Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida maʼlumotlarni ishlash boʻyicha yagona kompyuter tizimini yaratish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tadbirkorlik va boshqa koʻrinishdagi faoliyatdan, koʻchmas mulk bilan bogʻliq muomalalardan daromad koʻruvchi yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari harakati ustidan davlat nazorati tizimining samaradorligini oshirish, shuningdek, soliq toʻlovchilarga soliqlarni toʻgʻri hisoblab chiqishda, ularning oʻz vaqtida va toʻla miqdorda toʻlanishida yordam koʻrsatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
** 1a-ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 929-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-avgustdagi 677-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 929-modda)
4. Davlat soliq bosh boshqarmasi:
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida maʼlumotlarni uzatish va ishlashning yagona kompyuter tizimini yaratish dasturini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtirish kengashi tuzsin hamda soliq organlari faoliyatini kompyuterlashtirish jarayonining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-martdagi 97-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan bank tizimini kompyuterlashtirishga doir tegishli chora-tadbirlari bilan oʻzaro uzviy bogʻliqligini taʼminlasin;
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga soliq axborotini qabul qilish va ishlashning kompyuterlashtirilgan tizimini yuzaga keltirishning eng yaxshi texnik yechimi loyihasini aniqlash boʻyicha xalqaro tender-tanlovni tashkil etishning shartlari toʻgʻrisida, hukumatdan tashqari xalqaro tashkilotlarning takliflarini va konsultatsiyalarini hisobga olgan holda tanlovlar natijalarini koʻrib chiqish va tasdiqlash boʻyicha takliflar kiritsin.
1993—1996-yillar mobaynida:
har bir soliq toʻlovchiga indentifikatsiya (tanitish) nomyerlarini berish tizimini ishlab chiqsin va uni 1994-yilning 1-yanvaridan boshlab joriy etishni boshlasin hamda buning asosida soliq toʻlovchilarni hamda ularning tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyatidan, koʻchmas mulk bilan bogʻliq muomalalardan oladigan daromadlarini toʻliq hisobga olinishini taʼminlansin;
1993-1994-yillarda zamonaviy elektron hisoblash mashinalari, soliq toʻlovchilarni sonli indentifikatsiya kodi boʻyicha hisobga olishni tashkil etish asosida soliq tushumlarini hisobga olish tizimini yaratish boʻyicha pilot loyihasini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
soliq toʻlovchilarni tekshiruvdan oʻtkazish mobaynida ulardan undiriladigan qoʻshimcha toʻlovlar hamda moliyaviy sanksiyalardan tushadigan summaning hammasi, ushbu mablagʻlarning bir qismidan foydalanish toʻgʻrisidagi ilgari hukumat tomonidan qabul qilingan qarorlardagi shartlarni hisobga olgan holda, servis-markazlarni va oʻquv sinflarni, ish joylarini bosma, nusxa koʻpaytiruvchi va oʻquv texnikasi bilan jihozlash, Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida maʼlumotlarni uzatish va ishlashning yagona kompyuter tizimini yaratish dasturining alohida boʻlimlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun foydalansin.
5. Belgilab qoʻyilsinki, 1994-yilning 1-yanvardan boshlab barcha soliq toʻlovlarni hisobga olishning samaradorligini taʼminlash maqsadida:
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, tashkil etilayotgan korxonalar, tashkilotlarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslarni mahalliy hokimiyatning ijroiya organlari tomonidan roʻyxatga olish;
tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning banklarda hisob-kitob schyotlarini ochish;
fuqarolarning mulkchiligiga oʻtkaziladigan transport vositalarning ichki ishlar organlari tomonidan roʻyxatga olinishi;
ularga soliq organlari tomonidan soliq toʻlovchining indentifikatsiya (tanitish) nomeri berilganidan keyingina amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi soliq organlarida maʼlumotlarni uzatish va ishlashning yagona kompyuter tizimini yaratish dasturini dastlab mablagʻ bilan taʼminlash uchun 1993-yilda 5-ilovaga* muvofiq Respublika valyuta fondidan 929,4 ming AQSh dollarini ajratishni nazarda tutsin va mablagʻlarni dasturning amalga oshirilishiga qarab ajratib borsin.
* 5-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda soliq organlarini kompyuterlashtirish dasturini chet el kreditlari, xorijiy mamlakatlarning hukumatlari hamda xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan ajratiladigan va maqsadli mablagʻlarni jalb qilish hisobiga qisman mablagʻ bilan taʼminlash imkoniyatlari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:
soliq organlarining yangi tuzilayotgan boʻlinmalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlashga va ularni respublika budjeti hisobiga saqlash uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratsin;
bir oy muddatda 1990-yilda respublika soliq organlari uchun maqsadli ajratilgan va Moliya vazirligining Axborot-hisoblash markazining vaqtinchalik balansida boʻlgan kompyuter texnikasini Davlat soliq bosh boshqarmasining balansiga oʻtkazsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Davlat soliq bosh boshqarmasi bilan birgalikda respublika soliq organlarini kompyuterlashtirish dasturini mablagʻ bilan taʼminlashda maqsadli foydalanish uchun soliq organlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushadigan tushumlar summasini konvertatsiya qilish masalasini hal etsin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki oy muddatda tashkil qilinayotgan kompyuter markazlari, servis—markazlari va oʻquv sinflari uchun tegishli binolar ajratsinlar.
9. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari B. S. Xamidov va Oʻ. T. Sultonov oʻrtoqlar zimmasiga yuklatilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-y 3-avgust.,
388-son