ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm xizmatlarini tashkil boʻyicha takliflarni shakllantirish va master rejalarni ishlab chiqish | ||||
1. | Suv omborlari va ularga tutash hududlardagi boʻsh turgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydonlarida turizm xizmatlarini tashkil etish boʻyicha taklif ishlab chiqish. | 1. Viloyatlar hokimlarining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari rahbarligida ishchi guruh tuzish. | Besh kun muddatda | Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyatlari hokimliklari, Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Kadastr agentligi |
2. Ishchi guruh tarkibiga Suv xoʻjaligi vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari masʼullari, viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha ilmiy maslahatchilari, mustaqil ekspertlar, konsalting kompaniyalarini jalb qilish. | ||||
3. Suv omborlari va ularga tutash hududlarning turistik, rekreatsion va investitsiyaviy salohiyatini oʻrganish. | Bir oy muddatda | |||
4. Turizmni rivojlantirish uchun istiqbolli hududlarni aniqlash hamda ularning mavjud infratuzilmasi, yoʻl-transport logistikasi, muhandislik kommunikatsiyalari va xavfsizlik holatini tahlil qilish. | Ishchi guruh | |||
5. Suv omborlarining texnik holati, toʻgʻon va gidrotexnik inshootlar holati, suv sathi va gidrologik rejimi, geologik va koʻchki xavflari, sel va suv toshqini xavflari, yongʻin xavfi, ekologik holat, suv sifati, bioxilmaxillik hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar holatini joyiga chiqqan holda oʻrganish va boshqa xavfli omillarni hisobga olgan holda hududlarning xavfsizlik parametrlarini baholash. | Ikki hafta muddatda | Ishchi guruh | ||
6. Har bir suv ombori boʻyicha favqulodda vaziyatlar xavfini baholash, xavfsizlik pasporti loyihasini ishlab chiqish, evakuatsiya joylarini belgilash, qutqaruv postlari, kuzatuv minoralari, sirena va ogohlantirish tizimlari, videokuzatuv hamda sunʼiy intellekt asosida monitoring tizimlarini joylashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash. | Oʻn kun muddatda | Ishchi guruh | ||
7. Hududda turizm xizmatlarini yoʻlga qoʻyish uchun zarur tashqi muhandislik kommunikatsiyalari, yoʻl-transport logistikasini tashkil etish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish. | Bir oy muddatda | Ishchi guruh | ||
8. Suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm xizmatlarini tashkil etish boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarni jamoatchilik vakillari, mustaqil ekspertlar, nodavlat notijorat tashkilotlar ishtirokida muhokama qilish. | Uch kun muddatda | Ishchi guruh | ||
9. Suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm xizmatlarini tashkil etish boʻyicha master rejalar ishlab chiqish uchun Turizm qoʻmitasiga taklif kiritish. | Ikki kun muddatda | Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyati hokimliklari | ||
2. | Turizm xizmatlarini tashkil etish boʻyicha master rejalarni ishlab chiqish. | 1. Viloyat hokimliklari tomonidan kiritilgan takliflar asosida quyidagi tadbirlarni amalga oshirish natijasida master reja loyihasini ishlab chiqish: suv omborlari va ularga tutash hududlarning geografik joylashuvi, relyefi, iqlim sharoiti, gidrologiya, muhandislik-geologiya, mavjud muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi, yer uchastkasining egalik huquqi holatini oʻrganish; turizm, rekreatsiya, plyaj, suv sporti, servis, mehmonxona, kemping, investitsiya, muhofaza ostidagi va maxsus rejimli zonalarni belgilash; turizm va servis infratuzilma obyektlarini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish; muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish rejasini ishlab chiqish; qutqaruv postlari, tibbiy yordam punktlari, kuzatuv minoralari, ogohlantirish tizimlari va evakuatsiya yoʻlaklarini infratuzilma loyihalariga integratsiya qilish; investitsiya loyihalari va lotlar portfelini shakllantirish. | Reja-grafik asosida | Turizm qoʻmitasi |
