10.11.2026 yildagi PF-242-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inson qadri va aholi farovonligini yuksaltirish, taʼlim, tibbiyot va iqtisodiyotni rivojlantirish, tabiiy resurslarni asrash, sud mustaqilligi va qonun ustuvorligini mustahkamlash, mahalla manfaatlarini taʼminlash hamda tinchlikparvar siyosatni davom ettirishga qaratilgan yettita milliy dasturni (keyingi oʻrinlarda — Milliy dasturlar) amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar Milliy dasturlarni amalga oshirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) aholining sogʻlom va uzoq umr koʻrishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) yuqori texnologiya va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) suv resurslari va tabiatga munosabatni tubdan oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) Oʻzbekistonning tinchlik, doʻstlik va bagʻrikenglik diyori sifatidagi nufuzini yuksaltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Milliy dasturlarning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Milliy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha 2027 — 2031-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish boʻyicha milliy dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan toʻliq qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarini tashkil etish boʻyicha amaldagi imtiyozlarni saqlab qolish va ularning samaradorligini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) barcha umumtaʼlim maktablarini bosqichma-bosqich xalqaro baholash dasturlari bilan qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) texnikumlarda xalqaro taʼlim standartlarini joriy etish va yoshlarni yuqori daromadli kasblarga oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) kamida 10 ta oliy taʼlim tashkilotini nufuzli xalqaro reytinglarining top-1000 talik roʻyxatiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) 10 million nafar yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) oʻzbek tilining raqamli muhitda ilm-fan va texnologiyalar tili sifatidagi mavqeyini mustahkamlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari — taʼlim va ilm-fan vaziri E. Turdimov, Administratsiya Rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari O. Xakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi O. Davlatov bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish boʻyicha milliy dastur ijrosini taʼminlash va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Aholining sogʻlom va uzoq umr koʻrishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar aholining sogʻlom va uzoq umr koʻrishini taʼminlash boʻyicha milliy dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) aholi salomatligi bilan bogʻliq davlat xarajatlarini yalpi ichki mahsulotga nisbatan 5 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) sogʻliqni saqlash tizimida profilaktikaga asoslangan salomatlikni asrash modeliga oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi bilan respublikadagi barcha xonadonlarni qamrab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sohasida raqobat muhitini kuchaytirish maqsadida dunyoning kamida 5 ta nufuzli klinikasini jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiya va tibbiy taʼlimni kompleks rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari E. Turdimov, Bosh vazir oʻrinbosari J. Qoʻchqorov, Administratsiya Rahbarining tibbiyotni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari T. Aliyeva, sogʻliqni saqlash vaziri E. Adilov aholining sogʻlom va uzoq umr koʻrishini taʼminlash boʻyicha milliy dastur ijrosini taʼminlash va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yuqori texnologiya va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar yuqori texnologiya va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha milliy dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) iqtisodiyotga 450 milliard AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) yalpi ichki mahsulot hajmini 300 milliard AQSH dollariga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish oʻrni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) startaplar, venchur kapitali va sunʼiy intellektni rivojlantirishni ustuvor yoʻnalishga aylantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) kichik tadbirkorlik subyektlarini oʻrta, oʻrta korxonalarni esa yirik kompaniya va korporatsiyalarga aylantirish boʻyicha yaxlit ekotizimni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmini 10 ming AQSH dollaridan oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Qoʻchqorov va J. Xodjayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy siyosat boʻyicha maslahatchisi K. Mardonov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. Kudratov, iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari I. Norqulov, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidov, Markaziy bank raisi T. Ishmetov yuqori texnologiya va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha milliy dastur ijrosini taʼminlash va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Suv resurslari va tabiatga munosabatni tubdan oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Quyidagilar suv resurslari va tabiatga munosabatni tubdan oʻzgartirish boʻyicha milliy dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) sugʻoriladigan ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar qamrovini 100 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi sifat bosqichiga olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) taʼlim va tibbiyot muassasalari hamda koʻp kvartirali uylar atrofidagi yashil hududlarni jamiyatning daxlsiz boyligi sifatida muhofaza qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tuman va shahar markazlarida yashillik darajasini 30 foizga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bosh vazir oʻrinbosari J. Xodjayev, Administratsiya Rahbarining suv islohotlari boʻyicha oʻrinbosari — Huquqiy ekspertiza departamenti boshligʻi T. Butunbayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi — Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi raisi A. Abduxakimov, suv xoʻjaligi vaziri Sh. Xamrayev, qishloq xoʻjaligi vaziri I. Abdurahmonov suv resurslari va tabiatga munosabatni tubdan oʻzgartirish boʻyicha milliy dastur ijrosini taʼminlash va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha milliy dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) huquqiy tarbiya va huquqiy savodxonlikni umumtaʼlim maktablaridan boshlab tizimli asosda yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining qonuniy kafolatlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish choralarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) xotin-qizlar va bolalar huquqlarini kamsitishga qarshi kurashni kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi D. Kattaxanova, Administratsiya Rahbarining sud tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari N. Xakimova, Administratsiyaning Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi boʻyicha departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosari A. Azimov, Oliy sud raisi R. Maxmudova, Bosh prokuror N. Yoʻldoshev, adliya vaziri A. Tashkulov, ichki ishlar vaziri A. Tashpulatov, Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil A. Buriyev sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash boʻyicha milliy dastur ijrosini taʼminlash va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Quyidagilar mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirish boʻyicha milliy dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat dasturlarini mahallalarning talab va ehtiyojlari asosida shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) tuman (shahar) budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalarini mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mahalla buyurtmalari yuzasidan 30 kunlik muddatda asoslantirilgan qaror qabul qilish tartibini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bosh vazir oʻrinbosarlari J. Qoʻchqorov va Gʻ. Mirzayev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari R. Gulyamov va O. Davlatov, kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. Zaxidov, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi Sh. Kudbiyev mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirish boʻyicha milliy dastur ijrosini taʼminlash va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Oʻzbekistonning tinchlik, doʻstlik va bagʻrikenglik diyori sifatidagi nufuzni yuksaltirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quyidagilar Oʻzbekistonning tinchlik, doʻstlik va bagʻrikenglik diyori sifatidagi nufuzini yuksaltirish boʻyicha milliy dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni yanada mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ochiq, pragmatik, koʻp qirrali, vazmin hamda muvozanatli tashqi siyosatni, jumladan, iqtisodiy diplomatiyani izchil davom ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2027 — 2030-yillarda Qoʻshilmaslik harakatiga raislik doirasida ushbu tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Afgʻoniston boʻyicha konstruktiv siyosatni izchil davom ettirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V. Maxmudov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari A. Kamilov, M. Kamilov, O. Davlatov, tashqi ishlar vaziri B. Saidov Oʻzbekistonning tinchlik, doʻstlik va bagʻrikenglik diyori sifatidagi nufuzini yuksaltirish boʻyicha milliy dastur ijrosini taʼminlash va belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishish uchun shaxsan masʼul etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tuman va shahar xalq deputatlari kengashlariga — Milliy dasturlarning ijrosi ustidan parlament va deputatlik nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Adliya vazirligi va Hisob palatasi Milliy dasturlar doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) yoʻnalishlar boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishi boʻyicha tizimli monitoring yuritilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi strategik normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish jarayonlarini muvofiqlashtirib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakati Milliy dasturlarning amalga oshirilishini, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) joylarga chiqib, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda tanqidiy oʻrganib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) natijalari boʻyicha zaruratga koʻra har oyda Adliya vazirligi, Hisob palatasi hamda Strategik rivojlanish va islohotlar agentligiga axborot kiritib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” harakatining Milliy dasturlar ijrosini oʻrganish boʻyicha faoliyatiga har tomonlama koʻmaklashib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasi har chorak yakuni boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Milliy dasturlarda belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini Vazirlar Mahkamasining Rayosati yigʻilishida muhokama qilib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Milliy dasturlar ijrosi yuzasidan maʼlumotlarni umumlashtirib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda muntazam ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Milliy dasturlarni amalga oshirish natijalari ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng sharhlab borilishini hamda uning mazmun-mohiyati jamoatchilikka tushuntirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Milliy dasturlar doirasidagi barcha tadbirlarning borishi va natijalari toʻgʻrisidagi xolis va toʻliq maʼlumotlar aholiga tezkorlik bilan yetkazilishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 10-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-242-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-noyabrdagi PF-242-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy dasturlarning asosiy maqsadli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maqsadli koʻrsatkich nomi

