1-ILOVA
T/r | Maʼmuriy-hududiy birliklar nomi | Aholi soni, kishi |
Oʻzbekiston Respublikasi | 39 047 321 | |
1. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 2 149 932 |
viloyatlar: |
| |
2. | Andijon | 3 531 777 |
3. | Buxoro | 2 104 874 |
4. | Jizzax | 1 524 055 |
5. | Qashqadaryo | 3 692 323 |
6. | Navoiy | 1 184 591 |
7. | Namangan | 3 149 161 |
8. | Samarqand | 4 404 575 |
9. | Surxondaryo | 2 984 084 |
10. | Sirdaryo | 954 361 |
11. | Toshkent | 3 763 093 |
12. | Fargʻona | 4 238 911 |
13. | Xorazm | 2 140 746 |
14. | Toshkent sh. | 3 224 838 |
2-ILOVA
3-ILOVA
4-ILOVA
Taqdim etilgan barcha maʼlumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda foydalaniladi. Eʼlon qilinadigan natijalarda tashkilotingizni identifikatsiya qilish imkoni boʻlmaydi. | |||||||||||
BIZNESNI ROʻYXATGA OLISH SAVOLNOMASI | |||||||||||
Respondent toifasi: | Yirik, oʻrta va kichik korxonalar va mikrofirmalar (filial va boʻlinmalari bilan birga), nodavlat va notijorat tashkilotlar, xorijiy korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari va vakolatxonalari, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, oilaviy tadbirkorlar, hunarmandlar, import tovarlari sotuvchilari), oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar | ||||||||||
Savolnoma ID raqami: □ □□□ □□□□□ | Toʻldirilgan sana: □□ □□ □□□□ | ||||||||||
Toʻldirish usuli | □ yuzma-yuz | ||||||||||
I BOʻLIM. ASOSIY IDENTIFIKATSIYA, MANZIL VA ALOQA MAʼLUMOTLARI | |||||||||||
1.1 | Subyektning (yoki u tegishli boʻlgan korxonaning) yuridik nomini koʻrsating. Yuridik nomi boʻlmasa, iqtisodiy birlik egasining F.I.O.ni koʻrsating. | ______________________ | |||||||||
1.2 | Ushbu subyektning (yoki u tegishli boʻlgan korxonaning) yuridik nomidan farq qiladigan savdo nomi bormi? | □ Yoʻq ______ □ Ha | |||||||||
1.3 | Subyektingizning savdo (brend) nomini koʻrsating. | ______________________ | |||||||||
1.4 | Ushbu subyekt qaysi turga kiradi? | □ Alohida mustaqil korxona, tashkilot yoki mustaqil faoliyat yurituvchi jismoniy shaxs □ Korxonaning bosh ofisi | □ Korxona/tashkilotning filiali yoki boʻlinmasi □ Boshqa brend/tarmoq nomi ostida (Franshiza shartnomasi asosida) faoliyat yurituvchi mustaqil korxona | ||||||||
1.5 | Subyektning huquqiy maqomi qanday? | □ Masʼuliyati cheklangan jamiyat □ Aksiyadorlik jamiyati □ Xususiy yoki oilaviy korxona □ Shirkat □ Kooperatsiya □ Notijorat tashkilot (masalan, NNT) □ Davlat yoki maxsus qonunchilik hujjati asosida tashkil etilgan tashkilot | □ Boshqa, nomaʼlum yoki koʻrsatilmagan (xorijiy korxonalar va tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari, vakolatxonalar va boshqa yuridik tashkilotlar) □ Yakka tartibdagi tadbirkor (jismoniy shaxs koʻrinishidagi boshqa tadbirkorlik toifalari hisoblanadigan dehqon xoʻjaligi, hunarmandlar, oilaviy tadbirkorlar va import tovarlari sotuvchilari bilan birga) □ Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs □ Norasmiy (roʻyxatdan oʻtgan huquqiy maqomi yoʻq) | ||||||||
1.5a | Ushbu subyekt moliyaviy hisob-kitoblar yoki buxgalteriya hujjatlarini yuritadimi? | □ Ha _________ □ Yoʻq | |||||||||
1.5b | Buxgalteriya hisob-kitoblari va moliyaviy hujjatlar qaysi usullar/vositalar orqali yuritiladi? | □ Toʻliq buxgalteriya hisobi yuritiladi (foyda va zarar toʻgʻrisidagi hisobot hamda buxgalteriya balansi) □ Norasmiy moliyaviy yozuvlar kompyuterda yuritiladi (Excel/Word) □ Norasmiy moliyaviy yozuvlar yuritiladi (qogʻozda qoʻlyozma qaydlar) | |||||||||
1.5c | Buxgalteriya hisobini yuritish boʻyicha tizimni tanlang | □ 1C:Buxgalteriya □ 1UZ □ UzASBO | □ Paynet Xolis □ boshqa _________________ | ||||||||
1.5d | Subyekt oʻz faoliyatida qanday toʻlov usullaridan foydalanadi? (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | □ naqd pul orqali □ bank plastik kartasi orqali (POS terminal) □ bank plastik kartasi orqali (R2R, toʻlov ilovalari, QR kod) | □ hisobraqamga pul oʻtkazish orqali (bank oʻtkazmasi) □ boshqa | ||||||||
1.6 | Subyekt Oʻzbekistonda nechta joyda (filial/shuʼba) faoliyat yuritadi? (Bosh ofis filial/shuʼbalari soni 10 tadan ortiq boʻlgan hollarda ularning roʻyxati va manzillarini roʻyxatga oluvchiga taqdim etadi) | _______________ | |||||||||
1.7 | Korxona tarkibidagi nechta subyekt (filial/shuʼba) alohida yuridik shaxs maqomiga ega? (faqat bosh ofis uchun) | ______ | |||||||||
1.8 | Subyekt (bosh ofis, filial yoki shuʼba) faoliyat yuritayotgan manzil(lar)ni kiriting. | KTUT: _____________ ▾ Hudud: ___________________ ▾ Tuman/shahar: _____________ ▾ Mahalla: _________________ ▾ Koʻcha va uy raqami: __________________ | |||||||||
1.9 | Subyekt biznes maqsadlarida internetdan foydalanadimi? (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | □ Ha, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot uchun foydalanadi (facebook, telegram, instagram, whatsapp va boshqalar) □ Ha, ijtimoiy tarmoqlarda savdo uchun foydalanadi (facebook, telegram, instagram, whatsapp va boshqalar) □ Ha, maʼlumotlar joylashtirilgan veb-sahifadan foydalanadi □ Ha, internet orqali savdo qilishga moʻljallangan veb-sahifadan foydalanadi (uzum, yandex, olx va boshqalar) □ Yoʻq, veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar mavjud emas | |||||||||
1.10 | Subyektning amaldagi telefon raqamini kiriting. | +998 __ ___ __ __ Namuna: +998 90 123 45 67 | |||||||||
II BOʻLIM. FAOLIYAT TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOT | |||||||||||
2.1 | Subyekt qachon faoliyat boshlaganini koʻrsating. | _____ yil | |||||||||
