Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.09.2000 27.07.1993 yildagi 375-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.09.2000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA QURILADIGAN YoDGORLIKLAR
VA HAYKALLARNING LOYIHALARINI TUZISh VA ULARNI
QURISh TARTIBINI BELGILASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-sentabrdagi 359-son “Hukumat komissiyalarini tuzish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida quriladigan yodgorliklar va haykallarning badiiy-estetik jihatdan mukammal boʻlishini taʼminlash, ijodiy kuchlar imkoniyatidan toʻla foydalanish va yodgorliklar oʻrnatish masalalarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida yodgorliklar va haykallar oʻrnatish boʻyicha Hukumat komissiyasining tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida quriladigan yodgorliklar va haykallarning loyihalarini oldindan koʻrib chiqish, ularni oʻtkazilgan tanlovlar asosida saralab olish vakolatlari berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasida quriladigan yodgorliklar va haykallarning loyihalarini tuzish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1968-yil 30-avgustdagi 415-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSRda quriladigan yodgorliklar va monumentlar loyihalarini tuzish va ularni qurish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy masalalar, fan va madaniyat hamda kapital qurilish, transport va aloqa boʻlimlariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 27-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 27-iyuldagi 375-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida quriladigan yodgorliklar va
haykallar loyihalarini tuzish va ularni qurish
tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Barcha xildagi aholi punktlari qurilishida mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan, muhim tarixiy va ijtimoiy voqealarga bagʻishlangan, atoqli davlat, siyosiy va jamoat arboblari, milliy qahramonlar, mashhur fan, madaniyat va sanʼat arboblari xotiralarini abadiylashtirishga, adabiy-folklor asarlari qahramonlariga bagʻishlangan monumental sanʼat asarlari (haykallar, zafar toqlari, memorial va ziyorat inshootlari, obelisklar, byustlar va shu kabilar) yodgorliklar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi hududida alohida muhim mavzuga bagʻishlangan va koʻp mablagʻ sarflashni talab qiladigan yodgorliklar va haykallar, mashhur kishilar va voqealarga bagʻishlangan boshqa yodgorliklar (haykal, byust, obelisk, qabr toshlari va hokazolar), Oʻzbekiston Respublikasida davlat ahamiyatiga molik yodgorliklar va haykallar oʻrnatish boʻyicha Hukumat komissiyasi (bundan keyingi oʻrinlarda Hukumat komissiyasi deb ataladi) oldindan koʻrib chiqqandan keyin va uning xulosalariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga asosan quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida shaxslarning hayot chogʻida xotirasini abadiylashtirishga va ular sharafiga yodgorliklar va haykallar oʻrnatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlarining davlat ahamiyatiga molik yodgorliklar qurish toʻgʻrisidagi iltimoslarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar koʻrib chiqadilar hamda yodgorlik yoki haykal qurish zarurligi toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hukumat komissiyasining topshirigʻiga koʻra yodgorliklarning loyihalarini tuzish ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tashkil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi mazkur yodgorliklarni loyihalashning (ochiq tanlovlar, yopiq tanlovlar eʼlon qilish, yakka buyurtma tartibida bajarish va hokazo) shakllarini belgilaydi, yodgorlik yechimining asosiy prinsiplarini ifodalab beruvchi gʻoyaviy-badiiy vazifalarni oʻz ichiga olgan loyihalash dasturini tuzadi va uni koʻrib chiqish uchun Hukumat komissiyasiga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yodgorliklar va byustlarning loyihalarini tuzish va ularni qurish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Rassomlar uyushmasining ixtisoslashtirilgan korxonalari tomonidan bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Respublika hududida quriladigan yodgorliklar va haykallarning loyihalarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzurida Monumental sanʼat boʻyicha badiiy kengash tuziladi. Badiiy kengash haqidagi Nizom Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qurilgan yodgorliklar va haykallar Hukumat komissiyasi ularni qabul qilgandan keyin ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bogʻ ansambllari, koʻchalar, maydonlar, melioratsiya tarmoqlari va tosh yoʻllarni, shuningdek, ayrim binolarni, inshootlarni bezatish maqsadida bajarilgan haykaltaroshlik asarlari yodgorliklar qatoriga kirmaydi. Mazkur ishlar, bezatish uchun ishlangan manzarali haykaltaroshlik asarlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bezatish uchun ishlangan manzarali haykaltaroshlik asarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasdiqlagan loyihalar boʻyicha quriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bezatish uchun ishlangan manzarali haykaltaroshlik asarlarini oʻrnatish va ularni moliyaviy taʼminlash ishlari va boshqa ishlar shunday qaror qabul qilgan hokimiyat organlari tomonidan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Rassomlar uyushmasining ixtisoslashtirilgan badiiy-ishlab chiqarish korxonalari davlat, kooperativ va jamoat tashkilotlaridan, korxona va muassasalardan quyidagilarning loyihalarini tuzish, ularni bajarish va oʻrnatish uchun buyurtmalar qabul qilishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yodgorliklarga taalluqli boʻlmagan manzarali haykaltaroshlik asarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jamoat binolarining interyerlari (ichi) uchun haykaltaroshlik asarlari (shu jumladan, portret va kompozitsion haykallar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) urush harakatlariga oid dafn joylari va mozorlarni obodonlashtirish uchun haykaltaroshlik asarlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xotira taxtalari, qabrtoshlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi huzuridagi Monumental sanʼat boʻyicha badiiy kengash tomonidan maʼqullangan yodgorliklarning loyihalari buyurtmachi tashkilotlar (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari) bilan kelishib olinadi va ular tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tegishli mahalliy hokimiyat organlari qaroriga binoan qurilgan bezatish uchun ishlangan manzarali haykaltaroshlik asarlari, ularni Madaniyat ishlari vazirligi, Rassomlar uyushmasi va Meʼmorlar uyushmasi, shuningdek, buyurtmachilarning, jamoat tashkilotlarining vakillaridan va loyiha mualliflaridan iborat tarkibdagi komissiya qabul qilib olgandan keyin ochiladi.