Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Ayrim davlat kadastrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
“Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq;
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tegishli vakolatli organlar bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq davlat kadastrlarining shakllantirilishi va yuritilishi haqida 2006 va 2007-yillar iyul oyida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga va Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-noyabr,
250-son
Davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Davlat oʻrmon kadastri “Oʻrmon toʻgʻrisida”, “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. Davlat oʻrmon kadastri — bu Davlat oʻrmon kadastri obyektlari, ularning jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
3. Davlat oʻrmon kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va oʻrmonlarning himoyalanganlik toifasini aniqlash maqsadida, oʻrmonlardan oqilona foydalanishni, qoʻriqlashni, muhofaza qilishni va qayta tiklashni tashkil etish, davlat oʻrmon fondi yerlari tuzilmasida roʻy beradigan oʻzgarishlar hujjatlarini yuritish va nazorat qilishning yagona tartibini belgilash uchun yuritiladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha oʻrmonlar Davlat oʻrmon kadastrining obyektlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi Davlat oʻrmon kadastrini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
6. Davlat oʻrmon kadastri oʻrmon munosabatlarini tartibga solish, oʻrmonlarni qoʻriqlash, muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni tashkil etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni oʻrmonlar toʻgʻrisidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
7. Quyidagilar Davlat oʻrmon kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha oʻrmonlarni toʻliq qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini qoʻllanish;
oʻrmonlar toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr axborotlarining qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Davlat oʻrmon kadastrini yuritish Davlat oʻrmon kadastri obyektlarini taksatsiyalash, hisobga olish, baholashni oʻtkazish bilan taʼminlanadi hamda Davlat yer kadastri va Davlat binolar va inshootlar kadastri axborotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat oʻrmon kadastri obyektlariga taalluqli yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vakolatli organlar tomonidan, koʻchmas mulkka huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Davlat yer kadastridan Davlat oʻrmon kadastriga beriladigan Davlat oʻrmon kadastri obyektlariga taalluqli yer uchastkalari toʻgʻrisidagi yer-kadastr axborotlarida yerlarning maqsadli foydalanilishi boʻyicha tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda servitutlarda belgilangan mavjud cheklashlar va zoʻriqtirishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar), yerlarning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
11. Binolar va inshootlar davlat kadastridan Davlat oʻrmon kadastriga beriladigan Davlat oʻrmon kadastri obyektlariga taalluqli binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
12. Davlat oʻrmon kadastrini yuritish qogʻoz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
13. Davlat oʻrmon kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.
14. Davlat oʻrmon kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
II. Davlat oʻrmon kadastrini yuritishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
15. Davlat oʻrmon kadastrini yuritish Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Davlat oʻrmon kadastri boʻlimi va ushbu qoʻmitaning hududiy boʻlinmalari (oʻrmon xoʻjaliklari) tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat oʻrmon kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat oʻrmon kadastrini yuritishni metodik taʼminlash Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
16. Davlat oʻrmon kadastrini yuritish ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining Davlat oʻrmon kadastri boʻlimi:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Davlat oʻrmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, maʼlumotlar bazasining toʻgʻri toʻldirilishini nazorat qiladi;
Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat jihatidan holati, iqtisodiy bahosi toʻgʻrisidagi joriy oʻzgarishlarni toʻplaydi va tizimlashtiradi;
Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadi, tizimlashtirish va Davlat oʻrmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish uchun maʼlumotlar bazasini toʻldiradi;
Davlat oʻrmon kadastri yangi obyektlarini hisobga qoʻyadi, ular toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash axborotlarini toʻplaydi;
kadastr xodimlarini Davlat oʻrmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga oʻqitishni tashkil qiladi;
kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni Davlat oʻrmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
Davlat oʻrmon kadastri yangi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash axborotlarini nazorat qiladi;
kadastr axborotlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berishni amalga oshiradi;
Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining holati va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili, belgilangan tartibda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatadigan Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining mulkdorlari, shuningdek boshqa huquqlar egalari Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining vakolatli boʻlimiga Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi toʻgʻrisidagi axborotlarni, shuningdek ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etishi shart.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
III. Davlat oʻrmon kadastrini yuritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
19. Davlat oʻrmon kadastrini yuritish Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining barcha turlarini roʻyxatlashni, ularning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini hisobga olishni, shuningdek kadastr axborotlarini toʻplash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni oʻz ichiga oladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
20. Davlat oʻrmon kadastri obyektlari roʻyxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini va iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
21. Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining barcha turlari boshlangʻich roʻyxatga kiritilishi kerak. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi, ularning tarkibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har bir obyekt uchun pasport tuziladi.
22. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi Davlat oʻrmon kadastrining har bir obyekti boʻyicha amalga oshiriladi.
Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarida kelgusida roʻy beradigan oʻzgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
23. Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi ularning iqtisodiy, texnologik, biologik va ekologik belgilari boʻyicha tasnifini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi Davlat oʻrmon kadastrini yuritish boʻyicha normativ hujjatlarda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat oʻrmon kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda, kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjati rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari kadastr daftariga yoziladi va Davlat oʻrmon kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Davlat oʻrmon kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi obyekt qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat oʻrmon kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Davlat oʻrmon kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tarkibiy va hududiy boʻlinmalarining Davlat oʻrmon kadastrini yuritishni amalga oshiruvchi rahbarlari javob beradilar.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Davlat oʻrmon kadastrini yuritish sxemasi
*) Kadastr axborotlarining harakat yoʻnalishlari strelkalar bilan belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga
2-ILOVA
2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Davlat shaharsozlik kadastri Shaharsozlik kodeksiga, “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat shaharsozlik kadastri — bu Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari, ularning jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Davlat shaharsozlik kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va aholi punktlari hamda qishloqlar oʻrtasidagi hududlarni rivojlantirishni, hududlarni rivojlantirish toʻgʻrisidagi shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya qilish asosida hayot faoliyatining qulay sohasini, muhandislik, transport va ijtimoiy infrotuzilma tizimlari faoliyatini maqbullashtirishni axborotlar bilan taʼminlash maqsadida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Shaharsozlik faoliyati amalga oshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi hududi va hududining qismlari, aholi punktlari hududlari va hududlarining qismlari, aholi joylashishining umumdavlat va mintaqaviy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft komplekslari, rekreatsion zonalar va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros obyektlari va ularning muhofaza zonalari, akvatoriylar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari Davlat shaharsozlik kadastrining obyektlari hisoblanadi.
Shaharsozlik faoliyati deyilganda davlat organlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish sohasidagi faoliyati, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, fuqarolarning, jamoatchilik va davlat manfaatlarini, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan hududlar va aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolar, inshootlar va boshqa obyektlarni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish tushuniladi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Qurilish vazirligi deb yuritiladi) Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Davlat shaharsozlik kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
7. Quyidagilar Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining butun hududini toʻliq qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini qoʻllanish;
Keyingi tahrirga qarang.
kadastr axborotlarini shakllantirishning metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr axborotlarining qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish qulayligi.
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Hududlardan amalda foydalanilishi, foydalanish shartlari, shaharsozlik boyliklari va hududda amal qiladigan shaharsozlik reglamentlari toʻgʻrisidagi ishonchli maʼlumotlar Davlat shaharsozlik kadastrining asosini tashkil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Shaharsozlik reglamenti deyilganda aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalari bilan belgilangan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalaridan hamda aholi punktlari va qishloqlar oʻrtasidagi hududlarning koʻchmas mulki boshqa obyektlaridan foydalanish parametrlari va turlari yigʻindisi tushuniladi.
Davlat shaharsozlik kadastri quyidagilardan iborat boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
muhandislik-texnik tadqiqotlarning elektron geofondi;
(8-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarning, koʻchmas mulk, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining aniq manzilli reyestrlari;
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarni rivojlantirish va qurish toʻgʻrisidagi tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari haqidagi maʼlumotlar;
(8-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
hududlarni qurish hamda shaharsozlik faoliyati obyektlaridan foydalanish boʻyicha shaharsozlik reglamentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
loyihalar, shaharsozlik faoliyati obyektlari va subyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish Qurilish vazirligi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi boʻlinmalari, loyihalashtirish tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va muhandislik-texnik tadqiqotlarning elektron geofondi obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlar tomonidan Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda tekin berishni nazarda tutadi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Kadastr hujjatlari Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi huquqiy, iqtisodiy, texnik va rejalashtirish maʼlumotlarining boshlangʻich manbai sifatida qabul qilinadi va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda barcha davlat boshqaruvi organlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10-1. Kadastr obyekti — shaharsozlik maʼlumotnomasi, obyektning shaharsozlik pasporti, kadastr daftari, kadastr obyektlarining holati toʻgʻrisidagi hisobotlarga mulk huquqini va boshqa huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar kadastr hujjatlarining asosiy turlari hisoblanadi.
