OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 14-yanvardagi 6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarori 1-bandining ikkinchi, uchinchi, oltinchi va toʻqqizinchi xatboshi, shuningdek ushbu qarorga 1, 2, 5 va 8-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2005-yil 3-avgust,
183-son
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Yigʻma departament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PQ–131-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Yigʻma departamentning faoliyati:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi apparatini umuman mamlakat iqtisodiyotida hamda mintaqalarida bozor islohotlari va tarkibiy islohotlar, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha axborot-tahliliy taʼminlashga;
makroiqtisodiy, tarmoq va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari strategiyasini ishlab chiqishda, makroiqtisodiy va tarkibiy siyosat samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlashda markaziy iqtisodiy idoralar, boshqaruvning tarmoq organlari va Vazirlar Mahkamasi apparati departamentlarining prognoz-tahlil faoliyatini muvofiqlashtirishga;
iqtisodiy islohotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, maʼmuriy islohotlarning amalga oshirilishini, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uning mamlakat mintaqalarida roli va ahamiyatini oshirishning ahvolini tahlil qilish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati departamentlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilishga;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot tashkilotlari va moliya institutlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini, Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari va Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan hamkorligini rivojlantirish, eksport salohiyotini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi normativ-huquqiy va shartnomaviy-huquqiy bazani yanada rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishga yoʻnaltirilgan.
3. Yigʻma departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Yigʻma departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Yigʻma departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
5. Yigʻma departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil guruhlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil boshqarmasi tegishli ravishda viloyatlar, Toshkent shahar hokimlariga va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, shuningdek Yigʻma departamentga hisob beradi.
Yigʻma departament oʻziga hisob beradigan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi faoliyatiga rahbarlik qiladi va uni muvofiqlashtiradi.
7. Axborot-tahlil guruhlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan hududiy boʻlinmalar mutaxassislari lavozimga tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan Yigʻma departament mudiri bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
II. Yigʻma departamentning vazifalari va funksiyalari
8. Quyidagilar Yigʻma departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) makroiqtisodiy rivojlantirish va islohotlarni amalga oshirish sohasida:
markaziy iqtisodiy idoralar, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparati departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish asosida mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy, tarkibiy va institutsional islohotlarning amalga oshirilishini muntazam va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
iqtisodiyotdagi, shu jumladan maʼlumotlarning tegishli bazalarini yaratish va ularni tahlil qilish asosida makroiqtisodiy ahvolning va tarkibiy sifat oʻzgarishlari monitoringi tizimini yaratish;
Hukumatning davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda Vazirlar Mahkamasi Apparati departamentlari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar boʻyicha maqsadli dasturlari va qarorlari loyihalarini ekspert baholash;
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiy oʻsishning yuqori surʼatlarini, mamlakat aholisini ish bilan band etish va ularning turmush darajasini oshirishni taʼminlashning strategik vazifalarini bajarishga yoʻnaltirilgan iqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy siyosatning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
maqolalar, ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyat toʻgʻrisida xabardor qilish maqsadida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashni va tarqatishni, xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikdagi ishlarni tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan material va qiymat balanslarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish; Vazirlar Mahkamasining tarmoq departamentlari tomonidan taqdim etiladigan ularning tasarruflaridagi tarmoqlar boʻyicha iqtisodiyot tarmoqlarida band boʻlgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha kelishilgan monitoring koʻrsatkichlarini umumlashtirish;
b) hududlarni rivojlantirish sohasida:
markaziy iqtisodiyot idoralarini va ularning hududiy boʻlinmalarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini jalb etgan holda mamlakat mintaqalarida iqtisodiy, ijtimoiy, tarkibiy va maʼmuriy islohotlarning amalga oshirilishini muntazam va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
mintaqalarda, shu jumladan maʼlumotlarning tegishli bazalarini yaratish va ularni tahlil qilish asosida makroiqtisodiy ahvolning, ijtimoiy vaziyatning, ijtimoiy muhofazaning, aholini ish bilan taʼminlashning va tarkibiy iqtisodiy islohotlar monitoringini olib borish tizimini yaratish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanadigan hududlarning muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolari boʻyicha maqsadli hududiy dasturlari va Hukumat qarorlari loyihalarini ekspert baholash;
har bir mintaqada aholini ish bilan band etish, ularning daromadlarini koʻpaytirish va turmush darajasini oshirishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan iqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy siyosatning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
v) tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot va moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining eksport hajmlarini yanada koʻpaytirish, uning tarkibini takomillashtirish va jugʻrofiyasini kengaytirish, tashqi savdo balansini maqbullashtirish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozini, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirishni va ularning bajarilishini taʼminlashni muvofiqlashtirish;
Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlari va Shanxay hamkorlik tashkiloti, shuningdek mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlik doirasida davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida normativ-huquqiy hamda shartnomaviy-huquqiy bazani yanada rivojlantirish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish.
