13.10.2026 yildagi 5-1-267/13-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil oktabr oyining 13 kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati, oʻz binosida, ochiq sud majlisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raislik qiluvchi, sudya U. Xolov,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari D. Abdukaxarova va Z. Karimovdan iborat tarkibda, S. Beshimovning kotibligida, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma prokurori I. Aydusov, arizachi G. Ergasheva, javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi vakillari J. Mingishov va S. Xayritdinovning ishtirokida, arizachi Ergasheva Gulnora Xoldarovnaning javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasiga nisbatan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi arizachi boʻyicha 5-1-267/13-sonli maʼmuriy ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi G. Ergasheva javobgarlar — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasiga nisbatan sudga murojaat qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 3-maydagi 37, 2010-20-son qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 4-iyunda 2111-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, “Oʻzbekiston Respublikasi DT “Xalq banki”dagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqalariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomni haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi G. Ergasheva sud majlisidagi tushuntirishida, arizada keltirilgan vajlarni quvvatlab, Nizomni 9-bandi Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik talablariga zid ekanligini bildirib, Nizomning ushbu bandini haqiqiy emas deb topishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi vakili J. Abduraxmonov oʻz tushuntirishida, nizoli boʻlgan Nizom 2010-yilda qabul qilinganligi va shu davrdagi Soliq kodeksi mazmuniga zid boʻlmaganligini, vazirlikda qonun osti hujjatlari doimiy monitoring qilib borilishi va qonunchilikka zid boʻlganlarini bekor qilish choralari koʻrilishini bildirib, shikoyatni qonunda belgilangan tartibda hal qilishni soʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasi vakillari J. Mingishov va S. Xayritdinov arizaga nisbatan eʼtiroz bildirib, Nizomning 9-bandiga muvofiq, hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablagʻlar bir yil ichida qaytarib olingan taqdirda daromad soligʻi hisoblanishini, soliq imtiyozlari eski va yangi tahrirdagi Soliq kodeksida bir xil belgilanganligi, shuningdek, Adliya vazirligining xatida Nizomning qoʻllanilgan normasi Soliq kodeksining avvalgi tahririga muvofiqligi, yangi tahrirdagi Kodeksni esa qayta koʻrib chiqish zarurligi bildirilganligini, Nizom yoki Soliq kodeksiga oʻzgartirish kiritish masalasi hozirga qadar muhokama qilinmaganligini koʻrsatib, arizani rad etishni soʻradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakili S. Abdurayimov oʻz tushuntirishida, yangi tahrirdagi Soliq kodeksiga oʻzgartirish kiritish taklifi berilganligi, ushbu holatda Nizom talablari Soliq kodeksiga zid deb hisoblamasligini bildirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi vakili A. Xolmatov sud majlisida bergan tushuntirishida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻiga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan jamgʻarib boriladigan pensiya tizimini “Xalq banki” ATBdan Pensiya jamgʻarmasi tasarrufiga oʻtkazish belgilanganligini, shu munosabat bilan normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish jarayoni boshlanganligini, shuningdek, Soliq kodeksining 378-moddasi va Nizomning 9-bandi oʻrtasida nomuvofiqlik mavjudligini, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar inventarizatsiyadan oʻtkazilib, aniqlangan holatlar yuzasidan vazirlikka takliflar kiritilganligini bildirdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ish hujjatlarini oʻrganib, chiqib, taraflar vakillarining tushuntirishlarini, prokurorning arizani qanoatlantirish haqidagi fikrini eshitib, quyidagi asoslarga koʻra arizani qisman qanoatlantirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksi 181-moddasining uchinchi qismiga koʻra, sud idoraviy normativ-huquqiy hujjatni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishni koʻrishda uning toʻlaligicha yoki muayyan qismi nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjatiga muvofiqligini, shuningdek, nizolashilayotgan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatlarini hamda uning Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 4-iyunda 2111-raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqalariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 9-bandida, agar jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy badallar tarzida tushgan mablagʻlar soliq davri tugaguniga qadar toʻlanadigan boʻlsa, ushbu mablagʻlarga jismoniy shaxsning jami yillik deklaratsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi solinadi, deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada keltirilgan vajlarga koʻra, yuqoridagi Nizomga asosan, ishlovchi pensionerlar nomidan soliq organlari tomonidan ularning xabarisiz va roziligisiz “Soliq.uz” portalidagi shaxsiy kabinetlariga kirish orqali, 2026-yil aprel — iyun oylarida daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiyalar rasmiylashtirilib, bir yoʻla bir necha yil uchun daromad soligʻi hisoblangan holda taqdim etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan norozi boʻlgan arizachi yuqoridagi talab bilan sudga murojaat qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviylik, qonuniylik, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish hamda ularning ustuvorligi, oshkoralik, ilmiylik, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning tizimliligi va komplektliligi, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishning barqarorligi Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining asosiy prinsiplari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Qonunning 