Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.02.2010 29.07.1993 yildagi 378-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.02.2010
Hujjat 06.04.2001 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRLIGINING DAVLAT MEHNAT HUQUQ INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMINI VA MEHNAT ShART-ShAROITLARI DAVLAT EKSPERTIZASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 29-son “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va mehnatni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi toʻgʻrisidagi va Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan nizomlar tasdiqlansin.
(qarorning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 29-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 29-iyuldagi 378-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining
Davlat mehnat huquq inspeksiyasi toʻgʻrisida
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat mehnat huquq inspeksiyasi (bundan keyin “inspeksiya” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tarkibiy boʻlinmasi, joylardagi davlat mehnat huquq inspeksiyalari esa Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Davlat mehnat huquq inspeksiyasining quyi boʻlinmalari hisoblanadilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inspeksiya va uning joylardagi boʻlinmalari vazirliklar, idoralar, hokimliklar, shuningdek, qaysi idoraga qarashliligi, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, barcha korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va mulkdorlar tomonidan mehnat va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inspeksiya va uning joylardagi boʻlinmalari oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek, boshqa meʼyoriy hujjatlarga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladilar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat mehnat inspektorlari lavozimida oliy yuridik maʼlumotga va mazkur mutaxassislik boʻyicha kamida uch yil ish tajribasiga ega boʻlgan shaxslar ishlashi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalarining davlat huquq mehnat inspektorlariga xizmat guvohnomalari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan beriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehnat, ish bilan taʼminlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlarining davlat huquq mehnat inspektorlariga xizmat guvohnomalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari tomonidan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Davlat mehnat huquq inspeksiyasining
(inspektorlarining) asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Idoraviy boʻysunishidan, mulkchilik va xoʻjalik yuritish shaklidan qatʼi nazar, barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, vazirliklar, hokimliklar, konsernlar, uyushmalarda maʼmuriyat, mulkdor tomonidan mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini buzishlarni maʼmuriyat tomonidan bartaraf etish haqidagi davlat mehnat huquq inspeksiyasi yozma koʻrsatmalarining huquqiy vositalar bilan bajarilishini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tarkibiy boʻlinmalariga mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining bajarilishini nazorat qilish va huquqiy yordam koʻrsatishda koʻmaklashish.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni boʻyicha aholi oʻrtasida axborot-tushuntirish ishlarini olib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehnat qonunlari va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini bajarish boʻyicha vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korxonalar va muassasalarning ish tajribasini oʻrganish, ularga amaliy va uslubiy yordam koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Davlat mehnat huquq inspektorlarining
umumiy huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat huquq inspektori quyidagi xuquqlarga egadir:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mehnat haqidagi qonunlarga hamda “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunga rioya qilinishini, shuningdek maʼmuriyat tomonidan jamoa shartnomasi shartlari, mehnat bitimlarining bajarilishini va ularning amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqligini nazorat qilish maqsadida vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, uyushmalar, konsernlar, birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarni belgilangan tartibda tekshirish.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-fevraldagi 60-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tekshirish jarayonida paydo boʻladigan masalalar yuzasidan mulkdorlar va mansabdor shaxslardan tegishli maʼlumotlar, hujjatlar va tushuntirishlar olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nazorat qilish maqsadidagi barcha hujjatlar va boshqa maʼlumotlar bilan tanishish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mulkdorlardan va boshqa mansabdor shaxslardan Oʻzbekiston Respublikasining mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlar buzilishlari aniqlangan hollarda ularni bartaraf etishni talab qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarning yoʻl qoʻyilgan buzilishlarini bartaraf etish uchun vakolatli mansabdor shaxslar bajarishlari majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish (1-ilova)*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarning buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga amaldagi qonunlarda belgilangan miqdorda jarima solish (2 va 3-ilovalar)*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarning qoʻpol ravishda buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarga nisbatan chora koʻrish uchun korxonalar va tashkilotlarning yuqori organlariga yoki huquqni muhofaza qilish organlariga taqdimnomalar kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlanish toʻgʻrisidagi qonunlarga zid boʻlgan buyruqlari va boshqa meʼyoriy aktlarining amal qilishini toʻxtatib qoʻyish, zarur boʻlgan hollarda esa belgilangan tartibda ularni bekor qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga takliflar kiritish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi (inspektorlari)ning vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Inspeksiyaga Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Inspeksiyaning tuzilmasi va xodimlari soni Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Inspeksiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Inspeksiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi turuvchi barcha mehnat inspeksiyalari (inspektorlari)ga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, yordam beradi, ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi va yoʻnaltiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, korxonalar, shuningdek, ayrim fuqarolardan tushgan arizalar, takliflar va shikoyatlarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi turuvchi barcha mehnat inspektorlari tomonidan berilgan yozma koʻrsatmalarni, jarima solish toʻgʻrisidagi qarorlarni koʻrib chiqadi, oʻzgartiradi va bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllashga doir muhim masalalarni Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hayʼatiga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyi turuvchi mehnat inspeksiyalari (inspektorlari)ga va Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tarkibiy tuzilmalariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar va topshiriqlar beradi.