Shaharsozlik maʼlumotnomasi manfaatdor shaxslarning soʻroviga muvofiq taqdim etiladi, davlat shaharsozlik kadastri obyektining holati toʻgʻrisidagi hisobotdan shakllantiriladi, unda obyektning miqdor va/yoki sifat holati, bahosi, obyekt joylashgan joy tasvirlangan xarita (tarxlar), uning chegaralari, muhofaza zonalari, hududda oʻrnatilgan shaharsozlik reglamentlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Obyektning shaharsozlik pasporti shaharsozlik faoliyati obyekti yaratilganligini (tiklanganligini), hududi va alohida obyekt holati oʻzgartirilganligini yoki foydalanilganligi hollarini tasdiqlaydi, unda kadastr obyektiga huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan kadastr suratga olish va texnik xatlovdan oʻtkazish, maxsus tekshirishlar va tadqiqotlar, kadastr obyektini sifat va miqdor jihatidan baholash hujjatlari va materiallari boʻladi.
(10-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
11. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish qogʻoz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat shaharsozlik kadastrining axborot bazasi grafik va yozma matnlarni oʻz ichiga oladi.
Davlat shaharsozlik kadastrining elektron manbalardagi axborot bazasi Avtomatlashtirilgan geoaxborot qidiruv tizimi sifatida shakllantiriladi.
Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi davlat axborot resursi hisoblanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11-1. Davlat shaharsozlik kadastridan maʼlumotlar berish qonunchilik bilan tartibga solinadi.
(11-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.
13. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
II. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish Qurilish vazirligi tizimiga kiruvchi tarkibiy boʻlinmalar (keyingi oʻrinlarda Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
“Oʻzbekiston qurilishda muhandislik qidiruvlari, geoaxborot va shaharsozlik kadastri loyiha ilmiy-tekshirish instituti” davlat unitar korxonasi (“OʻzGASHKLITI” DUK, keyingi oʻrinlarda bosh tashkilot deb ataladi) Davlat shaharsozlik kadastri sohasida yagona ilmiy va texnik siyosatni yuritish boʻyicha Qurilish vazirligining vakolatli tashkiloti hisoblanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Qurilish vazirligining bosh tashkiloti:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimi joriy etilishini va faoliyat koʻrsatishini taʼminlaydi;
maʼlumotlar bazasi tarkibini ishlab chiqadi, ularni Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalarga beradi, maʼlumotlar bazasi toʻgʻri toʻldirilishi yuzasidan nazorat olib boradi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar xodimlarini Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimida ishlashga oʻqitilishini tashkil etadi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotini turkumlashtiradi va ularni Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritadi;
Davlat shaharsozlik kadastrining yangi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash maʼlumotlari toʻplanishini nazorat qiladi;
kadastr maʼlumotlarini DKYATga tezkorlik bilan beradi;
har yili belgilangan tartibda DKYATga Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining holati va ulardan foydalanilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etadi;
Davlat shaharsozlik kadastrini yaratish va yuritish boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Davlat shaharsozlik kadastrini yurituvchi vakolatli boʻlinmalar:
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat holati toʻgʻrisidagi joriy oʻzgarishlarni toʻplaydilar va turkumlashtiradilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining kadastr kitoblarini yuritadilar, oʻz vakolatlari doirasida oʻz maʼlumotlar bazasini yuritadilar hamda ularni turkumlashtirish va Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritish uchun Qurilish vazirligining bosh tashkilotiga beradilar;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Davlat shaharsozlik kadastri yangi obyektlarini hisobga qoʻyadilar, ular toʻgʻrisida hisobga olish va baholash maʼlumotlarini toʻplaydilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
III. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
18. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari barcha turlarini roʻyxatlashni, ularning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini hisobga olishni, shuningdek kadastr axborotlarini toʻplash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni oʻz ichiga oladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
19. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari roʻyxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini va iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Roʻyxatga olinadigan Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi axborotlar integratsiyalashgan bloklarga ajratiladi, ular quyidagi kichik tizimlardan iborat boʻladi:
Shaharsozlik reglamentlari;
Shaharsozlik hujjatlari;
Shaharsozlik faoliyati monitoringi;
Bazis asos (muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi);
Manzillar reyestri;
Loyihalar reyestri;
Shaharsozlik faoliyati obyektlari reyestri;
Shaharsozlik faoliyati subyektlari reyestri;
Normativ-huquqiy va metodik baza.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining barcha turlari boshlangʻich roʻyxatga kiritilishi kerak. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi, ularning tarkibi Qurilish vazirligi tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har bir obyekt uchun pasport tuziladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
21. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi Davlat shaharsozlik kadastrining hisobga qoʻyish vaqtida belgilangan tartibda tasdiqlangan har bir obyekti boʻyicha amalga oshiriladi.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining tavsiflarida kelgusida boʻladigan oʻzgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
22. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi ularning iqtisodiy, shaharsozlik va ekologik belgilari boʻyicha tasnifini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish boʻyicha normativ hujjatlarda belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Qurilish vazirligi tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
(22-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari kadastr daftariga yoziladi va Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimiga kiritiladi.
