Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.10.1993 yildagi 508-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy kengashi rayosati va
oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL
QILINGAN KUNNING BIR YILLIGINI NIShONLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi tarixida muhim ijtimoiy-siyosiy voqea hisoblangan qutlugʻ sana — Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni munosib nishonlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati va Vazirlar Mahkamasi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun — 8-dekabrdagi umumxalq bayramiga tayyorgarlik koʻruvchi va uni oʻtkazuvchi Respublika tashkiliy qoʻmitasi roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin. Tashkiliy qoʻmitaga bir hafta muddat ichida bayramni oʻtkazish tadbirlarini belgilash vazifasi topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*ilova berilmaydi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi, Toshkent shahri va barcha viloyatlar hokimlarining rahbarligida joylarda shunday tashkiliy qoʻmitalar tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, 1993-yil 6-7-dekabr kunlari Toshkentdagi “Turkiston” saroyida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining bir yilligiga bagʻishlab Toshkent shahri mehnatkashlari, viloyatlarning vakillari va mehmonlar ishtirokida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkiliy qoʻmita 1993-yil 7-dekabr kuni “Xalqlar doʻstligi” saroyida umumxalq bayrami munosabati bilan tantanali yigʻilish hamda sanʼat ustalarining konsertini oʻtkazishni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi, Davlat teleradiokompaniyasi, Davlat matbuot qoʻmitasi, Davlat kinokompaniyasi, barcha ommaviy axborot vositalari va ijodiy tashkilotlar mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmuni, demokratik mohiyati va tarixiy ahamiyatini ochishga hamda uni targʻib etishga qaratilgan dasturlar tuzib, tadbirlar belgilasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tashkiliy qoʻmita Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi bayram tadbirlarida yetuk sanʼatkorlar, ijodiy jamoalar, milliy-madaniy markazlar va bolalar ijodiy guruhlarining oʻz dasturlari bilan ishtirok etishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Joylarda tashkiliy qoʻmitalar bayram munosabati bilan mehnat va urush faxriylari, moʻtabar otaxon va onaxonlar, koʻp bolali oilalar, nogironlar va yetim-yesirlar, boquvchisiz qolgan xonadonlar hamda bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining hol-ahvolidan xabar olish, ularni ragʻbatlantirish, bayram tadbirlariga jalb etish, ularga sovgʻa-salomlar tortiq qilish ishlarini uyushtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Umumxalq bayrami tadbirlarini oʻtkazish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar mahalliy budjetlar hisobidan qoplansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla”, “Navroʻz”, “EKOCAH”, Sharof Rashidov nomli va boshqa jamgʻarmalar, tashkilotlar hamda ayrim fuqarolarning bayram tadbirlarini oʻtkazishga mablagʻ bilan ulush qoʻshish haqidagi taklif-istaklari eʼtiborga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 20-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
508-son