2. Barcha tahlil va hisob-kitoblar asosida ishlab chiqilgan master reja loyihasini vakolatli organlar bilan kelishish, ekspertizadan oʻtkazish. | Belgilangan muddatda | Turizm qoʻmitasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi | ||
3. Master rejalarni viloyat hokimliklariga taqdim etish. | Reja-grafik asosida | Turizm qoʻmitasi | ||
II. Suv omborlari va ularga tutash hududlarda xavfsizlikni taʼminlash chora-tadbirlari | ||||
3. | Suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm va servis infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish, loyihalashtirish hamda qurishga doir shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirish. | 1. Suv omborlari va ularga tutash hududlarda mavjud turizm va servis infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish, loyihalashtirish hamda qurishga doir amaldagi qonunchilik hujjatlari va rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrganish. | Oʻn kun muddatda | Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Turizm qoʻmitasi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Energetika vazirligi, Transport vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, Kadastr agentligi, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyati hokimliklari |
2. Sohadagi mavjud muammolar va xorijiy davlatlarning tajribalaridan kelib chiqib: suv omborlari hududlarining muhandislik-geologik, gidrologik, seysmik, ekologik va iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda qurilish talablarini qayta koʻrib chiqish; mehmonxonalar, dam olish maskanlari, kemping va glemping zonalari, plyajlar, pirslar, qayiq bekatlari, suv sporti obyektlari va boshqa infratuzilma obyektlarini joylashtirish boʻyicha shaharsozlik normalarini qayta koʻrib chiqish; obyektlarni loyihalashtirishda evakuatsiya yoʻlaklari, qutqaruv postlari, kuzatuv minoralari, yongʻin xavfsizligi tizimlari va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish infratuzilmasini majburiy tarzda nazarda tutish; muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari (elektr, ichimlik suvi, kanalizatsiya, gaz, internet va aloqa) bilan taʼminlash boʻyicha minimal talablarni belgilash; lokal oqova suvlarni tozalash inshootlari, chiqindilarni yigʻish va utilizatsiya qilish infratuzilmasi boʻyicha ekologik va sanitariya talablarini ishlab chiqish; kichik hajmli kemalar infratuzilmasi, pirslar va qayiq stansiyalarini qurish hamda ekspluatatsiya qilish boʻyicha xavfsizlik talablarini belgilash. | Bir oy muddatda | |||
3. Suv omborlari va ularga tutash hududlarda mavjud turizm va servis infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish, loyihalashtirish hamda qurishga doir shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirish. | Bir oy muddatda | |||
4. | Suv omborlari va ularga tutash hududlarda tashkil etilgan turizm obyektlarida xizmat qiluvchi qutqaruvchi va yoʻriqchi (instruktor)larni oʻqitish hamda malakasini oshirish. | 1. Suv omborlari va ularga tutash hududlarda faoliyat yurituvchi turizm obyektlarida xizmat koʻrsatuvchi qutqaruvchi va yoʻriqchilar roʻyxatini shakllantirish. | Doimiy | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, tadbirkorlik subyektlari |
2. Qutqaruvchi va yoʻriqchilar uchun oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish. | Bir oy muddatda | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi | ||
3. Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, hududiy oʻquv markazlari va qutqaruv boʻlinmalari bazasida nazariy va amaliy oʻquv kurslarini tashkil etish | Ikki oy muddatda | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, tadbirkorlik subyektlari | ||
