Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2001 05.02.1999 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 134-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.08.2001
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLANGAN”
Oʻzbekiston Respublikasi
Mehnat vazirligi hayʼatining
1998-yil 14-dekabr 10/5-son
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGI DAVLAT MEHNAT TEXNIKA INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 5-fevralda 134-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2001-yil 27-avgustdagi 138-mh-sonli buyrugʻiga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan va davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi 1998-yil 19-noyabr PF-2114-son Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1998-yil 27-noyabr 496-son qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hayʼatining 1995-yil 18-fevral 2\4 son qarori bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1995-yil 12-aprel 134-son roʻyxatdan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mehnat texnika inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 8-band quyidagi tahririda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari mehnatni muhofaza qilish boʻlimlarining boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shahar davlat mehnat bosh texnika inspektorlari va bir vaqtda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vaziri oʻrinbosari va mehnat boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosari hisoblanadilar.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 10, 12, 17-bandlar va 30-bandning ikkinchi xatboshisi tegishli ravishda “rioya etilishi ustidan”, “oʻz vaqtida berilishini”, “foydalanishga topshirilishini” va “rioya qilinishini” degan soʻzlardan keyin “belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 14-band “rioya etilishi ustidan” degan soʻzlardan keyin “qonun hujjatlarida belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan muvofiqlashtirish rejalari asosida (soliq, moliya) organlari oʻtkazadigan ayni bir vaqtdagi rejali kompleks tekshirishlar davomida, qoidaga koʻra, mehnatni muhofaza qilish boʻyicha qonun hujjatlarining bajarilishini tekshirish.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. V boʻlim quyidagi mazmundagi 18-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi yoki uning hududiy komissiyalari bilan kelishilgan tartibda va muddatlarda nazorat tekshirishlarini amalga oshirish.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tekshirishlayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan tekshirish oʻtkazish bilan bevosita bogʻliq boʻlgan zarur hujjatlarni va boshqa axborotlarni olish.”.