1-ILOVA
2-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Moliyalashtirish manbalari | Ijro muddati | Masʼul ijrochilar |
I. Toshkent xalqaro moda akademiyasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari | |||||
1. | Toshkent xalqaro moda akademiyasini (keyingi oʻrinlarda — Akademiya) davlat roʻyxatidan oʻtkazish va uning tuzilmasini tasdiqlash. | 1. Akademiya ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Akademiyani belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. 3. Akademiya tuzilmasini shakllantirish va tasdiqlash. | - | 2026 yil noyabr | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Akademiya |
2. | Akademiyaning xarajatlar smetasini va shtat jadvalini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. | 1. Akademiyaning 2026-yil uchun xarajatlar smetasini va shtat jadvalini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 2. Akademiyaning 2027-yil va keyingi yillar uchun xarajatlar smetasini va shtat jadvalini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. | Akademiyaning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | 2026 yil noyabr Har yili yanvar | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, |
3. | Akademiyaning fakultetlari va kafedralari faoliyatini tashkil etish. | 1. Tajribali mutaxassislar, pedagog xodimlar va olimlardan iborat ishchi guruh tuzish. 2. Kafedralarni zarur oʻquv-uslubiy va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar bilan taʼminlash. | - | 2026-yil noyabr | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, |
4. | Akademiyani tajribali va yuqori malakali mutaxassislar, professor-oʻqituvchilar bilan toʻldirish. | 1. Xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislar hamda professor-oʻqituvchilarni belgilangan tartibda ochiq tanlovlar asosida saralab olish. 2. Mehnat qonunchiligi talablari asosida mutaxassislar va professor-oʻqituvchilarni ishga qabul qilish va mehnat shartnomalarini rasmiylashtirish. | - | 2026-yil | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Akademiya |
II. Akademiyada oʻquv jarayonini tashkil etish, taʼlim sifatini taʼminlash, yangi pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini joriy etish | |||||
5. | Akademiyada 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab umumiy tartibdagi dizayn bakalavriat taʼlim yoʻnalishi, 2027/2028 oʻquv yilidan — yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va innovatsion tekstil va barqaror dizayn kabi zamonaviy magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. | 1. 2026/2027 oʻquv yilidan 50 nafar abituriyentlarni Akademiya tomonidan tashkil etiladigan kirish imtihonlari orqali dizayn bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga qabul qilish. 2. 2027/2028 oʻquv yilidan yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi va innovatsion tekstil va barqaror dizayn kabi zamonaviy magistratura mutaxassisliklariga belgilangan tartibda talabalar qabulini tashkil etish. | Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | 2026-yil oktabr 2027-yil oktabr | Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Akademiya |
6. | Ilgʻor xorijiy tajribalar hamda kadrlar buyurtmachilarining talablari asosida oʻquv-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish. | 1. Oʻquv rejalarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari tajribalari asosida takomillashtirish. 2. Oʻquv dasturlarini kadrlar buyurtmachilari talablari va ilgʻor xorijiy tajriba asosida ishlab chiqish. | - | 2027-yil 2026/2027 oʻquv yilida | Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, |
7. | Oʻquv jarayoniga chet eldan professor-oʻqituvchilar hamda soha mutaxassislarini jalb qilish. | 1. Yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini oʻquv jarayoniga jalb qilish. 2. Xorijiy hamkor tashkilotlarning soha mutaxassislarini oʻquv jarayoniga jalb etish. | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | Doimiy | Akademiya, |
8. | Taʼlim va iqtisodiyot tarmoqlari integratsiyasini taʼminlash. | 1. Dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish. 2. Taʼlim jarayonini tashkil etishda ish beruvchilarning takliflaridan keng foydalanish hamda ular bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 3. Talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etish uchun kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlikda amaliyot dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirib borish. 4. Dual taʼlim jarayonini hamda bitiruvchi kurs talabalari amaliyotini kelgusida talabalar ishga joylashishi mumkin boʻlgan tashkilotlarda tashkil etish. 5. Akademiyada korxona (tashkilot) buyurtmasi asosida toʻqimachilik, tikuvchilik, trikotaj va charm-poyabzal sohalarida maqsadli kadr tayyorlashga qaratilgan dual taʼlim shaklini yoʻlga qoʻyish. 6. Dual taʼlimni tashkil etish maqsadida buyurtmachi korxona (tashkilot)larni aniqlab, oʻquv jarayonining kamida 30 foizi Akademiyada, qolgan qismi buyurtmachi korxona (tashkilot)larda tashkil etilishini taʼminlash. | - | 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab 2027/2028 oʻquv yiliga qadar | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Akademiya |