4. Oʻquv kurslarida: suvda qutqaruv ishlarini tashkil etish, choʻkayotgan shaxslarni qutqarish usullari, qutqaruv anjomlaridan foydalanish tartibi boʻyicha oʻqitish; birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, yurak-oʻpka reanimatsiyasi, jarohatlanganlarga yordam berish va shoshilinch tibbiy xizmatni chaqirish tartiblari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish; sel-suv toshqini, kuchli shamol, yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlarda harakat qilish algoritmlarini oʻrgatish; turistlarni evakuatsiya qilish, yigʻilish joylariga yoʻnaltirish va xavfsiz hududlarga chiqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish. | Doimiy | |||
5. Oʻquv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berish. | Belgilangan muddatlarda | Favqulodda vaziyatlar vazirligi | ||
6. Har bir turizm obyektida maxsus taktik-oʻquv mashqlarini oʻtkazib borish. | Har yilda ikki marta | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, tadbirkorlik subyektlari | ||
7. Oʻquv kurslarini tamomlagan xodimlar malakasini oshirish hamda bilim va koʻnikmalarini baholab borish. | Har uch yilda | |||
5. | Suv omborlari va ularga tutash hududlarda tashkil etilgan turizm obyektlari xizmat koʻrsatuvchi xodimlarini favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakatlanish va birinchi yordam koʻrsatish boʻyicha oʻqitish. | 1. Suv omborlari va ularga tutash hududlarda faoliyat yurituvchi turizm obyektlari xizmat koʻrsatuvchi xodimlari roʻyxatini shakllantirish. | Doimiy | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, tadbirkorlik subyektlari |
2. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni oʻqitish uchun oʻquv dasturlari va oʻquv-uslubiy materiallarni ishlab chiqish. | Bir oy muddatda | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi | ||
3. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hududiy oʻquv markazlari va qutqaruv boʻlinmalari bazasida xizmat koʻrsatuvchi xodimlar oʻqishini tashkil etish. | Ikki oy muddatda | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, tadbirkorlik subyektlari, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyati hokimliklari | ||
4. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar oʻqishida: birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, yurak-oʻpka reanimatsiyasi, jarohatlanganlarga yordam berish va shoshilinch tibbiy xizmatni chaqirish tartiblari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish; sel-suv toshqini, kuchli shamol, yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlarda harakat qilish algoritmlarini oʻrgatish; turistlarni evakuatsiya qilish, yigʻilish joylariga yoʻnaltirish va xavfsiz hududlarga chiqarish boʻyicha amaliy mashgʻulotlarni oʻtkazish. | Doimiy | |||
5. Oʻqishni muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berish. | Belgilangan muddatlarda | Favqulodda vaziyatlar vazirligi | ||
6. | Suv omborlari va ularga tutash hududlarda tashkil etilgan turizm obyektlarida qutqaruv xizmatini tashkil etish. | 1. Suv omborlari va ularga tutash hududlarda joylashgan turizm obyektlarining qutqaruv xizmatiga boʻlgan ehtiyojini baholash hamda qutqaruv kuch va vositalari hisob-kitobini ishlab chiqish. | Bir oy muddatda | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, tadbirkorlik subyektlari, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent va Fargʻona viloyati hokimliklari |
2. Tashrif buyuruvchilar soni, suv maydoni hajmi va xavf darajasidan kelib chiqib, obyekt hududida doimiy faoliyat yurituvchi qutqaruv postlarini tashkil etish. | Turizm xizmati tashkil etilgandan keyin bir oy muddatda | |||
3. Qutqaruv postlarini qutqaruv qayiqlari, gidrotsikllar, qutqaruv nimchalari, qutqaruv halqalari, aloqa vositalari, birinchi tibbiy yordam toʻplami va boshqa zarur anjomlar bilan taʼminlash. | ||||