(22-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi obyektning qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat shaharsozlik kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash ularning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22-1. Davlat shaharsozlik kadastri tarkibida muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi yuritiladi, u Davlat shaharsozlik kadastrining Avtomatlashtirilgan geoaxborot tizimini geografik (kartografik) taʼminlash manbai hisoblanadi. Muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi ushbu Nizom talablari hisobga olingan holda yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Muhandislik-texnik qidiruvlarning elektron geofondi:
Topografik tarxlar va barcha turdagi va masshtabdagi (1:100 dan 1:100000 gacha) xaritalardan;
loyihalashtirish, qurish, yer osti va yer usti obyektlarini, transport va muhandislik kommunikatsiyalarini ishlatish masalalarini hal etish uchun muhandislik-geologiya, gidrogeologiya, geofizika va boshqa qidiruv va tadqiqot materiallaridan;
muhandislik infratuzilmalari va transport tarmoqlarining navbatchi rejalaridan;
qizil chiziqlar va qurilishni tartibga solish chiziqlari boʻyicha maʼlumotlar bazasidan iborat boʻladi.
(22-1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 29-iyuldagi 222-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 31-son, 327-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Davlat shaharsozlik kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat shaharsozlik kadastri yurituvchi Qurilish vazirligi vakolatli tashkilotlarining va hududiy qurilish bosh boshqarmalari vakolatli boʻlinmalarining rahbarlari javob beradilar.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish sxemasi
Oldingi tahrirga qarang.
* Kadastr axborotlarining harakat yoʻnalishlari strelkalar bilan belgilangan.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga
3-ILOVA
2005-yil 15-noyabrdagi 250-son qaroriga
3-ILOVA
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri “Chiqindilar toʻgʻrisida”, “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri — bu chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari, ularning jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
3. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash, ishlash, saqlash va tahlil qilishni taʼminlash maqsadida yuritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish uchun maxsus ajratilgan va uskunalangan joylar: sanoat yoki maishiy chiqindilar poligonlari; xavfli chiqindilarni koʻmish joylari; chiqindixonalar, kul-shlak tashlash joylari, foydalanib boʻlingandan keyin koʻmib tashlanadigan shlam toʻplash joylari biologik chiqindilarni koʻmish joylari Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlari hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-noyabrdagi 938-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2019-y., 09/19/938/4058-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat ekologiya qoʻmitasi deb yuritiladi) Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
6. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri toʻgʻrisidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
7. Quyidagilar Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yurtitishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi butun hududidagi chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarini toʻliq qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qoʻllanish;
barcha obyektlar boʻyicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr axborotlarining qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarini xatlovdan oʻtkazish, hisobga olish, baholash yoʻli bilan taʼminlanadi va Davlat yer kadastri hamda Binolar va inshootlar davlat kadastri axborotlaridan majburiy ravishda foydalanishni nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlariga taalluqli boʻlgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish vakolatli organlar tomonidan, koʻchmas mulkka huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
10. Davlat yer kadastridan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastriga beriladigan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlariga taalluqli yer uchastkalari toʻgʻrisidagi yer-kadastr axborotida maqsadli foydalanilishi boʻyicha yerlarning tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda belgilangan servitutlardagi mavjud cheklashlar va zoʻriqishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar), yerlarning miqdori va sifati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
11. Binolar va inshootlar davlat kadastridan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastriga beriladigan Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlariga taalluqli binolar va inshootlar toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlishi kerak.
12. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish qogʻoz va/yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi.
13. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari toʻgʻrisidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi.
14. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
II. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritishni tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
15. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish Davlat ekologiya qoʻmitasining quyidagi tarkibiy boʻlinmalari:
Oldingi tahrirga qarang.
respublika darajasida — Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi;
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
hududiy darajada — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish ishlariga Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi umumiy rahbarlik qiladi.
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritishni metodik taʼminlash Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
16. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasi:
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini taʼminlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
maʼlumotlar bazalari tuzilmasini ishlab chiqadi, ularni Davlat ekologiya qoʻmitasining tarkibiy boʻlinmalariga berishni amalga oshiradi, maʼlumotlar bazasining toʻgʻri toʻldirilishini nazorat qiladi;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
kadastr xodimlarini Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga oʻqitishni tashkil qiladi;
kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritadi;
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri yangi obyektlari toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash axborotlarini toʻplashni nazorat qiladi;
kadastr axborotlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi;
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlarining holati va ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili belgilangan tartibda taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalari:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlarining miqdor va sifat holatidagi joriy oʻzgarishlar, ularning atrof muhitga, iqtisodiy bahosiga taʼsiri toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplaydilar;
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri obyektlarining kadastr daftarlarini yuritadilar, maʼlumotlar bazasini toʻldiradilar va ularni tizimlashtirish va Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyasiga beradilar;
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri yangi obyektlarini hisobga qoʻyadilar, shuningdek ular toʻgʻrisidagi hisobga olish va baholash axborotlarini toʻplaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidan tashqarida faoliyat koʻrsatuvchi, chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari mulkdorlari, shuningdek, boshqa huquqlar egalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga kadastr obyektlarining jugʻrofiy holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda bahosi toʻgʻrisidagi, shuningdek ularning holatidagi joriy oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi axborotlarni taqdim etishi shart.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
III. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
20. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining barcha turlarini roʻyxatga olishni, obyektlarning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini, shuningdek kadastr axborotlarini toʻplash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni oʻz ichiga oladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
21. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari roʻyxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini va iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
22. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining barcha turlari boshlangʻich roʻyxatga kiritilishi kerak. Bunda asosiy koʻrsatkichlar qayd etiladi, ularning tarkibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har bir obyekt uchun pasport tuziladi.
23. Miqdor va sifat tavsiflarining asosiy hisobi Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilishning hisobga qoʻyish vaqtida foydalanishga topshirilgan va faoliyat koʻrsatayotgan har qaysi joyi boʻyicha amalga oshiriladi.
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish tavsiflarida kelgusida roʻy beradigan oʻzgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi.
24. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarining miqdor va sifat tavsiflari hisobi ularning iqtisodiy, texnologik, biologik va ekologik belgilari boʻyicha tasnifini oʻz ichiga oladi, ularning tarkibi Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish boʻyicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi tomonidan “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlari ishlab chiqiladi.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Hisobga olish axboroti kadastr daftariga yoziladi va Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
25. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylarini iqtisodiy baholash chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har bir joyning holatini, qiymatini aniqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat ekologiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmalarining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha inspeksiyalarining rahbarlari javob beradilar.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari
davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Chiqindilarni koʻmish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish
SXEMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Kadastr axborotlarining harakat yoʻnalishlari strelkalar bilan belgilangan.
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri “Geodeziya va kartografiya toʻgʻrisida”, “Davlat kadastrlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, ushbu Nizomga muvofiq yuritiladi.
2. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri — bu Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi hududi toʻgʻrisidagi kartografiya-geodeziya maʼlumotlari, bajariladigan geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari toʻgʻrisidagi, shu jumladan ularning miqdor va sifat tavsiflari toʻgʻrisidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
3. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi.
4. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini hisobga olish obyektlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi hududlarining barcha masshtablardagi topografik xaritalari;
Oʻzbekiston Respublikasi shaharlari, shaharchalari va qishloq aholi punktlarining topografik rejalari;
Oʻzbekiston Respublikasining raqamli elektron xaritalari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining navbatchi maʼlumotnoma xaritasi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududini aerofoto va kosmik suratga olish materiallari;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat geodeziya tarmoqlari punktlari va reperlari;
yer uchastkalari chegaralarini belgilovchi chegara tarmoqlari punktlari;
geodeziya punktlari, reperlari, chegara belgilari koordinatlari va balandliklari kataloglari;
geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarini bajarish vaqti, ularning bajaruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularning qiymati.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi deb yuritiladi) Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kartografiya-geodeziya axborotlari bilan taʼminlash uchun moʻljallangan.
7. Quyidagilar Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududini toʻliq qamrab olish;
kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi;
kadastr axborotlarining ishonchliligi, koʻrgazmaliligi va hujjatliligi;
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr axborotlarining qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi.
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
8. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish elektron va/yoki qogʻoz manbalarda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Kartografiya-geodeziya kadastrini yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.
II. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritishni tashkil etish
10. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining idoraviy mansub tashkiloti — Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ishlarining ijrochisi hisoblanadi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlikni “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi amalga oshiradi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritishni metodik taʼminlash “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi:
geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari materiallarining Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasiga oʻz vaqtida taqdim etilishini nazorat qiladi;
kadastr axborotlarini shakllantirish va taqdim etish formatlarini ishlab chiqadi, ularning sifatini nazorat qiladi;
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini shakllantirishni va uning faoliyatini taʼminlaydi;
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi maʼlumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, maʼlumotlar bazasining toʻgʻri toʻldirilishini nazorat qiladi;
hisobga olish va baholash kadastr axborotlarini tizimlashtiradi, shakllantiradi va ularni Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi;
kadastr axborotlariga boʻlgan talabni muntazam ravishda oʻrganadi, kadastrni yuritish texnologiyasini takomillashtirishni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududining kartografiya-geodeziya jihatidan oʻrganilganligi monitoringini yuritadi;
kadastr maʼlumotlarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga, jismoniy va yuridik shaxslarga taqdim etadi, ulardan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi;
kadastr axborotlarini ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilishni taʼminlaydi;
tizimlashtirilgan kadastr axborotlarining Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish tartibi
12. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
13. Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish quyidagilardan iborat boʻladi:
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish;
geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari materiallarini tizimlashtirish, kadastr axborotlarini saqlash va yangilash;
roʻyxatga olish va iqtisodiy baholash, reyestr daftarlarini yuritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
kadastr axborotlarini qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berish.
(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
14. Geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari materiallarining roʻyxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hamda iqtisodiy bahosini hisobga olish uchun asos hisoblanadi.
15. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarining barcha turlari boshlangʻich roʻyxatga kiritiladi, ularni yaratish uchun birinchi marta geodeziya, topografiya va kartografiya ishlari amalga oshiriladi, shuningdek ilgari yaratilgan obyektlar toʻgʻrisidagi yangilangan maʼlumotlar yoziladi. Bunda shuningdek ilgari yoʻqolgan va qayta tiklangan geodeziya belgilari va reperlari, ishlarning bajaruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularni bajarish muddatlari va qiymati ham yoziladi. Roʻyxat natijalari boʻyicha har qaysi obyekt uchun pasport tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarini hisobga olish xaritalar nomenklaturasi boʻyicha, davlat geodeziya tarmoqlari klasslari va turlari boʻyicha, shu jumladan maʼmuriy-hududiy boʻlinish boʻyicha hamda aholi punktlari boʻyicha alohida amalga oshiriladi.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasi kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va formatlarini ishlab chiqadi.
Hujjatli rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari reyestr daftariga yoziladi va Kartografiya-geodeziya davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlarini iqtisodiy baholash geodeziya, topografiya va kartografiya ishlarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
18. Kartografiya-geodeziya davlat kadastri obyektlari toʻgʻrisidagi kadastr axborotlarining ishonchliligi uchun Davlat geodeziya nazorati inspeksiyasining Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish zimmasiga yuklangan rahbari javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish sxemasi
*) Kadastr axborotlarining harakat yoʻnalishlari strelkalar bilan belgilangan.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 46-son, 349-modda; 2011-y., 31-son, 327-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son; 15.01.2019-y., 09/19/29/2475-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son, 22.11.2019-y., 09/19/938/4058-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.06.2022-y., 09/22/313/0494-son; 19.10.2022-y., 09/22/610/0938-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son; 04.09.2025-y., 09/25/559/0802-son)