Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2006 28.10.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1455-2
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.11.2006
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI TOMONIDAN TIJORAT BANKLARI VA ULARNING FILIALLARI RAHBARLARI, BOSh BUXGALTERLARI, BOShQARUV AʼZOLARI HAMDA KREDIT UYuShMALARI IJRO ORGANLARI RAHBARLARI LAVOZIMLARIGA TAVSIYA ETILAYOTGAN NOMZODLARGA NISBATAN MALAKA TALABLARI QOʻYISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 28-oktabrda 1455-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari, kredit uyushmalari hamda mikrokredit tashkilotlari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1641-son 14.11.2006-y.) bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonunning 51-moddasiga asosan ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga oʻzgartirishlar loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (2005-yil 10-mart, roʻyxat raqami 1455-son) oʻzgartirishlar ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Adliya vazirligida Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan 10 kun oʻtgandan soʻng kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 7-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21/5-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank Boshqaruvining
2005-yil 7-oktabrdagi 21/5-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari va ularning filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlarga nisbatan malaka talablari qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Nizomning 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1. Malaka talablarini qoʻyish va kasbga muvofiqlikni aniqlash (keyingi matnlarda “kasbga muvofiqlikni aniqlash” deb yuritiladi) — bank ishi va amaliyotini, shuningdek kredit uyushmalarining faoliyatini yuritishda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini taʼminlash uchun yuqori malaka va salohiyatga hamda benuqson ishbilarmonlik va jamoa orasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan mutaxassislarni tanlash usulidir.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nizomning 5-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“amalga oshirgan harakatlari yuridik shaxslarning bankrotlikka yoki moliyaviy ahvoli yomonlashuviga olib kelganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlgan taqdirda, bankrotlikka uchragan yoki moliyaviy ahvoli yomonlashgan banklar, kredit uyushmalari va yuridik shaxslarning sobiq rahbarlari, boshqaruv va kuzatuv kengashi aʼzolari hamda yirik ishtirokchilari (ustav kapitalida 10 foiz va undan koʻp miqdorida ovoz beruvchi aksiyalar yoxud ulushlarga ega boʻlgan shaxslar);”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nizomning 6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Bank yoki filial rahbarlari bir bank tarkibida boshqa filialga yoki umuman boshqa bankka teng lavozimlarga, bir kredit uyushmasi ijro organi rahbari boshqa kredit uyushmasi ijro organi rahbarligiga oʻtkazilganida ularning kasbga muvofiqligi Komissiya tomonidan qayta koʻrib chiqiladi.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Nizomning 7-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tijorat banklari va kredit uyushmalari rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma 3 ish kuni muddat ichida Markaziy bankning Tijorat banklari rahbar xodimlarini tanlash va ular bilan ishlash Bosh boshqarmasiga yetkazilishi hamda ushbu oʻrinlarga tayinlash uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning hujjatlari tijorat banklari tomonidan 1-ilovaga, kredit uyushmalari tomonidan 2-ilovaga muvofiq 15 kun muddat ichida Komissiyaga koʻrib chiqish uchun taqdim etilishi lozim.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nizomning 11-bandi birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“11. Tijorat banklari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar oliy iqtisodiy maʼlumotga, bank tizimida yetarli ish tajribasiga va oxirgi ish joyidan tavsiyaga, kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar esa oliy maʼlumotga, bank yoki moliya sohasida yetarli ish tajribasiga, ishbilarmonlikdagi benuqson obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nizomning 18-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Tijorat banklari va kredit uyushmalaridagi Markaziy bank nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga tavsiya etilayotgan nomzodlarning hisob-tavsiflov hujjatlari dastlab tijorat banklari va kredit uyushmalari tomonidan koʻrib chiqilib, soʻng Komissiyaga taqdim etiladi. Komissiya tijorat banklari va kredit uyushmalari tomonidan taqdim etilgan nomzodlarning hisob-tavsiflov hujjatlarini ushbu Nizom talablariga muvofiq holda, 10 kun muddatda oʻrganib chiqadi va nomzodning lavozimga muvofiqligini aniqlash masalasini oʻzining navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritadi.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Nizomning 19-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“19. Tavsiya etilayotgan nomzodning lavozimga muvofiqligi Komissiya tomonidan oʻtkaziladigan suhbat va (yoki) test sinovi orqali aniqlanadi. Suhbat va (yoki) test natijalariga koʻra nomzodning tavsiya etilayotgan lavozimga muvofiq yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Mazkur qarordan koʻchirma tijorat banklari va kredit uyushmalariga yuboriladi.”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nizomning 22-bandini “v”-kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nizomning 1-ilovasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ular filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasiga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxatining toʻrtinchi xatboshisidan “yoki texnikumda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nizomning 2-ilovasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Tijorat banklari va ular filiallari rahbarlari, bosh buxgalterlari, boshqaruv aʼzolari hamda kredit uyushmalari ijro organlari rahbarlarining kasbga muvofiqligini aniqlash komissiyasiga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxatining toʻrtinchi xatboshisidan “yoki texnikumda” soʻzlari chiqarib tashlansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 335-modda)