Oʻlchov birligi

Maqsadli qiymat

Erishish muddati

Masʼul idoralar

I. Bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish

1.

6 yoshli bolalarning bir yillik majburiy maktabga tayyorlov bilan qamrovini oshirish

foiz

100

2027-yildan

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2.

Xalqaro mezonlarga mos milliy diagnostika bilan barcha umumtaʼlim maktablarini toʻliq qamrab olish

foiz

100

2030-yilgacha

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Texnikumlarda yuqori daromadli kasblarga oʻqitish qamrovini oshirish

mln nafar

1,0

2031-yil

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

4.

Dunyoning nufuzli xalqaro reytinglarining top-1000 talik roʻyxatiga mahalliy oliy taʼlim tashkilotlarini kiritish

ta

10

2030-yil

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

5.

Raqamli koʻnikma va kelajak kasblariga yoshlarni jalb qilish

mln nafar

10

2031-yilgacha

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Kasbiy taʼlim agentligi,

Yoshlar ishlari agentligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

II. Aholining sogʻlom va uzoq umr koʻrishini taʼminlash

6.

Salomatlikka davlat xarajatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish

foiz

3,2

3,7

4,1

4,6

5,0

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

2031-yil

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

7.

Davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi bilan respublikadagi barcha xonadonlarni toʻliq qamrab olish

foiz

100

2031-yilgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

8.

Reimbursatsiya dasturi boʻyicha bepul beriladigan dori vositalari turini koʻpaytirish

tur

60 dan ortiq

2027-yildan

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

9.

Dunyoning nufuzli klinikalarini jalb qilish va ularning amalda xizmat koʻrsatishini taʼminlash

ta

5

2030-yilgacha

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

10.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining uzluksiz kasbiy taʼlim bilan qamrovini oshirish

foiz

100

2030-yil

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

III. Yuqori texnologiya va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish

11.

Yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish

mlrd AQSH dollari

300

2030-yil

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

vazirlik va idoralar

12.

Sanoatda yuqori daromadli ish oʻrinlarini yaratish

mln ta

2,0

2030-yilgacha

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

vazirlik va idoralar

13.

Har yili kichik va oʻrta korxonalarni rivojlantirish dasturlariga kiritish

ta

500 ta kichik,

100 ta oʻrta

har yili

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Markaziy bank,

Soliq qoʻmitasi,

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi,

Savdo-sanoat palatasi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

IV. Suv resurslari va tabiatga munosabatni tubdan oʻzgartirish

14.

Sugʻoriladigan ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar qamrovini oshirish

foiz

100

2030-yil

Suv xoʻjaligi vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

15.

Tuman va shahar markazlarida yashillik darajasini oshirish

foiz

kamida 30

2030-yil

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash

16.

Barcha umumtaʼlim maktablarida huquqiy savodxonlik dasturini joriy etish

foiz

100

2031-yilgacha

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Adliya vazirligi,

Inson huquqlari boʻyicha vakil

(ombudsman),

Bolalar ombudsmani,

Sudyalar oliy kengashi,

Odil sudlov akademiyasi

VI. Mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirish

17.

Mahalla buyurtmalari yuzasidan 30 kunlik muddatda asoslantirilgan qaror qabul qilinishini toʻliq taʼminlash

foiz

100

2028-yildan

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari,

xalq deputatlari mahalliy Kengashlari

VII. Oʻzbekistonning tinchlik, doʻstlik va bagʻrikenglik diyori sifatidagi nufuzni yuksaltirish

18.