9. Yigʻma departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
mamlakatni va mintaqalarni makroiqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha maʼlumotlar tizimlashtirilgan bazasining yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini taʼminlaydi;
oʻzi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasi tomonidan koʻrib chiqish uchun tegishli maʼlumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
mintaqalarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, iqtisodiy, tarkibiy va maʼmuriy islohotlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari bajarilishini, shu jumladan joyiga borgan holda, oʻrganadi, oʻrganish natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi hamda ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasining respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha majlislarini tayyorlash bilan bogʻliq materiallarni ishlab chiqish va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi, shuningdek mazkur materiallar toʻgʻrisida Bosh vazirning tegishli oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi, Vazirlar Mahkamasining tegishli majlis qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning tegishli oʻrinbosari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi; Yigʻma departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi axborot-tahlil guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning tegishli oʻrinbosari boshchilik qiladigan tegishli hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish boʻyicha maqsadli dasturlarning, mazkur masala boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining amalga oshirilishini uygʻunlashtirish va natijalarini umumlashtirishni taʼminlaydi; aholini ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirishga yoʻnaltirilgan mexanizmlarni ishlab chiqish boʻyicha takliflarni umumlashtiradi; fuqarolarning pensiya taʼminoti, yordamga muhtoj oilalarni va aholining ayrim qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, aholini ish bilan taʼminlash hamda ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish boʻyicha axborot-tahliliy materiallarni respublika mintaqalari, shuningdek iqtisodiyot sohalari boʻyicha umumlashtiradi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Yigʻma departamentning huquqlari va javobgarligi
10. Yigʻma departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining axborot-tahliliy va prognozlash faoliyatini, Vazirlar Mahkamasi departamentlarining makroiqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy, tarkibiy va institutsional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini va mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ularning ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun vaqtinchalik ekspert tahlil guruhlari tashkil etish;
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar ishida, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish muammolarining axborot-tahliliy tadqiqotlari boʻyicha xalqaro loyihalarda qatnashish;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, shuningdek xalqaro, xorijiy, moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, xorijiy hukumat muassasalari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari boʻyicha mustaqil yozishmalarni yuritish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir tegishli oʻrinbosarining topshirigʻiga binoan esa davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Yigʻma departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislarida va yigʻilishlarida qatnashish;
xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro xorijiy moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, nohukumat tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalar vakillari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha muzokaralar oʻtkazish va ularda qatnashish;
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Yigʻma departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Yigʻma departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
11. Yigʻma departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi taʼminlanishi uchun javob beradi.
IV. Yigʻma departamentning tuzilmasi
12. Yigʻma departamentning tuzilmasiga Yigʻma departament mudiri, Yigʻma departament mudirining makroiqtisodiy rivojlantirish va isloh qilish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Yigʻma departament mudirining hududlarni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Yigʻma departament mudirining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, makroiqtisodiy rivojlantirish va isloh qilish, hududlarni, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, yetakchi mutaxassis (yurist), shuningdek inspektor kiradi.
