12.10.2005 yildagi 225-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.06.2010 10 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

MONOPOLIYAGA QARSHI QONUN HUJJATLARINI,TABIIY MONOPOLIYALAR, ISTEʼMOLCHILARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH VA REKLAMA TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN ISH QOʻZGʻATISH VA ULARNI KOʻRIB CHIQISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan samarali nazoratni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibini tasdiqlash haqida” 1997-yil 25-iyundagi 321-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 6-son, 23-modda) hamda Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-avgustdagi 370-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi uchun monopoliyaga qarshi faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organi tomonidan solinadigan jarimalarni xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qoʻllash tartibining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 12-oktabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225-son

Vazirlar Mahkamasining
2005-yil 12-oktabrdagi 225-son qaroriga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ish qoʻzgʻatish va ularni koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom
(nizom nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”, “Tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisida”, “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”, “Reklama toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari, tabiiy monopoliyalar, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi (keyingi oʻrinlarda matnda “qonun hujjatlari buzilganligi” deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi ishlarning Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari (keyingi oʻrinlarda “monopoliyaga qarshi organ” deb yuritiladi) tomonidan koʻrib chiqilishining tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Monopoliyaga qarshi organ oʻz vakolatlari doirasida xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarining buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻaydi va ularni koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ish xoʻjalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari joylashgan joy boʻyicha tegishli monopoliyaga qarshi organ tomonidan qoʻzgʻatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining markaziy apparati Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi qaroriga koʻra hududiy organlar vakolatiga tegishli boʻlgan ishlarni oʻzi koʻrib chiqishga haqlidir.
(4-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻash uchun asos hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organ tomonidan belgilangan tartibda nazorat funksiyalarining amalga oshirilishi, shuningdek tahlil qilinishi davomida huquqni buzish belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi yetarlicha maʼlumotlarning bevosita aniqlanishi.
(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari, mahalliy davlat organlari va boshqa organlardan tushgan axborot, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, ommaviy axborot vositalaridagi huquq buzilishi belgilari mavjudligini koʻrsatuvchi maʼlumotlar mavjud boʻlgan xabarlar (keyingi oʻrinlarda matnda “ariza” deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza monopoliyaga qarshi organga qonun hujjatlari buzilganligi holatlari (belgilari)dan dalolat beruvchi hujjatlar ilova qilingan holda yozma shaklda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada ariza beruvchi va unga nisbatan ariza berilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi, qonun hujjatlari buzilishi holatlari (belgilari) tavsiflanishi zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Monopoliyaga qarshi organ mazkur Nizomga rioya qilgan holda berilgan arizani oldindan koʻrib chiqadi va ariza bilan birga berilgan hujjatlar va materiallarni oʻrganadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi organ arizani oldindan koʻrib chiqishda hamda boshqa hujjatlar va materiallarni oʻrganishda:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur masalani hal etish boʻyicha monopoliyaga qarshi organning vakolatini aniqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari buzilishi belgilari mavjudligini aniqlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish qoʻzgʻash uchun materiallar yetarli ekanligini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda ishtirok etish uchun jalb etilishi kerak boʻlgan shaxslar doirasini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishning toʻgʻri va har tomonlama koʻrib chiqilishi uchun zarur boʻlgan boshqa masalalarni hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Monopoliyaga qarshi organ ariza va materiallarni oldindan koʻrib chiqish davomida:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va fuqarolardan tanishish uchun zarur materiallar va hujjatlarni soʻrab olishga, ulardan nusxa koʻchirishga hamda ularni ish materiallariga qoʻshib qoʻyishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi, shuningdek ularga nisbatan ariza berilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari vakillari bilan suhbat oʻtkazishga;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchidan va ularga nisbatan ariza berilgan shaxslardan ariza bilan murojaat qilishga sabab boʻlgan holatlar (belgilar) boʻyicha yozma yoki ogʻzaki tushuntirishlar olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har tomonlama, toʻliq va xolisona koʻrib chiqish uchun zarur boʻlgan boshqa chora-tadbirlarni koʻrishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani oldindan koʻrib chiqish materiallari boʻyicha xulosalar va tushuntirishlar berish uchun vakolatli ekspertlar yoki mutaxassislarni jalb etish.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish uchun monopoliyaga qarshi organda qonun hujjatlari buzilganligini koʻrib chiqish boʻyicha monopoliyaga qarshi organning masʼul xodimlaridan iborat maxsus komissiyalar (keyingi oʻrinlarda “komissiya” deb yuritiladi) tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi va uning tarkibi monopoliyaga qarshi organ rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniq bir ishni koʻrib chiqishda komissiya aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi, shu jumladan rais qatnashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Arizani oldindan koʻrib chiqish natijalari boʻyicha, taqdim etilgan materiallar asosida komissiya raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻash;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaatda koʻrsatilgan masalalar, monopoliyaga qarshi organning vakolatiga tegishli emasligi yoxud qonun buzilganligi belgilari yoʻqligi munosabati bilan ish qoʻzgʻash rad etilishi toʻgʻrisidagi masalani hal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qonun hujjatlari buzilganligi holati (belgisi) boʻyicha ish qoʻzgʻash yoki ish qoʻzgʻash rad etilishi toʻgʻrisida komissiya raisi tomonidan ajrim chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrim topshirilganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birgalikda buyurtmali xat bilan ishni koʻrib chiqishda ishtirok etuvchilarga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruriyat boʻlganda qonun hujjatlari buzilganligi holati (belgisi) boʻyicha ish qoʻzgʻash toʻgʻrisidagi ajrim faksimil aloqa, elektron pochta orqali yoki ajrim yuborilganning uni olganligi holatini qayd etish imkonini beradigan boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qatnashchilari hisoblanadi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisida unga nisbatan ish koʻrib chiqilayotgan shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxlarning vakillari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohlar, ekspertlar va mutaxassislar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qatnashchilari ish qoʻzgʻash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan boshlab:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish materiallari bilan tanishish (davlat siri hisoblangan va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa maxfiy maʼlumotlardan tashqari) va ulardan koʻchirma olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalillar taqdim etish va ularni oʻrganishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishning boshqa qatnashchilariga savollar berish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iltimosnoma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomda nazarda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ishni komissiya majlisida koʻrib chiqish rais tomonidan ishning holatlari eng toʻliq va har tomonlama oʻrganilishi va unga baho berilishini taʼminlaydigan, qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etadigan va uning oldini oladigan, qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisida unga nisbatan ish olib borilayotgan shaxslar, shuningdek boshqa manfaatdor shaxslarning huquq va manfaatlari taʼminlanadigan tarzda olib boriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisidagi ish ariza tushgan kundan yoki nazorat funksiyalari amalga oshirilishi natijalariga koʻra ish qoʻzgʻatilgan kundan boshlab bir oy muddatda koʻrib chiqiladi. Favqulodda hollarda, ishning murakkabligiga qarab, koʻrsatilgan muddat uzaytirilishi, biroq 20 kundan ortiq boʻlmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
(15-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning koʻrib chiqilishi vaqti va joyi toʻgʻrisida ularga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari, ishda qatnashish uchun jalb etiladigan boshqa shaxslar xabardor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ishni koʻrib chiqish komissiya tarkibini eʼlon qilishdan boshlanadi. Komissiya majlisida raislik qiluvchi qanday ish koʻrib chiqilishi kerakligini eʼlon qiladi va unga nisbatan ish koʻrilayotgan shaxsning nomini aytadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrib chiqish qatnashchilariga ularning huquqlari tushuntiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ishni koʻrib chiqishda komissiya ish boʻyicha dalillarni bevosita oʻrganadi, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni koʻrib chiqish boʻyicha qatnashchilarning tushuntirishlarini, mutaxassislarning xulosalarini, guvohlarning koʻrsatmalarini eshitadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozma dalillar bilan tanishadi va ularni eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlari buzilganligi mavjudligi yoki buzilmaganligi toʻgʻrisida xulosa chiqarish imkonini beradigan dalillar yetarli boʻlmaganda yoki mavjud boʻlmaganda ishni koʻrib chiqishda ishtirok etayotgan qatnashchilardan qoʻshimcha materiallar talab qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ishni koʻrib chiqish quyidagi hollarda komissiyaning navbatdagi majlisi sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda komissiya tomonidan kechiktirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakilning majlisda qatnasha olmasligi sababli ishni koʻrib chiqish kechiktirilishi toʻgʻrisida subyektning asoslangan iltimosnomasi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subyektning qonun hujjatlari buzilishini koʻrsatmasiz ixtiyoriy ravishda bartaraf etish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi munosabati bilan;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshimcha dalillar olish zaruriyati munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni koʻrib chiqish qatnashchilaridan birortasining hozir boʻlmaganligi yoki tomonning vakilida ishonchnoma yoʻqligi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya fikriga koʻra ishni koʻrib chiqishga ekspertlarni jalb etish yoki boshqa shaxslarning ishtiroki albatta zarurligi munosabati bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni ushbu majlisda hal etish mumkin boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Ishni koʻrib chiqish quyidagi hollarda toʻxtatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudda xulosalari ishni koʻrib chiqish natijalari uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa ish koʻrilayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizadan oʻtkazish yoki tegishli ekspertning yoki mutaxassisning xulosasi zarur boʻlganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallarni qoʻshimcha oʻrganish va soʻrash talab qilinadigan holatlar vujudga kelganda.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni koʻrib chiqish uni toʻxtatishga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilgandan keyin davom ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ishni koʻrib chiqish komissiya tomonidan quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman toʻxtatilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari buzilishi belgilari mavjud boʻlmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari buzilishi toʻgʻrisida unga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt tugatilganda yoki jismoniy shaxs vafot etganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
unga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt qonun buzilishini ixtiyoriy ravishda bartaraf etganda.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ishni koʻrib chiqishni kechiktirish, toʻxtatib turish, qayta tiklash va toʻxtatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi, u komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi, uning nusxasi ishni koʻrib chiqish qatnashchilariga buyurtmali xat bilan, uning topshirilgani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan birga joʻnatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ishni mohiyatiga koʻra koʻrib chiqish natijalari boʻyicha komissiya qonun hujjatlari buzilishi fakti aniqlanganligi va huquqiy taʼsir koʻrsatishning tegishli choralari koʻrilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Komissiya tomonidan qaror koʻrib chiqalayotgan masala boʻyicha taklif etilgan shaxslar ishtirokisiz, ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda komissiya raisi ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya raisi va aʼzolari ovoz berishda betaraf qolish huquqiga ega emaslar. Komissiya raisi eng oxirida ovoz beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar komissiya raisi yoki aʼzosi qarorga rozi boʻlmasa, u uni imzolashi shart va oʻzining alohida fikrini bayon qilishga haqlidir, uning fikri ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Komissiya tomonidan qabul qilingan qaror ishni koʻrib chiqish tugallangach darhol maʼlum qilinadi. Bunda uning faqat koʻrsatma qismi maʼlum qilinadi, matni esa ishga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Qaror komissiya raisi va aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning qarorning xulosa qismi maʼlum qilingan majlisi oʻtkazilgan sana qarorning qabul qilingan sanasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Komissiya majlisida protokol yuritiladi, u komissiya aʼzolarining bittasi tomonidan yoki komissiya raisi protokolni tuzish uchun maxsus jalb etgan monopoliyaga qarshi organ mutaxassisi tomonidan tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya majlisi protokolida quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni koʻrib chiqayotgan monopoliyaga qarshi organning nomi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishning nomi va tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlisning oʻtkazilgan yili, oyi, kuni va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni koʻrib chiqish qatnashchilarining hozir boʻlganligi va ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni koʻrib chiqish qatnashchilarining ogʻzaki iltimosnomalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni koʻrib chiqish qatnashchilarining ishda qatnashayotgan boshqa shaxslarning iltimosnomalari va dalillariga qarshi eʼtirozlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni koʻrib chiqish qatnashchilarining tushuntirishnomalari, mutaxassislarning yozma izohlarini eʼlon qilish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohlarning koʻrsatmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya qabul qilgan qaror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa maʼlumotlar.

Majlis protokoli komissiya raisi, aʼzolari va komissiya majlisi kotibi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Koʻrsatmalar berish va ularning ijrosini nazorat qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Komissiya qarori asosida qonun hujjatlariga muvofiq koʻrsatma beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatma komissiya raisi tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Koʻrsatma unda koʻrsatilgan muddatda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror (koʻrsatma)ning muddatida bajarilmasligi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror va koʻrsatmaning joʻnatilganligini bildiruvchi pochta hujjatlari yoki boshqa hujjatlar ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatmaning bajarilganligi subyektni tekshirish dalolatnomasi bilan yoxud qonun hujjatlari buzilishi bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjat bilan tasdiqlanadi, ushbu hujjatlar ish materiallariga qoʻshib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish koʻrsatma bajarilgandan keyin tugallangan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tekshirish chogʻida qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilmaganligi yoki bartaraf etish chora-tadbirlari koʻrilmaganligi aniqlansa koʻrsatma bajarilmagan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatma quyidagi hollarda qisman bajarilmagan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatmaga muvofiq bartaraf etilishi kerak boʻlgan barcha qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilmaganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatmada nazarda tutilgan barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar va organlarga nisbatan qonun hujjatlari buzilishlari bartaraf etilmaganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatmalarni bajarishdan bosh tortish deganda koʻrsatmaning subyekt tomonidan bajarilmaganligi yoki qisman bajarilmaganligi tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatmalar oʻz vaqtida bajarilmagan deganda koʻrsatmaning unda koʻrsatilgan muddatni buzgan holda bajarilishi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ularning mansabdor shaxslari koʻrsatmani bajarish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan muddatni uzaytirish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlari buzilishlarini koʻrib chiqish komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iltimosnomada