Barcha diplomatik vakolatxonalarda iqtisodiy diplomatiya loyihalari boʻyicha natijaviy hisob yuritishni joriy etish

foiz

100

2027-yildan

Tashqi ishlar vazirligi,

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Transport vazirligi,

xorijdagi diplomatik vakolatxonalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-noyabrdagi PF-242-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy dasturlarni amalga oshirish boʻyicha 2027 — 2031-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Bilim va malakani taraqqiyotning asosiy kapitaliga aylantirish — masʼul E.O. Turdimov, O.A. Xakimov, O.D. Davlatov

1.

6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari bilan toʻliq qamrab olish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda:

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

(Turdimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

 hududlar kesimida ehtiyoj yuzasidan xatlovni yakunlash;

2026-yil dekabr

 pedagog va jihozlar meʼyorini tasdiqlash;

 bepul majburiy bir yillik tayyorlov guruhlari uchun moʻljallangan xonalarni mebel va boshqa jihozlar bilan toʻliq taʼminlash.

2027-2028-yillar davomida

2.

2026-yildan boshlab, har yili kamida 100 tadan maktabgacha taʼlim tashkilotini qurish, rekonstruksiya qilish maqsadida Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida Samarqand, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida 500 tadan maktabgacha taʼlim tashkilotini tashkil qilish

1. Loyiha konsepsiyasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2027-yil yanvar

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

(Turdimov),

Samarqand viloyati hokimligi

(Boboyev),

Jizzax viloyati hokimligi

(Mustafoyev),

Surxondaryo viloyati hokimligi

(Qosimov),

Qashqadaryo viloyati hokimligi

(Azimov),

Toshkent viloyati hokimligi

(Mirzayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

2. Loyiha uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini ajratish.

2027-yil fevral

3. Barcha hududlarni bir lot qilgan holda tenderning birinchi bosqichini oʻtkazish va baholash.

2027-yil mart

4. Tenderning ikkinchi bosqichini oʻtkazish va baholash.

2027-yil avgust

5. Tender gʻolibini eʼlon qilish va DXSH toʻgʻrisidagi bitimni imzolash.

2027-yil oktabr

3.

Xususiy bogʻcha tashkil etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni davom ettirish va taʼlim sifatini oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

 nodavlat bogʻchalarni tashkil etish uchun yer maydonlarini ajratish va imtiyozli kredit liniyalarini ishga tushirish;

 nodavlat bogʻchalarda ishlovchi tarbiyachilar pedagogik mahoratini oshirish, shu jumladan, malaka oshirishning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;

 nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining kasbiy rivojlanishini taʼminlashga qoʻshimcha sharoitlar yaratish maqsadida “Tarbiyachi” taʼlimni boshqarish platformasini (LMS) yaratish;

 zamonaviy pedagogik metodikalar, innovatsion taʼlim texnologiyalariga oid videodarsliklar, uslubiy qoʻllanmalar, testlar hamda interfaol mashgʻulotlarni ishlab chiqish va ularni “Tarbiyachi” platformasiga joylashtirish;

 xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda nodavlat bogʻchalarga budjet subsidiyalarini ajratish shartlarini qayta koʻrib chiqish;

 budjet subsidiyalarini taʼlim sifatiga bogʻlangan holda ajratish boʻyicha yangi mexanizmlarni joriy qilish.

2027-yil aprel

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

(Turdimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

4.

Barcha maktablarni xalqaro baholash dasturlari bilan bosqichma-bosqich qamrab olish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda bosqichma-bosqich:

 PISA va boshqa xalqaro baholash dasturlarida Oʻzbekiston erishgan natijalar tahlili asosida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish;

 oʻquv dasturlari va darsliklarga PISA va boshqa xalqaro baholash dasturlari namunasidagi funksional savodxonlik topshiriqlarini kiritish;

 barcha maktablarda “Kasbiy rivojlanish kuni” (KRK) va “Kasbiy rivojlanish soati” (KRS) doirasida oʻqituvchilar uchun xalqaro baholash dasturlari natijalari va funksional savodxonlik boʻyicha muntazam mashgʻulotlarni tashkil etish.

2027 — 2030-yillar

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

(Turdimov)

5.

Texnikumlarda xalqaro taʼlim standartlarini joriy etish va yuqori daromadli kasblarga oʻqitish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda:

 ichki va tashqi mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblar boʻyicha xalqaro taʼlim standartlari joriy etilgan texnikumlar sonini 300 taga yetkazish;

 texnikumlardagi barcha mahalliy taʼlim dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangidan ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish;

 Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining vaucher tizimi asosida ishsiz, band boʻlmagan aholini talab yuqori boʻlgan kasb-hunar va xorijiy tillarga oʻqitish;

 ish beruvchi talabi asosida dual taʼlimni rivojlantirish va kasbga oʻqitishda amaliy mashgʻulotlar ulushini 70 foizga yetkazish.

2027 — 2030-yillarda bosqichma-bosqich

Kasbiy taʼlim agentligi

(Xusanov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

masʼul vazirlik va idoralar

6.

Kamida 10 ta universitetni dunyoning top-1000 talik reytingiga kiritish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda:

1. “U 10 — Oʻzbekistonning global ilgʻor universitetlari” dasturi doirasida yirik ilmiy loyihalarni amalga oshiruvchi, yuqori salohiyatga ega respublika oliygohlarni tanlov asosida aniqlash.

2027-yildan boshlab har yili noyabr

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

(Turdimov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

tegishli oliy taʼlim tashkilotlari

2. Ilmiy klaster tashkil etish loyihasi boʻyicha oʻtkaziladigan tanlovda gʻolib boʻlgan oliygohlar bilan xalqaro reyting mezonlari asosida maqsadli ishlash, ularning xalqaro reytingga kirishga (oʻrnini oshirishga) qaratilgan “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish.

