28.10.2026 yildagi 594-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Kiberxavfsizlik sohasida kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Kiberxavfsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarda kiberxavfsizlikka masʼul boʻlgan mutaxassislarning kibertahdidlarga qarshi bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 1-noyabrdan boshlab “Cyber university” davlat universiteti tomonidan davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarda (keyingi oʻrinlarda — tashkilotlar) kiberxavfsizlikka masʼul boʻlgan mutaxassislarning malakasini oshirish va kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni qayta tayyorlash tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning kiberxavfsizlikka masʼul mutaxassislarining malakasini oshirish va kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlarning kiberxavfsizlikka masʼul mutaxassislarining kiberxavfsizlik sohasidagi malakasi har ikki yilda kamida bir marotaba oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiberxavfsizlik boʻyicha xorijiy sertifikatga ega mutaxassislar sertifikatning amal qilish muddati davomida malaka oshirishga jalb etilmaydi. Bunda respublikada tan olinadigan kiberxavfsizlik boʻyicha xorijiy sertifikatlar roʻyxati va ularning amal qilish muddati Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotlar rahbarlarining raqamlashtirish va sunʼiy intellekt masalalari boʻyicha masʼul oʻrinbosarlari oʻz tashkilotining markaziy apparati, hududiy va quyi tizimlaridagi kiberxavfsizlikka masʼul barcha mutaxassislarning malakasini oshirish ishlarini tashkil etishga masʼul hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiberxavfsizlikka masʼul xodimlarning malakasini oshirish va kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni qayta tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlar ularni yuborgan tashkilot yoki yuqori turuvchi organning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-noyabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kiberxavfsizlik sohasida kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablarini ishlab chiqsin hamda ularning belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 28-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
594-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-oktabrdagi 594-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning kiberxavfsizlikka masʼul mutaxassislari malakasini oshirish va kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Cyber university” davlat universitetida (keyingi oʻrinlarda — Universitet) davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning kiberxavfsizlikka masʼul mutaxassislari malakasini oshirish va kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni qayta tayyorlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyurtmachi — qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida mutaxassislarning taʼlim olishini tashkil etish uchun murojaat qilgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish — sohada zamon talabiga javob beradigan bilim va koʻnikmalarni yoritishga qaratilgan tegishli oʻquv dasturlarining talablaridan kelib chiqqan holda, mutaxassislarning malaka va koʻnikmalarini muntazam ravishda yangilab borish orqali ularning kasbiy bilim va mahorati oshirilishini taʼminlashga qaratilgan oʻqitish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofaviy taʼlim shaklida oʻqish — oʻquv dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, onlayn (real vaqt rejimida) hamda oflayn (videomaʼruzalar, mavzuga doir maʼruzalar matni, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) tarzda oʻzlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash — kiberxavfsizlik va raqamli texnologiyalar sohalarida xalqaro standartlar va talablarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan oʻquv dasturlari asosida zarur nazariy bilimlar, amaliy koʻnikma va malakalarni oʻzlashtirish orqali mutaxassislarni yangi kasbiy faoliyatga yoʻnaltirishga qaratilgan oʻqitish shakli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchi — malaka oshirish yoki qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturi — oʻquv kursining taʼlim mazmunini, uning tinglovchilar tomonidan oʻzlashtirilishining maqsadga muvofiq usullarini tashkil etishni nazarda tutadigan, axborot manbai boʻlgan, kiberxavfsizlik va raqamli texnologiyalar yoʻnalishlaridagi mutaxassisliklar boʻyicha malaka talablari, oʻquv kursining asosiy mazmuni va metodik tuzilishini aniqlab beruvchi asosiy meʼyoriy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv rejasi — bloklar va oʻquv fanlari (kurslar)ning nomlarini, ularni oʻzlashtirish uchun ajratilgan soatlar hajmini hamda tinglovchilarning bilimlarini nazorat qilish shakllarini belgilab beruvchi asosiy hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining malaka talablari, oʻquv rejasi va dasturlari tegishli kasbiy standartlar hamda xorijiy tajriba asosida Universitet tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Taʼlim jarayoni tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida olib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari quyidagi muddatlarda belgilangan tartibda oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish kurslarining davomiyligi — 144 soat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi — 576 soatdan kam boʻlmagan hajmda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Universitetda tashkil etiladigan kurslarda auditoriya oʻquv yuklamasining eng koʻp hajmi, qoida tariqasida, haftasiga 36 soat etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchining asosiy ish joyidan ajralgan yoki ajralmagan (masofaviy) holda tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Auditoriya mashgʻulotlari barcha turlarining davomiyligi Universitet tomonidan belgilanadi, lekin u 80 daqiqadan oshmasligi va oʻquv mashgʻulotlari oraligʻidagi tanaffus 10 daqiqadan kam boʻlmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Universitet malaka oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha sertifikatlar va diplomlarning elektron hisobini yuritish yuzasidan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Malaka oshirish kurslarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Malaka oshirish kurslarida oʻqish