02.11.2026 yildagi O‘RQ-1186-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat hali kuchga kirgan emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi tizimi takomillashtirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan 2026-yil 7-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2026-yil 9-iyulda maʼqullangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi yillarda mamlakatimizda yongʻinlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish, odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki ishonchli himoya qilinishini taʼminlash imkoniyatini beruvchi yaxlit yongʻin xavfsizligi tizimini yaratish borasida keng koʻlamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga amaldagi qonunchilikda yongʻin xavfsizligi sohasida kompleks huquqiy, tashkiliy va profilaktik chora-tadbirlar hamda mexanizmlar toʻliq yaratilmaganligi, ayrim huquqbuzarliklar uchun javobgarlik belgilanmaganligi ushbu sohadagi qonunchilikni yanada takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yongʻin xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilash, yongʻin auditi va yongʻindan sugʻurta qilish tizimi bilan bogʻliq boʻlgan tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonun yongʻinlarning oldini olishga, yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy taʼsir koʻrsatish choralarining yanada samarali qoʻllanilishini taʼminlashga, davlat yongʻin nazorati organlarining vakolatlarini aniqlashtirishga xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10,149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 471-modda, № 9, 592-modda, № 11, 787-modda, № 12, 880-modda; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 204-modda, № 7, 449-modda, № 10, 593-modda, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, № 3, 217-modda, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 966, 968, 973-moddalar, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 466-moddalar, № 6, 575-modda, № 10, 981-modda; 2023-yil, № 3, 185, 187, 188-moddalar, № 4, 265-modda, № 5, 319-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 111-modda, № 3, 245-modda, № 8, 818-modda, № 9, 954, 964-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1079, 1083-moddalar, № 11, 1186-modda, № 12, 1280, 1287-moddalar; 2025-yil, № 2, 196-modda, № 3, 376, 377-moddalar, № 5, 643, 647-moddalar, № 8, 968-modda, № 9, 1042-modda, № 10, 1156-modda, № 11, 1236-modda; 2026-yil, № 1, 5-modda, № 3, 249, 250, 253-moddalar) XV bobi quyidagi mazmundagi 2297-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2297-modda. Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartibiga qonunga xilof ravishda aralashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda vakolatli organning hamda xulosa beruvchilarning zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishiga oʻz mansab vakolatlaridan foydalanib, qonunga xilof ravishda aralashish, yaʼni ularning faoliyatiga har qanday shaklda taʼsir koʻrsatish, bosim oʻtkazish yoki toʻsqinlik qilish, xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010-yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011-yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012-yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 5-moddalar, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161-modda, № 5, 259, 267-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469-modda, № 9, 589, 592-moddalar, № 10, 671-modda, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020-yil, № 3, 204-modda, № 5, 296-modda, № 12, 689-modda; 2021-yil, № 1, 5, 11, 13, 14-moddalar, № 2, 142, 144-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 973-modda, № 12, 1193-modda; 2022-yil, № 2, 81-modda, № 3, 216-modda, № 4, 337-modda, № 6, 575-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185-moddalar, № 4, 265, 269-moddalar, № 5, 319-modda, № 9, 713-modda; 2024-yil, № 1, 8-modda, № 2, 115-modda, № 9, 964-modda, № 10, 1070, 1073, 1077, 1084-moddalar, № 12, 1286, 1292-moddalar; 2025-yil, № 1, 8-modda, № 2, 196, 201-moddalar, № 3, 376-modda, № 6, 727-modda, № 8, 968, 969-moddalar, № 9, 1042-modda; 2026-yil, № 1, 5-modda) 345-moddasining ikkinchi qismidagi “2295” raqami “2295, 2297” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar, № 6, 530, 532-moddalar, № 7, 629-modda, № 8, 826, 829, 831-moddalar, № 9, 954, 964, 965-moddalar, № 10, 1070, 1071, 1073, 1077, 1078, 1083, 1084-moddalar, № 11, 1187, 1188, 1189-moddalar, № 12, 1279, 1280, 1282, 1286, 1287-moddalar; 2025-yil, № 1, 5, 8-moddalar, № 2, 187, 188, 196, 198, 201-moddalar, № 3, 368, 376-moddalar, № 4, 517, 521-moddalar, № 5, 643, 644-moddalar, № 6, 729-modda, № 7, 828, 829, 832-moddalar, № 8, 968, 971-moddalar, № 11, 1233, 1236, 1237-moddalar, № 12, 1322, 1327, 1328, 1329-moddalar; 2026-yil, № 1, 2, 6-moddalar, № 2, 131, 133-moddalar, № 3, 249, 250-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 991-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“991-modda. Shaharsozlik faoliyatida ruxsat berish tartibiga qonunga xilof ravishda aralashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarni qurish uchun yer uchastkalarini ajratish, loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va qurilishi tugallangan obyektni foydalanishga qabul qilish tartib-taomillarini amalga oshirishda vakolatli organning hamda xulosa beruvchilarning zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarishiga oʻz mansab vakolatlaridan foydalanib, qonunga xilof ravishda aralashish, yaʼni ularning faoliyatiga har qanday shaklda taʼsir koʻrsatish, bosim oʻtkazish yoki toʻsqinlik qilish, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutka muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 1011-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1011-modda. Suyultirilgan uglevodorod gazini chakana realizatsiya qilish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Suyultirilgan uglevodorod gazini isteʼmolchilarga avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari tomonidan maishiy gaz ballonlarida