4. Qutqaruv xizmatini tegishli bilim va koʻnikmalarga ega, maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan xodimlar bilan toʻldirish. | Turizm xizmati tashkil etilgandan keyin ikki oy muddatda | |||
5. Doimiy qutqaruv xizmati tashkil etilmagan obyektlarda professional qutqaruv tuzilmalari yoki boshqa vakolatli qutqaruv xizmatlarining qutqaruv navbatchiligini tashkil etish. | ||||
6. Qutqaruv xizmati, tibbiy xizmat va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida tezkor hamkorlik va axborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish. | Doimiy | |||
7. Har bir obyekt boʻyicha favqulodda vaziyatlarda kuch va vositalarni jalb qilish rejalarini ishlab chiqish. | Doimiy | |||
8. Qutqaruv xizmati faoliyatini muntazam monitoring qilish hamda tayyorgarlik holatini baholash maqsadida amaliy mashqlar va tekshiruvlar oʻtkazish. | Doimiy | |||
7. | Turizm obyektlarida favqulodda vaziyatlar xavfini baholash va xavfsizlik pasportlarini ishlab chiqish. | 1. Suv, sel-suv omborlari va ularga tutash hududlarda joylashgan hamda qurilishi rejalashtirilgan turizm obyektlarini xatlovdan oʻtkazish. | Oʻn kun muddatda | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, tadbirkorlik subyektlari |
2. Har bir obyekt boʻyicha sel-suv toshqinlari, toʻgʻon avariyalari, koʻchki, oʻpirilish, yongʻin, kuchli shamol, chaqmoq, suv sathining keskin oʻzgarishi va boshqa xavfli jarayonlarni aniqlash hamda ularning taʼsirini baholash. | Bir oy muddatda | |||
3. Xavfli hududlar va ehtimoliy taʼsir zonalarini geoaxborot texnologiyalari asosida xaritalash. | Bir oy muddatda | |||
4. Obyektlarning favqulodda vaziyatlarga tayyorlik holatini oʻrganish va baholash. | Besh kun muddatda | |||
5. Xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha muhandislik, tashkiliy va profilaktik chora-tadbirlarni belgilash. | Bir hafta muddatda | |||
6. Har bir turizm obyekti boʻyicha xavf tahlili xulosalarini ishlab chiqish. | Bir hafta muddatda | |||
7. Har bir turizm obyekti uchun xavfsizlik pasportini ishlab chiqish va tasdiqlash. | ||||
8. Xavfsizlik pasportlarini yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritish va muntazam yangilab borish. | Doimiy | |||
8. | Turizm obyektlarida aholi va turistlarni tezkor ogohlantirish hamda xavfsiz evakuatsiya qilish tizimlarini joriy etish. | 1. Har bir turizm obyekti boʻyicha ogohlantirish va evakuatsiya qilish sxemalarini ishlab chiqish. | Bir oy muddatda | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, tadbirkorlik subyektlari |
2. Sirena va ovozli xabar berish qurilmalarini joylashtirish nuqtalarini belgilash hamda oʻrnatish. | Ikki oy muddatda | |||
3. Xavfli hududlar, evakuatsiya yoʻnalishlari va yigʻilish joylarini koʻrsatuvchi ogohlantiruvchi belgilarni oʻrnatish. | Oʻn kun muddatda | |||
4. QR kodli evakuatsiya xaritalari va interaktiv axborot stendlarini oʻrnatish. | Bir oy muddatda | |||
5. Aholi va turistlarga favqulodda vaziyatlar haqida SMS-xabarnomalar yuborish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. | ||||
6. Turizm obyektlarida joriy etilgan ogohlantirish tizimlarini respublika va hududiy favqulodda vaziyatlar monitoring tizimlari bilan integratsiya qilish. | Doimiy | |||
7. Sirena, ovozli xabar berish va SMS-xabarnoma tizimlarining doimiy ishlashini taʼminlash. | Doimiy | |||
9. | Turizm obyektlarida sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida “aqlli” videokuzatuv va tezkor xabar berish tizimlarini joriy etish. | 1. Suv omborlari va ularga tutash hududlarda joylashgan turizm obyektlarini sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida “aqlli” videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash ehtiyojini oʻrganish hamda obyektlar roʻyxatini shakllantirish. | Bir oy muddatda | Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, tadbirkorlik subyektlari |