3. Xalqaro tan olingan reyting tashkilotlari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish.

2027 — 2030-yillar

4. Xalqaro reytinglarning top-1000 talik roʻyxatiga kiruvchi oliygohlar sonini 10 taga yetkazish.

2030-yil

7.

10 million yoshni raqamli industriya va kelajak kasblariga jalb qilish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:

 hududlar kesimida raqamli koʻnikmalar dasturini tasdiqlash;

 IT, sunʼiy intellekt va kreativ iqtisodiyot boʻyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil etish choralarini belgilash;

 sertifikat va bandlikka bogʻlangan vaucherlar tizimini joriy etish.

2027-yil yanvar

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

(Turdimov),

Yoshlar ishlari agentligi

(Saʼdullayev),

Kasbiy taʼlim agentligi

(Xusanov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov)

8.

Oʻzbek tilini raqamli dunyoda ilm va texnologiya yaratiladigan tilga aylantirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:

 oʻzbek tilidagi adabiyotlar, qoʻllanmalar va boshqa axborot resurslarini raqamli koʻrinishga oʻtkazish dasturini tasdiqlash;

 oʻzbek tilidagi sunʼiy intellekt modellari, xususan, katta til modellaridan oʻqitish jarayonlarida foydalanish choralarini belgilash.

2027-yil yanvar

Fanlar akademiyasi

(Ayupov),

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

(Turdimov),

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

(Sirojiddinov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov)

II. Aholining sogʻlom va uzoq umr koʻrishini taʼminlash — masʼul E.O. Turdimov, J.A. Qoʻchqorov, T.A. Aliyeva

9.

Aholi salomatligi bilan bogʻliq davlat xarajatlarini YAIMga nisbatan 5 foizga yetkazish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda:

 2027 — 2031-yillarda sogʻliqni saqlash sohasiga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning YAIMga nisbatan 2027-yil uchun 3,2 foiz, 2028-yil — 3,7 foiz, 2029-yil — 4,1 foiz, 2030-yil — 4,6 foiz, 2031-yil — 5,0 foiz ulushlarda ajratilishini taʼminlash;

 ajratilayotgan mablagʻlar samaradorligini baholab borish maqsadida sogʻliqni saqlash sohasida qabul qilingan rivojlantirish dasturlaridan kelib chiqib maqsadli koʻrsatkichlarni belgilash.

2027 — 2031-yillar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Adilov),

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

(Ermatov)

10.

Tibbiyotda profilaktikaga asoslangan salomatlikni asrash modeliga oʻtish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish:

 birlamchi tibbiy-sanitariya yordami koʻrsatishning yangi modelini bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy qilish;

 aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishda oilaviy shifokor ulushini 70 foizga yetkazish;

 aholi orasida sogʻlom turmush tarzi, sogʻlom ovqatlanish, sogʻlom va faol keksalikni taʼminlash choralarini belgilash;

 “Aqlli sogʻliq xaritasi” dasturi orqali har bir fuqaro uchun yoshi, jinsi va xavf omillariga qarab individual profilaktik koʻriklar rejasini shakllantirish.

2027-yil yanvar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Adilov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11.

Davlat tibbiy sugʻurtasini mamlakatdagi barcha xonadonlarga yetkazish.

1. Amaliy chora-tadbirlar. Bunda:

 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida har bir fuqaroning shaxsiy kabineti orqali uning davlat tibbiy sugʻurtasi doirasidagi huquqiy maqomi, foydalanishi mumkin boʻlgan bepul tibbiy xizmatlar va dori vositalari roʻyxatini aks ettiruvchi elektron polis joriy etish;

 davlat tibbiy sugʻurtasi doirasida tegishli huquq yoki xizmat mavjudligi haqida fuqaroga SMS va YIDXPdagi shaxsiy kabinet orqali xabarnoma yuborish mexanizmini yoʻlga qoʻyish;

 har bir bemorga kafolatlangan paket doirasida reimbursatsiya dasturi boʻyicha dorixonalardan beriladigan bepul dori vositalari turini 28 tadan 69 tagacha yetkazish;

2027 — 2030-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Adilov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi

(Ermatov)

2. Rejali ambulator gemodializ oluvchi bemorlarning davolash muassasasiga borib-kelish xarajatlarini ijtimoiy karta orqali qoplash mexanizmini joriy etish boʻyicha takliflar kiritish.

2026-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Adilov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Olloyorov)

12.

Ixtisoslashgan tibbiyotda raqobatni kuchaytirish uchun dunyoning kamida 5 ta nufuzli klinikasini jalb qilish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda:

1. Yetakchi xorijiy klinikalar (boshqaruv kompaniyalari) bilan muzokaralar oʻtkazish.

2027 — 2030-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Adilov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

2. Tanlov asosida xorijiy klinikalar (boshqaruv kompaniyalari) bilan bitim imzolash.

2027-yil avgust

3. Xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda tibbiyot muassasalarini boshqarishning korporativ modelini, talablar va eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) ishlab chiqish va takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2027-yil mart

13.

Tibbiyot, farmatsevtika, biotexnologiya va tibbiy taʼlimni kompleks rivojlantirish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda:

 2027 — 2030-yillarda oliy tibbiy taʼlim muassasalarining oʻquv dasturlarini bosqichma-bosqich Butunjahon tibbiy taʼlim federatsiyasi (WFME) standartlariga muvofiqlashtirish va akkreditatsiyadan oʻtkazish dasturini joriy qilish;

 2027 — 2030-yillarga moʻljallangan oliy taʼlim tashkilotlarining klinik bazasi, ilmiy-amaliy tadqiqot laboratoriyasi va simulyatsion markazlarini tashkil etish va (yoki) rivojlantirish “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash;

 xalqaro hamkorlik asosida qoʻshma taʼlim dasturlari, akademik almashinuv va stajirovka dasturlarini joriy etish;

 oliy va oʻrta maʼlumotli tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining uzluksiz kasbiy taʼlim bilan qamrovini 2030-yilga qadar 100 foizga yetkazishni nazarda tutish;

 tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish orqali kasbiy faoliyatga ruxsat berish tizimini joriy etish;

 tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining oylik maoshlariga ustamalar toʻlash orqali ixtiyoriy ravishda maxsus imtihonlar asosida davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimi bilan qamrab olishni jadallashtirish.