2.2 | Quyidagi guruhlardan qaysi biri ushbu subyekt faoliyatini eng yaxshi tavsiflaydi? | □ Yetishtirish, yigʻish, dehqonchilik, chorvachilik, oʻrmonchilik va baliqchilik □ Qazib olish, ishlab chiqarish yoki mahsulot tayyorlash (sanoat ishlab chiqarish mahsulotlari va sanoat xarakteridagi xizmatlar) □ Qurilish □ Savdo □ Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari □ Moliyaviy xizmatlar (bank, sugʻurta va mikromoliya faoliyati) | □ Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish (taʼmirlash va yuvish xizmatlari) □ Transport, saqlash va yetkazib berish xizmatlari □ Yashash va umumiy ovqatlanish xizmatlari (mehmonxonalar, restoran, kafe, bar, oshxona, keytering va shu kabilar) □ Koʻchmas mulk bilan bogʻliq va ijara xizmatlari (turarjoy va noturarjoy binolari va uskunalar ijarasi) □ Taʼlim xizmatlari □ Sogʻliqni saqlash xizmatlari □ Kompyuterlar va maishiy tovarlarni taʼmirlash boʻyicha xizmatlar | □ Shaxsiy xizmatlar □ Meʼmorchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar □ Huquq va buxgalteriya, bosh kompaniyalar, ilmiy tadqiqotlar ishlanmalari, reklama, veterinariya, professional, ilmiy va texnik xizmatlari □ Ishga joylashtirish, turistik operatorlar, binolarga xizmat koʻrsatish va landshaft, davlat boshqaruvi, maʼmuriy-boshqaruv va yordamchi xizmatlar □ Boshqa xizmatlar koʻrsatish (ijod, sanʼat va koʻngil ochish, kutubxona, arxiv, muzey, madaniyat, sport, koʻngil ochish va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar va boshqalar) | |||||||
2.3 | Subyektning asosiy faoliyatini koʻrsating (asosiy faoliyat yoki kasb). (Asosiy faoliyat — eng koʻp qoʻshilgan qiymat yaratadigan faoliyat turidir. Qoʻshilgan qiymatni aniqlash imkoni boʻlmasa, korxonaning eng yuqori aylanmaga ega boʻlgan faoliyat turi uning asosiy faoliyati hisoblanadi) | _________________________________ ▾ (faoliyat klassifikatsiyalari asosida faoliyat turi nomi tanlanadi) | |||||||||
2.3a | Ushbu subyektda sotilayotgan mahsulotlar xodimlarning oʻzi tomonidan yetishtiriladimi (yigʻiladimi, tayyorlanadimi yoki ishlab chiqariladimi)? | □ Yoʻq, mahsulotlar asosan sotib olinib, qayta sotiladi | □ Ha, sotilayotgan mahsulotlar subyekt tomonidan yetishtiriladi (yigʻiladi, tayyorlanadi yoki ishlab chiqariladi) | ||||||||
2.4 | Ushbu subyekt asosan qaysi toifadagi mijozlarga xizmat koʻrsatadi? | □ Asosan aholi / uy xoʻjaliklari □ Asosan boshqa korxonalar (shu jumladan, davlat va boshqa tashkilotlar) □ Aholi / uy xoʻjaliklari va boshqa korxonalar (deyarli teng ulushda) | |||||||||
2.5 | Subyektda asosiy faoliyatidan farq qiladigan nechta qoʻshimcha faoliyat turlari bor? | □ qoʻshimcha faoliyat mavjud emas (0) □ qoʻshimcha 1 ta | □ qoʻshimcha 2 ta □ qoʻshimcha 3 ta yoki undan ortiq | ||||||||
2.6 | Subyekt bevosita qaysi tashqi savdo faoliyatlarini muntazam amalga oshiradi? (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | □ Import: _ □ Tovarlar _ □ Xizmatlar □ Eksport: _ □ Tovarlar _ □ Xizmatlar □ Import ham, eksport ham yoʻq | |||||||||
III BOʻLIM. BANDLIK | |||||||||||
Jami | shundan, ayollar | ||||||||||
3.1 | 2025-yilda ushbu subyektdagi barcha yollangan va yollanmagan ishlovchilarning oʻrtacha soni qancha boʻlgan? shundan: | □ □ □ □ | □ □ □ □ | ||||||||
3.2 | subyektdagi doimiy ishlovchi xodimlar sonini kiriting (mehnat daftarchasi ushbu subyektda yuritiladiganlar). | □ □ □ □ | □ □ □ □ | ||||||||
3.3 | ishlovchi mulkdorlar va oila aʼzolari sonini kiriting (ish haqi roʻyxatida emas, foyda hisobidan mablagʻ oladiganlar). | □ □ □ □ | □ □ □ □ | ||||||||
3.4 | tashqi oʻrindoshlar va fuqarolik-huquqiy tusda tuzilgan shartnomalar asosida ishlovchi xodimlar sonini kiriting. | □ □ □ □ | □ □ □ □ | ||||||||
3.5 | mavsumiy ishchilar/kunbay ishlovchilar sonini kiriting. | □ □ □ □ | □ □ □ □ | ||||||||
3.6 | xodimlaringiz orasida chet el fuqarolari mavjudmi? | □ Ha | □ Yoʻq | ||||||||
3.7 | Agar 3.6 “Ha” boʻlsa, unda sonini kiriting. | □ □ □ □ | □ □ □ □ | ||||||||
IV BOʻLIM. XARAJATLAR VA AYLANMA | |||||||||||
4.1 | 2025-yildagi jami xarajatlaringiz qiymatini kiriting. (ishlab chiqarish tannarxi, davr, moliyaviy va favqulodda xarajatlar) | _______ mln soʻm | |||||||||
4.2 | 2025-yildagi jami aylanmangiz qiymatini kiriting (qishloq xoʻjaligi, qurilish, sanoat, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatlaridan jami). | _______ mln soʻm | |||||||||
V BOʻLIM. SUBYEKTGA OID BOSHQA MAʼLUMOTLAR | |||||||||||
5.1 | Ushbu subyektning (yoki u tegishli boʻlgan korxonaning) nechta mulkdori bor? | □ 1 nafar mulkdor □ 2 nafar mulkdor □ 3 nafar yoki undan ortiq mulkdor | □ Mulkdor boshqa tashkilot yoki korxona (yoki davlat): jismoniy shaxs emas □ Tatbiq etilmaydi (masalan, diniy tashkilot) □ Nomaʼlum yoki koʻrsatilmagan | ||||||||
5.2 | Asosiy mulkdor/rahbarning jinsi? | □ Ayol ____ □ Erkak | |||||||||
5.3 | Asosiy mulkdor/rahbarning yosh oraligʻi qanday? | □ 24 yosh yoki undan kichik □ 25 — 39 yosh □ 40 — 54 yosh □ 55 yosh va undan katta □ Koʻrsatilmagan (nomaʼlum yoki javob bermagan) | |||||||||
5.4 | Ushbu subyektning (yoki u tegishli boʻlgan korxonani) ustav fondi shakllanish manbai qanday? | □ 100% mahalliy mulk □ 100% xorijiy mulk □ Qisman mahalliy va qisman xorijiy mulk □ Nomaʼlum yoki koʻrsatilmagan | |||||||||
5.4a | Tashkilot (yoki korxona)ning STIRni kiriting. | STIR: □ □ □ □ □ □ □ □ □ | |||||||||
5.4b | Jismoniy shaxsning JSHSHIRni kiriting. | JSHSHIR: □ □ □ □ □ □ □ □ □ □ □ □ □ □ | |||||||||
5.4c | Subyekt (yoki u tegishli boʻlgan korxona) Oʻzbekiston Respublikasining roʻyxatga olish organlari yoki soliq organlarida rasman roʻyxatdan oʻtganmi? | □ Ha _______ □ Yoʻq □ Bilmayman (yoki umuman maʼlum emas) | |||||||||
5.5 | Kelgusida subyekt qaysi usulda soʻrovdan oʻtishni afzal koʻradi? | □ Onlayn: elektron pochta havolasi orqali internet savolnoma □ Telefon orqali □ Yuzma-yuz intervyu | |||||||||
5.5a | Respondentning ismi. | ___________________________________ | |||||||||
5.5b | Respondentning lavozimi. | □ Egasi / direktor / rahbar / eng yuqori lavozimli xodim □ Oʻrta boʻgʻin rahbar/bosh hisobchi/boshqaruvchi □ Oddiy yoki kichik lavozimli xodim (yordamchi hisobchi) □ Yuqoridagi variantlardan hech biri yoki javob berishdan bosh tortdi | |||||||||
5.5c | Respondentning telefon raqami. | +998 __ ___ __ __ | |||||||||
4a-ILOVA
Taqdim etilgan barcha maʼlumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistik maqsadlarda foydalaniladi. Eʼlon qilinadigan natijalarda tashkilotingizni identifikatsiya qilish imkonini beruvchi maʼlumotlar oshkor etilmaydi. | |||||||||||||