berish, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) quyidagi mazmundagi 2111 va 2112-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“2111-modda. Yongʻindan majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatni bajarmaslik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar, savdo komplekslari va savdo-koʻngilochar markazlari mulkdorlarining uchinchi shaxslar hayoti va (yoki) sogʻligʻiga yongʻin yuzaga kelishi natijasida zarar yetkazganlik uchun oʻzining fuqarolik javobgarligini, shuningdek ushbu obyektlarni yongʻindan majburiy sugʻurta qilish boʻyicha majburiyatini bajarmasligi, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2112-modda. Yongʻin auditini oʻtkazish tartibini buzish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin auditini oʻtkazishga oid qonunchilikda belgilangan talablar va shartlarni buzish, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismidagi “100-moddalarida” degan soʻzlar “991, 100-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“211” raqami “211, 2111, 2112” raqamlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 249-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“249-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlariga ushbu Kodeksning 84, 124, 211, 2111 va 2112-moddalarida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo qoʻllashga quyidagilar haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, uning oʻrinbosarlari, tekshirish huquqiga ega boʻlgan ofitserlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
favqulodda vaziyatlar organlarining davlat nazorati inspektorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida), 119, 132, 1331 (kichik hajmli kemalarga nisbatan) va 2041-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma koʻrib chiqish uchun ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 100-moddasida (yoritish uchun elektr energiyasidan xoʻjasizlarcha foydalanishga oid qismida) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlarining profilaktika inspektorlari tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 119, 132 va 1331-moddalarida (kichik hajmli kemalarga nisbatan) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslari tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining boshligʻi, katta ofitseri va bosh mutaxassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaxslaridir”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 2491-modda chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 2602-moddaning birinchi qismidagi “101-moddasida (elektr energiyasi va gazdan foydalanish qismida mansabdor shaxslarga nisbatan)” degan soʻzlar “101 (elektr energiyasi va gazdan foydalanish qismida mansabdor shaxslarga nisbatan) va 1011-moddalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 340-moddaning ikkinchi qismidagi “2491-moddasining beshinchi qismida” degan soʻzlar “249-moddasining yettinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrda qabul qilingan “Yongʻin xavfsizligi toʻgʻrisida”gi OʻRQ-226-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 9, 340-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 9, 589-modda, № 12, 891-modda; 2020-yil, № 12, 691-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 10, 968-modda, 2025-yil, № 11, 1237-modda, № 12, 1329-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 4-moddaning ikkinchi qismidagi “davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 1-bob quyidagi mazmundagi 41-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41-modda. Yongʻin xavfsizligining asosiy prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi sohasida odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻini himoya qilish ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinlar profilaktikasi ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi sohasidagi axborotning ochiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablarini buzganlik uchun mutanosib javobgarlik va javobgarlikning muqarrarligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 5-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi — oʻn birinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yongʻin auditini oʻtkazish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻngilli yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash, oʻzaro almashish va oshkor qilish tartibini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bozorlar, savdo komplekslari va savdo-koʻngilochar markazlari mulkdorlarining uchinchi shaxslar hayoti va (yoki) sogʻligʻiga yongʻin yuzaga kelishi natijasida zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini, shuningdek ushbu obyektlarni yongʻindan majburiy sugʻurta qilish tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari shaxsiy tarkibining oʻz xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xizmatchilariga (xodimlariga) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xizmatchilarining (xodimlarining) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa toʻlash tartibini tasdiqlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 6-moddaning ikkinchi qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yongʻin xavfsizligi sohasida yongʻinga qarshi targʻibotni, axborot bilan taʼminlashni va oʻqitishni (shu jumladan shartnoma asosida oʻqitishni) amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yongʻin xavfsizligi sohasidagi litsenziyalashni belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yongʻin xavfsizligi sohasidagi muvofiqlikni baholashni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga doir auditorlik tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazadi va ularning reyestrini yuritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn oltinchi va oʻn yettinchi xatboshilari tegishincha oʻn sakkizinchi va oʻn toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“7-modda. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining va xoʻjalik boshqaruvi organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi vakolatlari”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“faoliyatining oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ichki yongʻin xavfsizligi qoidalarini belgilaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — oʻninchi xatboshilari tegishincha oltinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“oʻz ehtiyojlari uchun yongʻin-texnik mahsulotining nomenklaturasini ishlab chiqadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 8-modda ikkinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“mahalliy budjet mablagʻlari va investitsiya dasturlari asosida barpo etilayotgan, joriy va mukammal taʼmirlanadigan obyektlarda qurilish tashkilotlari tomonidan yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz hududidagi yongʻinga qarshi suv taʼminotining mavjudligi va sozligi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlarning yongʻin xavfsizligiga, shu jumladan davlat ijtimoiy soha obyektlarining, yongʻindan saqlash xizmatining taʼminoti xarajatlariga doir qismining ishlab chiqilishini, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organiga tasdiqlash uchun kiritilishini va ijro etilishini taʼminlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 9-modda birinchi qismining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yongʻin nazorati amalga oshirilishiga va yongʻinga qarshi targʻibot ishlariga koʻmaklashadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisidagi “jamoat” degan soʻz “jamoatchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) quyidagi mazmundagi 101, 102 va 103-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“101-modda. Loyiha tashkilotlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihalashtirish ishlarini amalga oshirishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq loyihaviy yechimlarni mustaqil ravishda ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish, kelishish va ushbu hujjatlar boʻyicha qarorlar qabul qilish hamda ularni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyatiga davlat organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof ravishda aralashishiga yoʻl qoʻyilmasligini talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativ-huquqiy hujjatlarda, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda hamda shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan yongʻinga qarshi talablarga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni loyihalashtirishda yongʻin xavfsizligini taʼminlash uchun talab etiladigan yongʻinga qarshi suv taʼminotiga, yongʻinga qarshi avtomatika tizimlariga, evakuatsiya yoʻllariga va chiqish joylariga, muhandislik tizimlariga, konstruksiyalarga hamda materiallarga nisbatan belgilangan yongʻinga qarshi qoidalar va talablar inobatga olinishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli litsenziyaga ega boʻlgan loyiha tashkilotlari qonunchilikka muvofiq yongʻin xavfsizligi sohasida boshqa huquqlarga ega boʻlishi va ularning zimmasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha tashkilotlarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash bilan bogʻliq faoliyatiga davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonunga xilof ravishda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-modda. Qurilish-pudrat tashkilotlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda loyiha hujjatlariga va yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish maydonida yongʻinni oʻchirishning birlamchi vositalari va boshqa vositalar zaxirasi, shuningdek ularni qoʻllash boʻyicha koʻrsatmalar mavjud boʻlishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimlarning yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻqitilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish uchun maydon tayyorlashda yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida uni suv yetkazib berish uskunalari, inventar, yoritish uskunalari va yongʻin signalizatsiyasi bilan jihozlashi hamda yongʻin-qutqaruv texnikalarining toʻsiqsiz harakatlanishini hisobga olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish jarayonida yonuvchan qurilish havozalaridan foydalanilishini qatʼiy cheklashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarni rekonstruksiya qilishda, joriy va mukammal taʼmirlashda vertikal transport vositalarini, aloqa va muhandislik tarmoqlarini, jihozlarni tekshirishi, demontaj va qurilish-montaj ishlarini bajarishda yongʻin xavfsizligi talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari va jihozlarini ishga yaroqli holatda saqlashi, ulardan boshqa maqsadda foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj va demontaj ishlarini bajarishda yongʻinning oldini olish choralarini taʼminlashi hamda konstruksiyalarning barqarorligini saqlash talablariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish-montaj ishlarini bajarishda yongʻinga xavfli materiallar va buyumlardan ularning qoʻllanilish talablariga muvofiq foydalanishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotlarining zimmasida qonunchilikka muvofiq yongʻin xavfsizligi sohasida boshqa majburiyatlar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish-pudrat tashkilotlarining faoliyatiga davlat organlari tomonidan qonunga xilof ravishda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-modda. Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining yongʻin xavfsizligi sohasidagi huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari koʻp kvartirali uydagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, umumiy mol-mulkdan hamda uyga tutash boʻlgan yer uchastkasidan foydalanishda, ularni tasarruf etishda va saqlashda yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligini taʼminlashga doir takliflarni tayyorlash va vakolatli organlarga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligini taʼminlashni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan ragʻbatlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablarining mulkdorlar yoki foydalanuvchilar tomonidan buzilishi hollarini aniqlab, qoidabuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan mulkdorlarni yoki foydalanuvchilarni ogʻzaki yoki yozma shaklda ogohlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoidabuzarlik bartaraf etilmagan taqdirda, bu haqda maxsus vakolatli organni xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻindan saqlash xizmatining boshqaruv organlari va boʻlinmalaridan yongʻin xavfsizligi masalalari yuzasidan belgilangan tartibda axborot olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mutaxassislarni jalb etgan holda, davriy ravishda yongʻin auditini oʻtkazish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻindan saqlash xizmati mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligini boshqarish rejasi amalga oshirilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy mol-mulk tarkibiga kiruvchi yongʻinga qarshi himoya tizimlarini, shu jumladan yongʻinga qarshi suv taʼminotini, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalarini va jihozlarini soz holatda saqlashi, ulardan belgilanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilishiga yoʻl qoʻymasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga qarshi mavjud himoya tizimlariga shikast yetkazmasligi, ularni oʻzboshimchalik bilan demontaj qilmasligi yoki oʻzgartirmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dudburon va shamollatish tizimlarini soz holatda saqlashi va ularga mavsumiy texnik xizmatlar koʻrsatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalariga yongʻinlarni oʻchirishda, shuningdek yongʻin nazorati organlariga yongʻinlarning kelib chiqish va kuchayish (tarqalish) sabablari va shart-sharoitlarini, shuningdek aybdor shaxslarni aniqlashda belgilangan tartibda koʻmaklashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining hududidagi yoki xizmat koʻrsatish obyektlaridagi yongʻinlarni oʻchirish chogʻida zarur kuchlar va vositalarni belgilangan tartibda jalb etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining hududiga yoki xizmat koʻrsatish obyektiga (bundan koʻp kvartirali uylardagi umumiy mulk tarkibiga kirmaydigan joylar mustasno) yongʻindan saqlash xizmatining mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalarini bajarayotganda erkin kirishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud yongʻinga qarshi himoya tizimlarini soz holatda saqlash va ularning nosozliklarini bartaraf qilish choralarini koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelib chiqqan yongʻinlar toʻgʻrisida, yoʻllar va tor koʻchalarning holati oʻzgarganligi haqida yongʻindan saqlash xizmatiga darhol xabar qilishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “belgilangan tartibda qoplanishi” degan soʻzlar “belgilangan tartibda qoplanishini va tovon puli toʻlanishini talab qilish” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“koʻp kvartirali uylardagi yongʻinga qarshi mavjud himoya tizimlariga shikast yetkazmasligi, ularni oʻzboshimchalik bilan demontaj qilmasligi yoki oʻzgartirmasligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshisi oltinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) 13-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“13-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi sohasida normativ-huquqiy va texnik jihatdan tartibga solish normativ-huquqiy hujjatlarda, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, shaharsozlik normalarida, qoidalarida hamda boshqa normativ hujjatlarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qoidalarni, normalarni, shu jumladan texnik talablarni belgilashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qoidalar, normalar va talablarni oʻz ichiga olgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari, qoidalari hamda boshqa normativ hujjatlar loyihalari Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) quyidagi mazmundagi 131 — 135-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“131-modda. Binolar va inshootlarni funksional yongʻin xavfi boʻyicha tasniflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarni funksional yongʻin xavfi boʻyicha tasniflash yongʻin xavfsizligiga oid minimal talablarni belgilash, yongʻin xavfini oʻz vaqtida, toʻgʻri baholash, uning oldini olish hamda xavfsiz evakuatsiya tizimini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar ulardan foydalanish maqsadidan, ularning yongʻindagi xavflilik darajasidan, ularda yashovchi odamlarning (boʻluvchilarning) kontingenti va sonidan kelib chiqqan holda, funksional yongʻin xavfi boʻyicha quyidagi sinflarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“F1” — odamlarning doimiy va vaqtincha (shu jumladan sutka davomida) yashashi uchun moʻljallangan binolar va inshootlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“F2” — teatr, konsert-tomosha, sport tadbirlari va boshqa ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan obyektlar (bir vaqtning oʻzida tashrif buyuruvchilarning ommaviy tarzda kelishi bilan tavsiflanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“F3” — aholiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning binolari va inshootlari (ularda xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soniga nisbatan tashrif buyuruvchilar sonining koʻpligi bilan tavsiflanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“F4” — ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarining, loyiha tashkilotlarining, davlat organlari hamda tashkilotlarning binolari (sutkaning maʼlum bir vaqti davomida maʼlum bir yoshdagi va jismoniy harakatdagi odamlar kontingenti tomonidan foydalanilishi bilan tavsiflanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“F5” — ishlab chiqarish yoki omborxona maqsadlari uchun moʻljallangan binolar, xonalar va inshootlar (ularda ishlaydigan doimiy kontingentning mavjud boʻlishi, shu jumladan sutka davomida mavjud boʻlishi bilan tavsiflanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarda yongʻin xavfsizligini taʼminlashga oid qoidalar, normalar, shu jumladan texnik talablar normativ-huquqiy hujjatlarda, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, shaharsozlik