2. Suvda choʻkish xavfi yuqori boʻlgan hududlar, taqiqlangan zonalar, plyajlar, pirslar, qayiq bekatlari va ommaviy toʻplanish joylarini aniqlash. | Master reja ishlab chiqilgandan keyin ikki oy muddatda | |||
3. Videokuzatuv kameralarini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish va telekommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash. | Turizm xizmatlari tashkil etilgandan keyin bir oy muddatda | |||
4. Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida suvda choʻkish xavfi, taqiqlangan hududlarga kirish, odamlarning xavfli darajada toʻplanishi, nazoratsiz qolgan bolalar va boshqa xavfli holatlarni avtomatik aniqlash algoritmlarini joriy etish. | ||||
5. “Aqlli” videokuzatuv tizimlarini Favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruv boʻlinmalari, navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari va mahalliy boshqaruv organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. | ||||
6. Xavfli holatlar aniqlangan taqdirda, qutqaruv xizmatlari, masʼul xodimlar va turizm obyekti maʼmuriyatiga real vaqt rejimida avtomatik xabar yuborish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish. | ||||
7. Videokuzatuv tizimlarini sirena, ovozli ogohlantirish va SMS-xabarnoma tizimlari bilan integratsiya qilish. | ||||
8. Videokuzatuv tizimlari operatorlari va qutqaruv xizmatlari xodimlarini axborot tizimlaridan foydalanish boʻyicha oʻqitish. | 2027-yil 1-mart | |||
9. “Aqlli” videokuzatuv tizimlarining uzluksiz va barqaror ishlashini taʼminlash, modernizatsiya qilib borish choralarini koʻrish. | Doimiy | |||
10. | Suv omborlarida suv sathi va gidrologik holatni onlayn monitoring qilish hamda favqulodda vaziyatlarni barvaqt aniqlashning yagona axborot tizimini joriy etish. | 1. Suv, sel-suv omborlaridagi mavjud gidrologik kuzatuv vositalari, meteostansiyalar va monitoring tizimlarini xatlovdan oʻtkazish. | Bir oy muddatda | Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ |
2. Suv omborlarini monitoring qilish va favqulodda vaziyatlarni barvaqt aniqlash maqsadida axborot tizimi ishlab chiqish boʻyicha texnik topshiriq tayyorlash. | Oʻn kun muddatda | |||
3. Suv omborlaridagi suv sathi, suv sarfi, hajmi, yogʻingarchilik, shamol tezligi, havo harorati va boshqa koʻrsatkichlarni kuzatuvchi avtomatlashtirilgan datchiklar va telemetrik qurilmalarni oʻrnatish. | 2027-yil 1-may | |||
4. Suv omborlaridagi gidrologik kuzatuv vositalarini Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Suv xoʻjaligi vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. | Doimiy | Suv xoʻjaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Gidrometeorologiya xizmati agentligi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ | ||
5. Suv sathi keskin oʻzgarishi, toʻgʻon xavfsizligiga tahdid, sel oqimlari, kuchli yogʻingarchilik va boshqa xavfli jarayonlarni barvaqt aniqlash algoritmlarini hamda sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida xavfli vaziyatlarni prognoz qilish va tahlil qilish modullarini ishlab chiqish. | 2027-yil 1-mart | |||
6. Geoaxborot tizimlari, masofadan zondlash maʼlumotlari va meteostansiyalar axborotlarini axborot tizimida jamlash. | 2027-yil 1-aprel | |||
7. Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish ehtimoli mavjud holatlarda masʼul tashkilotlar, qutqaruv xizmatlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga avtomatik xabar berish tizimini joriy qilish. | 2027-yil 1-may | |||
8. Axborot tizimini favqulodda vaziyatlarda boshqarish milliy markazi, hududiy navbatchilik-dispetcherlik xizmatlari va suv omborlarini boshqarish axborot tizimlari bilan integratsiya qilish. | 2027-yil 1-may | |||
9. Axborot tizimining kiberxavfsizligi, uzluksiz ishlashini taʼminlash va maʼlumotlarni arxivlash choralarini koʻrish. | Doimiy | |||