Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.01.2008 03.08.2005 yildagi 183-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.01.2008
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING AXBOROT-TAHLIL DEPARTAMENTLARI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 14-yanvardagi 6-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman o‘zgartirish to‘g‘risida” 2005-yil 25-iyuldagi PQ-131-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-martdagi 56-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 13-son, 117-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot-tahlil departamentlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2004-yil 1-dekabrdagi 561-son qarori 1-bandining ikkinchi, uchinchi, oltinchi va to‘qqizinchi xatboshi, shuningdek ushbu qarorga 1, 2, 5 va 8-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari V.A. Golishev hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 3-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 3-avgustdagi 183-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Iqtisodiyot va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti (keyingi o‘rinlarda Yig‘ma departament deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 25-iyuldagi PQ–131-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yig‘ma departamentning faoliyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini, uning Prezidiumini, shuningdek Vazirlar Mahkamasi apparatini umuman mamlakat iqtisodiyotida hamda mintaqalarida bozor islohotlari va tarkibiy islohotlar, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy ta’minlashga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy, tarmoq va ijtimoiy rivojlantirish dasturlari strategiyasini ishlab chiqishda, makroiqtisodiy va tarkibiy siyosat samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlashda markaziy iqtisodiy idoralar, boshqaruvning tarmoq organlari va Vazirlar Mahkamasi apparati departamentlarining prognoz-tahlil faoliyatini muvofiqlashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy islohotlar natijalarini tahlil qilish va umumlashtirish, iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uning mamlakat mintaqalarida roli va ahamiyatini oshirishning ahvolini tahlil qilish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparati departamentlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot tashkilotlari va moliya institutlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini, Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan hamkorligini rivojlantirish, eksport salohiyotini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi normativ-huquqiy va shartnomaviy-huquqiy bazani yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Yig‘ma departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yig‘ma departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri rahbarligida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ma departament o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosariga, tashkiliy masalalar va ijro intizomi masalalari bo‘yicha esa — Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga bo‘ysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yig‘ma departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil guruhlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzurida tashkil etilgan axborot-tahlil boshqarmasi tegishli ravishda viloyatlar, Toshkent shahar hokimlariga va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, shuningdek Yig‘ma departamentga hisob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ma departament o‘ziga hisob beradigan Ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar markazi faoliyatiga rahbarlik qiladi va uni muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Axborot-tahlil guruhlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan hududiy bo‘linmalar mutaxassislari lavozimga tegishli ravishda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi tomonidan Yig‘ma departament mudiri bilan kelishilgan holda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Yig‘ma departamentning vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar Yig‘ma departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) makroiqtisodiy rivojlantirish va islohotlarni amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy iqtisodiy idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Apparati departamentlarining axborot-tahliliy faoliyatini muvofiqlashtirish asosida mamlakatda iqtisodiy, ijtimoiy, tarkibiy va institutsional islohotlarning amalga oshirilishini muntazam va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotdagi, shu jumladan ma’lumotlarning tegishli bazalarini yaratish va ularni tahlil qilish asosida makroiqtisodiy ahvolning va tarkibiy sifat o‘zgarishlari monitoringi tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumatning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda Vazirlar Mahkamasi Apparati departamentlari tomonidan tayyorlanadigan muhim iqtisodiy, ijtimoiy muammolar, institutsional va tarkibiy islohotlar bo‘yicha maqsadli dasturlari va qarorlari loyihalarini ekspert baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’atlarini, mamlakat aholisini ish bilan band etish va ularning turmush darajasini oshirishni ta’minlashning strategik vazifalarini bajarishga yo‘naltirilgan iqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy siyosatning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqolalar, ommaviy axborot vositalari orqali jamoatchilikni makroiqtisodiy va ijtimoiy vaziyat to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida axborot-tahliliy materiallarni tayyorlashni va tarqatishni, xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikdagi ishlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan material va qiymat balanslarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish; Vazirlar Mahkamasining tarmoq departamentlari tomonidan taqdim etiladigan ularning tasarruflaridagi tarmoqlar bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lgan aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha kelishilgan monitoring ko‘rsatkichlarini umumlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hududlarni rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy iqtisodiyot idoralarini va ularning hududiy bo‘linmalarini, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini jalb etgan holda mamlakat mintaqalarida iqtisodiy, ijtimoiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlarning amalga oshirilishini muntazam va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarda, shu jumladan ma’lumotlarning tegishli bazalarini yaratish va ularni tahlil qilish asosida makroiqtisodiy ahvolning, ijtimoiy vaziyatning, ijtimoiy muhofazaning, aholini ish bilan ta’minlashning va tarkibiy iqtisodiy islohotlar monitoringini olib borish tizimini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tayyorlanadigan hududlarning muhim iqtisodiy va ijtimoiy muammolari bo‘yicha maqsadli hududiy dasturlari va Hukumat qarorlari loyihalarini ekspert baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir mintaqada aholini ish bilan band etish, ularning daromadlarini ko‘paytirish va turmush darajasini oshirishni ta’minlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy siyosatning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar, xalqaro iqtisodiyot va moliya tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining eksport hajmlarini yanada ko‘paytirish, uning tarkibini takomillashtirish va jug‘rofiyasini kengaytirish, tashqi savdo balansini maqbullashtirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportining har yilgi prognozini, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlarini shakllantirishni va ularning bajarilishini ta’minlashni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari va Shanxay hamkorlik tashkiloti, shuningdek mintaqaviy iqtisodiy tashkilotlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik doirasida davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash chora-tadbirlari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida normativ-huquqiy hamda shartnomaviy-huquqiy bazani yanada rivojlantirish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatni va mintaqalarni makroiqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlantirish, tarkibiy islohotlarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ma’lumotlar tizimlashtirilgan bazasining yaratilishini, yuritilishini va muntazam yangilab borilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari uchun, shuningdek ularni Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnomalar, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqalarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini, iqtisodiy, tarkibiy va ma’muriy islohotlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumatning qarorlari bajarilishini, shu jumladan joyiga borgan holda, o‘rganadi, o‘rganish natijalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlari ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi hamda ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari bo‘yicha majlislarini tayyorlash bilan bog‘liq materiallarni ishlab chiqish va qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi, shuningdek mazkur materiallar to‘g‘risida Bosh vazirning tegishli o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi, Vazirlar Mahkamasining tegishli majlis qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning tegishli o‘rinbosari tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallar tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarning kompleksliligi hamda ularni ishlab chiqish va tayyorlashning sifati, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari topshiriqlari loyihalarining davlat va xo‘jalik boshqaruvining manfaatdor organlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishi uchun javob beradi; Yig‘ma departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi axborot-tahlil boshqarmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi axborot-tahlil guruhlari faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning tegishli o‘rinbosari boshchilik qiladigan tegishli hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar ishi samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, fuqarolarni shaxsan qabul qilishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish bo‘yicha maqsadli dasturlarning, mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining amalga oshirilishini uyg‘unlashtirish va natijalarini umumlashtirishni ta’minlaydi; aholini ijtimoiy muhofaza qilishni takomillashtirishga yo‘naltirilgan mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflarni umumlashtiradi; fuqarolarning pensiya ta’minoti, yordamga muhtoj oilalarni va aholining ayrim qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, aholini ish bilan ta’minlash hamda ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yicha axborot-tahliliy materiallarni respublika mintaqalari, shuningdek iqtisodiyot sohalari bo‘yicha umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yig‘ma departamentning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda olish va so‘rash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining axborot-tahliliy va prognozlash faoliyatini, Vazirlar Mahkamasi departamentlarining makroiqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy, tarkibiy va institutsional islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlarini, sektorlarini va mintaqalarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va dasturlarini ishlab chiqish, shuningdek tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy iqtisodiyot organlari, ularning ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot va tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun vaqtinchalik ekspert tahlil guruhlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlar ishida, shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish muammolarining axborot-tahliliy tadqiqotlari bo‘yicha xalqaro loyihalarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, shuningdek xalqaro, xorijiy, moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, xorijiy hukumat muassasalari bilan tashqi iqtisodiy hamkorlik masalalari bo‘yicha mustaqil yozishmalarni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutasaddilik qilinadigan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, Bosh vazir tegishli o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan esa davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlarning Yig‘ma departament tasarrufidagi sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislarida va yig‘ilishlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar hukumatlari, xalqaro xorijiy moliya va iqtisodiyot tashkilotlari, nohukumat tashkilotlar, xorijiy firmalar va kompaniyalar vakillari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish va ularda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va vakillarini belgilangan tartibda jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ma departamentning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining topshiriqlarida boshqa bajarish muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, Yig‘ma departament belgilagan muddatlarda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yig‘ma departament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada va samarali bajarilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va masalalarni ekspert jihatidan sifatli ishlab chiqishning tashkil etilishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlari, farmoyishlarining, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik qilinadigan idoralar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ta’minlanishi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomi ta’minlanishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yig‘ma departamentning tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yig‘ma departamentning tuzilmasiga Yig‘ma departament mudiri, Yig‘ma departament mudirining makroiqtisodiy rivojlantirish va isloh qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yig‘ma departament mudirining hududlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Yig‘ma departament mudirining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, makroiqtisodiy rivojlantirish va isloh qilish, hududlarni, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislar, yetakchi mutaxassis (yurist), shuningdek inspektor kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ma departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yig‘ma departament ishlariga mudir rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Yig‘ma departament mudiri, mudir o‘rinbosarlari va mutaxassislari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yig‘ma departament faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Yig‘ma departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi Apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning tegishli o‘rinbosarining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbarining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek Vazirlar Mahkamasining ish rejalari, Yig‘ma departamentning choraklik ish rejalari, mudir, uning o‘rinbosarlari va mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi. Yig‘ma departamentning choraklik ish rejalari, mudirning va uning o‘rinbosarlari shaxsiy ish rejalari Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari bilan kelishiladi va Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassislarning shaxsiy ish rejalari Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari bilan kelishiladi va Yig‘ma departament mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Yig‘ma departament mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ma departamentga bevosita rahbarlikni amalga oshiradi, o‘z o‘rinbosarlari, mutaxassislar ishlarini tashkil qiladi hamda Yig‘ma departamentga yuklangan vazifalar, funksiyalarning bajarilishi va ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Yig‘ma departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha hujjatlar loyihalarini va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi, mazkur loyihalarga rozilik beradi hamda ular yuzasidan ekspert xulosalarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining va uning Prezidiumining majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari tomonidan Yig‘ma departament mutasaddilik qiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan tushgan, Vazirlar Mahkamasining qarorini talab qilmaydigan hujjatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z o‘rinbosarlari va Yig‘ma departament mutaxassislari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi va tasdiqlash uchun Bosh vazirning tegishli o‘rinbosariga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Apparatida amalda bo‘lgan yo‘riqnomaga muvofiq ishlarning yuritilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ma departament ishlarini takomillashtirish, mutaxassislarning ish va kasb malakasini oshirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ma departament mudiri o‘rinbosarlari va mutaxassislarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga tanbeh berish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi Apparatining Rahbari bilan kelishilgan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosariga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yig‘ma departament mudiri vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosari tomonidan belgilanadigan Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosarlaridan biri bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mutaxassislarga bevosita rahbarlik qiladi hamda o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha Yig‘ma departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi va o‘ziga bo‘ysunuvchi mutaxassislar ijro intizomining ahvoli uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha materiallarning va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularning muntazam ravishda yangilab borilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, shuningdek belgilangan tartibda Bosh vazirning tegishli o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek tegishli sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarning ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Yig‘ma departament mudiriga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar majlislarida, o‘zi mutasaddilik qiladigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining, Hukumat qarorlarining loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ma departament mudiri topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ma departament mudiriga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ma departament mudiriga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni rag‘batlantirish hamda ularga tanbeh berish to‘g‘risida takliflar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yig‘ma departamentning bosh mutaxassisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha materiallarni va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishi, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqilayotgan qarorlar loyihalarini amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini ekspert baholashni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining va uning o‘rinbosarlarining o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha topshiriqlari bajarilishini nazorat qiladi; tegishli masalalar bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasi yaratilishini va yuritilishini, uning muntazam ravishda yangilab borilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar to‘g‘risida Yig‘ma departament mudiriga, uning o‘rinbosariga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni o‘rganadi, o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur tahliliy materiallarni, prognozlar va ekspert xulosalarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni chuqurlashtirish, yanada rivojlantirish, shuningdek o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi va Yig‘ma departament mudiri o‘rinbosariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek tayyorlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli masalalar bo‘yicha yetakchi mutaxassisning faoliyatini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yig‘ma departamentning yetakchi mutaxassisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar va hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, Yig‘ma departament mudiri, uning tegishli o‘rinbosari va bosh mutaxassisning o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha topshiriqlarini bajaradi, materiallarning o‘z vaqtida tayyorlanishini, sifatli ishlab chiqilishi hamda topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlarining o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha topshiriqlari bajarilishining ahvoli to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va umumlashtirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga birkitilgan soha bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasini shakllantiradi, uning to‘ldirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni Yig‘ma departament mudiriga, uning o‘rinbosariga va bosh mutaxassisga, shuningdek belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli o‘rinbosariga, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan materiallarni o‘rganadi, o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha axborotlarni umumlashtiradi, zarur ma’lumotnomalarni va tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga birkitilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi Apparati Rahbari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yig‘ma departament mudirining o‘rinbosari va bosh mutaxassis bilan kelishgan holda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat qarorlarining ishlab chiqilayotgan loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yig‘ma departamentning yetakchi mutaxassisi (yurist):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida normativ hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishi, kelishilishini tashkil etadi, ularning amaldagi qonun hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga muvofiqligini yuridik ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa hujjatlar loyihalari bo‘yicha yuridik xulosalarni Yig‘ma departament mudirining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga va Yig‘ma departament mudiriga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni huquqiy ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlar hukumatlari, firmalar, kompaniyalar va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar, xalqaro tashkilotlarning vakillari bilan tashqi iqtisodiy aloqalarni huquqiy ta’minlash masalalari bo‘yicha olib boriladigan muzokaralarda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy ta’minlash masalalari bo‘yicha mamlakatimiz yuridik va jismoniy shaxslari hamda xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan kengashlar va maslahatlashuvlarni belgilangan tartibda tashkil etadi va o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida xalqaro shartnomalarni tayyorlash jarayonini muvofiqlashtirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng muhim tashqi iqtisodiy shartnomalar (bitimlar, kontraktlar, protokollar va shu kabilar)ni huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarning ishlanishi sifati, topshiriqlar bajarilishi nazorat qilinishini ta’minlash va o‘ziga yuklangan funksiyalarning bajarilishi uchun javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonun hujjatlari bo‘yicha sharhlar va tushuntirishlar loyihalarini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Inspektor Yig‘ma departamentda ish yuritishni amalga oshiradi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-martdagi 56-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 13-son, 117-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 30-31-son, 234-modda; 2007-y., 13-son, 117-modda)