normalarida, qoidalarida hamda boshqa normativ hujjatlarda binolar va inshootlarning funksional yongʻin xavfi boʻyicha sinflari hisobga olingan holda belgilanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarning funksional yongʻin xavfi boʻyicha sinflari roʻyxati shaharsozlik normalari hamda qoidalarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132-modda. Binolar va inshootlarning yongʻin xavfsizligiga oid minimal texnik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar (bundan yakka tartibdagi uy-joylar mustasno) ularning funksional yongʻin xavfi boʻyicha sinflaridan va geometrik oʻlchamlaridan kelib chiqqan holda quyidagi minimal texnik talablarga javob berishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolar va inshootlar uchun belgilangan olovga bardoshlilik darajasi boʻyicha talablarga muvofiq boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin avtomatikasi tizimlari (yongʻin signalizatsiyasi, yongʻin toʻgʻrisida xabar berish, ogohlantirish va evakuatsiyani boshqarish, tutunga qarshi shamollatish tizimlari hamda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va boshqa avtomatik yongʻinga qarshi himoya texnik uskunalari) bilan jihozlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish materiallari va konstruksiyalari uchun belgilangan olovga bardoshlilik chegarasi boʻyicha talablarga muvofiq boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi yongʻinga qarshi yetarli bosimga ega boʻlgan suv taʼminotining (gidrant, rezervuar, suv hovuzi va boshqalarning) mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan suv sarfi va bosim miqdorlariga muvofiq ichki yongʻinga qarshi suv taʼminotiga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan normativlarga muvofiq evakuatsiya yoʻllari va chiqish joylari bilan taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan belgilangan miqdorda taʼminlangan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olovga bardoshlilik darajasi boʻyicha talablarga muvofiq boʻlgan ichki va tashqi pardozlash qoplamalari qoʻllanilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tashqi hududlarda yongʻin-qutqaruv texnikasining toʻsiqsiz, erkin harakatlanish imkoniyati mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada nazarda tutilgan minimal texnik talablar boʻyicha qoidalar, normalar va meʼyorlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, shaharsozlik normalari va qoidalarida hamda boshqa normativ hujjatlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133-modda. Binolar va inshootlarda funksional yongʻin xavfi boʻyicha yongʻin xavfsizligining texnik talablari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlar (bundan yakka tartibdagi uy-joylar mustasno) ularning funksional yongʻin xavfi boʻyicha sinflaridan va geometrik oʻlchamlaridan kelib chiqqan holda, ushbu Qonunning 132-moddasida belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda quyidagi talablarga javob berishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) balandligi yer sathidan 28 metrdan 50 metrgacha boʻlgan binolar va inshootlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tutun qoplamaydigan zinalarning mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarini tashish uchun moʻljallangan liftlar oʻrnatilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi (fasad) qismini pardozlash uchun faqat yonmaydigan guruhga mansub boʻlgan qurilish materiallaridan foydalanilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi barcha tizimlar elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha 1-toifaga (avtomatik ravishda almashiladigan ikkita bir-biridan mustaqil elektr energiyasi manbalaridan elektr energiyasi bilan taʼminlanishi) mansub boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) balandligi yer sathidan 50 metrdan yuqori boʻlgan binolar va inshootlarda ushbu modda birinchi qismining 1-bandida belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻindan xavfsiz hudud (xavfsizlik zonasi) tashkil etilgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vertikal balandligi yer sathidan 50 metrdan oshmaydigan yongʻinga qarshi boʻlmalarga boʻlingan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengil alangalanuvchan moddalar qoʻllaniladigan maishiy xizmat koʻrsatish tashkilotlari joylashtirilmagan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin avtomatikasi tizimlari (yongʻin signalizatsiyasi, yongʻin toʻgʻrisida xabar berish, ogohlantirish va evakuatsiyani boshqarish, tutunga qarshi shamollatish tizimlari hamda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va boshqa avtomatik yongʻinga qarshi himoya texnik uskunalari) signallarini yongʻin-qutqaruv deposining navbatchi-dispetcherlik xizmatlariga parallel ravishda uzatish imkoniyati mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha qoʻshimcha ravishda uchinchi manba sifatida zaxira elektr stansiyasi nazarda tutilgan boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlar, savdo komplekslari va savdo-koʻngilochar markazlari hamda ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan yopiq turdagi obyektlar ushbu Qonunning 131-moddasida belgilangan talablarga qoʻshimcha ravishda quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin avtomatikasi tizimlari (avtomatik yongʻin signalizatsiyasi, yongʻin toʻgʻrisida xabar berish, ogohlantirish va evakuatsiyani boshqarish, tutunga qarshi shamollatish tizimlari hamda avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari va boshqa avtomatik yongʻinga qarshi himoya texnik uskunalari) signallarini yongʻin-qutqaruv deposining navbatchi-dispetcherlik xizmatlariga parallel ravishda uzatish imkoniyati mavjud boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻin xavfsizligini taʼminlovchi barcha tizimlar elektr taʼminotining ishonchliligi boʻyicha 1-toifaga (avtomatik ravishda almashiladigan ikkita bir-biridan mustaqil elektr energiyasi manbalaridan elektr energiyasi bilan taʼminlanishi) mansub boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada nazarda tutilgan