Yigʻma departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
13. Yigʻma departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
14. Yigʻma departament mudiri, mudir oʻrinbosarlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Yigʻma departament faoliyatini tashkil etish
15. Yigʻma departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning tegishli oʻrinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Yigʻma departamentning choraklik ish rejalari, mudir, uning oʻrinbosarlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Yigʻma departamentning choraklik ish rejalari, mudirning va uning oʻrinbosarlari shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari bilan kelishiladi va Yigʻma departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
16. Yigʻma departament mudiri:
Yigʻma departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, oʻz oʻrinbosarlari, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Yigʻma departamentga yuklangan vazifalar, funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Yigʻma departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Yigʻma departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
oʻz oʻrinbosarlari va Yigʻma departament mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va tasdiqlash uchun Bosh vazirning tegishli oʻrinbosariga kiritadi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Yigʻma departament ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish va kasb malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Yigʻma departament mudiri oʻrinbosarlari va mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga taqdim etadi.
17. Yigʻma departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosari tomonidan belgilanadigan Yigʻma departament mudirining oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
18. Yigʻma departament mudirining oʻrinbosari:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha Yigʻma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va oʻziga boʻysunuvchi mutaxassislar ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarning va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
tegishli masalalar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam ravishda yangilab borilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
materiallar toʻgʻrisida Yigʻma departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazirning tegishli oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yigʻma departament mudiriga taqdim etadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, oʻzi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha yigʻilishlar oʻtkazadi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Yigʻma departament mudiri topshirigʻiga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Yigʻma departament mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Yigʻma departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
19. Yigʻma departamentning bosh mutaxassisi:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi; tegishli masalalar boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Yigʻma departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Yigʻma departament mudiri oʻrinbosariga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
20. Yigʻma departamentning yetakchi mutaxassisi:
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Yigʻma departament mudiri, uning tegishli oʻrinbosari va bosh mutaxassisning oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
oʻziga birkitilgan soha boʻyicha turkumlangan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Yigʻma departament mudiriga, uning oʻrinbosariga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli oʻrinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Yigʻma departament mudirining oʻrinbosari va bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
21. Yigʻma departamentning yetakchi mutaxassisi (yurist):
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida normativ hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishi, kelishilishini tashkil etadi, ularning amaldagi qonun hujjatlariga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini yuridik ekspertizadan oʻtkazadi;
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalari boʻyicha yuridik xulosalarni Yigʻma departament mudirining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosariga va Yigʻma departament mudiriga koʻrib chiqish uchun kiritadi;
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni huquqiy taʼminlaydi;
tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy taʼminlash masalalari boʻyicha olib boriladigan muzokaralarda qatnashadi;
tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy taʼminlash masalalari boʻyicha mamlakatimiz yuridik va jismoniy shaxslari hamda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan kengashlar va maslahatlashuvlarni belgilangan tartibda tashkil etadi va oʻtkazadi;
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida xalqaro shartnomalarni tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirishda qatnashadi;
eng muhim tashqi iqtisodiy shartnomalar (bitimlar, kontraktlar, protokollar va shu kabilar)ni huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi;
materiallarning ishlanishi sifati, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini taʼminlash va oʻziga yuklangan funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonun hujjatlari boʻyicha sharhlar va tushuntirishlar loyihalarini tayyorlaydi.
22. Inspektor Yigʻma departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamenti (keyingi oʻrinlarda Departament deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati Apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
2. Departamentning faoliyati Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparatini qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi; yerdan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasi; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish; yengil sanoatni rivojlantirish, oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish va sotish; savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasi masalalari boʻyicha axborot va tahliliy materiallar bilan taʼminlashga yoʻnaltirilgan.
3. Departament oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Departament oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Departament oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari boʻyicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga boʻysunadi.