8-moddasida Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining soʻzsiz ustuvorligi tan olinishi, Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinishi hamda uning normalari va prinsiplariga zid boʻlishi mumkin emasligi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasiga yoʻllangan 2026-yil 2-iyuldagi 10/12-11936/8-sonli xatda, Soliq kodeksining 378-moddasi va “Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonunning 14-moddasiga asosan soliq toʻlovchining fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad soligʻidan ozod qilinishi belgilanganligi, biroq, Soliq kodeksida yuqoridagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni (roʻyxat raqami 2111, 2010-yil 4-iyun) qabul qilish toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilmaganligi hamda mazkur Kodeksda va boshqa qonunchilik hujjatlarida ixtiyoriy badallar soliq davri tugaguniga qadar toʻlanadigan boʻlsa, ularga daromad soligʻi solinishi belgilanmaganligi koʻrsatilib, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasiga asosan normativ-huquqiy hujjat oʻziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerakligidan kelib chiqib, ijtimoiy munosabatlarni oʻz vaqtida va samarali huquqiy tartibga solish va huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish maqsadida Soliq kodeksiga qisqa muddatlarda jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy badallar tarzida tushgan mablagʻlar soliq davri tugaguniga qadar toʻlanadigan boʻlsa, ushbu mablagʻlarga jismoniy shaxsning jami yillik deklaratsiyasi asosida daromad soligʻi solinishini belgilovchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan esa Adliya vazirligining ushbu xatida ham yuqoridagi Nizomning 9-bandi Soliq kodeksi 378-moddasi talablariga muvofiq kelmasligi inkor etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 387-moddasi 16-bandida, soliq toʻlovchining fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi ixtiyoriy ravishda shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi, deb belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu kodeksning 3-moddasiga asosan, normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi, ushbu Kodeksning normalariga yoki qoidalarining mazmuniga boshqacha tarzda zid boʻlsa, ushbu Kodeksning qoidalariga muvofiq emas deb topiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ yoki uning yuqori turuvchi organlari bu hujjatni bekor qilishga yoki unga zarur oʻzgartishlar kiritishga haqli. Bu organlar ushbu Kodeksga muvofiq boʻlmagan normativ-huquqiy hujjatni bekor qilishni yoki unga zarur oʻzgartishlar kiritishni rad etgan taqdirda, u sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 30-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni 2-moddasida ham davlat boshqaruvi organlari Soliq kodeksiga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlashi koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, ushbu Nizomning 9-bandi shunga muvofiq qayta koʻrib chiqilmagan va qonunga muvofiqlashtirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonun 14-moddasiga koʻra, jamgʻarib boriladigan majburiy pensiya badallaridan, shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqalaridagi mablagʻlarga hisoblab chiqarilgan foizlardan hamda bunday mablagʻlar foydalanilishidan fuqarolar va Xalq banki oladigan boshqa daromadlardan, jamgʻarib boriladigan pensiya toʻlovlaridan, shuningdek jamgʻarib boriladigan pensiya tizimi mablagʻlari aylanmasidan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 18-moddasiga asosan normativ-huquqiy hujjat oʻziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish holatlaridan aniqlanishicha, Nizomning 9-bandi oʻziga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan qonunlarga muvofiq emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudda javobgar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vakillari oʻz eʼtirozlarini isbotlab bera olmadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bois, sudlov hayʼati arizachi G. Ergashevaning arizasini asosli deb hisoblab, uni qisman qanoatlantirishni va “Oʻzbekiston Respublikasi DT “Xalq banki” dagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqalariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 9-bandini Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi qonuniy kuchga kirgan sanadan, yaʼni 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran haqiqiy emas deb topishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati, sud xarajatlari taqsimoti masalasini muhokama qilib, arizachi sudga murojaat qilishda davlat boji toʻlamaganligini, ariza qanoatlantirilganligini, “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra soliq organlari davlat boji toʻlashdan ozod qilinganligini inobatga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksining 30, 154, 182-moddasiga amal qilib, sudlov hayʼati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi Ergasheva Gulnora Xoldarovnaning arizasi qisman qanoatlantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 3-maydagi 37, 2010-20-son qarori bilan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 4-iyunda 2111 raqam bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan, “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankidagi fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga ixtiyoriy ravishda yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomning 9-bandi (2020-yil 1-yanvardan) haqiqiy emas deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarori ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga kassatsiya shikoyati (protesti) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Raislik qiluvchi U. XOLOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayʼat aʼzolari D. ABDUKAXAROVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Z. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 13-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-1-267/13-son