Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VAZIRLIGINING
DAVLAT MEHNAT HUQUQ INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDAGI
NIZOMINI VA MEHNAT ShART-ShAROITLARI DAVLAT
EKSPERTIZASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
DAVLAT MEHNAT HUQUQ INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDAGI
NIZOMINI VA MEHNAT ShART-ShAROITLARI DAVLAT
EKSPERTIZASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi toʻgʻrisidagi va Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan nizomlar tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1993-yil 29-iyul,
378-son
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat mehnat
huquq inspeksiyasi toʻgʻrisida
huquq inspeksiyasi toʻgʻrisida
Keyingi tahrirga qarang.
NIZOM
1. Umumiy qoidalar
1. Davlat mehnat huquq inspeksiyasi (bundan keyin “inspeksiya” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tarkibiy boʻlinmasi, joylardagi davlat mehnat huquq inspeksiyalari esa Mehnat vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasining quyi boʻlinmalari hisoblanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Inspeksiya va uning joylardagi boʻlinmalari vazirliklar, idoralar, hokimliklar, shuningdek, qaysi idoraga qarashliligi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, barcha korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va mulkdorlar tomonidan mehnat va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
3. Inspeksiya va uning joylardagi boʻlinmalari oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa meʼyoriy hujjatlarga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Davlat mehnat inspektorlari lavozimida oliy yuridik maʼlumotga va mazkur mutaxassislik boʻyicha kamida uch yil ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar ishlashi mumkin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Qoraqalpogʻiston Respublkasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalarining davlat mehnat huquq inspektorlariga xizmat guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Tuman mehnat organlarining davlat mehnat huquq inspektorlariga xizmat guvohnomalari Qopaqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori tahririda)
II. Davlat mehnat huquq inspeksiyasining
(inspektorlarining) asosiy vazifalari
(inspektorlarining) asosiy vazifalari
1. Idoraviy boʻysunishidan, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, vazirliklar, hokimliklar, konsernlar, uyushmalarda maʼmuriyat, mulkdor tomonidan mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
2. Mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini buzishlarni maʼmuriyat tomonidan bartaraf etish haqidagi davlat mehnat huquq inspeksiyasi yozma koʻrsatmalarining huquqiy vositalar bilan bajarilishini taʼminlash.
3. Mehnat vazirligining tarkibiy boʻlinmalariga mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini nazorat qilish va huquqiy yordam koʻrsatishda koʻmaklashish.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni boʻyicha aholi oʻrtasida axborot-tushuntirish ishlarini olib borish.
5. Mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini bajarish boʻyicha vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar va muassasalarning ish tajribasini oʻrganish, ularga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish.
III. Davlat mehnat huquq inspektorlarining
umumiy huquqlari
umumiy huquqlari
Davlat huquq inspektori quyidagi xuquqlarga egadir:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mehnat haqidagi qonunlarga hamda “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunga rioya qilinishini, shuningdek maʼmuriyat tomonidan jamoa shartnomasi shartlari, mehnat bitimlarining bajarilishini va ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-fevraldagi 60-son qarori tahririda)
2. Tekshirish jarayonida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan mulkdorlar va mansabdor shaxslardan tegishli maʼlumotlar, hujjatlar va tushuntirishlar olish.
3. Nazorat qilish maqsadidagi barcha hujjatlar va boshqa maʼlumotlar bilan tanishish.
4. Mulkdorlardan va boshqa mansabdor shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasining mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlar buzilishlari aniqlangan hollarda ularni bartaraf etishni talab qilish.
5. Mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarning yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini bartaraf etish uchun vakolatli mansabdor shaxslar bajarishlari majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish (1-ilova)*.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
6. Mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarning buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga amaldagi qonunlarda belgilangan miqdorda jarima solish (2 va 3-ilovalar)*.
* 2-3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
7. Mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarning qoʻpol ravishda buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga nisbatan chora koʻrish uchun korxonalar va tashkilotlarning yuqori organlariga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga taqdimnomalar kiritish.
8. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlanish toʻgʻrisidagi qonunlarga zid boʻlgan buyruqlari va boshqa meʼyoriy aktlarining amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, zarur boʻlgan hollarda esa belgilangan tartibda ularni bekor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga takliflar kiritish.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining
Davlat mehnat huquq inspeksiyasi (inspektorlari)ning vakolatlari
Davlat mehnat huquq inspeksiyasi (inspektorlari)ning vakolatlari
1. Inspeksiyaga Mehnat vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
2. Inspeksiyaning tuzilmasi va xodimlari soni Mehnat vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
3. Inspeksiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
4. Inspeksiya:
quyi turuvchi barcha mehnat inspeksiyalari (inspektorlari)ga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, yordam beradi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi;
vazirliklar, idoralar, korxonalar, shuningdek, ayrim fuqarolardan tushgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʻrib chiqadi;
quyi turuvchi barcha mehnat inspektorlari tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalarni, jarima solish toʻgʻrisidagi qarorlarni koʻrib chiqadi, oʻzgartiradi va bekor qiladi;
mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllashga doir muhim masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi hayʼatiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
quyi turuvchi mehnat inspeksiyalari (inspektorlari)ga va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tarkibiy tuzilmalariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar va topshiriqlar beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan
taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari
inspeksiyalarining vakolatlari
viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan
taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish boshqarmalari
inspeksiyalarining vakolatlari
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (bundan keyin viloyatlar deb ataladi) Davlat mehnat huquq inspeksiyalari (inspektorlari) tegishli viloyatlar hududida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tartibda mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
2. Viloyat inspeksiyalari viloyat mehnat boshqarmalarining tarkibiy boʻlinmalari (sektorlari) hisoblanadilar va ularga viloyat boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadigan bosh inspektor rahbarlik qiladi.
3. Viloyat boshqarmalari davlat mehnat huquq (bosh) inspektorlari lavozimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi inspeksiyasi boshligʻi bilan kelishilgan holda viloyat boshqarmasi boshligʻi tomonidan tayinlanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Viloyat Mehnat inspeksiyalari (inspektorlari) tumanlardagi mehnat organlarining davlat huquq inspektorlari tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlarni koʻrib chiqadilar, bekor qiladilar, oʻzgartirishlar kiritadilar, shuningdek, ularga uslubiy yordam koʻrsatadilar va ular faoliyatini yoʻnaltiradilar.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori tahririda)
5. Viloyat mehnat inspektorlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining davlat huquq inspeksiyasiga belgilangan tartibda yarim yillik va yillik hisobotlarni taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
VI. Tuman mehnat organlari davlat huquq inspektorlarining huquq va burchlari
1. Tuman mehnat organlarining davlat huquq inspektorlari tegishli tuman doirasida mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
2. Tuman mehnat organlarining davlat huquq inspektorlari lavozimga viloyat boshqarmasi bosh huquq inspektori bilan kelishilgan holda mehnat organi direktori tomonidan tayinlanadilar va bevosita mehnat organi direktorining maʼmuriy boʻysunuvida boʻladilar.
3. Tuman mehnat organlarining davlat huquq inspektorlari yuqori turuvchi mehnat huquq inspektorlari topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydilar.
4. Tuman mehnat organlarining davlat huquq inspektorlari mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadilar, shuningdek, yilning har choragida yuqori turuvchi mehnat inspeksiyasiga qilingan ishlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
(VI-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Davlat mehnat huquq inspektorlarining
yozma koʻrsatmalari
yozma koʻrsatmalari
1. Davlat mehnat huquq inspektorining yozma koʻrsatmasini olgan mansabdor shaxs uning koʻrsatilgan muddatda bajarilganligi haqida inspektorni xabardor qilishi shart.
2. Davlat mehnat huquq inspektorlarining yozma koʻrsatmalari ustidan yozma koʻrsatma berilgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida yuqori turuvchi davlat mehnat huquq inspeksiyasi (inspektori)ga yoki xalq sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
3. Shikoyat qilingan yozma koʻrsatmalar yuzasidan Mehnat vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi (inspektori)ning xulosalari qatʼi hisoblanadi va bajarilishi majburiydir. Xulosalar boʻyicha shikoyatlar sud tartibida koʻrib chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi toʻgʻrisida
NIZOM
1. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa xil qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa meʼyoriy hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining davlat nazorat organlari bilan oʻzaro hamkorlikda ishlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda noqulay mehnat sharoitlarida ishlaydigan mehnatkashlarni ijtimoiy himoya qilish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
ishlab chiqarishda mehnat sharoitlari, noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
noqulay mehnat sharoitlari uchun beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalarni tartibga soluvchi meʼyoriy-uslubiy asoslarni ishlab chiqish va mukammallashtirish.
3. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
mehnat shart-sharoitlari boʻyicha ish joylarini attestatsiya qilishning sifati hamda imtiyozli nafaqa, qoʻshimcha taʼtil va qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan roʻyxatlar va koʻrsatkichlarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
korxonalar, vazirliklar va idoralarning takliflari asosida imtiyozli nafaqa, qoʻshimcha taʼtil va qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan roʻyxatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida xulosalar tayyorlaydi;
korxonalarning buyurtmalariga koʻra, attestatsiya asosida ish joylaridagi mehnat shart-sharoitlarini ekspertiza qiladi;
oʻz vakolati doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha maʼmuriyat va korxonalar xodimlari oʻrtasidagi nizolarni koʻrib chiqadi;
mehnat sharoitlarini baholash ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish usullarini va mehnat sharoitlarini ekspertiza qilish uchun meʼyoriy asoslarni ishlab chiqadi va yangilaydi;
mehnat xavfsizligi va mehnatning boshqa shart-sharoitlari masalalari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkazilishini tashkil etadi.
4. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasiga quyidagi huquqlar beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda korxonalarga, ularning qaysi idoraga boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, belgilangan namunadagi guvohnomani koʻrsatib qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish (1-ilova)*.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-fevraldagi 60-son qarori tahririda)
korxonalardagi mehnat sharoitlarini ekspertiza qilish va maʼmuriyatga MShE-1 shaklida xulosa berish (2-ilova)*;
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
ekspertiza oʻtkazish uchun olim va mutaxassislarni belgilangan tartibda haq toʻlab jalb etish;
korxonalardagi xodimlarga imtiyozli nafaqalar, qoʻshimcha taʼtillar va qisqartirilgan ish kuni belgilash hujjatlarini, shuningdek, jamoa shartnomalarida koʻzda tutilgan mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash boʻyicha tadbirlarning bajarilishini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun MShE-2 shaklida yozma koʻrsatma berish (3-ilova)*;
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
korxona maʼmuriyatiga uning imtiyozli nafaqalar, qoʻshimcha taʼtillar va qisqartirilgan ish kuni belgilash boʻyicha amaldagi qonunlarga muvofiq kelmaydigan qarorlarini toʻxtatish toʻgʻrisida MShE-3 shaklida taqdimnoma berish (4-ilova)*;
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
korxonalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini mehnat meʼyorlari va qoidalarini buzganlik uchun amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortish;
vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlardan mehnat shart-sharoitlari boʻyicha zarur maʼlumotlarni olish;
mehnat shart-sharoitlari boʻyicha ish joylarini nazorat tariqasida attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish, buning uchun shartnoma asosida zarur boʻlgan tashkilotlar va mutaxassislarni jalb etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqishga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi imtiyozli nafaqalar, qoʻshimcha taʼtillar va qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan roʻyxatlarni toʻldirish, aniqlash boʻyicha takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlarda oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi nomidan vakillik qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi oʻz vazifalarini bajarayotgan paytda tekshirilayotgan korxona maʼmuriyati unga yordam berishga majburdir.
5. Mehnat vazirligining mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Mehnat vazirligi markaziy apparatining mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi organi;
Mehnat vazirligi huzuridagi mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi respublika markaziy laboratoriyasi;
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasining hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar) organlari oʻz laboratoriyalari bilan, shuningdek, rayon va shahar mehnat organlari huzuridagi organlar;
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori tahririda)
mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi boʻlinmalarining tuzilmasi va xodimlari soni, tegishli ravishda, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasini moliyaviy taʼminlash respublika va mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasiga rahbarlik qilish, tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Qopaqalpogʻicton Respublikasi Mehnat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy himoya qilish bosh boshqarmalari, tumanlar va shaharlar mehnat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi oʻz nomi yozilgan shtampga ega boʻladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 23-iyuldagi 310-son qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1993-y., 7-son, 29-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda)