OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “OʻZKOMMUNXIZMAT” AGENTLIGINING
Qarori
1991 YILGAChA QURILGAN UY-JOYLARNING IChKI MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI VA UMUMIY FOYDALANISh JOYLARINI MUKAMMAL TAʼMIRLASh IShLARINI MABLAGʻ BILAN TAʼMINLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 14-sentabrda 1408-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki Boshqaruvi, Davlat soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi 2011-yil 22-dekabrdagi 84, 258-V-3, 2011-43, 01-1/479-sonli “1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini mukammal taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror hamda unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1408-3, 06.01.2012-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 26-fevraldagi “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3038-sonli Farmonining 3-bandi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-martdagi “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 74-sonli qarorining 5-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzkommunxizmat” agentligi qaror qiladi:
1. Ilova* qilinayotgan 1991-yilgacha qurilgan uy-joylarning ichki muhandislik kommunikatsiyalari va umumiy foydalanish joylarini mukammal taʼmirlash ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kundan soʻng kuchga kiradi.
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-avgust,
97-son,
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJANOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-avgust,
258-son,
Davlat Soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-avgust,
53-son,
“Oʻzkommunxizmat” agentligi Bosh direktori U. XOLMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2004-yil 20-avgust,
01-931-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 37-son, 414-modda; 2005-y., 39-son, 301-modda;2006-y., 40-son, 399-modda)