(IV-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
bosh boshqarmalari inspeksiyalarining vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar (bundan keyin viloyatlar deb ataladi) Davlat mehnat huquq inspeksiyalari (inspektorlari) tegishli viloyatlar hududida Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizomda belgilangan tartibda mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Viloyat inspeksiyalari viloyat mehnat boshqarmalarining tarkibiy boʻlinmalari (sektorlari) hisoblanadilar va ularga viloyat boshqarmasi boshligʻi tomonidan lavozimga tayinlanadigan bosh inspektor rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Viloyat boshqarmalari davlat mehnat huquq (bosh) inspektorlari lavozimlarga Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi inspeksiyasi boshligʻi bilan kelishilgan holda viloyat boshqarmasi boshligʻi tomonidan tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Viloyat mehnat inspeksiyalari (inspektorlari) mehnat, ish bilan taʼminlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlari davlat huquq inspektorlari tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlarni koʻrib chiqadilar, bekor qiladilar, oʻzgartirishlar kiritadilar, shuningdek, ularga uslubiy yordam koʻrsatadilar va ular faoliyatini yoʻnaltiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Viloyat mehnat inspektorlari Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining davlat huquq inspeksiyasiga belgilangan tartibda yarim yillik va yillik hisobotlarni taqdim etadilar.
(V-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Mehnat, ish bilan taʼminlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlari davlat huquq inspektorlarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tuman mehnat organlarining davlat huquq inspektorlari tegishli tuman doirasida mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman mehnat organlarining davlat huquq inspektorlari lavozimga viloyat boshqarmasi bosh huquq inspektori bilan kelishilgan holda mehnat organi direktori tomonidan tayinlanadilar va bevosita mehnat organi direktorining maʼmuriy boʻysunuvida boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman mehnat organlarining davlat huquq inspektorlari yuqori turuvchi mehnat huquq inspektorlari topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman mehnat organlarining davlat huquq inspektorlari mehnat haqidagi va aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunlarni qoʻllash va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadilar, shuningdek, yilning har choragida yuqori turuvchi mehnat inspeksiyasiga qilingan ishlar toʻgʻrisida hisobot taqdim etadilar.