5. Departament oʻz faoliyatini Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
II. Departamentning vazifalari va funksiyalari
6. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish sohasida:
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
fermerlik harakati monitoringini taʼminlash va uning rivojlanishini tahlil etish;
qishloqda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari shakllantirilishi monitoringini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning qisqa muddatli va uzoq muddatli prognozlari va dasturlari ishlab chiqilishini tashkil etish;
agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, shartnoma munosabatlari negizidagi ijara munosabatlari va xoʻjalik yuritish tizimlarini keng rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchisining manfaatlari ishonchli taʼminlanishiga qaratilgan iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish ishlarini muvofiqlashtirish;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini tashkil etish, agrar sektorga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
agrar sektorda monopoliyadan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, raqobat uchun shart-sharoitlar yaratishga doir takliflar ishlab chiqish;
qishloq xoʻjaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni va qishloq xoʻjaligi ekinlarini navlar boʻyicha joylashtirish ishlarini tashkil etish;
seleksiya va urugʻchilik, naslchilik ishlari, veterinariya, oʻsimliklar karantini, chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligi sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni moliyalashtirish tizimini takomillashtirishni tahlil qilish va unga doir takliflar tayyorlash;
bozor prinsiplari va mexanizmlari asosida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar, boʻgʻinlar va tuzilmalarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
b) suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi sohasida:
suv xoʻjaligi kompleksida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlar monitoringini taʼminlash va ularning amalga oshirilishini tahlil qilish, suv xoʻjaligini boshqarish shakllari, usullari va tuzilmasini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
ilgaridan sugʻorib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini tahlil qilish va uni yaxshilash hamda yangi yerlar oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan takliflar tayyorlash;
suv xoʻjaligi tizimi faoliyati masalalarida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
irrigatsiya tizimlarini boshqarishning havza prinsipini va barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish asosida suv resurslarini davlat tomonidan boshqarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni tashkil etish;
v) yerdan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasi sohasida:
erdan foydalanish va atrof muhit muhofazasi sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
er resurslari, ekologik vaziyat monitoringini taʼminlash va yer resurslaridan oqilona foydalanilishini tahlil qilish, tabiatni muhofaza qilish ishlarini tashkil etish;
erdan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
er resurslaridan oqilona foydalanish va yer munosabatlarini tartibga solish boʻyicha davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, yer tuzish va yer monitoringi, tuproqni saqlash, uning unumdorligini oshirish va tiklashni tashkil etish, yerdan foydalanishda bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
atrof muhit muhofazasi sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash, atrof muhit muhofazasining normativ va axborot bazasini yangilash va takomillashtirish ishlarini tashkil etish,
davlat yer kadastri, davlat kartografiya-geodeziya kadastri, binolar va inshootlarning davlat kadastri, shuningdek Davlat kadastrlarining yagona tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish;
er resurslari va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, respublikada ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish ishlarini muvofiqlashtirish;
oʻrmonlardan foydalanish, ularni qoʻriqlash va muhofaza qilish, oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish masalalarini tahlil qilish va ular boʻyicha takliflar tayyorlash;
g) qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish sohasida:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlarida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyati, shuningdek ularning rivojlanishi monitoringi olib borilishini va tahlil qilinishini taʼminlash;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlarida boshqaruv tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, bozor prinsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
d) yengil sanoatni rivojlantirish sohasida:
yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish sohasida iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
yengil sanoat tovarlari bilan toʻldirish, yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning isteʼmoli sifat oʻzgarishlari va tendensiyalarini baholash masalalari boʻyicha monitoring olib borilishini taʼminlash va ichki isteʼmol bozorini tahlil qilish;
yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va yengil sanoatni rivojlantirish boʻyicha vazifalar kompleks hal etilishini tashkil etish;
yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa chet el investitsiyalari va texnologiyalarini jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
jahon standartlariga javob beradigan yengil sanoat tovarlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, importning oʻrnini toʻldiradigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
e) oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida:
oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish, ichki isteʼmol bozorini oziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirish masalalari monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish, oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishdagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarishni tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga doir vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil qilish;
oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini taʼminlash boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
jahon standartlariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import oʻrnini toʻldiradigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
j) nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida:
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
ichki isteʼmol bozorini nooziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirish masalalari monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish, nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishdagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarishni tashkil qilish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish sohasini rivojlantirishga doir vazifalarning kompleks hal etilishini tashkil qilish;
nooziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, tarmoqqa xorijiy investitsiyalar va texnologiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
jahon standartlariga javob beradigan nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, tarmoq korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirish, import oʻrnini toʻldiradigan tovarlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
z) savdo va pulli xizmatlarni rivojlantirish sohasida:
savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganishni tashkil etish;
savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasi faoliyati monitoringini taʼminlash hamda tahlil etish, savdo va pulli xizmat koʻrsatish sohasidagi sifat oʻzgarishlarini va uni rivojlantirish tendensiyalarini baholash;
savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarishni tashkil etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
bozorlar faoliyatini, yarmarkalar va koʻrgazmalarning isteʼmol tovarlari, aholini isteʼmol tovarlari va pulli xizmatlar bilan taʼminlash boʻyicha marketing tadqiqotlari borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
chakana va ulgurji savdolarni, pulli xizmatlar koʻrsatish sohasini tashkil etish tizimini takomillashtirish, savdo va xizmatlar koʻrsatishni tashkil etishning yangi shakllari va metodlarini keng joriy etish, xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek savdo va xizmatlar koʻrsatishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
savdo va pulli xizmatlar koʻrsatish sohasi uchun kadrlar tayyorlashni tashkil etish tizimini oʻrganish va tahlil qilish, mazkur sohalarni malakali kadrlar bilan taʼminlash boʻyicha takliflar tayyorlash.
7. Departament oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha axborotlarni toʻplaydi va umumlashtiradi;
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida va hududlarda ishlarning ahvolini oʻrganadi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari uchun tegishli materiallarni tayyorlaydi;
tegishli tarmoqlar rivojlanishi, islohotlarni chuqurlashtirish dasturlari, shuningdek tegishli tarmoqlar xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish va yanada takomillashtirish dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi ustidan monitoring olib boradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
tegishli tarmoqlar boʻyicha tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilanishini taʼminlaydi;
Vazirlar Mahkamasining koʻrib chiqishi uchun tahliliy, maʼlumotnoma materiallar va boshqa materiallarni, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar, shu jumladan aholining ijtimoiy muhofazalanganligini kuchaytirish boʻyicha maqsadli dasturlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va maʼlumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari tomonidan oʻtkaziladigan yigʻilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining topshiriqlari loyihalarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi;
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va ularning belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi;
oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq davlat va xoʻjalik boshqaruvining mutasaddilik qilinadigan organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hukumatlararo bitimlarni tayyorlashda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar ishi samaradorligini taʼminlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi va ularda qoʻyilgan masalalarni hal etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi, koʻrib chiqish va chora-tadbirlar koʻrish uchun ushbu murojaatlarni tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini nazorat qiladi, koʻrsatib oʻtilgan murojaatlar bilan axborot-tahlil ishlarini amalga oshiradi, fuqarolarni qabul qilishni amalga oshiradi;
oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
III. Departamentning huquqlari va javobgarligi
8. Departament oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallar va maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalaridan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va soʻrash;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshirigʻiga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Departament vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan majlislari va yigʻilishlarida qatnashish;
zarurat boʻlganda Vazirlar Mahkamasida koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar boʻyicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarurat boʻlganda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Departamentning zarur materiallar, maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish boʻyicha talablari, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan boʻlsa, Departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
9. Departament:
oʻziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi taʼminlanishi uchun;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi mustahkamlanishi uchun javob beradi.