9. | Akademiya professor-oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirib borish, jumladan, xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida malaka oshirib borish tizimini yoʻlga qoʻyish. | 1. Akademiya professor-oʻqituvchilarini nufuzli xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga malaka oshirishga yuborish. 2. Professor-oʻqituvchilar uchun mahalliy va xorijiy ilmiy markazlar va oliy taʼlim tashkilotlarida, shuningdek, kadrlar buyurtmachilari boʻlgan tashkilot va korxonalarda stajirovkalar tashkil etish. | Akademiyaning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari, | 2027/2028 oʻquv yili 2028/2029 oʻquv yili | Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi |
10. | Professor-oʻqituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talabalar uchun ilgʻor badiiy, ilmiy va oʻquv adabiyotlar elektron kataloglari hamda jahon taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. | 1. Xorijiy kutubxona resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini yaratish. 2. Zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish, xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish, axborot-resurs markazi fondini muntazam ravishda yangilab borish. | Grant mablagʻlari, | 2026-yil dekabr Doimiy | Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi |
III. Akademiya faoliyatini raqamlashtirish va taʼlim jarayonlariga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish | |||||
11. | Akademiyaning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini takomillashtirish. | 1. Akademiya faoliyati uchun talab etiladigan server va IT qurilmalari roʻyxatini shakllantirish va xarid qilish. 2. Akademiya binolarini optik tolali kanallar orqali yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulash. 3. Akademiya serverlarini uzluksiz zaxira elektr manbai bilan taʼminlash. | Akademiyaning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | 2027-yil fevral 2026-yil noyabr 2026-yil noyabr | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, |
12. | Akademiya faoliyatiga boshqaruvning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish. | 1. Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimini (HEMIS) ishga tushirish hamda unga barcha zarur maʼlumotlarning toʻliq kiritilishini taʼminlash. 2. Davlat oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun elektron shartnomalar tuzish, toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish xarajatlarini onlayn toʻlash va mablagʻlar hisobini yuritish boʻyicha yagona axborot tizimida (billing.edu.uz) alohida profil ochib, Akademiyaga tegishli maʼlumotlarni biriktirish. | Akademiyaning budjet va budjetdan tashqari mablagʻlari | 2026-yil noyabr | Akademiya, Taʼlim va ilm-fan vazirligi |
13. | Talabalarga koʻrsatilayotgan xizmatlarni “yagona darcha” tamoyili asosida tashkil etish maqsadida Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Registrator ofisi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Registrator ofisi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari | 2026-yil noyabr 2027-yil yanvar | Akademiya |
14. | Akademiyaning kutubxona fondini raqamlashtirish va elektron kutubxona tizimiga kiritish. | 1. Akademiyada mavjud kutubxona fondini xatlovdan oʻtkazish hamda raqamlashtirilishi lozim boʻlgan resurslar roʻyxatini shakllantirish. 2. Roʻyxat asosida resurslarni “Unilibrary” elektron kutubxona platformasiga kiritish. | Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari | 2027-yil aprel 2027-yil may | Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi |
IV. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish | |||||
15. | Akademiya professor-oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirib borish hamda yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish. | 1. Akademiyaning professor-oʻqituvchilari, xodimlari hamda yosh tadqiqotchilarini ilmiy-tadqiqot ishlariga faol jalb etish. 2. Professor-oʻqituvchilar hamda yosh tadqiqotchilarning xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlarda muntazam ravishda ishtirok etishini taʼminlash. | - | 2027/2028 oʻquv yili | Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi |
16. | Akademiyada amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlarni yoʻlga qoʻyish. | 1. Soha muammolaridan kelib chiqib amaliy, fundamental va innovatsion tadqiqotlar mavzularini shakllantirish. 2. Ilmiy-tadqiqot ishlariga davlat buyurtmasini shakllantirish uchun loyiha va takliflar kiritib borish. | – | 2027/2028 oʻquv yili Doimiy | Akademiya, Innovatsion rivojlanish agentligi |
