10.10.2026 yildagi 559-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va sohada boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 24-noyabrdagi PF-228-son Farmoni ijrosini taʼminlash, arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlarni ekspertizadan oʻtkazish hamda kelishishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda — Maʼmuriy reglament) ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun arizalarni qabul qilish va koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini kelishish va xulosa berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha arizalarni koʻrib chiqish muddati va toʻlov miqdorlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmati Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) va davlat xizmatlari markazlari orqali koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmati YIDXP orqali koʻrsatilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YIDXPda davlat xizmati koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkoniyatini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Adliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yil 1-martdan boshlab arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish jarayonlariga sunʼiy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich joriy etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlarini koʻrsatishning belgilangan tartibiga rioya etilishi boʻyicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri A.J. Tashkulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 10-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
559-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 10-oktabrdagi 559-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Maʼmuriy reglament (keyingi oʻrinlarda — Reglament) davlat organlari va tashkilotlari hamda boshqa yuridik shaxslarning (keyingi oʻrinlarda — ariza beruvchilar) arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlari loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmati) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali Reglamentga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq quyidagi arxiv organlari va muassasalari (keyingi oʻrinlarda — vakolatli organ) tomonidan koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi davlat organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari boʻyicha — tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi va Oʻzbekiston milliy arxivlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalarining tegishli hududiy boʻlinmalari, viloyat, tuman va shahar boʻysunuvidagi davlat muassasalari va tashkilotlari boʻyicha — tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxiv ishi hududiy boshqarmalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat arxivining jamlash zonasiga kiruvchi tashkilotlarga davlat xizmati tegishli vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxfiy va foydalanish cheklangan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq Reglamentning 2-bandida koʻrsatilgan vakolatli organlarga toʻgʻridan-toʻgʻri taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat arxivlarining arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlari loyihalari (keyingi oʻrinlarda — hujjat loyihasi) ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli organlarda quyidagi hujjatlar loyihalari ekspertizadan oʻtkaziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tashkilotning arxiv ishi va ish yuritish faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi ichki hujjatlari loyihalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash muddati koʻrsatilgan sohaviy hujjatlarning roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy arxiv toʻgʻrisidagi nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
alohida qimmatli va noyob hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash muddati 10 yildan ortiq boʻlgan vaqtincha saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmatini koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi shaxsan yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi soʻrovnomani elektron tarzda toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat organlari va tashkilotlari soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarni “Raqamli hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali taqdim etilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar Word yoki PDF formatda boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchidan Reglamentga 2-ilovadagi soʻrovnomada koʻrsatilmagan maʼlumotlar va hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ariza toʻldirilganidan soʻng ariza beruvchi maʼlumotlar toʻgʻriligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo, Mobil-ID va boshqalar) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchilar YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, soʻrovnomani ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun Reglamentga 3-ilovaga muvofiq toʻlov undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda davlat xizmatidan foydalanish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan toʻlov summasining 90 foizi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Undirilgan toʻlov summasi quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
