Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 30.07.1993 yildagi 381-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ASPIRANTURA VA OʻQUV
YuRTLARIDA TAʼLIM OLIShAYOTGAN AFGʻONISTON ISLOM
DAVLATI FUQAROLARINI DAVLAT TOMONIDAN
QoʻLLAB-QUVVATLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bilan Afgʻoniston xalqlari oʻrtasidagi doʻstlik hamda yaxshi qoʻshnichilik aloqalarini mustahkamlash maqsadida, Afgʻoniston Islom Davlati Prezidentining murojaatini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim olishayotgan afgʻon fuqarolarining koʻpdan koʻpiltimoslarini qoʻllab-quvvatlagan holda Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlarida Oʻzbekiston Respublikasi budjeti hisobidan bepul taʼlim olgan hamda 1992/93 oʻquv yilida 4—6 kurslarni muvaffaqiyatli bitirgan Afgʻoniston Islom Davlatining fuqarolariga tegishli ravishda bakalavrlik va magistrlik diplomlari topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy oʻquv yurtlarida afgʻonistonlik talabalarning koʻrsatib oʻtilgan toifalari taʼlim olishgan vazirliklar va idoralar shu yilning 5-avgustigacha ularni vataniga joʻnatishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Afgʻonictonlik fuqarolarning jadal oʻqitish, ularni iloji boricha qisqa muddatlarda oʻz vataniga joʻnatish toʻgʻrisidagi murojaatini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi budjeti hisobidan oʻqishni 1992/93 oʻquv yilida tugatayotganlarga maʼlumoti haqida tegishli shahodatnomalar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi kursni tugatayotganlarga (tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida — toʻrtinchi kurs) — 1993/94 oʻquv yilining birinchi yarmi tugaganidan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi kursni tugatayotganlarga (tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida— uchinchi kurs) — 1993/94 oʻquv yili tugagandan keyin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Afgʻoniston Islom Davlati fuqarolari boʻlgan aspirantlar taʼlim olayotgan oliy oʻquv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi yil taʼlim olayotgan aspirantlarga joriy yilning oxirigacha dissertatsiya ishlarini nihoyasiga yetkazish va himoya qilish uchun imkoniyat yaratsinlar hamda ularning oʻz vataniga joʻnab ketishlariga koʻmaklashsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi va ikkinchi yil taʼlim olishayotgan aspirantlar bilan oʻqishni davom ettirish uchun shu yilning 1-sentabriga qadar albatta kontrakt tuzilishni taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi afgʻon oʻquvchilari va aspirantlari taʼlim olayotgan oʻquv yurtlari boʻlgan vazirliklar va idoralarining hisob-kitoblariga muvofiq ularga afgʻonictonlik fuqarolarni oʻqitish va vataniga joʻnatish uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oliy oʻquv yurtlari va ilmiy muassasalarida afgʻonictonlik oʻquvchilar va aspirantlar taʼlim olayotgan vazirliklar va idoralar, Termiz shahar hokimligi ushbu qarorning 1—3-bandlarida belgilangan muddatlarda ularni Toshkent—Termiz marshruti boʻyicha temir yoʻl transportida vataniga uyushgan holda joʻnatishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻrta Osiyo temir yoʻl boshqarmasi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan jadvalga muvofiq Vataniga joʻnab ketayotgan Afgʻoniston Islom Davlati fuqarolarini mahalliy tariflar boʻyicha soʻmlarda toʻlanadigan temir yoʻl chiptalari bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat majmuiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 30-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381-son