Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlarining maqomi toʻgʻrisida” 2004-yil 12-apreldagi 170-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 19-avgustdagi PQ–158-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlarining maqomi toʻgʻrisida” 2004-yil 12-apreldagi 170-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 25-oktabr,
236-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari serjantlarining maqomi toʻgʻrisida” 2004-yil 12-apreldagi 170-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 3-band “a” kichik bandining uchinchi—beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3 yildan 5 yilgacha xizmat muddatini oʻtaganda — 15%;
5 yildan 10 yilgacha xizmat muddatini oʻtaganda — 25%;
10 yildan 20 yilgacha xizmat muddatini oʻtaganda — 30%”.
2. 1-ilovadagi 34-band “b” kichik bandining ikkinchi—toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3 yildan 5 yilgacha xizmat muddatini oʻtaganda — 15%;
5 yildan 10 yilgacha xizmat muddatini oʻtaganda — 25%;
10 yildan 20 yilgacha xizmat muddatini oʻtaganda — 30%”.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 43-44-son, 329-modda)