Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 13.08.1993 yildagi 409-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SAVDO-IQTISODIY MUNOSABATLARNING SAMARADORLIGINI YaNADA OShIRISh VA RESPUBLIKA VAZIRLIKLARI, IDORALARI VA KORXONALARINING SOBIQ SSSR SUBYEKTLARI BOʻLGAN MAMLAKATLAR BILAN HISOB-KITOB TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sobiq SSSR subyektlari boʻlgan mamlakatlar bilan oʻzaro foydalilik asosida savdo-iqtisodiy munosabatlarni taʼminlash, davlatlararo hisob-kitoblar tartibini takomillashtirish va respublikaning iqtisodiy mustaqilligiga erishish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasining respublika vazirliklari va idoralari bilan kelishilgan respublikamizga yetkazib beriladigan moddiy-texnika resurslari va mahsulotlar hajmlarini, ularning qisman qisqarishini va 1-ilovaga* muvofiq 1994-yilning 1-yanvarigacha balanslarning bajarilishini taʼminlashni nazarda tutgan holda, aniqlash toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi, Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzkooptayyorlovsavdo” birlashmasiga, “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” davlat-kooperativ qoʻmitasiga va boshqa konsern va uyushmalarga Oʻzbekiston Respublikasida va Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat-iqtisodiy mintaqalarida mahsulot yetkazib beruvchilar va isteʼmolchilar bilan operatsiyalarni kliring hisob-kitoblar asosida amalga oshiruvchi xoʻjalik hisobidagi firmalar, savdo uylari, vositachilik tashkilotlari tashkil etishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Markaziy bankka hisob-kitoblarni boshqa davlatlarning markaziy banklaridagi korrespondentlik schyotlari orqali oʻtkazishni taʼminlash tavsiya etilsin. Bunda respublikaning davlat ehtiyojlari uchun hukumatlararo bitimlar va shartnomalar boʻyicha oʻzaro mahsulotlar yetkazib berishni tartibga solishga oid “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 kun muddatda sobiq SSSR subyektlari boʻlgan davlatlar markaziy banklari bilan ushbu davlatlarda respublikamizning vakolatli tijorat banklarining korrespondentlik schyotlarini ochish toʻgʻrisidagi masalani hal etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 kun muddatda sobiq SSSR subyektlari boʻlgan davlatlar bilan mahsulotlarni bir-birlariga yetkazib berish boʻyicha oʻzaro hisob-kitoblar oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi komplekslarining rahbarlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15 kun muddatda vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va birlashmalarda korxonalar bilan savdo-iqtisodiy bitimlar oʻzgarishini hisobga olib xoʻjalik shartnomalarini qayta tuzish ishlarini shaxsan javobgarlik bilan tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda mahsulotlar keltirishni yanada qisqartirish boʻyicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korxonalar, “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi rahbarlariga Oʻzbekiston hududida respublikamizga keltirish boʻyicha qisqartiriladigan nomenklaturadagi resurslarning qoʻshimcha hajmlarini qidirib topish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarning oʻz vaqtida hal etilishi uchun shaxsan javobgarlik yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va tijorat banklari 2 hafta muddatda koʻrsatilgan muammoni hal etishni nazarda tutgan holda ishlab turgan korxonalarni qayta qurish va qurilishi nihoyasiga yetkazilmagan obyektlarni qurib ishga tushirishni taʼminlash uchun zarur resurslar, imtiyozli kreditlar va mablagʻlar ajratish toʻgʻrisida Hukumatga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va korxonalarning rahbarlari 2-ilovaga* muvofiq moddiy-texnika resurslari va mahsulotlar yetkazib berish boʻyicha davlatlararo bitimlar joriy yilning oxirigacha soʻzsiz bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-Ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2 oy muddatda hukumatlararo bitimlarni va respublikamiz ehtiyojlarini hisobga olgan holda 1994-yil uchun mahsulotlarni keltirish va olib chiqish balansini tayyorlasinlar, bunda Oʻzbekistonga keltirishni qisqartirishni taʼminlash zarur boʻlgan moddiy-texnika resurslari va mahsulotlarning nazorat qilinadigan turlari balansiga alohida eʼtibor bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi “Oʻzshartnomasavdo” davlat uyushmasi bilan birgalikda hukumatlararo savdo-iqtisodiy shartnomalar boʻyicha mol yetkazib berish va toʻlovlarning bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilishni va tahlil etishni taʼminlasin. Ushbu masala boʻyicha axborot zarur takliflar bilan har oyda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etib turilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 5-maydagi 204-son qarori 12-bandining birinchi xatboshi va 16-bandi (Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 28-dekabrdagi 593-son qarori 3-bandining bekor qilingan uchinchi xatboshi qismi) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir A. M. Mutalovga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 13-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
409-son