muddati Universitet bilan kelishilgan holda, buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadigan taʼlim oluvchilarning malaka oshirish kurslari vaqti, shakli va yoʻnalishi koʻrsatilgan taqsimot-rejalarga muvofiq Universitet tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida tashkil etiladi hamda oʻquv mashgʻulotlari jadvali boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Buyurtmachi tomonidan taqsimot-rejalar yarim yil uchun tuziladi hamda har yili iyun va dekabr oyining 15-sanasiga qadar tasdiqlanib, Universitetga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tinglovchilar malaka oshirish kurslarida Universitet bilan tuziladigan shartnomaga muvofiq toʻlov asosida oʻqitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kurslarida oʻqish uchun toʻlov miqdori asoslangan kalkulyatsiyaga muvofiq Universitet tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Buyurtmachi taqsimot-rejalarga asosan oʻqishi belgilangan xodimlarining malaka oshirish kurslarida qatnashishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodim mehnat taʼtili yoki vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi davrida malaka oshirish kurslariga jalb qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kurslarida ishdan ajralgan holda oʻqish davomida tinglovchilarning asosiy ish joyidagi oʻrtacha ish haqini saqlab qolish masalasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Malaka oshirish kurslariga tinglovchilar oʻqishga qabul qilingani toʻgʻrisida Universitet rektorining buyrugʻi qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitet tinglovchilarning malaka oshirish kurslariga oʻz vaqtida kelmagani yoki ularda qatnashmagani haqida buyurtmachiga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Buyurtmachining soʻroviga muvofiq oʻquv mashgʻulotlari xodimlarning ish joyida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Malaka oshirish kurslariga uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajargani, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etgani, vaqtincha xorijiy safarda boʻlgani, yaqin qarindoshining vafoti) koʻra oʻz vaqtida kelmagan tinglovchilarga oʻqishning tegishli yoʻnalishi boʻyicha navbatdagi malaka oshirish kurslarida oʻqishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Malaka oshirish kursi tinglovchisi kursning oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha nazorat turlarida ijobiy natija koʻrsatsa, kursning oʻquv dasturi toʻliq oʻzlashtirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Malaka oshirish kurslari oʻquv dasturiga muvofiq belgilangan mavzular (modullar) boʻyicha yakuniy sinov imtihonini topshirish bilan yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Malaka oshirish kurslari boʻyicha yakuniy sinov imtihonini oʻtkazish shakli va savollar majmui Universitet tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Malaka oshirish kurslarini tamomlab, yakuniy sinov imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga mazkur Nizomga 1-ilovada belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat elektron generatsiya qilingan va elektron imzo yoki uning muqobil shakldagi hujjatni tasdiqlovchi vositalar (QR-kod) bilan tasdiqlangan hujjat (sertifikat) shaklida ham berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Yakuniy sinov imtihonidan birinchi marotaba oʻta olmagan tinglovchiga, shuningdek, uzrli sabablarga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajargani, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etgani, vaqtincha xorijiy safarda boʻlgani, yaqin qarindoshining vafoti) koʻra yakuniy sinov imtihonini topshirmagan tinglovchiga kelgusi malaka oshirish kursi yakunida, biroq yakuniy sinov imtihoni natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab uch oydan kechiktirmagan holda yakuniy sinov imtihonini bir marotaba qayta topshirishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy sinov imtihonini qayta topshirishda ham oʻta olmagan tinglovchiga sertifikat berilmaydi. Bu holda tinglovchiga malaka oshirish kursida qatnashgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Buyurtmachi yakuniy sinov imtihonini qayta topshirishda ham oʻta olmagan tinglovchini, basharti uning vazifasi oʻzgarmagan taqdirda, natijalar eʼlon qilingan kundan boshlab olti oy muddatda malaka oshirish kursida qayta oʻqitishni yoki kiberxavfsizlikka oid vazifalar yuklangan tegishli xodimni yuborishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda malaka oshirishning navbatdagi ikki yillik muddati tinglovchi malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlab, sertifikat olgan sanadan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar oʻz mutaxassislarini kiberxavfsizlik sohasida qoʻshimcha kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarning zarur hajmini egallashi uchun qayta tayyorlash kurslarida oʻqishga yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tayyorlash kurslarida oʻquv jarayoni Universitet rektori tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejasi va dasturlari asosida oʻquv mashgʻulotlari jadvali boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tinglovchilar qayta tayyorlash kursida Universitet va buyurtmachi oʻrtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq toʻlov asosida oʻqitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Buyurtmachi toʻlovni toʻlagandan soʻng Universitet rektorining buyrugʻi bilan tinglovchi qayta tayyorlash kursiga qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Qayta tayyorlash kurslarida ishdan ajralgan holda oʻqish davomida tinglovchilarning asosiy ish joyidagi oʻrtacha ish haqini saqlab qolish masalasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻquv jarayoni anʼanaviy (oflayn) va masofaviy (onlayn) taʼlim shaklida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofaviy taʼlim shaklidagi oʻquv kurslarida oʻquv jarayoni maxsus taʼlim platformalarida onlayn (real vaqt rejimida) va oflayn (tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) rejimda tashkil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Qayta tayyorlash kursi tinglovchisi kursning oʻquv rejasida koʻzda tutilgan barcha oraliq nazoratlarda ijobiy natija koʻrsatsa, kursning oʻquv dasturi toʻliq oʻzlashtirilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Qayta