IV. Departamentning tuzilmasi
10. Departamentning tuzilmasiga Departament mudiri, Departament mudirining oʻrinbosari, qishloq xoʻjaligini isloh qilish va fermerlikni rivojlantirish; suv xoʻjaligi va suv xoʻjaligi qurilishi; yerdan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasi; qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash tarmoqlarini rivojlantirish; yengil sanoatni rivojlantirish, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va sotish, nooziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish va sotish, savdo va pulli xizmatlar koʻrsatishni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh va yetakchi mutaxassislar, shuningdek inspektor kiradi.
Departament tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
11. Departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
12. Departament mudiri, mudir oʻrinbosari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
V. Departament faoliyatini tashkil etish
13. Departament ishlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnomaga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning oʻrinbosarlarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Departamentning choraklik ish rejalari, mudir, uning oʻrinbosari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Departamentning choraklik ish rejalari, mudir va uning oʻrinbosarining shaxsiy ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishiladi va Departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
14. Departament mudiri:
Departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga tegishli masalalar boʻyicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni koʻrib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qoʻmitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan yigʻilishlarda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi tegishli organlariga koʻrib chiqish uchun yuboradi;
Departament mudirining oʻrinbosari va mutaxassislari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda boʻlgan Yoʻriqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini taʼminlaydi;
Departamentdan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament ishlarini takomillashtirish, xodimlarning ish malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Departament mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisidagi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga taqdim etadi.
15. Departament mudiri vaqtinchalik boʻlmagan taqdirda uning vazifasini Departament mudirining oʻrinbosari yoki Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan belgilanadigan Departamentning bosh mutaxassislaridan biri bajaradi.
16. Departament mudirining oʻrinbosari:
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi hamda yengil sanoatni rivojlantirish, oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va pulli xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va oʻz vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
tegishli tarmoqlar boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasi yaratilishini va yuritilishini, ularning muntazam ravishda yangilab borilishini nazorat qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga, uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbariga axborot beradi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek yengil sanoatni, oziq-ovqat va nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish va sotishni, savdo va pulli xizmat sohasini rivojlantirish masalalari boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va Departament mudiriga taqdim etadi;
oʻzi yuritadigan sohaga kiradigan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
Departament mudirining topshirigʻiga koʻra chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Departament mudiriga tegishli mutaxassislar oʻrtasida vazifalarni taqsimlash boʻyicha takliflar kiritadi;
Departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni ragʻbatlantirish hamda ularga tanbeh berish toʻgʻrisida takliflar taqdim etadi.
17. Departamentning bosh mutaxassisi:
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarining davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
materiallar toʻgʻrisida Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziriga va uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbariga axborot beradi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek iqtisodiyotning tegishi tarmoqlaridagi va hududlardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga taqdim etadi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda koʻrib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek ishlab chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yigʻilishlar oʻtkazadi;
tegishli masalalar boʻyicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
18. Departamentning yetakchi mutaxassisi:
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Departament mudiri, uning oʻrinbosari va bosh mutaxassisning oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning oʻz vaqtida tayyorlanishini, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning taʼminlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlarining oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli toʻgʻrisidagi axborotlarni toʻplash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
tegishli tarmoq boʻyicha maʼlumotlarning turkumlangan bazasini shakllantiradi, uning toʻldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
materiallarni Departament mudiriga, uning oʻrinbosariga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga va uning oʻrinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbariga taqdim etadi;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni oʻrganadi, oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur maʼlumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
oʻziga birkitilgan masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning oʻrinbosarlari oʻtkazadigan yigʻilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari oʻtkazadigan yigʻilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentning farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
19. Inspektor Departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning oʻtishini nazorat qiladi, hujjatlar yigʻmajildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga oʻz vaqtida berilishini taʼminlaydi, oʻziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda; 2007-y., 13-son, 117-modda)