Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 03.08.1993 yildagi 388-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 03.08.1993 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida maʼlumotlarni ishlash boʻyicha yagona kompyuter tizimini yaratish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik va boshqa koʻrinishdagi faoliyatdan, koʻchmas mulk bilan bogʻliq muomalalardan daromad koʻruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari harakati ustidan davlat nazorati tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, soliq toʻlovchilarga soliqlarni toʻgʻri hisoblab chiqishda, ularning oʻz vaqtida va toʻla miqdorda toʻlanishida yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida maʼlumotlarni uzatish va ishlashning yagona kompyuter tizimini yaratish dasturi 1-ilovaga* va ushbu dasturni amalga oshirishning reja-grafigi 1 a-ilovaga** muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** 1a-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi soliq xizmati tarkibida quyidagilar tashkil etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq bosh boshqarmasi tarkibida 2-ilovaga* muvofiq 32 nafar xodimdan iborat soliq organlarini kompyuterlashtirish boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmalari tarkibida 3-ilovaga* muvofiq 14 mintaqa kompyuter markazlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand, Termiz, Fargʻona, Urganch va Toshkent shaharlarida 4-ilovaga* muvofiq soliq toʻlovchilarga axborot konsultativ xizmat koʻrsatuvchi kompleks oʻquv sinflariga ega boʻlgan 5 mintaqa servis—markazlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu maqsadlarda soliq organlari xodimlari soni 193 nafarga koʻpaytirilsin (xizmat koʻrsatuvchilardan tashqari).
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar asosiy vazifalar deb belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq bosh boshqarmasining kompyuterlashtirish boshqarmasi boʻyicha — soliq axborotlarini qabul qilish, ularni ishlash, uzatish va saqlashning, xususan soliq toʻlovchilarning ularni tanituvchi belgilar asosida hisobini olib borish hamda ularning daromadlarini hisoblashning, audit oʻtkazishning sermehnat jarayonlarini kompyuterlashtirishning texnikaviy va tashkiliy konsepsiyasini ishlab chiqish; barcha soliq organlarida kompyuterlashtirish muammolarni hal etishga banklar va moliya organlari faoliyati bilan muvofiqlashtirilgan yagona texnik va dasturiy yondashuvni taʼminlash, deklaratsiyalarni, hisobotlarni ishlashni avtomatlashtirish negizida soliq toʻlovchilarni xabardor qilish va ulardan axborat olish tizimini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqa kompyuter markazi boʻyicha — tegishli maʼmuriy tumanlardan soliq maʼlumotlarini qabul qilib olish, tekshirish, tartibga keltirish va ishlashning dastlabki jarayonini tashkil etish; xabardor qilish va axborot olish tizimi boʻyicha soliq toʻlovchilar bilan bevosita ishlashni tashkil etish; soliq toʻlovchilarni roʻyxatga olishni amalga oshirish, ular daromadlarining harakatini kuzatib borish; audit oʻtkazish uchun elektron hisoblash mashinalari yordamida soliq toʻlovchi — nomzodlarni tanlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
servis — markazlar boʻyicha — soliq qonun hujjatlari va tegishli qonun asosidagi hujjatlar toʻgʻrisidagi toʻliq axborotlarni nashr etish, koʻpaytirish va soliq toʻlovchilarga yetkazish. Oʻquv sinflari boʻyicha — soliq toʻlovchilarni soliqlarni toʻgʻri hisoblab chiqarishga, deklaratsiyalar va hisobotlarni toʻgʻri taqdim etishga oʻrgatish, konsultatsiya va auditorlik xizmati koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, servis — markazlarning va kompleks oʻquv sinflarining soliq toʻlovchilarga koʻrsatgan bepul xizmatlari xarajatlari keyinchalik respublika budjeti hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat soliq bosh boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida maʼlumotlarni uzatish va ishlashning yagona kompyuter tizimini yaratish dasturini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish kengashi tuzsin hamda soliq organlari faoliyatini kompyuterlashtirish jarayonining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-martdagi 97-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan bank tizimini kompyuterlashtirishga doir tegishli chora-tadbirlari bilan oʻzaro uzviy bogʻliqligini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga soliq axborotini qabul qilish va ishlashning