagi koʻrsatkich deganda fizik miqdorlar (uzunligi, hajmi, massasi, miqdori va hokazolar), ishlab chiqilgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari, hisobot, xulosa va hokazolar) yoki amalga oshirilgan ishlar (maslahat, seminar, xizmat safari, xarid qilish, nazorat, hujjatni tasdiqlash va hokazolar) nazarda tutiladi.
Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisidagi nizomga
6-ILOVA
6-ILOVA
Muruvvat yordami boʻyicha ishlarning bajarilishi toʻgʻrisida hisobot
Loyihaning nomi ____________ Bajaruvchi____________ Loyihaning rejalashtirilayotgan muddatlari: 200__ .
| T/r |
Loyiha qismining nomi |
Natura ifodasida ish turlari |
Naturadagi koʻrsatkichning oʻlchov birligi |
Natura ifodasida ishlarni bajarish hajmi |
Hisobot choragidagi oʻzlashtirish hajmi Soʻm yoki AQSh dollari | ||||
| Yil boshidan boshlab |
Shu jumladan hisobot choragida | ||||||||
| reja | amalda | reja | amalda | reja | amalda | ||||
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | 10 |
| | | | | | | | | | |
Izoh: Naturadagi koʻrsatkich deganda fizik miqdorlar (uzunligi, hajmi, massasi, miqdori va hokazolar), ishlab chiqilgan hujjatlar (loyiha-smeta hujjatlari, hisobot, xulosa va hokazolar) yoki amalga oshirilgan ishlar (maslahat, seminar, xizmat safari, xarid qilish, nazorat, hujjatni tasdiqlash va hokazolar) nazarda tutiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar va xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmagi:
tovarlar (asbob-uskunalar) xarid qilish uchun;
maslahat xizmatlari koʻrsatish uchun;
xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar, xorijiy hukumat tashkilotlari va xorijiy investorlarning qarzlari va investitsiyalari jalb qilingan holda amalga oshiriladigan loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun;
taʼlim beruvchi dasturlar (trening)ni amalga oshirish uchun grantlar shaklida beriladi.
3. Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
II. Texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish monitoringi
4. Texnik koʻmakni oluvchi vazirlik yoki idora (ijro etuvchi agentlik) xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlari tomonidan texnik koʻmaklashish granti maʼqullanishi toʻgʻrisida ijobiy qaror qabul qilgandan keyin ikki hafta muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga Vazirlar Mahkamasining tegishli kompleksi rahbari tomonidan tasdiqlangan:
Keyingi tahrirga qarang.
a) texnik koʻmaklashish loyihasini amalga oshirish tadbirlari rejasini;
b) grant mablagʻlarini oʻzlashtirish jadvalini taqdim etadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va mintaqalari boʻyicha axborotlarni turkumlash va texnik koʻmaklashishdan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har chorakda hisobot choragi oxirgi oyining 25-kunidan kechikmay Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga texnik koʻmakni oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni belgilangan shakl boʻyicha taqdim etadi (2-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
6. Olingan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi tegishli ijro etuvchi agentliklarga davlat statistika hisobotining shaklini yuboradi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi olingan va oʻzlashtirilgan grant mablagʻlari toʻgʻrisida ijro etuvchi agentliklar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida har chorakda umumlashtirilgan axborot shakllantirilishini, shuningdek uning toʻlov balansi statistikasiga kiritish uchun taqdim etilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har chorakda mablagʻlarning xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining tegishli hisob raqamlaridagi harakati toʻgʻrisidagi axborotni oladi, ushbu axborot umumlashtiriladi va maʼlumotlarning elektron bazasiga kiritiladi hamda texnik koʻmaklashish loyihalarining amalga oshirilishi doimiy monitoringini va xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar boʻyicha maʼlumotlarning elektron bazasida saqlanishini taʼminlaydi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi har chorakda hisobot davridan keyingi oyning 10-kunidan kechikmay xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish loyihalarining Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi yigʻma monitoring axborotini Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Grant mablagʻlari hisobiga tovarlar va xizmatlar sotib olish xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq tender asosida amalga oshiriladi va ular uchun haq, qoidaga koʻra, ular qarorgohlarda ochilgan tegishli hisob raqamlaridan toʻgʻridan toʻgʻri toʻlanadi. Grant mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasida oluvchilar hisob raqamlariga ularning faqat Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat bankida maxsus ochilgan hisob raqamlariga tushadi.
10. Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish loyihalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelinayotgan tovarlar (xizmatlar)ni bojxonada rasmiylashtirish ular bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida tuzilgan bitimlarga va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ijro etuvchi agentliklar Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish loyihalarini amalga oshirish doirasida olib kelinayotgan tovarlar (xizmatlar) tushganligi toʻgʻrisida axborot beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlar (xizmatlar)ning xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmagiga tegishliligi toʻgʻrisidagi xulosa zarurligi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan bayon qilingan taqdirda bojxonada rasmiylashtirish maqsadida ijro etuvchi agentliklarga Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati bilan xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlari oʻrtasidagi tegishli bitimlarni oʻrganib chiqish asosida beriladi.