BIZNESNI ROʻYXATGA OLISH SAVOLNOMASIGA ILOVA | |||||||||||||
IQTISODIY KUZATUV SAVOLNOMASI | |||||||||||||
Respondent toifasi: | Yirik, oʻrta va kichik korxonalar va mikrofirmalar (filial va boʻlinmalari bilan birga), fermer va dehqon xoʻjaliklari, nodavlat va notijorat tashkilotlar, xorijiy korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari va vakolatxonalari, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, oilaviy tadbirkorlar, hunarmandlar, import tovarlari sotuvchilari) va roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat yuritayotgan jismoniy shaxslar | ||||||||||||
Savolnoma ID raqami: □ □□□ □□□□□ | Toʻldirilgan sana: □□ □□ □□□□ | ||||||||||||
Toʻldirish usuli: | □ yuzma-yuz □ internet tarmogʻi orqali (web/e-stat) | ||||||||||||
I BOʻLIM. KORXONANING TAVSIFI VA IQTISODIY FAOLIYAT TURLARI | |||||||||||||
1.1 | 2025-yil uchun asosiy faoliyat turi kodi toʻgʻri koʻrsatilganmi? Asosiy faoliyat — eng koʻp qoʻshilgan qiymat yaratadigan faoliyat turidir. Qoʻshilgan qiymatni aniqlash imkoni boʻlmasa, korxonaning eng yuqori aylanmaga ega boʻlgan faoliyat turi uning asosiy faoliyati hisoblanadi. | ___________________ ▼ | |||||||||||
1.2 | 2025-yilda asosiy faoliyatdan tashqari boshqa bir yoki bir nechta faoliyat turlari mavjudmi? | □ Ha ____ □ Yoʻq | |||||||||||
1.3 | 2025-yil uchun eng yirik qoʻshimcha faoliyat turini koʻrsating. | ___________________ ▼ | |||||||||||
1.4 | 2025-yilda operatsion tushum/daromadlarning necha foizi (%) elektron tijoratdan (internet savdodan) olingan? Veb-sayt, mobil ilova, onlayn marketpleys yoki ijtimoiy tarmoq orqali buyurtma qilingan sotuvlarni kiriting. Masalan, Uzum Market, korxona veb-sayti, Telegram yoki Instagram orqali. | ____% | |||||||||||
1.5 | 2025-yilda operatsion tushum/daromadlarning necha foizi (%) turizmdan (turistlarga toʻgʻridan-toʻgʻri sotuvlardan) olingan? Mahalliy yoki xorijiy turistlarga bevosita sotilgan tovarlar yoki xizmatlarni kiriting. Masalan, Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa turistik hududlarda mehmonxona xizmatlari, tur xizmatlari, transport, ovqatlanish yoki suvenirlar. | ____% | |||||||||||
1.6 | 2025-yilda operatsion tushum/daromadlarning necha foizi (%) raqamli iqtisodiyot (AKT bilan bogʻliq xizmatlar) dan olingan? Dasturiy taʼminot ishlab chiqish, AT xizmatlari, telekommunikatsiya, raqamli platformalar, onlayn kontent va raqamli tarzda koʻrsatiladigan boshqa xizmatlardan tushgan daromadlarni kiriting. Masalan, mobil ilovalar, veb-sayt yaratish yoki bulutli xizmatlar. | ____% | |||||||||||
1.7 | 2025-yilda oʻz ehtiyojlaringiz uchun elektr energiyasi ishlab chiqarganmisiz? (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | □ Ha, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan □ Quyosh paneli □ Shamol turbinasi □ Suv turbinasi □ Ha, yoqilgʻida ishlaydigan generatordan □ Yoʻq | |||||||||||
1.8 | 2025-yilda oʻz ehtiyojlaringiz uchun (yoki tarmoqqa uzatish uchun) qancha kilovatt-soat (kVt•soat) elektr energiyasi ishlab chiqargansiz? | ___ kVt soat | |||||||||||
1.9 | Korxona oʻz ehtiyoji uchun (ishlab chiqarishda) suv ishlab chiqarganmi? | □ Yoʻq □ Ha, quduqlar yoki buloqlar orqali □ Ha, ochiq suv manbalari (daryolar yoki koʻllar) orqali □ Ha, atmosfera havosidan suv hosil qilish orqali | |||||||||||
1.10 | 2025-yilda oʻz ehtiyoji uchun qancha metr kub (1000 litr) suv ishlab chiqarilgan? | ___ m3 | |||||||||||
1.11 | 2025-yilda oʻz ehtiyoji uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) qiymati qancha (1.8 — elektr energiyasi va 1.10- suvdan tashqari)? | ______ mln soʻm | |||||||||||
II BOʻLIM. XARAJATLAR VA INVESTITSIYALAR | |||||||||||||
2.1 | 2025-yildagi jami xarajatlaringiz qiymatini kiriting. | _____ mln soʻm | |||||||||||
2.2 | 2025-yilda yuzaga kelgan xarajat toifalarini va ularning jami qiymatini koʻrsating. (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | □ Ish haqi — ______ mln soʻm □ Ijtimoiy sugʻurta va mehnat bilan bogʻliq boshqa xarajatlar — ______ mln soʻm □ Ishlab chiqarishda foydalanilgan xomashyo va materiallar — ______ mln soʻm □ Qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar — _________ mln soʻm □ Yer va binolar ijarasi/lizingi xarajatlari — ______ mln soʻm □ Uskunalar (transport, texnika va h.k.) ijarasi/lizingi xarajatlari — ______ mln soʻm □ Elektr energiyasi, gaz, suv va boshqa kommunal xizmatlar — ______ mln soʻm □ Yoqilgʻi xarajatlari — ______ mln soʻm □ Transport xizmatlari xarajatlari (faqat transport kompaniyalari bilan ishlasangiz koʻrsating) — ______ mln soʻm □ Boshqa logistika xizmatlari (ombor va h.k.) — ______ mln soʻm □ Kuryerlik xizmatlari — ______ mln soʻm | □ Taʼmirlash va texnik xizmat koʻrsatish xarajatlari — ______ mln soʻm □ Aloqa va internet xarajatlari — ______ mln soʻm □ Yuridik, buxgalteriya, konsalting va boshqa professional xizmatlar — ______ mln soʻm □ Sugʻurta xarajatlari — ______ mln soʻm □ Reklama va marketing xarajatlari — ______ mln soʻm □ Qoʻriqlash va tozalash xizmatlari — ______ mln soʻm □ Bank xizmatlari toʻlovlari va boshqa moliyaviy xarajatlar — ______ mln soʻm □ Aktivlar amortizatsiyasi (moddiy/nomoddiy aktivlar) — ______ mln soʻm □ Boshqa operatsion xarajatlar — ______ mln soʻm □ Kreditlar va lizing boʻyicha foizlar — ______ mln soʻm □ Soliqlar, yigʻimlar va boshqa majburiy toʻlovlar — ______ mln soʻm | ||||||||||
2.3 | 2025-yilda kiritilgan investitsiyalarning jami qiymati qancha boʻlgan? (Asosiy kapitalga va ishlab chiqarilmagan nomoliyaviy aktivlarga kiritilgan investitsiyalar) | ______ mln soʻm | |||||||||||
2.4 | 2025-yilda qanday turdagi investitsiyalarni amalga oshirgansiz? (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | □ Yer sotib olish ______ mln soʻm □ Yerni yaxshilash ishlari ______ mln soʻm □ Bino va inshootlar qurish_____ mln soʻm □ Transport vositalari, shu jumladan, avtomobillar, kemalar yoki samolyotlar ______ mln soʻm | □ Mashina, uskunalar, ishlab chiqarish va xoʻjalik jihozlari ______ mln soʻm □ Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari ______ mln soʻm □ Boshqa nomoddiy aktivlar, shu jumladan, brend nomlari, patentlar yoki litsenziyalar ______ mln soʻm □ Yuqorida koʻrsatilmagan boshqa asosiy kapitalga investitsiyalar ______ mln soʻm | ||||||||||
III BOʻLIM. DAROMADLAR | |||||||||||||
3.1 | 2025-yildagi jami aylanmangizni kiriting (qishloq xoʻjaligi, qurilish, sanoat, savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatlaridan jami) shundan: | ____ mln soʻm | |||||||||||
3.1a | qishloq xoʻjaligi (dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, oʻrmon xoʻjaligi va boshqalar) | ____ mln soʻm | |||||||||||
3.1b | sanoat (togʻ-kon sanoati, qayta ishlash sanoati, elektr energiyasi, gaz, suv bilan taʼminlash va boshqa sanoat faoliyatlari) | ____ mln soʻm | |||||||||||
3.1d | qurilish (binolar va inshootlar qurilishi, ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari, taʼmirlash va boshqa qurilish faoliyatlari) | ____ mln soʻm | |||||||||||
3.1e | savdo faoliyati (tovarlarni sotib olingan holatida oʻzgartirmasdan sotish) | ____ mln soʻm | |||||||||||
3.1f | xizmat koʻrsatish faoliyati (barcha turdagi xizmatlar, shu jumladan, bino va inshootlarni ijaraga berishdan olingan daromadni ham qoʻshgan holda) | ____ mln soʻm | |||||||||||
3.2 | 2025-yil uchun olingan boshqa daromad turlarini tanlang va ularning qiymatini kiriting. (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | □ Aktivlarni sotishdan tushgan daromad ______ mln soʻm □ Foiz daromadlari ______ mln soʻm □ Dividend koʻrinishidagi daromadlar ______ mln soʻm □ Boshqa moliyaviy aktivlar yoki investitsiyalardan daromad ______ mln soʻm □ Valyuta kursi farqidan foyda ______ mln soʻm □ Sugʻurta toʻlovlari va kompensatsiyalar ______ mln soʻm □ Davlat subsidiyalari _____ mln soʻm | □ Mahalliy tashkilotlardan olingan grantlar ______ mln soʻm □ Xalqaro tashkilotlardan olingan grantlar ______ mln soʻm □ Olingan xayriya yoki ixtiyoriy badallar ____ mln soʻm □ Boshqa tomonlardan olingan kompensatsiyalar (jarima, penyalar) ___ mln soʻm □ Asosiy faoliyatga bogʻliq boʻlmagan royalti, litsenziya yoki intellektual mulkdan daromad ______ mln soʻm □ Boshqa operatsion boʻlmagan daromad ______ mln soʻm | ||||||||||
IV BOʻLIM. ZAXIRALAR | |||||||||||||
2025-yil boshiga | 2025-yil oxiriga | ||||||||||||
4.1 | Ishlab chiqarish xomashyosi va materiallari zaxiralari qiymati | ____ mln soʻm | ____ mln soʻm | ||||||||||
4.2 | Qayta sotish uchun sotib olingan tovarlar zaxiralari qiymati | ____ mln soʻm | ____ mln soʻm | ||||||||||
4.3 | Tugallanmagan ishlab chiqarish qiymati (yarimtayyor mahsulotlar, tugallanmagan qurilish ishlari va boshqalar) | ____ mln soʻm | ____ mln soʻm | ||||||||||
4.4 | Tayyor mahsulot qoldigʻi qiymati (qishloq xoʻjaligi va qurilish sohasidagi tayyor mahsulotlarni ham qoʻshgan holda) | ____ mln soʻm | ____ mln soʻm | ||||||||||
V BOʻLIM. ASOSIY VOSITALAR, TRANSPORT VA OMBORLAR | |||||||||||||
5.1 | Subyektda qanday turdagi asosiy vositalar yoki ishlab chiqarish obyektlari (kredit yoki lizingga olinganini qoʻshgan holda) mavjud? (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | □ Yer, binolar va inshootlar □ Transport vositalari □ Boshqa uskunalar, mashinalar va asboblar □ Mavjud emas | |||||||||||
5.2 | Subyekt qanday turdagi transport xizmatlaridan muntazam foydalanadi? (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | □ Transport/logistika kompaniyalari transport xizmatlaridan (ijarani ham qoʻshgan holda) □ Taksi/kuryer xizmatlaridan □ Xodimlarning shaxsiy transportidan □ Foydalanilmaydi | |||||||||||
5.3 | Oʻz transport vositalaringizdan foydalansangiz, ularning turi va sonini koʻrsating. (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | Yengil avtomobil | □ □ □ | ||||||||||
Yuk avtomobili | □ □ □ | ||||||||||||
Qurilish maxsus texnikasi | □ □ □ | ||||||||||||
Qishloq xoʻjaligi texnikasi | □ □ □ | ||||||||||||
Avtobus/mikroavtobus | □ □ □ | ||||||||||||
Mototsikl/skuter/ kuryer transporti | □ □ □ | ||||||||||||
Boshqa: __________ | □ □ □ | ||||||||||||
5.3a | Qishloq xoʻjaligi texnikasi mavjud boʻlsa, uning turlarini va sonini koʻrsating. (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | Oʻz balansida | Balansda boʻlmagan (kredit, lizing va boshqa tarzda olinganlar) | ||||||||||
Traktorlar | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
Seyalkalar | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
Traktor tirkamalari | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
Traktor omochlari | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
Kultivatorlar | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
Traktor oʻrgichlar | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
Traktor xaskashlar | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
Paxta terish mashinalari | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
Gʻalla oʻrib — yigʻadigan kombaynlar | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
Ozuqa oʻrib — yigʻuvchi kombaynlar | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
Tekislagichlar | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
Ariq va kanal qazgichlar | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
Traktor purkagichlari va changlatgichlari | □ □ □ | □ □ □ | |||||||||||
5.4 | Subyekt omborxonadan foydalanadimi? (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | □ Ha, oʻz omborxonasidan □ Ha, ijaraga olingan omborxonadan □ Yoʻq, foydalanilmaydi | |||||||||||
5.4a | Agar 5.4-savolga “ Ha” boʻlsa: u qayerda joylashgan? (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | □ Korxona hududida (faqat oʻz omborxonasi uchun) □ Bozor yoki boshqa biznes obyekti hududida □ Uydagi saqlash joyida □ Boshqa joyda | |||||||||||
5.5 | Foydalaniladigan omborxonalar soni va umumiy maydonini koʻrsating. | ____ ta ____ m2 jami | |||||||||||
5.6 | Qanday turdagi omborxona yoki saqlash joyidan foydalanasiz? (Bir nechta javob tanlanishi mumkin) | □ Yopiq ombordan □ Ochiq saqlash maydonidan □ Sovitkich/muzlatkich omboridan □ Konteyner yoki vaqtincha saqlash joyidan □ Biznes obyekti ichidagi saqlash xonasi, yertoʻla yoki boshqa joydan | |||||||||||
5-ILOVA
T/r | Chora-tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmlari | Amalga oshirish muddatlari | Masʼul ijrochilar |
I. Biznesni roʻyxatga olishni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy-huquqiy tadbirlar | ||||
1. | Oʻzbekiston Respublikasida biznesni roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish) boʻyicha tashkiliy-metodik hujjatlarni ishlab chiqish. | 1. Roʻyxatga olish jarayonlariga vaqtincha jalb etiladigan xodimlarning lavozim majburiyatlarini ishlab chiqish. | 2026-yil 13-oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olishning respondentlarga doir maʼlumotlariga ishlov berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish. | 2026-yil 13-oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi | ||
II. Roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish | ||||
2. | Roʻyxatga olish uchun jalb etiladigan barcha toifadagi iqtisodiy birliklar roʻyxatini shakllantirish. | 1. Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri bazasi maʼlumotlari asosida yuridik shaxslar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil 13-oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Maʼmuriy maʼlumotlar asosida hududlar kesimida roʻyxatga olish uchun jalb etiladigan barcha toifadagi iqtisodiy birliklar roʻyxatini shakllantirish. | 2026-yil 13-oktabr | |||
3. Tayyorlangan roʻyxatlarning tuman, shahar hokimliklari, mahallalar va statistika organlariga yetkazilishini tashkil etish. | 2026-yil 13-oktabr | |||
3. | Roʻyxatga olish ishlariga jalb etiladigan xodimlar roʻyxatini shakllantirish. | 1. Roʻyxatga olish tadbirida roʻyxatga oluvchi sifatida ishtirok etadigan hokim yordamchilari va statistika organlari xodimlari roʻyxatini shakllantirish hamda tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan roʻyxatlarni umumlashtirish va kelishish hamda tasdiqlash uchun Respublika komissiyasiga taqdim etish. 3. Hududlar boʻyicha shakllantirilgan va kelishish uchun kiritilgan roʻyxatga oluvchilar roʻyxatini tasdiqlash. | 2026-yil 13-oktabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari, Milliy statistika qoʻmitasi, Respublika komissiyasi |
4. | Aholini roʻyxatga olish axborot tizimi”ni (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish axborot tizimi) biznesni roʻyxatga olish savolnomalarini qoʻshgan holda takomillashtirishni, sinovdan oʻtkazishni va uning uzluksiz ishlashini taʼminlash. | 1. Xavfsizligi taʼminlangan holda, Internet jahon axborot tarmogʻi (keyingi oʻrinlarda — internet tarmogʻi) orqali va planshet qurilmalari yordamida respondentlarga doir maʼlumotlarni toʻplash, qayta ishlash, tahlil qilish va natijalarini chiqarish imkoniyatini beruvchi mavjud roʻyxatga olish axborot tizimini takomillashtirish va sinovdan oʻtkazish. | 2026-yil 13-oktabrga qadar | Milliy statistika qoʻmitasi |
2. Roʻyxatga olish axborot tizimining maxsus mobil ilovasini ishlab chiqish. | ||||
3. Roʻyxatga olish davrida roʻyxatga olish axborot tizimining uzluksiz ishlashini taʼminlash. | 2026-yil oktabr-noyabr | |||
5. | Roʻyxatga oluvchilar sifatida jalb etilgan hokim yordamchilari va boshqa shaxslarni bir martalik ragʻbatlantirish. | Roʻyxatga oluvchilar sifatida jalb etilgan hokim yordamchilari va boshqa shaxslarni bir martalik ragʻbatlantirishni tashkil etish. | 2026-yil 10-dekabr | Milliy statistika qoʻmitasi |
6. | Roʻyxatga olish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Roʻyxatga olishni oʻtkazishga jalb qilinadigan xodimlarni oʻqitish uchun yaroqli boʻlgan mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtincha binolar yoki xonalar ajratish. | 2026-yil oktabr | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
2. Roʻyxatga olishga vaqtincha jalb etilgan xodimlar faoliyatini tashkil etish uchun zarur transport vositalari bilan taʼminlash. | 2026-yil oktabr-noyabr | |||
3. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha monitoring qilish. | Doimiy | |||
7. | Roʻyxatga olish jarayonlarini texnik qoʻllab-quvvatlash. | 1. Roʻyxatga olish axborot tizimi uchun zarur boʻladigan server quvvatlarini aniqlash va “Elektron hukumat” data markazi zarur server quvvatlaridan foydalanish. | 2026-yil 13-oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Roʻyxatga olish jarayonida murojaatlar bilan ishlash va respondentlarni qoʻllab-quvvatlash uchun “Koll markaz” tashkil etish. | 2026-yil 13-oktabrga qadar | |||
3. Jarayon davomida internet aloqa kanalini ajratish va uning uzluksiz ishlashini taʼminlash. | 2026-yil 13-oktabrdan boshlab | |||
8. | Roʻyxatga olish axborot tizimining maxsus mobil ilovasini planshet qurilmalariga oʻrnatishni tashkil etish. | 1. Roʻyxatga olish axborot tizimining maxsus mobil ilovasini hokim yordamchilari va boshqa jalb qilinadigan xodimlarning planshet qurilmalariga oʻrnatishni taʼminlash. | 2026-yil 15-oktabrga qadar | Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi |
2. Maxsus mobil ilovani ishlatish tartibi boʻyicha foydalanish qoʻllanmasini ishlab chiqish va foydalanuvchilarga texnik koʻmak koʻrsatish. | 2026-yil 13-oktabr | |||
9. | Roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish masalalari boʻyicha statistika organlari xodimlarini oʻqitish. | 1. Oʻqitish dasturini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 2. Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati va hududiy statistika organlari xodimlarini oʻqitish. 3. Hududiy statistika organlaridan tanlangan trenerlarni oʻqitish. | 2026-yil oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi |
10. | Roʻyxatga olishga jalb etiladigan xodimlarni oʻqitish. | 1. Oʻqitish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Hokim yordamchilari va boshqa jalb qilinadigan xodimlarni oʻqitish. | 2026-yil oktabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
11. | Roʻyxatga olishning targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish. | 1. Tashkilotchilar tomonidan taqdim etiladigan videoroliklar va ijtimoiy reklamalar tayyorlash hamda ularni televideniyeda namoyish etish hamda ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish va boshqa axborot-targʻibot ishlarini amalga oshirish. | 2026-yil oktabr-noyabr | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi |
2. Roʻyxatga olish jarayoni haqida mobil aloqa operatorlari orqali aholining barcha qatlamiga SMS-xabarnoma yuborish. | 2026-yil oktabr-noyabr | Raqamli texnologiyalar vazirligi Milliy statistika qoʻmitasi | ||
3. Roʻyxatga olishning targʻibot ishlarini professional darajada tashkil etish maqsadida, tadbirni internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, telegram va instagram sahifalarida keng yoritish boʻyicha tajribaga ega PR kompaniyalar boʻyicha oʻrganish oʻtkazish va Vazirlar Mahkamasiga asoslangan taklif kiritish. | 2026-yil oktabr | |||
12. | Hokim yordamchilarini roʻyxatga olishga tayyorlash va ularni ragʻbatlantirish. | 1. Hokim yordamchilari boʻyicha mavjud boʻsh ish oʻrinlarining malakali mutaxassislar bilan toʻldirilishi va ularni oʻqitish jarayonlaridagi ishtirokini tashkil etish. | 2026-yil 13-oktabrga qadar | Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi |
2. Hokim yordamchilari va roʻyxatga oluvchi sifatida jalb qilingan boshqa shaxslarni roʻyxatga olish tadbiridagi ishtirokini 2026-yil IV chorak yakunlari boʻyicha ularning eng asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ni baholash va ragʻbatlantirish toʻlovlarini amalga oshirishda inobatga olish. | 2027-yil 1 chorak | |||
3. Mahallalarda roʻyxatga olish tadbirlarini oʻtkazishda haqqoniylik va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi uchun hokim yordamchilarining masʼuliyatini belgilab qoʻyish. | Roʻyxatga olish davrida | |||
13. | Tadbirkorlik subyektlari orasida roʻyxatga olish tadbirini keng targʻib qilish. | Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti orqali tadbirkorlik subyektlari uchun roʻyxatdan oʻtish va roʻyxatga olish axborot tizimidan foydalanish boʻyicha amaliy oʻquv-seminarlarini, shu jumladan, masofaviy shaklda tashkil etish. | 2026-yil 15-oktabrga qadar | Milliy statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, tuman (shahar) hokimliklari |
III. Roʻyxatga olishni oʻtkazish | ||||
14. | Roʻyxatga olish ishlarining sifatli oʻtkazilishini tashkil etish. | Planshet qurilmalari orqali roʻyxatga olish ishlarining respondentlar faoliyat koʻrsatayotgan (boʻlib turgan) turar joy va noturar joylarga, binolar, maydonlar va bozorlarga tashrif buyurgan holda soʻrov oʻtkazish orqali sifatli oʻtkazilishini tashkil etish. | 2026-yil 15-oktabr — 30-noyabr | Respublika komissiyasi, Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Ichki ishlar vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
15. | Roʻyxatga olish jarayonlarida ishtirok etuvchi xodimlarning xavfsizligini taʼminlash. | 1. Jinoyatchilik koʻp uchraydigan hududlar roʻyxatlarini shakllantirish va hududiy statistika organlariga taqdim etish. | 2026-yil 13-oktabrga qadar | Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya |
2. Roʻyxatga olish jarayonlarida jamoat tartibini saqlash maqsadida roʻyxatga oluvchi xodimlarga bir nafar xodim biriktirish. 3. Roʻyxatga olish ishlariga jalb etilgan shaxslarning xavfsizligini taʼminlash. 4. Hududlarda tinchlik va osoyishtalikni, jamoat tartibini, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash. | 2026-yil oktabr-noyabr | |||
IV. Moddiy-texnik va moliyaviy taʼminot | ||||
16. | Roʻyxatga olishning xarajatlar hisob-kitobini ishlab chiqish. | Roʻyxatga olish xarajatlari hisob-kitobini quyidagilarni hisobga olgan holda ishlab chiqish: ish haqi va ragʻbatlantirish xarajatlari; asosiy vositalar xarid qilish va maxsus roʻyxatga olish axborot tizimini ishlab chiqish uchun xarajatlar; xodimlarni oʻqitish xarajatlari; xizmat safari va transport xarajatlari; meʼyoriy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va chop etish xarajatlari; videorolik, ijtimoiy reklama va tarqatma materiallar tayyorlash xarajatlari; roʻyxatga olish natijalarini chop etish xarajatlari; kutilmagan va boshqa xarajatlar. | 2026-2027-yillar davomida | Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar |
17. | Roʻyxatga olish jarayonlarida zarur boʻladigan moddiy-texnik vositalar, hujjatlar va boshqa zarur vositalar xarid qilish hamda hududlarga yetkazish. | 1. “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablari asosida moddiy-texnik va boshqa zarur vositalarni zaruratga koʻra xarid qilish. 2. Xarid qilingan moddiy-texnik va boshqa zarur vositalarni hududlarga yetkazib berish. | 2026-yil yakuniga qadar | Milliy statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari |
V. Roʻyxatga olishning yakunlari | ||||
18. | Roʻyxatga olishning dastlabki maʼlumotlarini tayyorlash. | 1. Internet tarmogʻi orqali va planshet qurilmalari yordamida yigʻilgan respondentlarga doir birlamchi maʼlumotlarni umumlashtirish. 2. Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida roʻyxatga olishning dastlabki maʼlumotlarini shakllantirish. | 2027-yil 1-iyunga qadar | Milliy statistika qoʻmitasi |
19. | Roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlarini tayyorlash. | 1. Maxsus axborot tizimidan foydalangan holda roʻyxatga olishning natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish. 2. Roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlar bazasini shakllantirish. 3. Respublika va hududlar darajasida tahliliy maʼlumotlar va jadvallarni tayyorlash. | 2027-yil 1-avgust | Milliy statistika qoʻmitasi |
20. | Roʻyxatga olishning yakuniy maʼlumotlarini eʼlon qilish va hujjatlarni saqlash. | 1. Yakuniy maʼlumotlarni eʼlon qilish. 2. Yakuniy maʼlumotlarni rasmiy nashr ettirish va tarqatish. | 2027-yil 1-sentabr | Milliy statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzarxiv” agentligi |
3. Roʻyxatga olishning dastlabki va yakuniy maʼlumotlarini hamda boshqa hujjatlarini arxivda saqlashga tayyorlash. | 2028-yil 1-iyul | |||
4. Doimiy saqlash muddatiga ega hujjatlarni davlat arxiviga topshirish. | Belgilangan muddatlarda | |||
6-ILOVA
1. | J.A. Qoʻchqorov | — | Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi |
2. | Gʻ.Gʻ. Mirzayev | — | Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi |
3. | B.S. Hamrayev | — | Milliy statistika qoʻmitasi raisi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari |
4. | B.X. Tashmatov | — | Milliy gvardiya qoʻmondoni |
5. | A.A. Tashpulatov | — | ichki ishlar vaziri |
6. | A.J. Tashkulov | — | adliya vaziri |
7. | Sh.X. Shermatov | — | raqamli texnologiyalar vaziri |
8. | B.E. Zaxidov | — | kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri |
9. | I.R. Maxkamov | — | transport vaziri |
10. | I.Yu. Abduraxmonov | — | qishloq xoʻjaligi vaziri |
11. | F.J. Pulatov | — | Soliq qoʻmitasi raisi |
12. | D.A. Vaxabov | — | Savdo-sanoat palatasi raisi |
13. | S.A. Turdiyev | — | Kadastr agentligi direktori |
14. | U.M. Yusupov | — | “Oʻzarxiv” agentligi direktori |
15. | A.A. Xaitov | — | Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi |
16. | A.K. Koʻchimov | — | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
17. | M.A. Safarov | — | Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi oʻrinbosari |
18. | O.N. Mirzayev | — | “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi direktori |
19. | Z.M. Ziyayev | — | Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi kotibi |
6a-ILOVA
(lavozimi boʻyicha) | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Komissiya raisi |
(lavozimi boʻyicha) | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, Komissiya raisi oʻrinbosari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari, Komissiya raisi oʻrinbosari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari hamda Toshkent viloyati va Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Raqamli texnologiyalar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi transport vaziri, viloyatlar transport boshqarmalari va Toshkent shahri transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri soliq boshqarmalari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Savdo-sanoat palatasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermerlari kengashi raislari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi hududiy teleradiokompaniyalar direktorlari |
6b-ILOVA
(lavozimi boʻyicha) | — | tuman (shahar) hokimi, Komissiya raisi |
(lavozimi boʻyicha) | — | tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari |
(lavozimi boʻyicha) | — | tuman (shahar) statistika boʻlimlari boshliqlari, Komissiya raisi oʻrinbosari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | tuman (shahar) soliq inspeksiyalari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Savdo-sanoat palatasining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari |
(lavozimi boʻyicha) | — | Kadastr agentligi tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari |
7-ILOVA
T/r | Roʻyxatga olinadigan iqtisodiy birliklar toifalari | Roʻyxatga olish usullari | Kimlar tomonidan oʻtkaziladi |
1. | Yuridik shaxslar (yirik, oʻrta va kichik korxona hamda mikrofirmalar, fermer va dehqon xoʻjaliklari, nodavlat notijorat tashkilotlar), shuningdek, chet el yuridik shaxslarining doimiy muassasalari, doimiy vakolatxonalari, xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari | 4-ilovadagi savolnoma — planshet qurilmalari yordamida yuzma-yuz soʻrov | Hokim yordamchilari |
4a-ilovadagi savolnoma — hisobot.stat.uz axborot tizimi orqali oʻzlari mustaqil roʻyxatdan oʻtish | Respondentlar | ||
2. | Oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar | roʻyxatga olish axborot tizimi (census.stat.uz) orqali 4-ilovadagi savolnoma asosida mustaqil roʻyxatdan oʻtish | Respondentlar |
3. | Roʻyxatdan oʻtmasdan faoliyat koʻrsatayotgan subyektlar | planshet qurilmalari yordamida yuzma-yuz soʻrov 4 va 4a-ilovalardagi savolnomalar asosida | Hokim yordamchilari va statistika organlari xodimlari |
4. | Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar | planshet qurilmalari yordamida yuzma-yuz soʻrov 4 va 4a-ilovalardagi savolnomalar asosida | Hokim yordamchilari |
5. | Dehqon (oziq-ovqat) bozorlari, ixtisoslashtirilgan va buyum bozorlari (savdo komplekslari) hamda ular hududida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar (2-bandda koʻzda tutilgan mustaqil roʻyxatdan oʻtgan oʻzini oʻzi band qilgan jismoniy shaxslar bundan mustasno) | planshet qurilmalari yordamida yuzma-yuz soʻrov 4 va 4a-ilovalardagi savolnomalar asosida | Statistika organlari xodimlari |
8-ILOVA
T/r | Maʼmuriy maʼlumotlar mazmuni | Taqdim etishga masʼul idoralar | Maʼlumotlar davriyligi | Taqdim etish muddati |
1. | Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslarning (yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xoʻjaliklari, hunarmandlar, oilaviy tadbirkorlar, import tovar sotuvchilar) roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat yuritayotgan yoki yuritgan sanasi, manzili (hudud, tuman, MFY, koʻcha, uy raqami), telefon raqami, faoliyat kodi, faoliyat holati maʼlumotlari | Adliya vazirligi | 2026-yil 1-oktabr holatiga | 2026-yil 12-oktabr |
Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan “Nodavlat notijorat tashkilotining faoliyati toʻgʻrisidagi” hisobot shakli asosida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan adliya organlariga taqdim etilgan moliyalashtirish manbalari, mablagʻlarning sarflanishi toʻgʻrisida subyektlar kesimida maʼlumotlar | 2025-yil uchun | 2026-yil 12-oktabr, kelgusida integratsiya orqali doimiy | ||
2. | Roʻyxatdan oʻtgan yuridik (yirik, oʻrta, kichik, mikrofirma) va jismoniy shaxslar, shu jumladan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga oid (roʻyxatdan oʻtgan sanasi, roʻyxatdan oʻtgan va faoliyat koʻrsatayotgan manzili (hudud, tuman, MFY, koʻcha, uy raqami), telefon raqami, faoliyat kodi) maʼlumotlar | Soliq qoʻmitasi | 2026-yil 1-sentabr va 2026-yil 1 oktabr holatiga | 2026-yil 12-oktabr |
Roʻyxatdan oʻtgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar faoliyatiga oid (sof tushumi, daromadlari, xarajatlari (tannarx, davr va moliyaviy xarajatlar), tovar-moddiy zaxiralar qiymati (ishlab chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tovarlar va tayyor mahsulot qiymati boʻyicha hisobot davri boshiga va oxiriga), toʻlangan daromad, foyda soligʻi, yagona ijtimoiy toʻlov, xodimlarning oʻrtacha soni va ish haqi), respondentlar kesimida, toʻliq maʼlumotlar bazasi | 2025-yil yanvar — dekabr | 2026-yil 12-oktabr | ||
3. | Mahallalar chegaralari hamda har bir jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli yer uchastkalari konturlari koʻrsatilgan holda yangilangan elektron xaritalar, shuningdek, ushbu yer uchastkalari boʻyicha identifikatorlar, toifalari va boshqa zarur maʼlumotlar bazasi | Kadastr agentligi | 2026-yil 1-sentabr va 2026-yil 1 oktabr holatiga | 2026-yil 12-oktabr |
4. | Elektr energiyasi va gaz isteʼmolchilari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga oid (nomi, manzili, telefon raqami, foydalangan elektr energiyasi va gaz isteʼmoli hajmi), hududlar va isteʼmolchilar kesimida toʻliq maʼlumotlar bazasi | “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati, “Hududgaztaʼminot” aksiyadorlik jamiyati | 2025-yil yanvar — dekabr, 2026-yil yanvar — sentabr | 2026-yil 12-oktabr |
5. | “Yashil energiya” axborot tizimiga kiritilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari oʻrnatilgan va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi (quvvat) boʻyicha maʼlumotlar bazasi | Energetika vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi | 2025-yil yanvar — dekabr, 2026-yil yanvar-sentabr | 2026-yil 12-oktabr |
6. | “Paynet Xolis” tizimiga ulangan jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi | Soliq qoʻmitasi | 2026-yil 1-oktabr holatiga | 2026-yil 12-oktabr |
7. | Ichimlik suvi isteʼmolchilari boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarga oid (nomi, manzili, telefon raqami, foydalangan suv isteʼmoli hajmi), hududlar va isteʼmolchilar kesimida, toʻliq maʼlumotlar bazasi | “Oʻzsuvtaʼminot” aksiyadorlik jamiyati | 2025-yil yanvar — dekabr, 2026-yil yanvar — sentabr | 2026-yil 12-oktabr |
8. | Mahsulotlar (tovar, xizmatlar) sotib olish, sotish va yetkazib berishga ixtisoslashgan mahalliy va xalqaro elektron tijorat platformalari (marketpleyslar), ularga integratsiya qilingan sotuvchilar hamda “bogʻlovchi-operator” sifatida masofaviy xizmatni koʻrsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlari (agregatorlar) faoliyatiga oid (nomi, manzili (hudud, tuman, MFY, koʻcha, uy raqami), telefon raqami), respondentlar kesimida toʻliq maʼlumotlar bazasi | Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soliq qoʻmitasi | 2026-yil 1-oktabr holatiga | 2026-yil 12-oktabr |
9-ILOVA
T/r | Jalb etiladigan mutaxassislar | Yuklatilgan vazifalar | Toʻlov miqdori va shakli |
1. | Roʻyxatga olishni amalga oshirish uchun jalb qilingan hokim yordamchilari (agar mahallada hokim yordamchisi lavozim vakant boʻlsa, “mahalla yettiligi”ning boshqa aʼzolari). | Rasmiy faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birliklar boʻyicha savolnoma shaklini toʻldirish va roʻyxatga olish. | Har bir toʻldirilgan va qabul qilingan savolnoma shakli uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 0,45 foizi miqdorida (soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan tashqari) bir martalik toʻlov. |
Norasmiy (roʻyxatdan oʻtmagan holda) faoliyat yuritayotgan iqtisodiy birliklar boʻyicha savolnoma shaklini toʻldirish va roʻyxatga olish. | Har bir toʻldirilgan va qabul qilingan savolnoma shakli uchun mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 0,6 foizi miqdorida (soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlardan tashqari) bir martalik toʻlov. | ||
2. | Roʻyxatga olishni amalga oshirish uchun jami 910 nafar jalb etilgan hududiy statistika organlari xodimlari. | Tegishli hududdagi bozor va savdo majmualarida roʻyxatga olishni amalga oshirish. | Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik toʻlov. |
3. | Roʻyxatga oluvchilarni oʻqitish uchun 208 nafar jalb etilgan mutaxassislar (trenerlar). | Har bir tuman va shaharlarda roʻyxatga oluvchilarni tashkiliy, huquqiy, uslubiy va amaliy jihatdan oʻqitish va roʻyxatga olishga tayyorlash. | Mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida bir martalik toʻlov. |
4. | Hududlarga biriktirilgan jami 28 nafar supervayzerlar. | Tegishli hududda roʻyxatga olish ishlarini tashkil etish, trenerlarni tayyorlash va jarayonlarni muvofiqlashtirish. | Har oy mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha miqdorda. |
5. | Hududiy statistika boshqarmalariga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etilgan 70 nafar mutaxassis. | Hududiy statistika boshqarmalariga roʻyxatga olish jarayonlarida koʻmaklashish hamda tegishli hududdagi bozor va savdo majmualarida roʻyxatga olishni amalga oshirish. | Har oy mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida. |
6. | Koll-markazlarga fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb etilgan 100 nafar mutaxassis. | Telefon aloqasi orqali tezkor axborot-konsultatsiya va texnik qoʻllab-quvvatlash xizmatini koʻrsatish. | Har oy mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravari miqdorida. |
7. | Maʼlumotlarni qayta ishlash va tahrirlash uchun fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida jalb qilingan 45 nafar mutaxassis. | Roʻyxatga olish maʼlumotlarini qayta ishlash, tahrirlash va yakuniy maʼlumotlarni eʼlon qilishga tayyorlash. | Har oy mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida. |