yongʻin xavfsizligiga oid texnik talablar boʻyicha qoidalar, normalar va meʼyorlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda, shaharsozlik normalari va qoidalarida hamda boshqa normativ hujjatlarda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134-modda. Hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirishda yongʻin xavfsizligiga oid talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlari va sanoat korxonalari hududlarini rejalashtirish hamda qurishda binolar va inshootlar oʻrtasidagi yongʻinga qarshi oraliq masofalar binolar hamda inshootlarning funksional yongʻin xavfi boʻyicha sinflari, belgilangan olovga bardoshlilik darajasi, yongʻin va portlash-yonish xavfi boʻyicha toifalari inobatga olingan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi punktlarining va sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalashtirish yongʻin-qutqaruv texnikasi uchun oʻtish yoʻllari, ularning toʻsiqsiz erkin harakatlanish imkoniyati va yongʻinni oʻchirish ishlarini olib borish uchun zarur boʻlgan hududlar hamda joylar shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq ravishda nazarda tutilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin-qutqaruv deposining sanoat korxonalari hududlariga, shaharlarning va boshqa aholi punktlarining koʻchalariga hamda xoʻjalik avtomobil yoʻllariga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish hamda xizmat koʻrsatish oraliq masofasi eng uzoqda joylashgan binogacha yoki inshootgacha umumiy foydalanishdagi yoʻllar orqali yetib borishning tegishli normativ masofasiga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-modda. Yongʻin auditi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin auditi obyektlarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligini yoki muvofiq emasligini mustaqil baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin auditi Favqulodda vaziyatlar vazirligida akkreditatsiyadan oʻtgan tashkilotlar tomonidan shartnoma asosida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolari va inshootlari yongʻin xavfsizligi talablariga toʻliq javob beradigan jismoniy va yuridik shaxslarga yongʻin auditi xulosasi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin auditi boʻyicha ijobiy xulosa olingan obyektlarda davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan bir yil muddat davomida tekshiruvlar (bundan tezkor tekshiruvlar mustasno) oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin auditini oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻinlarni oʻchirish uchun yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining kuchlari va vositalarini jalb qilishning mintaqalararo hamda mahalliy darajalardagi rejalari har yili Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan namunaviy shaklga asosan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻinlar toʻgʻrisidagi xabarlarni qabul qilish uchun aholi punktlarining telefon tarmoqlarida “101” va “112” raqamlari oʻrnatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻninchi qismi quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mulkchilik shaklidan va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, barcha korxonalar va tashkilotlar rahbarlari yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining jangovar shayligini oshirib borish maqsadida rejalashtirilgan yongʻin oʻchirish amaliy taktik mashgʻulotlarining oʻtkazilishiga toʻsqinlik qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin oʻchirish amaliy taktik mashgʻulotlarini oʻtkazish tartibi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish yongʻinlarning sabablarini hamda kelib chiqish shart-sharoitlarini tahlil qilish, aholi turar joylarining va obyektlarning yongʻin xavfsizligi holatini baholash, yongʻinlarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, shuningdek yongʻinlarni oʻchirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻinlarni davlat tomonidan statistik hisobga olish yongʻinlarga oid vaziyatni baholovchi asosiy koʻrsatkichlarni tuzish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, idoraviy statistik hisobga olish esa tegishli vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin tufayli yetkazilgan mulkiy zarar, uning oʻrni qoplanganligidan yoki qoplanmaganligidan qatʼi nazar, toʻliq hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Barcha yongʻinlar va ularning oqibatlari haqidagi maʼlumotlar davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan “Yongʻinlarni hisobga olish” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻinlarni va ularning oqibatlarini hisobga olish, shuningdek yongʻinlarga doir axborotni toʻplash hamda oʻzaro almashish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) quyidagi mazmundagi 201-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“201-modda. Yongʻindan saqlash xizmatlarining axborot tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻindan saqlash xizmatlarining oʻzaro axborot almashinuvi va ularning faoliyatini taʼminlash boʻyicha elektron axborot tizimi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tizimi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat yongʻin nazorati inspektorlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar jarayonida rasmiylashtirilgan hujjatlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklarni va ularni bartaraf etish muddatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan profilaktika tadbirlarini va ularning natijalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy yongʻindan saqlash xizmati tashkil etilgan obyektlardagi yongʻindan saqlash xizmati shtat birliklarini va ularning jamlanganlik darajasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy yongʻindan saqlash xizmati tomonidan oʻtkazilgan yongʻin oʻchirish amaliy taktik mashgʻulotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy yongʻindan saqlash xizmati tashkil etilgan obyektlardagi yongʻin oʻchirish texnikasi, yongʻin oʻchirish jihozlari va ularning ishlash holati haqidagi maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi va ichki yongʻinga qarshi suv taʼminoti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, uning holatini hamda uni tekshirish natijalarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yongʻinga qarshi himoya tizimlari, shu jumladan birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari va jihozlari, ularning holati va tekshirish natijalari haqidagi maʼlumotlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan tegishli maʼlumotlar idoraviy yongʻindan saqlash xizmatlari tomonidan muntazam ravishda axborot tizimiga kiritib borilishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) quyidagi mazmundagi 211-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“211-modda. Yongʻin-qutqaruv garnizonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlum hududda joylashgan hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash, yongʻinlarni oʻchirishda aholiga yordam koʻrsatish vazifalarini bajaruvchi barcha turdagi yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalarining yagona boshqaruv tizimi yongʻin-qutqaruv garnizoni deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida hududiy, shaharlar hamda tumanlarda esa mahalliy yongʻin-qutqaruv garnizonlari tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur yongʻin-qutqaruv garnizonlarining boshliqlari tegishincha Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmalarining, boshqarmalarining va boʻlimlarining boshliqlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻindan saqlash xizmatining turidan qatʼi nazar, barcha yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari tegishincha hududiy va mahalliy yongʻin-qutqaruv garnizoni boshligʻining sodir boʻlgan yongʻinlarni bartaraf etish bilan bogʻliq koʻrsatmalarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy va mahalliy yongʻin-qutqaruv garnizonining faoliyat yuritish tartibi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) 23-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“23-modda. Yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish va uning muvofiqligini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin-texnik mahsuloti davlat buyurtmasi asosida, shuningdek tadbirkorlik faoliyati tartibida ishlab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin-texnik mahsulotini ishlab chiqarish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida muomalaga chiqarilayotgan yongʻin-texnik mahsuloti texnik reglament va standart talablariga majburiy muvofiqligi jihatidan baholanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglament va standart talablariga muvofiq emas deb topilgan yongʻin-texnik mahsulotini muomalaga chiqarish hamda undan foydalanish taqiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17) 25-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25-modda. Yongʻin xavfsizligi talablari mavjud boʻlgan mahsulotlar va xizmatlarning muvofiqligini baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi mahsulotlar va xizmatlarning muvofiqligini baholash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglament va standartlarda yongʻin xavfsizligi talablari mavjud boʻlgan mahsulotlar muvofiqligi jihatidan majburiy tartibda baholashdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi talablari boʻyicha muvofiqlikni baholash akkreditatsiya sohasiga muvofiq akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik reglament va standartlar talablariga muvofiq emas deb topilgan yongʻin xavfsizligi talablari mavjud boʻlgan mahsulotlar va xizmatlarni muomalaga kiritish hamda ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi sohasidagi muvofiqligi majburiy baholanadigan mahsulotlar va xizmatlarning roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18) 3-bob quyidagi mazmundagi 251-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“251-modda. Yongʻin xavfsizligi sohasida sugʻurta qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlarning, savdo komplekslarining va savdo-koʻngilochar markazlarining mulkdorlari uchinchi shaxslar hayoti va (yoki) sogʻligʻiga yongʻin yuzaga kelishi natijasida zarar yetkazganlik uchun oʻzining fuqarolik javobgarligini, shuningdek ushbu obyektlarni yongʻindan majburiy sugʻurta qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan obyektlar oʻz mulkdorlarining ixtiyoriga koʻra sugʻurta qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorlarning, savdo komplekslarining va savdo-koʻngilochar markazlarining mulkdorlari tomonidan uchinchi shaxslar hayoti va (yoki) sogʻligʻiga yongʻin yuzaga kelishi natijasida zarar yetkazganlik uchun oʻzining fuqarolik javobgarligini, shuningdek ushbu obyektlarni yongʻindan majburiy sugʻurta qilish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19) 28-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat yongʻin nazorati organlarining inspektorlari va yongʻin-qutqaruv boʻlinmalarining shtat birliklari hamda maxsus texnikasining soni muayyan hududdagi aholi sonidan va hududning ijtimoiy ahamiyatidan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aholi punktlarida koʻngilli yongʻindan saqlash xizmatini tashkil etish va uning faoliyatini moliyalashtirish mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21) 4-bob quyidagi mazmundagi 331-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“331-modda. Yongʻindan saqlash xizmati faoliyatining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar yongʻindan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibi va yongʻinni oʻchirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilarning yongʻinni oʻchirishga doir harakatlari odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga, yuridik yoki jismoniy shaxslarning mol-mulkiga zarar yetkazilishining oldini olishga qaratilgan boʻlsa, ushbu harakatlar asosli tavakkalchilik doirasida amalga oshirilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻindan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibi va yongʻinni oʻchirishda qatnashgan boshqa ishtirokchilar asosli tavakkalchilik doirasida harakat qilganligi