Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
CHET EL DIPLOMATIK VAKOLATXONALARNI JOYLASHTIRISH UCHUN MAʼMURIY BINOLARNI TOSHKENT SHAHAR HOKIMLIGI IXTIYORIGA BERISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida chet el diplomatik vakolatxonalar uchun binolar qurish va ajratish, ularning faoliyatini zarur sharoitlar bilan taʼminlash toʻgʻrisida” 1992-yil 11-yanvardagi 122-f-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirliklar, idoralar, muassasalar va tashkilotlar:
chet el diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun maʼmuriy binolarni shahar hokimligi bilan kelishilgan muddatlarda Toshkent shahar hokimligi ixtiyoriga ilovaga muvofiq bersinlar;
ilovada koʻrsatilgan tashkilotlarni tasarruflaridagi tarkibiy boʻlinmalarda zichlashtirish hisobiga joylashtirsinlar.
2. Toshkent shahar hokimligi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan muddatlarda boʻshayotgan binolarni qayta qurish, asosli taʼmirlash va obodonlashtirish boʻyicha ishlarni “Toshtaʼmirlashqurilish” tresti kuchi bilan bajarishni taʼminlasin.
3. Boʻshatilayotgan xonalarni qayta qurish, asosli taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini bajarish boʻyicha buyurtmachi etib Tashqi ishlar vazirligi belgilansin.
Oʻzbekiston shox koʻchasi, 49-a uydagi Davlat oʻrmon qoʻmitasining maʼmuriy binosi;
Glinka koʻchasi, 35-uydagi “Mineral” ilmiy-tadqiqot institutining maʼmuriy binosi;
Xurshid koʻchasi, 86-uydagi sobiq DOSAAF Markaziy Qoʻmitasining maʼmuriy binosi;
Navoiy koʻchasi, 22-uydagi 159-trestning maʼmuriy binosi;
Navoiy koʻchasi, 12-uydagi Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼmuriy binosi;
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 19-iyundagi 294-son qarorining 1-bandidagi ikkinchi xatboshi (93-ixtisoslashtirilgan trest binosi);
5. Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi Toshkent viloyati hokimligining Kapital qurilish bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Qurilish-montaj boshqarmasi va Kapital qurilish boshqarmasi xodimlarini Sh. Rustaveli koʻchasi, 1-tor koʻcha, 5-uydagi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi xodimlari malakasini oshirish Respublika kurslarining binosiga joylashtirsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majmualariga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 16-noyabr,
555-son
Toshkent shahrida xorijiy diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun maʼmuriy binolar
roʻyxati
| № |
Tashkilotlar, muassasalarning nomi |
Manzili | Umumiy maydoni, kv. m | Qavatlar soni |
| 1. | Energetika va elektrlashtirish vazirligiga qarashli “Oʻzdavenergiyanazorat” | Tolstoy koʻchasi, 3-a | 800 | 2 |
| 2. | Respublika Olimpiya oʻrinbosarlari bolalar va oʻsmirlar ixtisoslashtirilgan maktabi va Xalq taʼlimi vazirligining moddiy-texnika taʼminoti bosh boshqarmasi | G. Petrov koʻchasi, 20 | 953, 5 441, 0 |
1—1 1—1 |
| 3. | Toshkent viloyati hokimligining Kapital qurilish bosh boshqarmasi | Sh. Rustaveli koʻchasi, 1- tor koʻcha, 4 |
700 | 2 |
| 4. | “Radioelektrontexasbob” konsernining “Oʻzmaxsusavtomatika” ishlab chiqarish-aksionerlik birlashmasi | Dogʻiston koʻchasi, 55 | 1200 | 2—2 |
| 5. | Toshkent gramplastinka zavodining sobiq bolalar bogʻchasi(“Sharq taronasi”badiiy ishlab chiqarish birlashmasi) | Komsomol 40 yilligi koʻchasi | 737 | 1 |
| 6. | “Oʻzdavqishloqxoʻjalikmash” konserniga qarashli“Oʻzavtotexxizmat” | Akademik Abdullayev koʻchasi, 4 | 520 | 2 |
| 7. | “Toshviloyatqishloqxoʻjalikmontaj”ga qarashli “Maxsusqishloqxoʻjalikmontaj” | Yunusobod mavzesi, 11-kvartal,32-a | 700 | 2 |
| 8. | Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport instituti | Amir Timur koʻchasi, 92 | 1792 | 2 |
| 9. | Qomus bosh tahririyati | Jukovskiy koʻchasi, 52 | 640 | 2 |
| 10. | Sogʻliqni saqlash vazirligining Respublika sanitariya aviatsiyasi stansiyasi | Akademik Abdullayev koʻchasi, 38 | 480 | 2 |
| 11. | “Radioelektrontexasbob” konsernining nazorat va boshqarish tizimlari maxsus konstruktorlik byurosi | K. Yormatov koʻchasi, 6 | 600 | 2 |
| 12. | “Toshviloyatyuktrans” konserni | Chkalov koʻchasi, 44 | 912 | 2 |
| 13. | Ichki ishlar vazirligining Qurilish-montaj boshqarmasi va Kapital qurilish boshqarmasi | Sh. Rustaveli koʻchasi,1 tor koʻcha, 1-uy | 880 | 2 |