1-ILOVA
T/r | Hudud nomi | Tuman (shahar) nomi | Velosiped sport turi |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Nukus shahri | Velosportning shosse (Road) turi |
2. | Andijon viloyati | Andijon tumani | Velosportning shosse (Road) turi |
3. | Buxoro viloyati | Buxoro shahri | Velosportning motokross (BMX Racing) turi |
4. | Jizzax viloyati | Jizzax shahri | Velosportning motokross (BMX Racing) turi |
5. | Qashqadaryo viloyati | Shahrisabz tumani | Velosportning togʻ (MTB) turi |
6. | Navoiy viloyati | Navoiy shahri | Velosportning fristayl (BMX Freestyle) turi |
7. | Namangan viloyati | Davlatobod tumani | Velosportning trek (Track) turi |
8. | Samarqand viloyati | Samarqand shahri | Paravelosport |
9. | Surxondaryo viloyati | Sariosiyo tumani | Velosportning togʻ (MTB) turi |
10. | Sirdaryo viloyati | Xovos tumani | Velosportning shosse (Road) turi |
11. | Toshkent viloyati | Boʻstonliq tumani | Velosportning togʻ (MTB) turi |
12. | Fargʻona viloyati | Fargʻona shahri | Velosportning fristayl (BMX Freestyle) turi |
13. | Xorazm viloyati | Gurlan tumani | Velosportning shosse (Road) turi |
14. | Toshkent shahri | Olmazor tumani | Velosportning trek (Track) turi |
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmlari | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbalari | Ijro uchun masʼullar |
1. | Mamlakatimizda velosiped sport turlarini (keyingi oʻrinlarda — velosport) rivojlantirish va aholi oʻrtasida ommalashtirish. | 1. Oʻzbekistonda velosport bilan ommaviy shugʻullanuvchilar sonini 30 ming nafarga yetkazish. 2. Velosport turlari bilan doimiy shugʻullanuvchilar sonini 5 ming nafarga yetkazish. 3. Velosport turlari boʻyicha trenerlar sonini 350 nafargacha yetkazish. 4. Velosport turlari boʻyicha Osiyo qitʼasida top-3 talikka kirishga erishish. | 2027 — 2030-yillar | Ijrochilar mablagʻlari, homiylik xayriyalari | Sport vazirligi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi |
2. | Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida velosiped sport turlari boʻyicha “Talabalar kubogi” musobaqalarini tashkil etish. | “Talabalar kubogi” musobaqalarini ikki bosqichda — oliy taʼlim muassasasi musobaqalari va oliy taʼlim muassasasi musobaqalari gʻolib jamoalari oʻrtasida hudud musobaqalarini oʻtkazish. | 2027-yil martdan boshlab | Ijrochilar mablagʻlari | Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi |
3. | Nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrtasida paravelosiped boʻyicha “Sening imkoniyating” musobaqasi tizimli oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyish. | “Sening imkoniyating” musobaqasining viloyat va respublika bosqichlarini tashkil etish va oʻtkazish. | 2027-yil martdan boshlab | Ijrochilar mablagʻlari | Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi |
4. | “8-mart — Xotin-qizlar kuni” bayrami doirasida ayollar oʻrtasida “Bahor malikalari” velomarafonini tizimli oʻtkazib borish. | “Bahor malikalari” velomarafonini tashkil etish va oʻtkazish. | Har yili mart oyida | Ijrochilar mablagʻlari | Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi |
5. | “22-sentabr — Avtomobilsiz kun” aksiyasi doirasida velosiped sport turlari boʻyicha aholi oʻrtasida “Salomatlik sari yoʻl” velomarafonini tizimli oʻtkazib borish. | “Salomatlik sari yoʻl” velomarafonini tashkil etish va oʻtkazish. | Har yili sentabr oyida | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi |
6. | Tegishli vazirlik va idoralar xodimlari oʻrtasida velosiped sport turlari boʻyicha “Yangi Oʻzbekiston” musobaqasini tizimli oʻtkazib borish. | Tegishli vazirlik va idoralar xodimlari oʻrtasida “Yangi Oʻzbekiston” musobaqasini tashkil etish va oʻtkazish. | 2027-yil martdan boshlab | Ijrochilarning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik mablagʻlari | Vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
7. | Iqtidorli yosh sportchilarni qoʻyi boʻgʻindan saralash maqsadida “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari doirasida velosport musobaqalarini oʻtkazib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. | “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” musobaqalari doirasida velosport musobaqalarini oʻtkazish. | 2027-yilgi mavsumdan boshlab | Ijrochilar va homiylar mablagʻlari | Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimliklari |
8. | Mahallalarda velosportni ommalashtirishni tashkil qilish. | 1. Velosport boʻyicha zarur infratuzilmaga ega mahallalarni xatlovdan oʻtkazish. 2. Zarur sport infratuzilmasi mavjud mahallalarda aholi qiziqishlaridan kelib chiqib velosport boʻyicha ommaviy mashgʻulotlar hamda mahalla turnirlari oʻtkazib borilishini tashkil qilish. 3. Ommaviy mashgʻulotlar hamda mahalla turnirlarini oʻtkazib borish. | 2027-yil martdan boshlab | - | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi |
9. | Tajriba-sinov tariqasida “Toshkent tajribasi” asosida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarini velosport bilan shugʻullanishi va bu orqali mahoratli sportchilar seleksiya bazasini kengaytirish. | 1. Toshkent shahrida joylashgan umumtaʼlim maktablarini xatlovdan oʻtkazish va zaruriy infratuzilmaga ega boʻlgan hamda velosipedlar xarid qilinadigan umumtaʼlim maktablari roʻyxatini shakllantirish. | 2027-yil mart |
| Toshkent shahar hokimligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi |
2. Tajriba-sinov tariqasida “Toshkent tajribasi” sifatida hududdagi zaruriy infratuzilmaga ega boʻlgan umumtaʼlim maktabini 4 tadan ommaviy va 1 tadan professional velosiped bilan taʼminlash. | 2027-2028-yillar | Mahalliy budjet mablagʻlari | |||
3. “Toshkent tajribasi” natijalari tahlillari asosida ushbu amaliyotni bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy etish yuzasidan asoslangan takliflar kiritish. | 2029-yil yanvar |
| Sport vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi | ||
10. | Professional velosipedlar bilan taʼminlash. | Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasining hududiy boʻlimlarini 20 donadan (6 ta velosportning shosse (Road), 6 ta trek (Track), 2 ta togʻ (MTB), 2 ta motokross (BMX Racing) va 4 ta paravelosport) professional velosipedlar bilan bosqichma-bosqich taʼminlash. | 2027-2028-yillar davomida | Mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari va tashabbuskor homiylar mablagʻlari | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
11. | Bekobod tumanida velosportning “Velosport (BMX)” boʻyicha sport majmuasini tashkil etish. | Bekobod tumanida velosportning “Velosport (BMX)” yoʻnalishida sportchi yoshlar uchun mashgʻulotlar oʻtkazishga moʻljallangan zamonaviy sport majmuasini barpo etish choralarini koʻrish. | 2027-2028-yillar | Mahalliy budjetning orttirib bajarilgan qismi va tashabbuskor homiylar mablagʻlari | Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi |
12. | Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida velosport turlarini ommalashtirish. | 1. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida velosport turlarini ommalashtirish boʻyicha “Maktab uchun velosport” chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib joriy etish. 2. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida infratuzilma imkoniyatlaridan kelib chiqib velosport turlarini ommalashtirish va keng targʻib qilish, sport klublari tizimini bosqichma-bosqich kengaytirib borish choralarini koʻrish. | 2027-yil martdan boshlab | - | Taʼlim va ilm-fan vazirligi |
13. | Velosiped sport turlarini ommaviy axborot vositalari orqali targʻib qilish va ommalashtirishni tizimli yoʻlga qoʻyish. | 1. Velosportni keng targʻib qilish boʻyicha reja-grafik tasdiqlash. | 2026-yil dekabr | - | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi |
2. Reja-grafik asosida velosport musobaqalari va boshqa tadbirlarni yoritib borish. 3. Velosportni targʻib qilish va ommalashtirish boʻyicha maqolalar eʼlon qilinishi, brifinglar, tematik telekoʻrsatuvlarni tashkil etish. | Reja-grafik asosida | ||||
14. | Respublika velosport mahorat maktab-internati hamda Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan velosportning shosse (Road) va velotrek sport bazasidan foydalanish uchun sharoitlar yaratish. | Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, “Gʻazalkent” MFY hududidagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining velosportning shosse (Road) turi boʻyicha respublika va xalqaro musobaqalarni oʻtkazishga moʻljallangan sport majmuasi, shuningdek, Namangan viloyati, Davlatobod tumani, “Porloq” MFY, Tinchlik koʻchasi hududidagi Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga tegishli velotrek sport bazasidan reja-grafik asosida Respublika velosport mahorat maktab-internati hamda Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan foydalanishi uchun zarur sharoitlarni taʼminlash. | Reja-grafik asosida | - | Sport vazirligi |