sababli yetkazilgan mulkiy zararning oʻrnini qoplashdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻindan saqlash xizmatining shaxsiy tarkibi hamda yongʻinni oʻchirishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar yongʻinni tezkor bartaraf etish maqsadida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan obyektlarga toʻsqinliksiz kirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻindan saqlash xizmati avtomobillarining haydovchilari tomonidan kechiktirib boʻlmaydigan xizmat vazifalarini bajarish, xususan yongʻin joyiga borish maqsadida koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yaltiroq mayoqchalar hamda maxsus tovushli ishora yoqilgan holda harakatlanish jarayonida sodir etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto- va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, ular javobgarlikdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari shaxsiy tarkibining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xizmatchilariga (xodimlariga) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xizmatchilarining (xodimlarining) oila aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda bir martalik nafaqa toʻlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22) quyidagi mazmundagi 341 va 342-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“341-modda. Yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan obyektlarda davlat yongʻin nazorati organlari tomonidan quyidagi tartibda batafsil va nazorat tartibida tekshiruvlar oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-guruh obyektida bir yilda koʻpi bilan bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-guruh obyektida ikki yilda koʻpi bilan bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-guruh obyektida uch yilda koʻpi bilan bir marta;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-guruh obyektida yongʻin xavfsizligi talablari buzilganligi toʻgʻrisida kelib tushgan murojaatlar va xabarlar asosida yoki zaruratga qarab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor tekshiruv — jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, ommaviy axborot vositalaridan va boshqa manbalardan olingan maʼlumotlar asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va inshootlarning yongʻin ehtimoli darajasi boʻyicha guruhlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342-modda. Yongʻin xavfsizligi talablariga rioya etmagan obyektlar faoliyatini toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Obyektlarda yongʻin xavfsizligi talablarining buzilishi hollari aniqlangan taqdirda, ularning faoliyati toʻxtatib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli obyektlarning faoliyatini toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan ushbu faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish hollari mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23) quyidagi mazmundagi 51-bob bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“51-bob. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351-modda. Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida kelib chiqqan yongʻin oqibatida fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning oʻrni aybdor tomonidan toʻliq hajmda qoplanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrni qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligi uchun davlat foydasiga undiriladigan moliyaviy sanksiyalardan va boshqa jarimalardan oldin qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352-modda. Odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga zarar yetkazilganligi uchun tovon toʻlash majburiyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzish natijasida kelib chiqqan yongʻin oqibatida odamlarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda, zarar yetkazuvchining zimmasiga zararning oʻrnini qoplashdan tashqari tovon toʻlash majburiyati sud tomonidan yuklatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovon:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanuvchi vafot etgan taqdirda — bazaviy hisoblash miqdorining 3000 baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanuvchi I guruh nogironi boʻlib qolgan taqdirda — bazaviy hisoblash miqdorining 1500 baravarigacha miqdorda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jabrlanuvchining sogʻligiga boshqacha tarzda shikast yetkazilganda — bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravarigacha miqdorda tayinlanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 23-noyabrda qabul qilingan “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi OʻRQ-730-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1062-modda, 2025-yil, № 4, 519-modda) 7-moddasiga quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi qism quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bundan ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bozorlarning, savdo komplekslarining va savdo-koʻngilochar markazlarining mulkdorlari tomonidan uchinchi shaxslarning hayoti va (yoki) sogʻligʻiga yongʻin yuzaga kelishi natijasida zarar yetkazilganlik uchun oʻzining fuqarolik javobgarligini, shuningdek ushbu obyektlarni yongʻindan sugʻurta qilish shartlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi qism oltinchi qism deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 4-moddasining 18-bandida nazarda tutilgan mulkdorlarning uchinchi shaxslar oldidagi fuqarolik javobgarligini, shuningdek obyektlarni yongʻindan sugʻurta qilish tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun 4-moddasining 21-bandida nazarda tutilgan yongʻindan saqlash xizmati boʻlinmalari shaxsiy tarkibining xizmat majburiyatlarini bajarish chogʻida tan jarohati olgan xizmatchilariga (xodimlariga) yoki halok boʻlgan (vafot etgan) xizmatchilarining (xodimlarining) oila aʼzolariga bir martalik nafaqa toʻlash tartibini ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 2-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻRQ-1186-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2026-y., 03/26/1186/1095-son)