Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“FUQAROLARNING JAMGʻARIB BORILADIGAN PENSIYA TAʼMINOTI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 28-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 26-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2005-yil 26-avgustda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) XIII bob quyidagi mazmundagi 1792-modda bilan toʻldirilsin:
“1792-modda. Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish
Ish beruvchi yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari tomonidan Xalq banki filialiga fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish uchun zarur maʼlumotlarni, Fuqarolarning shaxsiga oid maʼlumotlar bilan bogʻliq oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qasddan taqdim etmaslik yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganlik, huddi shuningdek hisoblab chiqarilgan va kiritilgan jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni xodimlarga taqdim etmaslik —
eng kam ish haqining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritishdan bosh tortish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlarini ochish va yuritish, ushbu hisobvaraqlarning holati toʻgʻrisida fuqarolarni xabardor qilish, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlarini tayinlash va berish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanish
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “179” raqamidan keyin “1792” raqami bilan toʻldirilsin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 161–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 1-songa ilova; 1997-yil, № 2, 65-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 112, 124-moddalar, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda) 37-moddasining ikkinchi qismi:
kuyidagi mazmundagi oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“ish beruvchi tomonidan oʻz xodimlarining shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qoʻshimcha badallar kiritish miqdorlari va muddatlari”;
oʻninchi xatboshisi oʻn birinchi xatboshi deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat toʻgʻrisida”gi 343–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 9-moddasining uchinchi qismidagi “hamda uning davlat pensiyasi taʼminoti” degan soʻzlar “uning davlat pensiya taʼminoti va jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura toʻgʻrisida”gi 349–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 12-moddasining ikkinchi qismidagi “hamda davlat pensiya taʼminoti” degan soʻzlar “uning davlat pensiya taʼminoti va jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan 396–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova,. № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 31-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 28-band bilan toʻldirilsin:
“28) Xalq banki — fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlardan foydalanishdan olingan daromadlar boʻyicha”;
2) 58-modda quyidagi mazmundagi “e” band bilan toʻldirilsin:
“e) jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari, ular boʻyicha olingan foiz tarzidagi va boshqa daromadlar, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlari”;
3) 63-modda quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Ish beruvchi yuridik shaxslar jismoniy shaxslarning daromadlaridan ushlab qolingan soliq summasini jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallari summasi miqdorida kamaytirgan holda budjetga oʻtkazadilar”;
4) 71-modda birinchi qismining 3-bandi “shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari aylanmasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi 474–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, soliqlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya va Respublika pul jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishini, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarining toʻgʻri va toʻliq hisoblab chiqarilishi hamda oʻz vaqtida kiritilishini nazorat qilish”;
2) 5-modda birinchi qismining 1-bandi “hamda toʻlash” degan soʻzlardan keyin “fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarini kiritish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
3) 6-modda birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1) soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi, soliqlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya va Respublika pul jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻliq va oʻz vaqtida toʻlanishi, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallarining toʻgʻri va toʻliq hisoblab chiqarilishi hamda oʻz vaqtida kiritilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirishlari, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustda qabul qilingan “Bank siri toʻgʻrisida”gi 530–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 144-modda) 3-moddasi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jamgʻarib boriladigan pensiya tizimining ishtirokchilari, pensiya badallarining miqdori va summalarining harakati, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi pensiya jamgʻarmalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil, 23-sentabr
OʻRQ-8-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 280-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)