Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
GERMANIYA FEDERATIV RESPUBLIKASIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING ELCHIXONASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi bilan Germaniya Federativ Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatish toʻgʻrisida 1992-yil 6-martdagi Protokolga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Germaniya Federativ Respublikasining Bonn shahrida Oʻzbekiston Respublikasining Elchixonasi taʼsis etilsin.
*2-ilova berilmaydi
1993-yilga elchixona xodimlari soni 13 kishidan, shulardan diplomatik tarkib — 8 kishidan, texnik tarkib — 5 kishidan iborat qilib belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1993-yilga xarajatlar smetasiga muvofiq zarur mablagʻlar ajratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bir oy muddatda shtatlar jadvaliga muvofiq Elchixonani xodimlar bilan toʻldirish uchun nomzodlar boʻyicha takliflar kiritsin.
4. “Oʻzshartnomasavdo” va “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmalari Tashqi ishlar vazirligining buyurtmanomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchixonasi uchun belgilangan tartibda moddiy-texnika resurslari, jihozlar, asbob-uskunalar ajratsinlar.
5. Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya Federativ Respublikasidagi Elchisi maishiy, tibbiy va transport xizmati koʻrsatish sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga tenglashtirilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1993-yil 19-iyul,
364-son
Germaniyadagi (Bonn shahri) Oʻzbekiston Respublikasi
Elchixonasining shtat jadvali
Elchixonasining shtat jadvali
(hisob-kitoblar AQSH dollarida)
|
№ |
|
|
Xodimlarning maoshi, elchining maoshiga nisbatan foiz hisobida |
|
1993-yildagi 6 oylik ish haqi | ||||||||||
|
1. |
Elchi |
1 |
100% |
2200 |
13200 | ||||||||||
|
2. |
Maslahatchi-elchi |
1 |
90% |
1980 |
11880 | ||||||||||
|
3. |
Savdo-iqtisodiyot masalalari boʻyicha maslahatchi |
|
|
|
| ||||||||||
|
4. |
Birinchi kotib (protokol-konsullik boʻlimi mudiri) |
|
|
|
| ||||||||||
|
5. |
Birinchi kotib (axborot-tahlil boʻlimi mudiri) |
|
|
|
| ||||||||||
|
6. |
Savdo attashesi (ikkinchi kotib) |
|
|
|
| ||||||||||
|
7. |
Uchinchi kotib |
1 |
70% |
1540 |
9240 | ||||||||||
|
8. |
Kotib-referent |
1 |
62% |
1364 |
8184 | ||||||||||
| | Jami |
8 |
|
13794 |
82764 | ||||||||||
| | Maʼmuriy-texnik tarkib | | | | | ||||||||||
|
1. |
Ish yuritish boʻlimi mudiri |
1 |
50% |
1100 |
6600 | ||||||||||
|
2. |
Kotib-tarjimon |
1 |
60% |
1320 |
7920 | ||||||||||
|
3. |
Katta buxgalter |
1 |
80% |
1760 |
10560 | ||||||||||
|
4. |
Xoʻjalik ishlari mudiri, ayni paytda uning oʻzi kassir ham |
|
|
|
| ||||||||||
|
5. |
Haydovchi-mexanik, ayni paytda uning oʻzi hovli supuruvchi ham |
|
|
|
| ||||||||||
| | Jami |
5 |
|
6710 |
40260 | ||||||||||
| | Jami |
13 |
|
20504 |
123024 | ||||||||||