03.12.1993 yildagi 589-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YOSH AVLODNI SOGʻLOMLASHTIRISH MUAMMOLARINI
KOMPLEKS HAL ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika aholisining salomatligini va oilaning tinchligini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Ekosan” jamgʻarmasining yosh avlodni sogʻlomlashtirish muammolarini kompleks hal etish toʻgʻrisidagi takliflari qoʻllab quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yosh avlodni sogʻlomlashtirish dasturi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga yosh avlodni sogʻlomlashtirish dasturini roʻyobga chiqarishni muvofiqlashtirish va nazorat qilish funksiyasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi va bolalar obyektlari ustunlik bilan qurilishini nazarda tutsinlar, ular qurilishini, odatda, mavjud koʻp ixtisosli viloyat, shahar va tuman markaziy kasalxonalari negizida amalga oshirsinlar. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi tegishli limitlar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Sogʻlom avlod uchun” jamgʻarmasi, Qizil Yarim oy jamiyati Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda sogʻliqni saqlash birlamchi boʻgʻinlari (feldsherlik-akusherlik punktlari, qishloq davolash ambulatoriyalari, qishloq uchastka kasalxonalari) negizida homiladorlarga va kichik yoshdagi bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha doimiy ishlovchi guruhlar tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Din ishlari qoʻmitasi xotin-qizlarga eʼtiborning muhimligi, oilani oqilona tashkil etish, goʻdak bolalarni ona suti bilan oziqlantirish, boʻlajak onalar va yosh avlodning salomatligi uchun ota-onalar va jamiyatning masʼuliyati toʻgʻrisida tushuntirish ishlari olib borish yoʻli bilan yosh avlodni sogʻlomlashtirish dasturini roʻyobga chiqarishda diniy tashkilotlarning hamkorligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda umumiy taʼlim maktablari yuqori sinflarining, oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlarining oʻquv dasturlariga oʻsmirlar gigiyenasini, oʻgʻil va qiz bolalar organizmi rivojlanishining anatomo – fiziologik xususiyatlarini oʻrganish masalalarini joriy etsinlar. Tegishli darsliklar va qoʻllanmalar bilan taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, jamoat jamgʻarmalari, mulkchilik shaklidan qati nazar, korxonalar, yosh avlodni sogʻlomlashtirish dasturini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, Fan va madaniyat majmuiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 3-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
589-son