Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2021 20.04.2000 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 992-1
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2004-yil 20-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 992-1]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 16-apreldagi 3/2-sonli “Tijorat banklarining ichki auditiga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3302, 07.05.2021-y.) asosan 2021-yil 8-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3, 7, 17, va 51-moddalariga asosan tijorat banklaridagi ichki nazorat tizimini Bazel qoʻmitasining tavsiyalari va auditning xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish hamda ichki nazoratga qoʻyiladigan talablarni yanada takomillashtirish maqsadida Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida”gi Nizomga (Adliya vazirligida 2000-yil 22-dekabrda 992-raqam bilan roʻyxatga olingan) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin va uning yangi tahriri ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng oʻn kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2004-yil 13-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6/12-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvi tomonidan 2004-yil 13-mart,
6/12-son
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklarining ichki auditiga Markaziy bank tomonidan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
(Yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi, “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tijorat banklarida ichki auditni tashkil etishga Markaziy bank tomonidan qoʻyilgan talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ichki audit — bank xodimlarining oʻz vazifalarini samarali bajarishlariga yordam berish maqsadida bank faoliyatini tekshirish va baholash uchun bank ichida doimiy asosda tuzilgan mustaqil ekspertiza. Ichki auditning asosiy maqsadi boʻlib Ichki audit xizmati tomonidan bank rahbariyatiga bank faoliyatining nazorati va natijalari boʻyicha xolisona tahlil, baho, tavsiyalar va maʼlumotlar taqdim etish orqali bank Kengashi va Boshqaruviga bank faoliyati maqsadiga erishishiga koʻmaklashish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ichki audit xizmati (keyingi oʻrinlarda “Audit xizmati”) — bankda ichki nazorat holatini, jumladan moliya-xoʻjalik faoliyati samaradorligi, hisobning ishonchliligi va aniqligi, hisobotlarning toʻliqligi va obyektivligi, Oʻzbekiston Respublikasi bank qonunchiligi hujjatlariga, taʼsis va ichki hujjatlarga, bank operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari va tartiblariga rioya qilinishini tekshirish (audit) va monitoringini amalga oshiruvchi, shuningdek bank operatsiyalarining samaradorligi va ishonchliligini oshirish boʻyicha bank Kengashiga maslahatlar beruvchi mustaqil tarkibiy tuzilma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir bank Ichki audit xizmatini tashkil etishi, shuningdek bank Kengashi tasdiqlaydigan “Ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizom”, “Ichki auditni oʻtkazish tartibi va jarayonlari” hamda “Bosh ichki auditor lavozim yoʻriqnomasi”ni ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Auditorlik qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki nazorat tizimini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash maqsadida bank Kengashi Auditorlik qoʻmitasini tuzishi lozim va ushbu qoʻmita tarkibiga faqatgina bank Kengashi aʼzolari kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Auditorlik qoʻmitasi raisi va aʼzolari bank Kengashi raisi tavsiyasiga binoan bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Auditorlik qoʻmitasi tarkibiga bank Kengashining kamida uchta aʼzosi kiritilishi kerak. Auditorlik qoʻmitasi tarkibiga kiruvchi bank Kengashi aʼzolari bank faoliyatiga javob beradigan boshqa Kengash qoʻmitalari aʼzolari etib tayinlanmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Auditorlik qoʻmitasi aʼzolari audit xizmati vazifalari va faoliyatini tashkillashtirish uchun oliy maʼlumotga va yetarli ish tajribasiga ega boʻlishlari lozim. Auditorlik qoʻmitasi aʼzolarining kamida bitta aʼzosi moliyaviy hisobotlarni tuzish boʻyicha malakaga ega boʻlishi hamda buxgalterlik hisobi yoki audit boʻyicha mutaxassis boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Auditorlik qoʻmitasining asosiy vazifalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir ichki audit tekshiruvlari oʻtkazilgandan soʻng taqdim etiladigan Audit xizmati hisobotlarini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki audit boʻyicha choraklik hisobotlarni oʻrganish va ularni bank Kengashiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi auditorlar uchun texnik vazifalarni ishlab chiqishda bank Kengashiga amaliy yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi auditor takliflarini baholashda bank Kengashiga amaliy yordam berish, tashqi auditorni tanlashda bank Kengashiga tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki audit xizmati va tashqi auditorlarning tavsiyalarini amalga oshirish jarayonini boshqarish boʻyicha ishlarni bank Boshqaruvi raisi bilan muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi auditorlar hisobotlari, jumladan rahbariyatga yoʻllangan xatni koʻrib chiqish va ularni bank Kengashiga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi va ichki auditorlik tekshiruvi jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek auditorlar bergan tavsiyalarning bank Boshqaruvi tomonidan bajarilishi ustidan nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audit xizmati faoliyati mustaqilligini taʼminlash va uning faoliyatiga, shuningdek tekshiruvlar tarkibi va hajmiga Boshqaruv aʼzolari va bank boʻlimlarining boshqa rahbarlari aralashishiga yoʻl qoʻymaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Audit xizmatining maqsadlari, vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bank audit xizmati ichki nazorat monitoringini amalga oshirish va bank rahbariyatiga bank faoliyatining nazorati va natijalari boʻyicha obyektiv tahlil, baho, tavsiyalar va maʼlumotlar taqdim etish orqali bankning samarali faoliyat yuritishini taʼminlashda bank Boshqaruvi organlariga koʻmaklashish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Audit xizmatiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan ichki audit tekshiruvi natijalariga asoslangan bankning real holati va ichki nazorat tizimining samaradorligi toʻgʻrisidagi ishonchli va mustaqil axborot bilan bank Kengashini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat tizimining samaradorligi va monandligi hamda ichki auditni oʻtkazish boʻyicha qabul qilingan jarayonlarning taʼsirchanligini tahlil qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyati oldiga qoʻyilgan maqsadga erishishda maʼmuriy va operatsion jarayonlarning samaradorligini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonlari va tavakkalchiliklarni baholash uslubiyotining samaradorligi va qoʻllanilishini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy axborot tizimini, shuningdek elektron axborot tizimi va elektron bank xizmatini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya hisobvaraqlari va moliyaviy hisobotlarning saranjom-sarishtaligi aniqligi va ishonchliligini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning kapital tavakkalchiligini baholash bilan bogʻliq kapitalni baholash tizimini kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank Kengashi talablariga binoan maxsus tekshirishlarni oʻtkazish yoki oʻtkazishda amaliy yordam berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Audit xizmati shuningdek quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank rahbariyati bilan birgalikda faoliyat yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank xodimlari oʻz vazifalarini samarali bajarishlarida yordam berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotni (oylik, choraklik, yillik) joriy auditorlik tekshiruvidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
operatsiyalar yoki dasturlarning natijalari ularning oldiga qoʻyilgan maqsad va vazifalarga mos kelishi hamda rejalashtirilganidek bajarilishini aniqlash maqsadida ularni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buxgalteriya, operatsion va maʼmuriy nazorat tizimlarining monandligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank faoliyatini tashqi auditga tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bundan tashqari, Audit xizmati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nizom, yoʻriqnoma, tartib va boshqa hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish va tajriba almashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi tijorat banklari va boshqa tashkilotlarning oʻxshash xizmatlari bilan hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotlarni almashish orqali tashqi auditorlarga yordam beradi va ularning ishida koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy nazoratni maqbul xarajat bilan tatbiq etishda yordam beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish materiallarini umumlashtiradi va tekshirish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Auditorlik qoʻmitasi va bank rahbariyatiga taqdim etadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun chora koʻrish toʻgʻrisida Auditorlik qoʻmitasi va bank rahbariyatiga takliflar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Audit xizmati oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Audit xizmati xodimlarining soni ichki audit vazifalarini samarali hal etish va uning maqsadlariga erishish uchun yetarli boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Audit xizmati tekshiruvlari jarayonida aniqlangan huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisida bank Kengashiga axborot berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Audit xizmati rahbariyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Audit xizmatini bosh ichki auditor (keyingi oʻrinlarda “bosh auditor”) boshqaradi, u bank departamenti (bosh boshqarmasi) rahbari maqomiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bosh auditorning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audit xizmati xodimlari uchun majburiy boʻlgan audit dasturi, yozma koʻrinishda ichki audit siyosati va jarayonlarini ishlab chiqish va ijro etish. Bosh auditor belgilangan hujjatlarning ichki audit standartlariga muvofiqligi uchun javobgar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audit xizmati xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan Audit xizmati faoliyatining yozma ishlarini bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audit xizmatiga malakali va yetarli maʼlumotga ega boʻlgan xodimlarni tanlash va ularning ish faoliyati ustidan bevosita nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning malaka darajalarining oshirib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank Kengashi va Boshqaruvi bilan birgalikda ishlash, shu jumladan ichki audit faoliyati oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarilishi va ichki audit tizimi ishlari toʻgʻrisida bank Kengashi yoki Auditorlik qoʻmitasiga muntazam ravishda hisobot berib borish. Xususan, Audit xizmati Auditorlik tekshiruvi rejasining bajarilishi toʻgʻrisida bank Kengashi va Auditorlik qoʻmitasiga axborot berib borishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorakda Audit xizmati faoliyati natijalari toʻgʻrisida Auditorlik qoʻmitasiga hisobot berib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki auditorlar ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi auditorga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozim yoʻriqnomasiga muvofiq boshqa masalalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bosh auditor auditorlik tekshiruvlari jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralarni baholash uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Bank Kengashi bosh auditorning har chorakdagi maʼruzalarini tinglashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Audit xizmatining mustaqilligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Audit xizmati mustaqildir va u bevosita bank Kengashi yoki uning Auditorlik qoʻmitasiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bankning hududiy filiallarida tayinlangan barcha Audit xizmati xodimlari bevosita bosh auditorga boʻysunishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Audit xizmati xodimlari ular tomonidan tekshirilayotgan faoliyatlardan mustaqil boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Bosh auditor yoki Audit xizmati xodimlariga nisbatan boʻladigan har qanday tazyiq toʻgʻrisida bank Kengashi raisiga darhol bildirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bosh auditor bank Kengashi qaroriga asosan tayinlanadi va oʻz xizmat vazifasidan ozod etiladi. Audit xizmati xodimlari Bosh auditor taqdimnomasiga muvofiq Auditorlik qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Audit xizmatining mustaqilligini taʼminlash maqsadida Audit xizmati xodimlarining ish haqlari bank Kengashi tomonidan belgilanadi. Bosh auditor har yili Audit xizmatining yillik xarajatlar smetasini ishlab chiqishi va uni bank Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etib borishi lozim. Bank Kengashi Audit xizmati xarajatlar smetasiga istisnoli oʻzgartirish kiritish huquqiga ega. Shuningdek, bank Kengashining qaroriga koʻra Audit xizmati xodimlarini qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Audit xizmati xodimlarining vakolatlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Audit xizmati xodimlari tekshiruv oʻtkazish jarayonida quyidagi vakolatlarga egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank rahbariyati va xodimlaridan bank faoliyatiga bogʻliq boʻlgan barcha zarur hujjatlarni yoki audit predmeti hisoblangan hujjatlarni talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki auditorlik tekshiruvlarini oʻtkazish jarayonida tugʻilgan savollar boʻyicha bank rahbarlari va xodimlaridan tushuntirishlar olish. Audit xizmati xodimlari lozim boʻlganda qiziqtirgan savollari boʻyicha yozma ravishda tushuntirishlar olish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hujjatlardan nusxalar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlganda belgilangan tartibda bankda kelgusida saqlanishi gumonda boʻlgan hujjatlarning asl nusxalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish oʻtkazish maqsadida bankning barcha binolariga, shuningdek elektron va qogʻoz arxivlariga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik tekshiruvi oʻtkazilgandan soʻng tekshirish jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Audit xizmati xodimlari quyidagilar uchun javobgardirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirish natijalarini buzib koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq bank sirini tashkil etuvchi har qanday maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bankning tegishli boʻlimlaridan olingan hujjatlar butunligini taʼminlamaslik va qaytarmaslik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ichki audit xizmati xodimlari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda ichki auditorlar javobgarligini belgilovchi bankning ichki nizomlariga binoan javobgar boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Audit xizmati xodimlariga nisbatan qoʻyilgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Audit xizmati xodimlari (auditorlar) quyidagi talablarga javob berishlari kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bajarayotgan vazifalari xarakteriga mos boʻlgan oliy maʼlumotga ega boʻlishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklarining pul muomalasi, kredit, valyuta, depozit operatsiyalari yoki buxgalteriya hisobi va hisoboti bilan bogʻliq boʻlinmalarida kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlishlari kerak. Bosh auditor tijorat bankining yuqorida qayd etilgan boʻlinmalarida rahbarlik lavozimida kamida uch yillik yoki audit xizmatida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank qonunchiligi sohasida bilimlarga ega boʻlishlari, shu jumladan Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlarini bilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada belgilangan buxgalteriya hisobi hamda umumqabul qilingan buxgalteriya hisobi va audit xalqaro standartlari qoidalarini qoʻllash boʻyicha bilimlarga ega boʻlishlari, shuningdek xalqaro standartlardagi oʻzgarishlarga muvofiq maxsus kurslarda muntazam oʻqishni oʻtkazishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan oʻtkaziladigan attestatsiyadan oʻtishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bank Kengashi va Auditorlik qoʻmitasi bosh auditor bilan birgalikda Audit xizmatining har bir xodimi kasbiy mahoratini uning axborot tanlash, tekshiruvlar oʻtkazish, xulosalarni baholash va tayyorlash jarayonidagi kasbiy mahorati darajasini eʼtiborga olib, baholab borishlari lozim. Shu munosabat bilan moliya sektori rivojlanishi natijasida bank faoliyati murakkablashib borayotganini hamda Audit xizmati bajarishi lozim boʻlgan vazifalar ortib borayotgani hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Audit xizmati xodimlarining kasbiy koʻnikmalari ularni muntazam va uzluksiz oʻqitib borish orqali oshirilishi lozim. Audit xizmati xodimlari tegishli banklardan bank sohasini kompyuterlashtirish sharoitida audit oʻtkazish boʻyicha zaruriy bilim va malakaga ega boʻlishlarida yordam olish imkoniyatiga ega boʻlishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki auditni oʻtkazishga nisbatan qoʻyiladigan asosiy talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ichki audit tekshiruvlari faqatgina Audit xizmati xodimlari tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ichki audit bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan Auditorlik tekshiruvi rejasiga muvofiq oʻtkaziladi. Auditorlik tekshiruvi rejasi asosida batafsil auditorlik dasturi tayyorlanadi. Auditorlik tekshiruvi rejasini ishlab chiqish uchun javobgarlik Auditorlik qoʻmitasiga, auditorlik dasturini ishlab chiqish va bajarish uchun javobgarlik esa bankning Bosh auditoriga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Audit xizmati ishining samaradorligi va monandligini taʼminlash maqsadida auditorlik tekshiruvi rejasi bank Kengashi tomonidan bir yilda kamida bir marta tegishli yilning 1-yanvariga qadar qayta koʻrib chiqilishi va tasdiqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Auditorlik dasturi auditorlik tekshiruvi maqsadini aniq belgilashi va izohlab berishi, shuningdek batafsil ish rejasi, auditorlik tekshiruvini oʻtkazish grafigi hamda koʻrilayotgan har bir soha uchun zaruriy tartiblar izohini oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Dastur qamrov doirasi auditorlik maqsadlariga erishish uchun yetarli boʻlishi lozim. Har bir dastur talab qilinayotgan ishning aniq va qisqa tarzda izohlab berishi lozim hamda operatsiyalarning xususiyati va mukammalligiga qarab bir yoki bir nechta boʻlimlar faoliyatini qamrab olishi mumkin. Dasturga kiritilgan tartiblar amalga oshirilayotgan operatsiyalar yoki boshqa omillar hajmi va murakkabligiga qarab oʻzgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tijorat banklarida ichki audit bir yilda kamida bir marta oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ichki auditorlik tekshiruvini oʻtkazish davriyligi audit oʻtkazish lozim boʻlgan har bir sohaga bogʻliq boʻlgan tavakkalchilik darajasini baholashga asoslangan boʻlishi (Audit xizmati xodimi operatsiyalar tavakkalchiligi darajasini aniqlashda bank operatsiyalarining xususiyatlari, bank aktivlari va majburiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan va ichki nazoratning tegishli siyosati va standartlarining mavjudligi hamda boshqaruv va ichki nazoratning samaradorligi kabi omillarni eʼtiborga olishi kerak).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Ichki audit hajmi bank ichki nazorat tizimining yetarli boʻlishi va samaradorligini hamda yuklatilgan majburiyatlarni bajarishdagi ishlar sifatini tekshirish va baholashni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Audit xizmati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy hisobotning ishonchliligi va toʻgʻriligini tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Ichki audit tekshiruvini oʻtkazish jarayonida bank operatsiyalari va hisobotlarga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan qoida, reja, tartib va qonun hujjatlariga rioya etilishi tekshirilishi, shuningdek bank tomonidan ularga amal qilish darajasi aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Audit xizmati tekshiruv vaqtida kapitalning yetarlilik darajasini baholash, aktivlarning tasniflanishi, tavakkalchilikni boshqarishni va likvidlilikni baholash, oʻtkazilgan bank operatsiyalarini buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda oʻz vaqtida, toʻliq va aniq aks ettirilishini baholash kabi savollarga javob berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Audit xizmati aktivlarning saqlash usullarini va zarurat tugʻilganda ularning mavjudligini tekshirishi lozim. Bundan tashqari Audit xizmati natijalarning qoʻyilgan maqsad va vazifalarga mosligi hamda operatsiya va dasturlar rejaga asosan bajarilishini aniqlash maqsadida operatsiyalar yoki dasturlarni tekshirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Ichki audit tekshiruvi natijalari tekshirish hisoboti va uni toʻliq tasdiqlovchi ish hujjatlari toʻplamini oʻz ichiga olishi zarur. Auditorlik tekshiruvi ish hujjatlari Audit xizmati xodimlari tomonidan tayyorlanadi va Audit xizmati boʻlimi rahbarlari tomonidan tekshiriladi. Ushbu hujjatlarda olingan maʼlumotlar va oʻtkazilgan tahlil qayd etilgan boʻlishi, shuningdek ular auditorlik tekshiruvi jarayonida aniqlangan holatlar uchun asoslar hamda ularni yaxshilash boʻyicha tavsiyalarni oʻz ichiga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Audit xizmati xodimlari ularga berilgan yoki ular tomonidan xizmat vazifalari bajarilishi munosabati bilan maʼlum boʻlgan maxfiy maʼlumotlarni himoya qilish uchun javobgar boʻladilar. Bank siri va maxfiy boʻlgan maʼlumotlarni uchinchi shaxsga, oshkor qilinishi taqiqlangan bank rahbarlariga oshkor qilingan hollarda ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar koʻriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Auditorlik hisoboti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Audit hisoboti auditorlik tekshiruvi yakunlanganidan soʻng zudlik bilan tayyorlanishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Auditorlik hisoboti kamida audit maqsadi va obyektlarini, ichki audit koʻlamini, aniqlangan muammo va kamchiliklar, shuningdek har bir muammoli soha boʻyicha aniq tavsiyalarni oʻz ichiga olishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Tavsiyalar aniqlangan muammolarning qisqacha izohidan iborat boʻlib, ularni bartaraf qilishga doir talab etiladigan chora-tadbirlar va ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishga shaxsan javobgar boʻlgan shaxslar hamda chora-tadbirlarni bajarish muddatlarini aks ettirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Audit xizmati hisobotlari bevosita bank Kengashiga yoki Auditorlik qoʻmitasiga taqdim etilib, bank Kengashi tomonidan tasdiqlanishi lozim. Ushbu hisobotlarning nusxalari bank Boshqaruvi va bankning alohida tarkibiy tuzilmalari boshliqlariga taqdim etiladi (bevosita ushbu boʻlinmaga tegishli qismi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank Kengashi bank audit xizmatini quyidagi yoʻllar bilan nazorat qilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bank Kengashi majlislarida tijorat bankining filiallari faoliyatini monitoring qilish natijalarini muntazam ravishda koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivlar, kredit va investitsiya portfelining sifati va bank faoliyatining boshqa koʻrsatkichlaridan kelib chiqib audit xizmati ishining samaradorligini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Bank va filial rahbariyati oʻtkazilgan auditorlik tekshiruvida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlar qabul qilishi shart. Shu munosabat bilan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar grafigi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Audit xizmati xodimlari aniqlagan asosiy kamchilik va takliflar tekshirish oʻtkazilayotgan boʻlim rahbariyati tomonidan yozma ravishda izohlab berilishi lozim. Zarurat tugʻilganda ushbu tushuntirishlar bank Kengashi va Auditorlik qoʻmitasiga taqdim etilishidan oldin hisobotga kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Audit xizmati aniqlangan kamchiliklarni tuzatish va audit tavsiyalarini amalga oshirish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlarni taʼminlash uchun tadbirlar ishlab chiqishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Audit xizmati tekshirish jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va tegishli ravishda bajarilishi ustidan tekshirishdan keyingi nazoratni oʻrnatishi lozim. Tekshirishdan keyingi nazoratni oʻtkazish uchun javobgarlik Audit xizmatining yozma nizomida belgilangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Audit xizmatining Markaziy bank va bank tashqi auditori bilan oʻzaro munosabatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Muntazam nazoratni taʼminlash va olib boriladigan ishlarning takrorlanishidan qutulish uchun Audit xizmati Markaziy bank va bank tashqi auditori bilan ishga doir munosabatlarni taʼminlashi va oʻz ishini kelishib olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Audit xizmati Markaziy bank bilan tavakkalchiliklarning maʼlum turlari va ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilgan choralar, shuningdek bank tashqi auditori bilan hamkorlik darajalari yuzasidan vaqti-vaqti bilan konsultatsiyalar oʻtkazib turishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Bank har chorakda Markaziy bankka bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan ichki audit hisobotlari nusxalarini, shuningdek oʻz ichiga quyidagilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olgan, taqvimiy yil yakuni boʻyicha oʻtkazilgan bank auditi boʻyicha yigʻma hisobotni taqdim etishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat tizimining yetarliligi va samaradorligini tekshirish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchiliklarni boshqarish jarayonlari va tavakkalchiliklarni baholash uslubiyotining qoʻllanilishi va samaradorligi tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv va moliyaviy axborotlar tizimi, shuningdek elektron axborotlar tizimi va bank elektron xizmatlari tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisob yozuvlari va moliyaviy hisobotning (shuningdek nashr etilgan) aniqligi va ishonchliligi tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavakkalchilikka nisbatan kapitalni baholash boʻyicha bank tizimi tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki nazorat aniq tartibini, masalan, manfaatlar toʻqnashuvi sohasidagi operatsiyalar va ishlash tizimini sinovdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik va meʼyoriy hujjatlar talablariga, axloq qoidalariga rioya qilish hamda qoida va tartiblarni tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika qonun hujjatlariga muvofiq hisobotlarning butligi, ishonchliligi va oʻz vaqtida tuzilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus tekshiruvlar oʻtkazish (masalan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi taʼsir koʻrsatish sohasida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Markaziy bank lozim boʻlganda bankdan Audit xizmati oʻtkazgan tekshiruvlar bilan bogʻliq boshqa axborotni olish huquqiga ega.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 16-son, 192-modda; 2011-y., 17-son, 176-modda)