Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 27.11.1998 yildagi 496-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNI TEKShIRIShNI TAShKIL QILIShNI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-son Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslarni moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlarni, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlarni o‘tkazishga qo‘yish huquqi bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilishga qo‘yilgan mansabdor shaxslar malakasini har yili oshirish rejalarini ishlab chiqsinlar va joriy etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirishlarni o‘tkazishga doir idoraviy yo‘riqnomalarni ushbu qaror qoidalarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqishni ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Auditor tashkilotlarga va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga moliya-xo‘jalik faoliyati auditini o‘tkazish yuzasidan shartnomalar tuzishda auditor xulosasining to‘g‘riligi va uning respublika qonunchiligiga muvofiqligi uchun auditorning javobgarligi shartlarini majburiy tartibda nazarda tutish tavsiya qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, auditorlik tekshirishlar natijalari bo‘yicha xulosalarda korxona moliyaviy ahvolining haqiqiy holatini ataylab buzib ko‘rsatganlik uchun auditor firmalar auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan, yetkazilgan zararni xo‘jalik yurituvchi subyektga undirib bergan holda, belgilangan tartibda mahrum etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
496-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 27-iyundagi 276-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2001-y., 12-son, 83-modda)