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi berilayotgan xulosalarning hisobga olinishi va ularning xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida tuzilgan bitimlariga muvofiqligi uchun javob beradi.
11. Texnik koʻmaklashish loyihalari tugallangandan keyin ijro etuvchi agentliklar bir oy muddatda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga loyihaning erishilgan maqsadlarini, iqtisodiy samarasini, balansga qabul qilinganligi va yetkazib berilgan moddiy-texnika vositalaridan foydalanish yoʻnalishlarini aks ettiruvchi texnik koʻmaklashish loyihasi amalga oshirilganligi toʻgʻrisidagi ijro etuvchi agentlikning rahbari tomonidan tasdiqlangan yakunlovchi hisobotni, shuningdek loyiha natijalarini qoʻllashga doir chora-tadbirlar rejasini taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish
12. Grant mablagʻlarini oʻz vaqtida oʻzlashtirish va ulardan maqsadli foydalanish uchun masʼuliyat ijro etuvchi agentlik rahbari zimmasiga yuklanadi.
13. Texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishini koʻrib chiqish ijro etuvchi agentliklar va manfaatdor tomonlarning vakillari taklif etilgan holda har chorakda kamida bir marta Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Grant mablagʻlaridan samarali va maqsadli foydalanilishini nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi texnik koʻmaklashish loyihalari amalga oshirilishi boʻyicha ijro etuvchi agentliklar faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy bank va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruhlar tashkil etishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Ijro etuvchi agentliklar tomonidan grant mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish shuningdek yuqori tashkilotlar tomonidan zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Texnik koʻmak, shu jumladan pul shaklida koʻmak olgan budjet tashkilotlari belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlariga grant mablagʻlaridan foydalanilishini aks ettiruvchi hisobotni, budjet mablagʻlaridan foydalanilishi toʻgʻrisidagi hisobot singari hisobot taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Loyihani amalga oshirish jadvalidan orqada qolish, grant mablagʻlaridan samarasiz va boshqa maqsadda foydalanish hollari aniqlangan taqdirda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentiga ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi.
Texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan boshqa maqsadlarda foydalanilishida, shuningdek texnik koʻmaklashish mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi monitoringi olib borilishi va nazorat qilinishi tartibini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish sxemasi
Keyingi tahrirga qarang.
Texnik koʻmaklashish mablagʻlari monitoringi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institutlar hamda xorijiy hukumat tashkilotlarining texnik koʻmagini oluvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar
200__ yil ___ choragi uchun
200__ yil ___ choragi uchun
| Mablagʻlarni oluvchi | Grantning tartib raqami yoki kodi | Grantning nomi | Xalqaro moliyaviy va iqtisodiy institut/ xorijiy hukumat tashkilotining nomi | Grant mablagʻlaridan foydalanish boshlangan sana | Grant summasi (ming AQSh dollari) |
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 |
| | | | | | |
| | | | | | |
| | | | | | |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri _______________
200__ y. _________
aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri _______________
200__ y. _________
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qaroriga
5-ILOVA
5-ILOVA
I. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarori 2-bandining ikkinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti tomonidan Iqtisodiyot vazirligi, Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari kotibiyatlari bilan birgalikda” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va begʻaraz texnik koʻmakdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarori 2-bandining uchinchi xatboshidagi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) “Vazirlar Mahkamasining Tashqi aloqalar masalalari axborot-tahlil departamenti” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
II. Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari roʻyxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi toʻgʻrisida” 2000-yil 4-yanvardagi 1-son qarorining 1-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining “Muruvvat yordamidan va begʻaraz texnik koʻmakdan maqsadli foydalanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 26-iyuldagi 268-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 7-son, 44-modda) 1-bandi, shuningdek qarorga 1 va 2-ilovalar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 350-modda; 2006-y., 20-21-son, 180-modda, 33-son, 331-modda, 48-50-son, 484-modda; 2007-y., 1-2-son, 11-modda, 19-20-son, 196-modda, 23-son, 238-modda; 2009-y., 5-son, 41-modda, 43-son, 456-modda, 46-son, 498-modda; 2010-y., 23-son, 182-modda; 2012-y., 36-son, 412-modda, 44-son, 507-modda, 45-son, 516-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2016-y., 9-son, 91-modda, 17-son, 176-modda; 2017-y., 34-son, 893-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 20.02.2018-y., 07/18/3550/0793-son, 01.06.2018-y., 09/18/400/1289-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 14.12.2020-y., 09/20/777/1620-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 09/21/524/0802-son)