tayyorlash kursining oraliq nazorat topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajargan tinglovchi yakuniy sinov imtihoniga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masofaviy taʼlim shaklida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslarida yakuniy sinov imtihoni tinglovchining bevosita ishtirokida Universitetda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Qayta tayyorlash kurslari boʻyicha yakuniy sinov imtihonini oʻtkazish shakli va savollar majmui Universitet tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Qayta tayyorlash kursini tamomlagan va yakuniy sinov imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan tinglovchilarga mazkur Nizomga 2-ilovada belgilangan namunadagi diplom beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy sinov imtihonida qoniqarsiz baho olgan tinglovchilarga shartnomada koʻrsatilgan toʻlovni toʻlagandan soʻng faqat bir marta qayta topshirish imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakuniy sinov imtihonini qayta topshirishda ham oʻta olmagan tinglovchiga diplom berilmaydi. Bu holda tinglovchiga qayta tayyorlash kursida qatnashgani toʻgʻrisida maʼlumotnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tinglovchilarning huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonini yanada yaxshilash, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha Universitet rahbariyatiga taklif va tavsiyalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malaka oshirish va qayta tayyorlash bilan bogʻliq boʻlgan qoʻshimcha maʼlumotlar va maslahatlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetning axborot-resurs markazi, oʻquv xonalari va kompyuter texnika vositalaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konferensiya, seminar va amaliy treninglarda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Tinglovchilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan oʻquv rejasi va dasturlari asosida oʻqishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv mashgʻulotlariga oʻz vaqtida shaxsan oʻzlari ishtirok etishi va onlayn oʻquv mashgʻulotlarida veb-kamera orqali qatnashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv dasturlarida nazarda tutilgan nazorat turlarini va yakuniy sinov imtihonlarini topshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nazariy bilimlarini, kasbiy koʻnikmalari va mahorat darajasini oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv jarayonida berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Universitetga tegishli boʻlgan mol-mulkni asrab-avaylashi, Universitet ichki tartib-qoidalariga qatʼiy rioya etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilar oʻz zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Tinglovchi quyidagi holatlarda tinglovchilar safidan chiqarilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xohishiga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻquv intizomi va Universitet ichki tartib-qoidalarini muntazam yoki qoʻpol ravishda buzganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzrli sabablarsiz qayta tayyorlash kurslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarining 15 foizdan va malaka oshirish kurslari boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarining 20 foizidan ortiq soat qoldirganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetini boshqa shaxslarga foydalanish uchun bergani aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma asosida oʻqitish bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻining holatiga koʻra oʻqishni davom ettirish imkoniyati boʻlmaganda (tibbiy komissiya xulosasi asosida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchi ushbu bandda nazarda tutilgan holatlarga koʻra tinglovchilar safidan chiqarilgan taqdirda, ushbu tinglovchi uchun toʻlangan toʻlov qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy sinov imtihonlari natijalari yuzasidan apellyatsiya berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Yakuniy sinov imtihonlari natijalaridan norozi boʻlgan tinglovchilar natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boshlab besh ish kuni mobaynida apellyatsiya komissiyasiga ariza (shikoyat) berishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Apellyatsiya komissiyasi Universitet rektorining buyrugʻi asosida 3 yoki 5 nafar aʼzodan iborat tarkibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Apellyatsiya komissiyasi tarkibiga yakuniy sinov imtihoni jarayonlarini oʻtkazishda ishtirok etgan shaxslar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Apellyatsiya komissiyasi yigʻilishida komissiya aʼzolarining uchdan ikki qismi ishtirok etsa, uning qabul qilgan qarori qonuniy kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Murojaat etuvchi apellyatsiya komissiyasi tomonidan murojaati koʻrib chiqilishi jarayonida bevosita yoki masofadan turib onlayn tarzda ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Apellyatsiyani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha apellyatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar yakuniy imtihon jarayonlarida Universitet tomonidan hech qanday qonun buzilish holatlari sodir etilmagan yoki yakuniy imtihon savollarida xatoliklar aniqlanmagan boʻlsa, toʻplangan ballarni oʻzgarishsiz qoldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar yakuniy imtihon jarayonlarida Universitet tomonidan qonun buzilish holatlari sodir etilgan yoki yakuniy imtihon savollarida xatoliklar aniqlangan boʻlsa, toʻplangan ballarni oʻzgartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar yakuniy imtihon jarayonlarida Universitetning aybi bilan texnik nosozliklar vujudga kelgan boʻlsa, yakuniy sinov imtihonini qayta oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Apellyatsiya komissiyasi qarori nusxasi ariza (shikoyat) beruvchiga apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan eʼtiboran uch kun muddatda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tinglovchilar apellyatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari bilan bogʻliq hujjatlar Universitetda belgilangan tartibda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning kiberxavfsizlikka masʼul mutaxassislari malakasini oshirish va kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA

Malaka oshirish haqida davlat namunasidagi sertifikat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHAKLI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

Malaka oshirish haqida

SERTIFIKAT

MO №000000

__________________________________________________________________

(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20_____-yil ____________________dan

20______-yil ________________gacha

“Cyber university” davlat universitetida jami ____ soatga moʻljallangan

___________________________________________________ boʻyicha malakasini oshirdi.

(malaka oshirish kursining nomi)

Muhr oʻrni (QR-kod)

Direktor _____________

Sana _____________

Qayd raqami __________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarning kiberxavfsizlikka masʼul mutaxassislari malakasini oshirish va kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni qayta tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tayyorlash haqida davlat namunasidagi diplom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHAKLI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri

Qayta tayyorlash haqida

DIPLOM

QT № 000000

__________________________________________________________________

(tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

20_____-yil ____________________dan

20______-yil ________________gacha

“Cyber university” davlat universitetida jami ____ soatga moʻljallangan

___________________________________________________

(qayta tayyorlash kursining nomi)

qayta tayyorlash kursida taʼlim olib, _______________________________ bitiruv-malaka ishini _______ bahoga himoya qildi va qayta tayyorlash oʻquv kursini muvaffaqiyatli tamomladi.

Muhr oʻrni (QR-kod)

Direktor _____________

Sana _____________

Qayd raqami __________

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.10.2026-y., 09/26/594/1085-son)