09.10.2026 yildagi 556-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvini oʻtkazish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Statistikani rivojlantirish — 2030” milliy strategiyasini tasdiqlash hamda roʻyxatga olish maʼlumotlaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-sentabrdagi PF-190-son Farmoni ijrosini taʼminlash hamda respublikada bolalar va ayollar holatini xalqaro darajada baholash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida “Multiindikator klaster kuzatuvi” loyihasini amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Milliy statistika qoʻmitasi) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi oʻrtasida ikki tomonlama memorandum imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvini oʻtkazish uchun Milliy sohalararo muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvini oʻtkazish sxemasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Milliy sohalararo muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Kengash)ning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global “Multiple Indicator Cluster Survey” (keyingi oʻrinlarda — MICS) dasturi talablariga muvofiq, multiindikator klaster kuzatuvi (keyingi oʻrinlarda — kuzatuv)ga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv oʻtkazish uchun vakolatli organ hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni muvofiqlashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global MICS dasturining umumiy tavsiyalariga muvofiq, kuzatuv rejasi va budjetini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuvga tayyorgarlik koʻrish va uning oʻtkazilishini nazorat qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv savolnomalarini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv natijalari boʻyicha tayyorlanadigan milliy hisobot, qisqacha tahliliy materiallar va takliflarni koʻrib chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy statistika qoʻmitasi Kengashning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Milliy statistika qoʻmitasi kuzatuvni oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ etib belgilansin va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamgʻarmasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda quyidagi vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuvning tanlanma hajmi va asosini shakllantirish, uy xoʻjaliklarini MICS uslubiyati asosida tasodifiy tanlab olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
global MICS dasturining umumiy tavsiyalariga muvofiq kuzatuv rejasi va budjetini ishlab chiqish hamda Kengashga tasdiqlash uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv savolnomalari loyihalarini ishlab chiqish, pilot hududlarda sinovdan oʻtkazish va savolnomalarni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv savolnomalarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan ularning vakolati doirasida kelishish hamda Kengashga tasdiqlash uchun kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuvni oʻtkazish uchun ekspertlarni, shu jumladan, xalqaro ekspertlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savolnomalarni toʻldirish boʻyicha intervyuyerlar uchun yoʻriqnomalarni ishlab chiqish hamda kuzatuvni oʻtkazish uchun mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuzatuv doirasidagi soʻrovlarni respondentlar bilan yuzma-yuz intervyu oʻtkazish orqali elektron qurilmalarda (planshetlarda) amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish hamda kuzatuv maʼlumotlarining maxfiyligini taʼminlash bilan bogʻliq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda kuzatuvni oʻtkazish va uning natijalarini eʼlon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kuzatuvga tayyorgarlik ishlari 2027-yilning iyun oyiga, dala ishlari 2027-yil noyabr oyiga, maʼlumotlarni tahlil qilish 2028-yil mart oyiga, milliy hisobotni tayyorlash 2028-yil iyun oyiga va kuzatuv natijalarini eʼlon qilish 2028-yil iyul oyiga qadar amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kuzatuvga tayyorgarlik koʻrish, uni oʻtkazish va natijalarini qayta ishlash bilan bogʻliq ishlarni bajarishga jalb qilinadigan shaxslarning kuzatuv oʻtkazilishi belgilangan muddatlarda asosiy ish joyidagi ishi (lavozimi) va oʻrtacha ish haqi miqdori saqlanishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Kuzatuvni oʻtkazish xarajatlarini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro va donor tashkilotlar mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralarning qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Milliy statistika qoʻmitasi Kengash tomonidan tasdiqlangan kuzatuvga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar smetasining 2027-2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan moliyalashtirilishi uchun Rasmiy statistika sohasidagi davlat dasturiga kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 2027-yil 1-aprelga qadar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan birgalikda kuzatuvni amalga oshirish doirasida xalqaro va donor tashkilotlar mablagʻlarini belgilangan tartibda jalb qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yil yakuniga qadar Tashqi ishlar vazirligi, zarur hollarda, kuzatuvni oʻtkazishda ishtirok etuvchi xorijiy ekspertlarni jalb qilish, ularning tashriflarini muvofiqlashtirish va viza masalalarini hal etishda amaliy tomondan koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish, shifokorlik sirini saqlash va statistika maʼlumotlarining maxfiyligini taʼminlash toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etgan holda, kuzatuv maqsadlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlardan, shu jumladan, kuzatuv oʻtkaziladigan joylardagi oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinikalar va tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalaridagi shaxsiy tibbiy kartalar hamda raqamli tibbiy axborot tizimlaridagi tegishli maʼlumotlardan faqat statistika maqsadlarida va zarur hajmda foydalanish uchun belgilangan tartibda sharoit yaratib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kuzatuvni oʻtkazishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi — joylarda ishlarni tashkil etish yuzasidan vakolatli organga har tomonlama koʻmaklashsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi — kuzatuv uchun zarur boʻlgan miqdorda kartografik materiallar (shahar va qishloq aholi punktlarining sxematik rejalari va xaritalari) bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kuzatuvni tashkil etishda koʻmaklashuvchi idoralarning bevosita uy xoʻjaliklari bilan oʻtkaziladigan soʻrovlarga aralashishi qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ichki ishlar vazirligi kuzatuvni oʻtkazish ishlariga jalb etiladigan xodimlar xavfsizligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu borada Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida Milliy gvardiya ichki ishlar organlariga koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Taʼlim va ilm-fan vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi kuzatuv natijalaridan kelib chiqqan holda, tegishli yoʻnalishlarni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Milliy statistika qoʻmitasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmogʻi, jumladan, rasmiy veb-saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi D.S. Kattaxonova va Milliy statistika qoʻmitasi raisi B.S. Hamrayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
556-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 556-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvini oʻtkazish uchun Milliy sohalararo muvofiqlashtiruvchi kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

J.A. Qoʻchqorov

—

Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Kengash raisi

2.

D.S. Kattaxonova

—

Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Kengash raisining oʻrinbosari

3.

Gʻ.Gʻ. Mirzayev

—

Bosh vazir oʻrinbosari — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi

4.

B.S. Hamrayev

—

Milliy statistika qoʻmitasi raisi, Kengash raisining oʻrinbosari

5.

Rehina Mariya Kastijio

—

YUNISEFning Oʻzbekiston Respublikasidagi vakili (kelishuvga asosan)

6.

M.P. Olloyorov

—

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori

7.

E.E. Adilov

—

sogʻliqni saqlash vaziri

8.

B.E. Zaxidov

—

kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri

9.

Lavozimga koʻra

—

taʼlim va ilm-fan vazirining birinchi oʻrinbosari

10.

I.I. Norqulov

—

iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari

11.

S.A. Turdiyev

—

Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori v.b.

12.

Z.M. Ziyayev

—

Milliy statistika qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Kengash kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyani bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 556-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Ijrochi

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

I bosqich

Milliy statistika qoʻmitasi,

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamgʻarmasi

(YUNISEF)

Kuzatuvni oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradi:

kuzatuvning tanlanma hajmi va asosini shakllantiradi, uy xoʻjaliklarini MICS uslubiyati asosida tasodifiy tanlab oladi;

kuzatuv rejasi, budjeti va savolnomalarini ishlab chiqadi;

savolnoma loyihalarini pilot hududlarda sinovdan oʻtkazadi va takomillashtiradi;

kuzatuv rejasi, budjeti va savolnomalarini Kengashga tasdiqlash uchun kiritadi;

savolnomalarni toʻldirish boʻyicha intervyuyerlar uchun yoʻriqnomalarni ishlab chiqadi;

oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etadi.

2026-yil oktabr oyidan 2027-yil iyun oyiga qadar

II bosqich

Milliy statistika qoʻmitasi,

YUNISEF

Kuzatuvni yuzma-yuz intervyu usulida planshetlar yordamida oʻtkazadi.

2027-yil noyabr oyiga qadar

III bosqich

Milliy statistika qoʻmitasi,

YUNISEF

Kuzatuv maʼlumotlarini yigʻadi va tahlil qiladi.

2028-yil mart oyiga qadar

IV bosqich

Milliy statistika qoʻmitasi,

YUNISEF

Kuzatuv natijalari boʻyicha hisobot tayyorlaydi va Kengashga taqdim etadi.

2028-yil iyun oyiga qadar

V bosqich

Milliy statistika qoʻmitasi,

YUNISEF

Kuzatuv natijalarini eʼlon qiladi.

2028-yil iyul oyiga qadar

VI bosqich

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Taʼlim va ilm-fan vazirligi,

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi

Kuzatuv natijalaridan kelib chiqqan holda tegishli yoʻnalishlarni rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.

2028-yil noyabr oyiga qadar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvini oʻtkazish boʻyicha Milliy sohalararo muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori bilan, tadbirlarni bajarish uchun belgilangan muddatlar qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2026-y., 09/26/556/1029-son)