17. | Akademiya professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchi va talabalarini toʻqimachilik va yengil sanoat materiallari va buyumlari texnologiyasi hamda moda va dizayn sohasida dolzarb muammolarni oʻrganish boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatiga jalb qilish. | 1. Toʻqimachilik va yengil sanoat materiallari va buyumlari texnologiyasi hamda moda va dizayn sohasidagi ilmiy-texnikaviy muammolar bazasini shakllantirish va uning doimiy yangilab borilishini taʼminlash. 2. Akademiyaning professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchi va talabalariga toʻqimachilik va yengil sanoat materiallari va buyumlari texnologiyasi hamda moda va dizayn sohasidagi ilmiy-tadqiqot mavzularini biriktirish. 3. Xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazalaridan samarali foydalanish va ilmiy-tadqiqot natijalarini xorijiy va mahalliy ilmiy jurnallarda chop etish yuzasidan seminar-treninglar tashkil etish. | – | 2027 yildan boshlab | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Akademiya |
18. | Talabalarning ilmiy-ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish. | 1. Iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy-tadqiqot ishlariga yoʻnaltirish. 2. Tajribali professor-oʻqituvchilar tomonidan talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish. 3. Ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etgan talabalarni ragʻbatlantirib borish. | Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari | Doimiy | Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Yoshlar ishlari agentligi |
19. | Yengil sanoat korxonalari xodimlari hamda talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan oʻquv kurslarini yoʻlga qoʻyish. | 1. Akademiya huzurida soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2. Yengil sanoat korxonalari xodimlari va talabalar uchun zamonaviy texnologiyalar, dizayn, modellashtirish, konstruktorlik, ishlab chiqarish texnologiyalari va boshqaruv yoʻnalishlari boʻyicha kasbiy tayyorlov kurslarini tashkil etish. 3. Korxona va tashkilotlarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish. 4. Oʻquv dasturlarini yengil sanoat tarmogʻida joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar, raqamli yechimlar, innovatsion ishlab chiqarish usullari hamda xalqaro standartlar asosida takomillashtirib borish. | Oʻquv kurslariga jalb etilgan korxona va tashkilotlar mablagʻlari, | 2027-yil sentabr Doimiy | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Akademiya |
20. | Yengil sanoat sohasi uchun kadrlar tayyorlovchi texnikumlar bilan taʼlim dasturlarining uzviyligini taʼminlash. | 1. Texnikumlar oʻquv dasturlarini Akademiya taʼlim dasturiga uygʻun holda ishlab chiqish. 2. Taʼlim dasturlari Kasbiy taʼlim agentligi tomonidan tasdiqlanishini tashkil etish. 3. Texnikumlarda oʻqitiladigan mutaxassislik tanlov fanlarini belgilash. | - | 2027-yil iyun 2027-yil avgust | Akademiya, Kasbiy taʼlim agentligi, soha texnikumlari |
V. Akademiyaning xalqaro hamkorligini rivojlantirish | |||||
21. | Xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda talabalar almashinuvini va qoʻshma ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. | 1. Yetakchi xorijiy universitetlar va ilmiy markazlar bilan qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borishni yoʻlga qoʻyish. 2. Talabalarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini taʼminlash. | Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, grant mablagʻlari | 2027 yil aprel 2027 yil davomida | Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
22. | Akademiyaning xalqaro va mahalliy sanoat korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish. | 1. Akademiya faoliyatini yoʻlga qoʻyishda xorijiy va mahalliy hamkorlarni belgilash. 2. Xorijiy va mahalliy sanoat hamkorlari bilan hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. | - | 2026-yil noyabr 2027-yil yanvar | Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi |
23. | Akademiyada xorijiy talabalar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish. | 1. Akademiyada xalqaro talabalar anjumanlarini oʻtkazish va ularda xorijlik talabalar ishtirokini taʼminlash. 2. Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Turkiyaning etakchi xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshma dasturlar (double degree, joint degree) doirasida kadrlar tayyorlash boʻyicha kelishuvlarga erishish. | Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari | Ryeja-jadvalga muvofiq 2027 yil may | Akademiya, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi |
VI. Talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularning bandligini taʼminlash | |||||
24. | Akademiyada 5 ta muhim tashabbus doirasida toʻgaraklar faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Baxshichilik, maqom, estrada, teatr, rassomlik, sport yoʻnalishlarida toʻgaraklar hamda badiiy havaskorlik jamoalarini tashkil etish va hudud yoshlarini mazkur toʻgaraklarga jalb etish. 2. Talabalar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishga qaratilgan sport tadbirlarini tashkil etish. 3. Talabalarning badiiy adabiyotlarga boʻlgan qiziqishlarini oshirish maqsadida “Men sevgan badiiy asar” kabi tanlovlarni muntazam tashkil etib borish. | Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, | 2027/2028 oʻquv yili Reja-jadval asosida | Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