2027 — 2030-yillar

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Adilov),

Tibbiyot va farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi

(Azizov),

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

(Turdimov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov)

III. Yuqori texnologiya va mehnat unumdorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish — masʼul J.A. Qoʻchqorov, J.A. Xodjayev, K.K. Mardonov

14.

Kelgusi oʻn yilda 450 mlrd dollar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish:

 xorijiy investitsiyalarni zamonaviy va yuqori texnologiyalarni olib kirish hamda yuqori daromadli loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etishni nazarda tutuvchi yangi strategiyani ishlab chiqish;

 Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan makroiqtisodiy prognoz, tarmoqlar va hududlarning investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoji hamda davlat tashqi qarzi boʻyicha cheklangan miqdorlar asosida kelgusi oʻn yilda jalb qilinishi lozim boʻlgan 450 mlrd dollar xorijiy investitsiyani yillar, tarmoqlar va hududlar kesimida maqsadli parametrlarga taqsimlash (2027 — 2030-yillar uchun — aniq, keyingi yillar uchun — prognoz parametrlar) hamda ushbu parametrlarga erishish uchun 2027 — 2030-yillarga moʻljallangan manzilli investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish va uni har yili yangilab borish;

 xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda texnologiyalar transferi hamda mahalliy mutaxassislar, shu jumladan, muhandislarni tayyorlashga investitsiya shartlarini kiritish;

 investitsiyalar tarkibida (davlat aralashuvisiz) xususiy va xorijiy investitsiyalar ulushini bosqichma-bosqich 80 foizga oshirish;

 iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha tanlab olingan sohalarda (sektorda) dunyoning kamida 10 ta eng nufuzli brendlarini (yakor investorlarni) jalb qilish;

 portfelga kiritilgan har bir investitsiya loyihasi boʻyicha tashabbuskor (investor), loyiha qiymati, moliyalashtirish manbai, joylashuvi, amalga oshirish muddati, infratuzilma ehtiyoji, yaratiladigan ish oʻrinlari va eksport parametrlarini qamrab olgan loyiha pasportini loyiha boʻyicha masʼul tarmoq vazirlik va idoralari hamda hokimliklar tomonidan shakllantirish va Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga taqdim etish;

 davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan loyihalar ham investitsiya bitimlari (shartnomalari) doirasida milliy iqtisodiyotga qoʻshiladigan qiymat ulushini baholash va baholash natijalari asosida eʼlon qilingan majburiyatlar ijro etilishini band sifatida kiritish;

 maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarining boʻsh maydonlari, infratuzilma quvvatlari va investitsiya salohiyatini xatlovdan oʻtkazib, har bir zona boʻyicha infratuzilmani kengaytirish, investorlarni joylashtirish va loyihalarni ishga tushirishning manzilli rejasini belgilash;

 yashil energetika va yuqori texnologiyali loyihalar boʻyicha alohida investitsiya portfelini shakllantirib, ularni moliyalashtirish, yer va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish mexanizmlarini belgilash, shuningdek, ushbu loyihalarda foydalaniladigan asbob-uskuna va butlovchi qismlarni kooperatsiya asosida oʻzlashtirish;

 ustuvor xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlari va yirik investorlar kesimida aniq investitsiya takliflari paketini tayyorlash, muzokara va taqdimotlar taqvimini tasdiqlash hamda erishilgan kelishuvlarni amaliy loyihalarga aylantirish natijalarini har chorakda monitoring qilish.

2027-yil iyun

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

vazirlik va idoralar

15.

2030-yilgacha YAIM hajmini 300 mlrd dollarga yetkazish hamda aholi jon boshiga YAIMni 10 ming dollardan oshirish boʻyicha kelgusi oʻn yil uchun maqsadli trayektoriyani belgilash.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish:

 yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish hamda barqaror ish oʻrinlarini yaratishga qaratilgan “Yangi iqtisodiy oʻsish modeli va sanoat siyosatiga oʻtish” dasturini ishlab chiqish;

 6 ta muhim yoʻnalishdagi tarkibiy islohotlarni davom ettirish hamda iqtisodiyotning kamida 8 ta sohasini rivojlantirish boʻyicha aniq va amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

 2030-yilgacha YAIM hajmini 300 mlrd dollarga yetkazish hamda aholi jon boshiga YAIMni 10 ming dollardan oshirish boʻyicha kelgusi oʻn yil uchun yillik maqsadli trayektoriyani, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning YAIM oʻsishiga qoʻshadigan hissasini aniq parametrlarda belgilash;

 xususiy sektorni kengaytirish va raqobat muhitini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan omillarni tarmoqlar kesimida xatlovdan oʻtkazib, ularni bartaraf etish boʻyicha manzilli choralar, masʼullar va ijro muddatlarini belgilash;

 xizmatlar sohasi va zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha tarmoq va hududlar kesimida oʻsish drayverlari, yirik loyihalar, ularning qiymati va ishga tushirish muddatlarini qamrab olgan dasturni shakllantirish;

 eksport hajmini oshirish uchun logistika, sertifikatlash va tashqi bozorlarga chiqish bilan bogʻliq toʻsiqlarni bartaraf etish.

2027-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Markaziy bank

(Ishmetov),

Transport vazirligi

(Maxkamov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

vazirlik va idoralar

16.