koʻrsatilgan holatlar komissiya tomonidan sababli deb eʼtirof etilgan taqdirda komissiya koʻrsatmaning bajarish muddatini uzaytirish, lekin koʻpi bilan uch oyga uzaytirish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Monopoliyaga qarshi organ qabul qilingan qarorlar va berilgan koʻrsatmalar hisobini yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Ajrimlar, qarorlar va koʻrsatmalar mazmuniga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Komissiya ajrimni alohida hujjat tarzida chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajrimda quyidagilar boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organning toʻliq nomi, ishning tartib raqami, ajrim chiqarilgan sana, komissiya tarkibi, koʻrib chiqish predmeti;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishi koʻrib chiqilayotgan shaxs (shaxslar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajrim chiqariladigan masala;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiyaning qonun hujjatlariga asoslangan holda, oʻz xulosasini chiqarishiga asos boʻlgan sabablar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Komissiya qarorida quyidagilar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror qabul qilgan monopoliyaga qarshi organning nomi, komissiya tarkibi, ishning tartib raqami, qarorning qabul qilingan sanasi va joyi, ishni koʻrib chiqish predmeti, ishi koʻrib chiqilayotgan shaxs toʻgʻrisidagi, shuningdek ishni koʻrib chiqishning boshqa qatnashchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishni koʻrib chiqishda aniqlangan holatlarning, komissiyaning ushbu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalariga asos boʻlgan dalillarning, sodir etilgan qonun hujjatlari buzilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunchilikka asoslanishning bayoni;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari buzilganligi fakti aniqlangani toʻgʻrisidagi xulosa, mazkur qonun buzilishi uchun nazar tutilgan moliyaviy sanksiyalar miqdori, moliyaviy sanksiyalarni ixtiyoriy ravishda toʻlash muddati va tartibi toʻgʻrisidagi tushuntirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatma berish toʻgʻrisidagi xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qaror yuzasidan shikoyat bildirish mumkinligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarorda qonun hujjatlari buzilganligi bilan bogʻliq jinoyatlar belgilari boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻash organlariga, boshqa huquqni muhofaza qilish organlarga joʻnatish toʻgʻrisidagi tavsiyalar berilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Koʻrsatmada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi organning toʻliq nomi, ishning tartib raqami, koʻrsatma berilgan sana;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatma berilishiga asos boʻlgan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga nisbatan koʻrsatma berilayotgan shaxsning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan aniq ishlar va ularni bajarish muddatlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatma yuzasidan shikoyat bildirish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Ajrimlar, qarorlar va koʻrsatmalar namunalari Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaning ajrimi, qarori va koʻrsatmasi topshirilgani toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan buyurtmali xat orqali joʻnatiladi yoxud qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qatnashchilariga yoki ularning vakillariga tilxat boʻyicha taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Qonun hujjatlari buzilganligi uchun moliyaviy sanksiyalarni qoʻllanish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Moliyaviy sanksiya qoʻllanishi nazarda tutilgan qonun hujjatlari buzilganligi fakti aniqlanganligi toʻgʻrisida oʻziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxs monopoliyaga qarshi organ belgilagan muddat mobaynida qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda toʻlashga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy sanksiyalar summasi ixtiyoriy ravishda toʻlangan taqdirda uning toʻlanganini tasdiqlovchi toʻlov hujjati toʻlov vaqtidan boshlab ikki ish kuni mobaynida monopoliyaga qarshi organga taqdim etilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Agar qonun hujjatlarini buzgan shaxs belgilangan muddat mobaynida oʻzi sodir etgan qonun hujjatlari buzilgani uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar summasini ixtiyoriy ravishda toʻlamasa monopoliyaga qarshi organ tegishli moliyaviy sanksiyalar belgilash toʻgʻrisida sudga murojaat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami 20 foizidan ortiq boʻlgan moliyaviy sanksiyalarni undirish undiriladigan summani toʻlovchiga undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 6 oy mobaynida har oyda boʻlib-boʻlib toʻlash imkonini bergan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy sanksiyalarni toʻlash monopoliyaga qarshi organning qarorini yoki koʻrsatmasini bajarish yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Monopoliyaga qarshi organ qarorlari (koʻrsatmalari) yuzasidan shikoyat bildirish tartibi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Qonun hujjatlari buzilganligi toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqish qatnashchilari monopoliyaga qarshi organ qarori (koʻrsatmasi)ga rozi boʻlmagan taqdirda qaror (koʻrsatma) qabul qilingan kundan boshlab bir oy muddatda sudga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga qaror (koʻrsatma)ni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb eʼtirof etish toʻgʻrisida yoxud qaror (koʻrsatma)ni bekor qilish yoki oʻzgartirish haqida ariza bilan murojaat qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasiga berilgan ariza ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan muddat tugagandan keyin koʻrib chiqishga qabul qilinmaydi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-iyundagi 105-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 23-son, 182-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ariza berish monopoliyaga qarshi organ qarori (koʻrsatmasi)ning amal qilishini toʻxtatib turmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.