kompyuterlashtirilgan tizimini yuzaga keltirishning eng yaxshi texnik yechimi loyihasini aniqlash boʻyicha xalqaro tender-tanlovni tashkil etishning shartlari toʻgʻrisida, hukumatdan tashqari xalqaro tashkilotlarning takliflarini va konsultatsiyalarini hisobga olgan holda tanlovlar natijalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash boʻyicha takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993—1996-yillar mobaynida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir soliq toʻlovchiga indentifikatsiya (tanitish) nomyerlarini berish tizimini ishlab chiqsin va uni 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab joriy etishni boshlasin hamda buning asosida soliq toʻlovchilarni hamda ularning tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyatidan, koʻchmas mulk bilan bogʻliq muomalalardan oladigan daromadlarini toʻliq hisobga olinishini taʼminlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-1994-yillarda zamonaviy elektron hisoblash mashinalari, soliq toʻlovchilarni sonli indentifikatsiya kodi boʻyicha hisobga olishni tashkil etish asosida soliq tushumlarini hisobga olish tizimini yaratish boʻyicha pilot loyihasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchilarni tekshiruvdan oʻtkazish mobaynida ulardan undiriladigan qoʻshimcha toʻlovlar hamda moliyaviy sanksiyalardan tushadigan summaning hammasi, ushbu mablagʻlarning bir qismidan foydalanish toʻgʻrisidagi ilgari hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlardagi shartlarni hisobga olgan holda, servis-markazlarni va oʻquv sinflarni, ish joylarini bosma, nusxa koʻpaytiruvchi va oʻquv texnikasi bilan jihozlash, Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida maʼlumotlarni uzatish va ishlashning yagona kompyuter tizimini yaratish dasturining alohida boʻlimlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun foydalansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, 1994-yilning 1-yanvardan boshlab barcha soliq toʻlovlarni hisobga olishning samaradorligini taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkil etilayotgan korxonalar, tashkilotlarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarni mahalliy hokimiyatning ijroiya organlari tomonidan roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning banklarda hisob-kitob schyotlarini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning mulkchiligiga oʻtkaziladigan transport vositalarning ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularga soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining indentifikatsiya (tanitish) nomeri berilganidan keyingina amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida maʼlumotlarni uzatish va ishlashning yagona kompyuter tizimini yaratish dasturini dastlab mablagʻ bilan taʼminlash uchun 1993-yilda 5-ilovaga* muvofiq Respublika valyuta fondidan 929,4 ming AQSh dollarini ajratishni nazarda tutsin va mablagʻlarni dasturning amalga oshirilishiga qarab ajratib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda soliq organlarini kompyuterlashtirish dasturini chet el kreditlari, xorijiy mamlakatlarning hukumatlari hamda xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ajratiladigan va maqsadli mablagʻlarni jalb qilish hisobiga qisman mablagʻ bilan taʼminlash imkoniyatlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq organlarining yangi tuzilayotgan boʻlinmalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlashga va ularni respublika budjeti hisobiga saqlash uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda 1990-yilda respublika soliq organlari uchun maqsadli ajratilgan va Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazining vaqtinchalik balansida boʻlgan kompyuter texnikasini Davlat soliq bosh boshqarmasining balansiga oʻtkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda respublika soliq organlarini kompyuterlashtirish dasturini mablagʻ bilan taʼminlashda maqsadli foydalanish uchun soliq organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan tushumlar summasini konvertatsiya qilish masalasini hal etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda tashkil qilinayotgan kompyuter markazlari, servis—markazlari va oʻquv sinflari uchun tegishli binolar ajratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari B. S. Xamidov va Oʻ. T. Sultonov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-y 3-avgust.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
388-son