Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 28.08.1993 yildagi 431-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TALABALAR, STAJYORLAR VA ASPIRANTLARNING MISR ARAB RESPUBLIKASIDA TAʼLIM OLIShLARINI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan Misr Respublikasi Taʼlim vazirligi oʻrtasidagi hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitimga va Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan Qohiraning “Al-Azhar” universiteti oʻrtasidagi Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarining talabalari, stajorlari va aspirantlarini Misr Arab Respublikasiga oʻqishga va stajirovkaga yuborish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻzbekiston Oliy oʻquv yurtlarining 86 talabasi, stajori va aspirantlarini 1993-1994 oʻquv yilidan boshlab arab tili va adabiyoti, arab mamlakatlari tarixi, arab sharqi mamlakatlari jugʻrofiyasi, tibbiyot, geologiya, iqtisodiyot va bozor munosabatlari, menejment, jurnalistika mutaxassisliklari boʻyicha ilova qilinayotgan roʻyxatga* muvofiq Misr Arab Respublikasiga oʻqishga va stajirovkaga yuborsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Roʻyxat berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Misr tomoni talabalar, stajorlar va aspirantlarning Misr Arab Respublikasida yurishlari, taʼlim olishlari va boʻlishlari xarajatlarini toʻliq oʻz zimmasiga olishi, tibbiy sugʻurta bilan taʼminlashi va har yili ularning yozgi taʼtilga Toshkentga kelib-ketishlari bilan bogʻliq transport xarajatlari qiymatini toʻlashi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar, stajorlar va aspirantlarning MARga uchib ketishlarigacha Moskva shahriga tashkiliy ravishda joʻnatilishi, joylashtirilishi va ularga hamrohlik qilinishini hamda oʻquv yili tamom boʻlgandan keyin kutib olinishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar, stajorlar va aspirantlarning yashashlari va MAP oʻquv yurtlarida taʼlim olishlarining maqbul sharoitlarini taʼminlashda yordam koʻrsatsin, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston va Misr vazirliklari va oliy oʻquv yurtlari oʻrtasidagi hamkorlik kanallaridan foydalangan holda doimiy pochta va boshqa aloqalar oʻrnatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MARning Rossiyadagi elchixonasi bilan kelishgan holda vazirliklar va idoralarning 3 nafar vakilini talabalar, stajorlar va aspirantlarga belgilangan joylarigacha hamrohlik qilish hamda ularni joylashtirish va mutaxassisliklar boʻyicha taqsimlash haqidagi Bitim shartlari bajarilishini taʼminlash uchun 2 haftagacha boʻlgan muddatga Misr tomoni hisobidan yuborilishini nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi joʻnab ketayotganlarning hujjatlari rasmiylashtirilishini taʼminlasin hamda Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasiga talabalar, stajorlar va aspirantlarni kutib olish, joylashtirish va ularni Misrga joʻnatishda hamda ular Toshkentga qaytib kelishlarida zarur yordam berish va koʻmaklashish toʻgʻrisida topshiriq bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Misrga borayotgan talabalar, stajorlar va aspirantlarning Moskva shahriga borishlari hamda oʻqish tamom boʻlgandan keyin qaytib kelishlarini taʼminlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmanomasi boʻyicha zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston talabalari, stajorlari va aspirantlarining Misrga uchishlari va Toshkentga qaytib kelishlari paytda aeroportda zarur tartib va intizomni, shuningdek, ular Oʻzbekiston shaharlari boʻylab yurgan marshrutlarda harakat xavfsizligini taʼminlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi Misrga oʻqishga borayotgan hamda Oʻzbekistonga qaytib kelayotgan Oʻzbekiston talabalari, stajorlari va aspirantlarining bojxona nazoratidan soddalashtirilgan holda oʻtishlari uchun zarur sharoitlar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining buyurtmalari boʻyicha aviachiptalarni Moskvagacha va qaytishga belgilangan muddatlarda band qilsin va sotsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi, davlat kinokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekistondan borgan talabalar, stajorlar va aspirantlarning Misr Arab Respublikasida taʼlim olishlari dasturi qanday amalga oshirilayotganligi ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat boʻlimi zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 28-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
431-son