2030-yilgacha sanoatda 2 millionta yuqori daromadli ish oʻrni yaratish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish:

 “yuqori daromadli ish oʻrni” tushunchasining aniq mezonlarini belgilash hamda bunday ish oʻrinlarini hisobga olish uslubiyotini (shu jumladan, modernizatsiya natijasida yuqori daromadli toifaga oʻtkazilgan mavjud ish oʻrinlarini hisobga olish tartibini) belgilash, 2026-yil 1-oktabr holatiga sanoatdagi yuqori daromadli ish oʻrinlarining boshlangʻich sonini aniqlash, 2030-yilgacha yaratiladigan 2 millionta ish oʻrnini yillar, hududlar va sanoat tarmoqlari kesimida maqsadli parametrlarga taqsimlash;

 amaldagi investitsiya loyihalari portfeli asosida yuqori qoʻshilgan qiymatli va eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni tashkil etish va kengaytirish loyihalarini belgilash, ularda xalqaro standartlar va sertifikatlarni joriy etish boʻyicha manzilli grafikni tasdiqlash;

 maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida yangi korxonalarni ishga tushirish uchun zarur elektr energiyasi, gaz, suv, yoʻl va boshqa muhandislik infratuzilmasiga boʻlgan ehtiyojni har bir hudud kesimida aniqlab, qurish va ulash muddatlarini hamda moliyalashtirish manbalarini belgilash;

 dual taʼlimni ish beruvchilarning aniq buyurtmalari asosida tashkil etib, kasblar kesimida oʻquv kvotalari, hamkor korxonalar, amaliyot oʻtash va bitiruvchilarni ishga joylashtirish parametrlarini belgilash;

 yaratilgan ish oʻrinlarini mehnat va soliq hisobotlaridagi maʼlumotlar asosida tasdiqlash, takroriy yoki amalda mavjud boʻlmagan ish oʻrinlarini hisobga olishga yoʻl qoʻymaslik hamda natijalarni har chorakda monitoring qilish (Soliq qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi).

2027-yil mart

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Qoʻchqorov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

(Turdimov),

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Soliq qoʻmitasi

(Pulatov),

Kasbiy taʼlim agentligi

(Xusanov),

Transport vazirligi

(Maxkamov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,

vazirlik va idoralar

17.

Kichik biznesni oʻrta korxonaga, oʻrta korxonalarni yirik kompaniya va korporatsiyalarga oʻstirish ekotizimini yaratish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish:

 oʻsish imkoniyati mavjud boʻlgan yiliga 500 ta kichik hamda 100 ta oʻrta korxonalarni saralab olib, ularni yiriklashtirish yuzasidan 3 yillik dasturlarni ishlab chiqish choralarini belgilash;

 kichik va oʻrta biznesni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hamda ularni rivojlantirish uchun mavjud instrumentlardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yaxlit ekotizimni yaratish. Buning uchun “Biznesni rivojlantirish banki” ATBni ushbu xizmatlarni koʻrsatishga ixtisoslashgan bankka aylantirish (transformatsiya qilish);

 dasturlarni amalga oshirish uchun kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash markazlarini masʼul etib belgilash;

 kichik ishlab chiqaruvchilarni yirik ishlab chiqaruvchilar bilan bogʻlash, shuningdek ularni ishlab chiqarish zanjirlariga kiritish;

 dasturlarga kiritilgan tadbirkorlik subyektlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, yangi moliyalashtirish paketlarini joriy etish;

 eksportga chiqmoqchi boʻlgan korxonalar uchun quruq port shaklidagi yangi avlod erkin iqtisodiy zonalarini (maxsus eksport zonalarini) tashkil etish hamda ulardan joy ajratish tartibini belgilash;

 eksportchi uchun mahsulotni xaridor talabiga moslashtirish, sertifikat, qadoqlash, namuna joʻnatish va distribyutor topish ishlarini yagona paket tizimida taqdim etish.

2026-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Markaziy bank

(Ishmetov),

Soliq qoʻmitasi

(Pulatov),

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi

(Haydarov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov)

IV. Suv resurslari va tabiatga munosabatni tubdan oʻzgartirish — masʼul J.A. Xodjayev, T.A. Aliyeva, T.N. Butunbayev, A.A. Abduxakimov

18.

Ekin maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar qamrovini 100 foizga yetkazish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish:

 suv tejovchi sugʻorish texnologiyalarini joriy etish boʻyicha besh yillik manzilli dasturni tasdiqlash;

 suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish boʻyicha mavjud subsidiyalarni xatlovdan oʻtkazish va ularning samaradorligini tahlil qilish asosida amalda kam samara beradigan subsidiya va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini istiqbolda sifatli natija beradiganlariga almashtirish;

 imtiyozli kredit va subsidiya mablagʻlarini ajratish tizimini soddalashtirish mexanizmini belgilash. Bunda 5 yil va undan ortiq muddat davomida foydalanib kelayotgan qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga tizimni qayta tiklash uchun imtiyozlar berishni nazarda tutish;

 suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish va undan foydalanish boʻyicha kadrlar malakasini oshirish;

 subsidiya mablagʻlari hisobidan joriy qilingan suv tejovchi texnologiyalardan kelgusida samarali foydalanishni nazorat qilish tizimini kuchaytirish.

2026-yil dekabr

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Xamrayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

manfaatdor vazirlik va idoralar

19.

“Yashil makon” umummilliy loyihasini yangi sifat bosqichiga olib chiqish.

1. Qonun hujjatlariga barcha davlat taʼlim va tibbiyot tashkilotlari va muassasalari hududida joylashgan va ular balansidagi bogʻlar hamda yer maydonlari xususiylashtirilishi taqiqlanishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.

2027-yil 20-yanvar

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi

(Abduxakimov),

Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi

(Muxitdinov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Tuman va shahar markazlarida yashillik koʻlamini 30 foizga yetkazish choralarini koʻrish.

Doimiy

V. Sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini taʼminlash — masʼul N.J. Xakimova, A.X. Azimov

20.