(VI-boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Davlat mehnat huquq inspektorlarining
yozma koʻrsatmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat mehnat huquq inspektorining yozma koʻrsatmasini olgan mansabdor shaxs uning koʻrsatilgan muddatda bajarilganligi haqida inspektorni xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat mehnat huquq inspektorlarining yozma koʻrsatmalari ustidan yozma koʻrsatma berilgan kundan boshlab 10 kun muddat ichida yuqori turuvchi davlat mehnat huquq inspeksiyasi (inspektori)ga yoki xalq sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shikoyat qilingan yozma koʻrsatmalar yuzasidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi (inspektori)ning xulosalari qatʼiy hisoblanadi va bajarilishi majburiydir. Xulosalar boʻyicha shikoyatlar sud tartibida koʻrib chiqiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 29-iyuldagi 378-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa xil qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining buyruqlari va farmoyishlariga, boshqa meʼyoriy hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining davlat nazorat organlari bilan oʻzaro hamkorlikda ishlaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda noqulay mehnat sharoitlarida ishlaydigan mehnatkashlarni ijtimoiy himoya qilish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishda mehnat sharoitlari, noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqulay mehnat sharoitlari uchun beriladigan imtiyoz va kompensatsiyalarni tartibga soluvchi meʼyoriy-uslubiy asoslarni ishlab chiqish va mukammallashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shart-sharoitlari boʻyicha ish joylarini attestatsiya qilishning sifati hamda imtiyozli nafaqa, qoʻshimcha taʼtil va qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan roʻyxatlar va koʻrsatkichlarning toʻgʻri qoʻllanilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, vazirliklar va idoralarning takliflari asosida imtiyozli nafaqa, qoʻshimcha taʼtil va qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan roʻyxatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida xulosalar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalarning buyurtmalariga koʻra, attestatsiya asosida ish joylaridagi mehnat shart-sharoitlarini ekspertiza qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolati doirasiga kiruvchi masalalar boʻyicha maʼmuriyat va korxonalar xodimlari oʻrtasidagi nizolarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat sharoitlarini baholash ish oʻrinlarini attestatsiyadan oʻtkazish usullarini va mehnat sharoitlarini ekspertiza qilish uchun meʼyoriy asoslarni ishlab chiqadi va yangilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat xavfsizligi va mehnatning boshqa shart-sharoitlari masalalari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkazilishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasiga quyidagi huquqlar beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda korxonalarga, ularning qaysi idoraga boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, belgilangan namunadagi guvohnomani koʻrsatib qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kirish (1-ilova)*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 8-fevraldagi 60-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalardagi mehnat sharoitlarini ekspertiza qilish va maʼmuriyatga MShE-1 shaklida xulosa berish (2-ilova)*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza oʻtkazish uchun olim va mutaxassislarni belgilangan tartibda haq toʻlab jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalardagi xodimlarga imtiyozli nafaqalar, qoʻshimcha taʼtillar va qisqartirilgan ish kuni belgilash hujjatlarini, shuningdek, jamoa shartnomalarida koʻzda tutilgan mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash boʻyicha tadbirlarning bajarilishini tekshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun MShE-2 shaklida yozma koʻrsatma berish (3-ilova)*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxona maʼmuriyatiga uning imtiyozli nafaqalar, qoʻshimcha taʼtillar va qisqartirilgan ish kuni belgilash boʻyicha amaldagi qonunlarga muvofiq kelmaydigan qarorlarini toʻxtatish toʻgʻrisida MShE-3 shaklida taqdimnoma berish (4-ilova)*;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslarini mehnat meʼyorlari va qoidalarini buzganlik uchun amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlardan mehnat shart-sharoitlari boʻyicha zarur maʼlumotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shart-sharoitlari boʻyicha ish joylarini nazorat tariqasida attestatsiyadan oʻtkazishni tashkil etish, buning uchun shartnoma asosida zarur boʻlgan tashkilotlar va mutaxassislarni jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqishga taqdim etish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi imtiyozli nafaqalar, qoʻshimcha taʼtillar va qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan roʻyxatlarni toʻldirish, aniqlash boʻyicha takliflar kiritish;
(4-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, jamoat va xalqaro tashkilotlarda oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi nomidan vakillik qilish.
(4-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi oʻz vazifalarini bajarayotgan paytda tekshirilayotgan korxona maʼmuriyati unga yordam berishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi markaziy apparatining mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi respublika markaziy laboratoriyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasining hududiy (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar) organlari oʻz laboratoriyalari bilan, shuningdek, rayon va shahar mehnat organlari huzuridagi organlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi boʻlinmalarining tuzilmasi va xodimlari soni, tegishli ravishda, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasini moliyaviy taʼminlash respublika va mahalliy budjetlar hisobidan amalga oshiriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasiga rahbarlik qilish, tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qopaqalpogʻicton Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, hududiy bosh boshqarmalar, mehnat, ish bilan taʼminlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi oʻz nomi yozilgan shtampga ega boʻladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1993-y., 7-son, 29-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda)