Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2003 03.07.1992 yildagi 648-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2003
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY KENGAShINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

HARBIY QASAMYoD TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Harbiy qasamyodning quyidagi matni tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Men (familiyasi, ismi, otasining ismi) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kirar ekanman, xalqimga, Prezidentimga sodiq boʻlishga tantanali ravishda qasamyod qilaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Men Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini va qonunlarini muqaddas bilib, ularga rioya etishga, harbiy nizomlarni, qoʻmondonlar va boshliqlarning buyruqlarini soʻzsiz bajarishga, harbiy intizomga qatʼiy rioya qilishga, halol, jasur va sergak jangchi boʻlishga qasamyod qilaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi nafasim qolguncha ona Vatanimning sadoqatli farzandi boʻlib qolishga, harbiy xizmatning butun mashaqqati va qiyinchiliklarini sabot bilan yengishga, davlat va harbiy sirlarni mustahkam saqlashga ajdodlarim ruhi oldida qasamyod qilaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jonajon Oʻzbekistonimni nurli istiqboli uchun uning davlat manfaatlari va mustaqilligini himoyachisi boʻlishga qasamyod qilaman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar men ushbu tantanali qasamyodimni buzsam qonunlarda belgilangan jazoga va xalqimning nafratiga mubtalo boʻlay”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Harbiy qasamyodni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan harbiy qismlarga, muassasalarga, boshqa harbiy qoʻshilmalarga haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar, harbiy-oʻquv yurtlarining ilgari Harbiy qasamyod qabul qilmagan kursantlari qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xizmat oʻtayotgan va ilgari Harbiy qasamyodni qabul qilgan harbiy xizmatchilar qasamyod qildirilmaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Harbiy qasamyod qildirish tartibi* tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 3-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
648-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 348-modda)