Huquqiy tarbiyani maktabdan boshlab tizimli yoʻlga qoʻyish.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi:

 1 — 11-sinflar uchun huquqiy savodxonlik targʻibotini amalga oshirish. Bunda kichik sinflarda — bola huquqlari, oʻzaro hurmat va yordam soʻrash; keyingi sinflarda — zoʻravonlikdan himoya, mehnat va isteʼmolchilik huquqlari; yuqori sinflarda — murojaat huquqi, shartnoma va mehnat munosabatlari oʻrgatiladi;

 huquqiy savodxonlik mavzularini “Tarbiya” faniga kiritish, oʻqituvchilar uchun Toshkent davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari ishtirokida metodik qoʻllanma ishlab chiqish va qisqa malaka oshirish kurslarini tashkil etish.

2. Amaliy mashgʻulotlar: vaziyatli masalalar, huquq buzilganda kimga va qanday murojaat qilish mashqlari va boshqalarni tashkil etish.

2026-yil dekabr

Taʼlim va ilm-fan vazirligi

(Turdimov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Inson huquqlari boʻyicha vakil

(ombudsman)

(Eshmatova),

Bolalar ombudsmani

(Rahmonova),

Sudyalar oliy kengashi

(Yodgorov),

Odil sudlov akademiyasi

(Abduqodirov)

21.

Jinoyat ishlarini yuritishda xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash hamda tadbirkorlik faoliyatining uzluksizligini taʼminlash.

1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjati loyihasini kiritish:

 jinoyat ishlarini yuritish munosabati bilan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining mulkiy huquqlari asossiz cheklanishining oldini olish hamda protsessual majburlov choralarini mutanosiblik prinsipi asosida qoʻllash;

 mol-mulk va pul mablagʻlarini xatlash, olib qoʻyish hamda ulardan foydalanishni cheklash asoslari va tartibini takomillashtirish, xatlangan mol-mulkni vaqtincha boshqaruvga berish mexanizmini joriy etish;

 jinoyat protsessi doirasida tadbirkorlik subyektlarining bank hisobvaraqlari, mol-mulki va boshqa aktivlaridan zarur doirada foydalanish imkoniyatini saqlash orqali ular faoliyatining uzluksizligini taʼminlash;

 mol-mulkni xatlashni bank kafolati yoki yetarli miqdordagi pul mablagʻlarini depozit hisobvaragʻiga kiritish bilan almashtirish, shuningdek, mol-mulkka nisbatan qoʻllangan cheklovlarni bekor qilish mexanizmlarini belgilash.

2026-yil oktabr

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Oliy sud

(Maxmudova),

Bosh prokuratura

(Yoʻldoshev),

Biznes-ombudsman

(Buriyev),

Savdo-sanoat palatasi

(Vaxabov)

2. Fuqarolar va tadbirkorlarning mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda firibgarlik hamda insofsiz mulkiy munosabatlar oqibatlarini bartaraf etishning samarali tizimini joriy etishga qaratilgan takliflar, shu jumladan, Oliy sud Plenumi qaroriga oʻzgartirishlarni ishlab chiqish.

Bunda firibgarlikni fuqarolik-huquqiy majburiyatlarni bajarmaslikdan farqlash va jinoiy qasdni baholashning aniq mezonlarini belgilash.

2026-yil noyabr

Oliy sud

(Maxmudova),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Bosh prokuratura

(Yoʻldoshev)

22.

Kiberjinoyatchilik, giyohvandlik va odam savdosining oldini olish choralarini kuchaytirish.

Kompleks chora-tadbirlar. Bunda:

1. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, unda Ichki ishlar vazirligi va banklar ishtirokida 24/7 rejimida ishlovchi tezkor markaz tashkil etish hamda kibermakonda firibgarlik yoki oʻgʻrilik harakatlari yuzasidan xabar kelishi bilan pul harakatini kuzatish va zudlik bilan chora koʻrish mexanizmini yoʻlga qoʻyish.

2. Amaldagi Hukumat qarorini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

 odam savdosidan jabrlangan shaxs yordam uchun yakuniy identifikatsiya yoki shaxsiy reja tasdiqlanishini kutib qolishini bartaraf etish;

 uni aniqlagan masʼul shaxs zimmasiga oʻsha zahoti xavfsiz joy, tibbiy yordam va tarjimonga ulash majburiyatini yuklash;

 yordamning oʻz vaqtida yetib borishini nazorat qilish mexanizmlarini kuchaytirish.

2026-yil dekabr

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Davlat xavfsizlik xizmati

(Kurbanov),

Bosh prokuratura

(Yoʻldoshev),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

tegishli komissiyalar

23.

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashni yangi bosqichga koʻtarish.

1. Yashirin iqtisodiyot koʻlamini baholashning yaxlit tizimini yaratish maqsadida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Yashirin iqtisodiyot xaritasi” yagona onlayn platformasini yaratish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni loyihasini ishlab chiqish:

 sohalar va hududlarda yashirin iqtisodiyot koʻlami hamda ehtimoliy budjet yoʻqotishlarini aniqlash;

 yashirin iqtisodiyot koʻlami hamda ehtimoliy budjet yoʻqotishlari yuqori boʻlgan soha va hududlarni toifalarga ajratish;

 yashirin iqtisodiyotni aniqlash indikatorlari orqali qonunbuzilishi holatlari boʻyicha prokuror nazoratini yoʻlga qoʻyish.

2026-yil oktabr

Bosh prokuratura

(Yoʻldoshev),

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Pulatov),

Adliya vazirligi

(Tashkulov),

Markaziy bank

(Ishmetov)

2. “Shaffof qurilish” axborot tizimini takomillashtirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:

 loyiha-smeta hujjatlarini raqamlashtirilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish hamda soliq organlari axborot tizimiga integratsiya qilish;

 loyiha-smeta hujjatlarini qurilish resurslari milliy katalogi asosida ishlab chiqish va ushbu katalog axborot tizimini soliq organlari axborot tizimiga integratsiya qilish;

 qurilishda pudratchi va subpudratchi tomonidan tuziladigan shartnoma va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi dalolatnomani raqamlashtirib, unda haqiqiy ish haqi fondini alohida aks ettirish.

2026-yil dekabr

Qurilish va kommunal xoʻjaligi vazirligi

(Xidoyatov),

Bosh prokuratura

(Yoʻldoshev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Xaydarov),

Soliq qoʻmitasi

(Pulatov)

24.

Ayollar va bolalar huquqlarini kamsitishga qarshi kurashishni kuchaytirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish:

 himoya orderi, ijtimoiy-huquqiy xizmatlar va xavfni erta aniqlash mexanizmlarini birlashtirish;

 bu turdagi murojaatlarni maxfiy va tezkor koʻrib chiqish tartibini joriy qilish;

 huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun bunday holatlar bilan ishlash va qonunlarni toʻgʻri qoʻllash boʻyicha maxsus oʻquv kurslari tashkil etish hamda amaliy metodik qoʻllanmalar yaratish;

 ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga toʻlaydigan aliment miqdorini yashash xarajatlariga muvofiq tarzda adolatli belgilash tizimini yoʻlga qoʻyish;

 xorijda mehnat migratsiyasida boʻlgan fuqarolarning farzandlari uchun sifatli taʼlim olish va iqtidorni rivojlantirish tizimini yaratish.

2027-yil iyun

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

(Kattaxonova),

Bolalar ombudsmani

(Sattarova),

Ichki ishlar vazirligi

(Tashpulatov),

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

(Olloyorov),

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(Adilov),

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(Mirzayev),

Oliy sud

(Maxmudova),

Bosh prokuratura

(Yoʻldoshev),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Migratsiya agentligi

(Abduraxmonov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari

VI. Mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirish — masʼul Gʻ.Gʻ. Mirzayev, R.A. Gulyamov, O.D. Davlatov

25.

Davlat dasturlarini mahalla talab va ehtiyojlari asosida shakllantirish.

Davlat dasturlarini shakllantirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

 mahalla muammolarining yagona raqamli reyestrini shakllantirish;

 aholi ishtirokida ustuvor loyihalarni saralash tartibini belgilash;

 dastur loyihalarini ochiq muhokama qilish boʻyicha majburiy mexanizmlarni joriy etish.

2026-yil dekabr

Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi

(Mirzayev),

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

(Zaxidov),

Raqamli texnologiyalar vazirligi

(Shermatov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari

26.

Tuman (shahar) budjeti, investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalarini mahalla buyurtmasi asosida ishlab chiqish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish:

 tuman (shahar) budjetida infratuzilmani yaxshilash uchun nazarda tutiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni, investitsiya dasturi va boshqa infratuzilma loyihalarini shakllantirishda mahallalarning talab va ehtiyojlarini ustuvor ravishda belgilovchi aniq mezonlarni tasdiqlash;

 tasdiqlangan mezonlar asosida loyiha pasportlarini tayyorlash tartibini belgilash;

 investitsiya dasturi va infratuzilma loyihalarini shakllantirishda mahalla buyurtmasining ustuvorligini belgilash.

2026-yil dekabr

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

(Norqulov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi

(Kudbiyev),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimliklari,

xalq deputatlari mahalliy kengashlari

VII. Oʻzbekistonning tinchlik, doʻstlik va bagʻrikenglik diyori sifatidagi nufuzini yuksaltirish — masʼul V.V. Maxmudov, A.X. Kamilov, M.M. Kamilov, O.D. Davlatov

27.

Millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglikni mustahkamlash.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda:

 milliy madaniy markazlar va konfessiyalar bilan doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish;

 “Doʻstlik” festivalini oʻtkazish;

 bagʻrikenglik haftaligini oʻtkazish;

 milliy madaniy markazlar forumini oʻtkazish;

 yoshlar uchun maʼrifiy dasturlarni amalga oshirish.

2026 — 2030-yillar

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmita

(Sariyev),

Din ishlari boʻyicha qoʻmita

(Toshboyev),

Madaniyat vazirligi

(Nazarbekov)

28.

Ochiq va pragmatik, koʻp qirrali, vazmin hamda muvozanatli tashqi siyosatni, jumladan iqtisodiy diplomatiyani izchil davom ettirish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda:

 asosiy xorijiy sheriklar bilan ikki tomonlama va koʻp tomonlama hamkorlik platformalari salohiyatini toʻla ishga solish;

 dunyoning yetakchi davlatlari bilan strategik sheriklik munosabatlar tizimini takomillashtirish;

 Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamjihatlikni mustahkamlash, “Markaziy Osiyo+” formatlari faoliyatini kengaytirish;

 ustuvor bozorlar va sheriklar kesimida eksportni qoʻllab-quvvatlash, investitsiya hamda texnologiyalarni jalb qilish;

 transport diplomatiyasi boʻyicha elchixonalar KPIni belgilash.

Doimiy

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Transport vazirligi

(Mahkamov),

xorijdagi diplomatik vakolatxonalar

29.

2027 — 2030-yillarda Qoʻshilmaslik harakatiga raislik doirasida tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish tashabbuslarini ilgari surish.

Amaliy chora-tadbirlar. Bunda:

 raislik konsepsiyasi va tadbirlar taqvimida koʻrsatilgan vazifalarni oʻz vaqtida amalga oshirish;

 aʼzo davlatlar bilan tashabbuslarni kelishish;

 sammit va vazirlar uchrashuvlariga puxta tayyorgarlik koʻrish hamda ularni amaliy jihatdan samarali oʻtkazish.

2027 — 2030-yillar

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

masʼul vazirlik va idoralar

30.

Afgʻoniston boʻyicha konstruktiv siyosatni izchil davom ettirish.

Savdo-iqtisodiy, transport-logistika, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi hamda gumanitar hamkorlikni jadal surʼatlarda olib borish.

Doimiy

Tashqi ishlar vazirligi

(Saidov),

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

(Kudratov),

Transport vazirligi

(Maxkamov),

Energetika vazirligi

(Xodjayev),

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

(Abdurahmonov),

Suv xoʻjaligi vazirligi

(Xamrayev),

tegishli idoralar

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2026-y., 06/26/242/1114-son)