25. | Talabalarning ish topishlariga koʻmaklashish maqsadida Akademiyada Karyera markazi faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. Karyera markazi uchun alohida xona ajratish va uni kerakli moddiy-texnik baza, koʻrgazmali qurollar bilan taʼminlash hamda markazning nizomini ishlab chiqish. 2. Karyera markazi tomonidan taʼlim yoʻnalishlari xususiyatidan kelib chiqib, tashkilot va korxonalar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. | Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, | 2026-yil noyabr 2026-yil dekabr | Akademiya, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
26. | Akademiyada “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini tashkil etish. | 1. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish. 2. “Yosh kitobxon talabalar ligasi” tanlovi va “Zakovat” intellektual oʻyinlarini oʻtkazish tartibi asosida tanlovlarni yuqori saviyada oʻtkazish. | Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, homiylik va grant mablagʻlari | Reja-jadval asosida | Akademiya, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
27. | Romanlar, hikoyalar va kinofilmlar orqali yoshlar ongida xalq qahramonlari haqida chuqur tasavvur uygʻotish maqsadida targʻibot-tashviqot ishlarini keng yoʻlga qoʻyish. | 1. Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Najmiddin Kubro, jadid bobolarimiz, Ikkinchi jahon urushi davrida oʻz jonini fido qilgan qahramonlarning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan ijodiy kechalar va uchrashuvlarni tashkil etish. 2. Talabalarning teatr va muzeylarga tashrifini tashkil etish. | - | Reja-jadval asosida | Akademiya, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi |
VII. Akademiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash | |||||
28. | Akademiya faoliyatini tashkil etish uchun Akademiyani bino-inshootlar bilan taʼminlash. | 1. Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tizimidagi Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur koʻchasi 30-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkini tugatish hamda uning bino-inshootlari, mol-mulkini operativ boshqaruv huquqi asosida Akademiyaga begʻaraz oʻtkazib berish. 2. Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki shartnomalari, buxgalteriya hisoboti va qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari boʻyicha qarzdorliklarini huquqiy voris sifatida Akademiyaga oʻtkazish. 3. Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparkida xalqaro hamkorlik hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar Akademiya tomonidan amalga oshirilishini belgilash. | - | 2026-yil noyabr 2026-yil noyabr 2026-yil noyabr | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Oʻzbekiston-Koreya oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki, Akademiya |
29. | Akademiyaning oʻquv binolarini zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash. | 1. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Parij xalqaro moda akademiyasi bilan tashkil etilgan qoʻshma taʼlim dasturiga masʼul kafedralarining barcha moddiy-texnika bazasini Akademiyaga oʻtkazish. 2. Taʼlim yoʻnalishlarining xususiyatini inobatga olgan holda auditoriyalarni jihozlash uchun zarur vositalar roʻyxatini shakllantirish. 3. Akademiyani oʻquv va ilmiy-laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, multimedia mahsulotlari, oʻquv va ilmiy-uslubiy adabiyotlar, qurilish materiallari, inventar va moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlash. 4. Oʻquv auditoriyalariga zamonaviy jihozlar xarid qilish. | Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari | 2026 yil noyabr 2026-2027 yillar davomida | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Akademiya |
30. | Akademiyaga avtomobil saqlash uchun limit ajratish. | 1. Akademiyaga 2 ta, shu jumladan, 1 ta biriktirilgan, 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratish. 2. Ajratilgan avtomobillarni belgilangan tartibda zarur texnik vositalar bilan taʼminlash. | Davlat budjeti mablagʻlari | 2026-yil noyabr | Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Akademiya |
31. | Akademiya talabalari uchun davlat-xususiy sherikligi asosida 400 oʻrinli 1 ta talabalar turarjoyini qurib, foydalanishga topshirish. | 1. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarorida belgilangan talablar asosida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida talabalar turarjoyi binosini barpo etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. 2. Talabalar turar joyini qurib, foydalanishga topshirish. | Davlat budjeti hamda tadbirkorlik subyekti mablagʻlari | 2028-yil yakuniga qadar | Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Akademiya |
32. | Talabalarni turarjoy bilan taʼminlash. | Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining Akademiyaga oʻqishi koʻchirib oʻtkaziladigan talabalariga Akademiyaning talabalar turarjoyi foydalanishga topshirilgunga qadar institut talabalar turarjoyidan belgilangan tartibda foydalanishga ruxsat berish. | - | 2026-yil noyabr | Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Akademiya |