0,5 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) YIDXP orqali murojaat etilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Davlat xizmatlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11,75 foizi — Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga (shu jumladan, 0,5 foizi — Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan mablagʻlar — vakolatli organning hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatini koʻrsatish uchun toʻlov toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmatini koʻrsatishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizada, unga ilova qilingan hujjatlarda yolgʻon yoki qalbaki maʼlumotlar koʻrsatilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reglamentga 2-ilovadagi soʻrovnomada koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatilishi uchun toʻlov toʻlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan hujjat loyihasi arxiv ishi sohasidagi hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmaganda (qonunchilik hujjatlarining aniq normalari koʻrsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi tomonidan Reglamentning 17-bandida belgilangan muddatda hujjatlar qayta taqdim etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani koʻrib chiqish natijasi boʻyicha vakolatli organ tomonidan koʻrsatilgan kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlarini koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanishdan xizmat koʻrsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda, uning soʻrovnomasi koʻrilmasdan qoldiriladi va toʻlangan toʻlov summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etganda, tegishli soʻrovnoma Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan soʻng barcha hujjatlar 10 daqiqa mobaynida tegishli vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda tegishli vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjat loyihasini ekspertizadan oʻtkazish boshqa vakolatli organga taalluqli boʻlganda, soʻrovnoma qabul qilingan kundan boshlab 2 ish kuni ichida tegishli vakolatli organga toʻlangan toʻlov summasi bilan birga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vakolatli organ Reglamentga 3-ilovada koʻrsatilgan muddatlar mobaynida hujjat loyihasini ekspertizadan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Davlat xizmatini koʻrsatish rad etilganda, kamchiliklarni koʻrsatgan holda Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shaklda rad etish haqidagi xabarnoma yoki hujjat loyihasi kelishilgani (tasdiqlangani) haqida Reglamentga 5-ilovaga muvofiq shaklda bildirishnoma Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat qilganda) yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga (YIDXP orqali murojaat qilganda) elektron shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ariza beruvchi xabarnoma yuborilgan sanadan boshlab oʻttiz ish kuni ichida unda koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda toʻlov toʻlamasdan qayta ariza berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan arizalar yangi berilgan hisoblanadi va umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat xizmatlari markazi xabarnoma yoki bildirishnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud boʻlsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga koʻra unga xabarnoma yoki bildirishnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklda berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat arxivlarining asosiy jamlash manbalari hisoblanmagan tashkilotlarning, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini doimiy saqlovchi davlat organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlarida tuzilgan hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxatlari, shuningdek, barcha tashkilotlarning hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi ekspertizasi natijasi boʻyicha Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shaklda xulosa beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ekspertiza natijasida kelishilgan hujjat loyihasiga oʻzgartirish yoki qoʻshimchalar kiritilganda, u umumiy tartibda qaytadan ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hujjat loyihasini ekspertizadan oʻtkazish natijasi vakolatli organning tegishlicha Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi, Ekspert-tekshiruv komissiyasi, Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma komissiya aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadi va komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma asosida hujjat loyihasi kelishilgani toʻgʻrisidagi bildirishnoma yoki rad etilgani haqida xabarnoma vakolatli organ rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hujjat loyihalari boʻyicha berilgan xulosa va bildirishnomalar reyestrini yuritish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan hujjat loyihasi ekspertizadan oʻtkazilgani toʻgʻrisida xulosa va kelishilgani (tasdiqlangani) toʻgʻrisida bildirishnomalar reyestri yuritiladi hamda unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilotning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa yoki bildirishnoma berilgan sana va tartib raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Reyestr elektron shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlar sir saqlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, uning hududiy boshqarmalari va davlat xizmatlari markazlari Reglament talablari bajarilishi boʻyicha vakolatli organlarning faoliyati ustidan davlat xizmatlarini koʻrsatish davomida, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat va monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ariza beruvchilar vakolatli organ xodimlarining xatti-harakatlari ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(Davlat organlari va tashkilotlari, boshqa yuridik shaxslar)

Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) orqali murojaat qiladi.

Oʻz xohishiga koʻra

2-bosqich

1. Davlat xizmatlari markazi

1. Markaz xodimi soʻrovnomani toʻldirib, tegishli vakolatli organga yuboradi.

1. Soʻrovnoma toʻldirilgandan keyin 10 daqiqada

2. YIDXP

2. Toʻldirilgan soʻrovnoma avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.

2. Real vaqt rejimida

3-bosqich

Vakolatli organ

(“Oʻzarxiv” agentligi, Oʻzbekiston milliy arxivlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxiv ishi hududiy boshqarmalari)

1. Hujjat loyihasini ekspertizadan oʻtkazadi.

2. Davlat xizmatini koʻrsatish rad etilganda, kamchiliklarni koʻrsatgan holda rad etish haqidagi xabarnomani yoki hujjat loyihasi kelishilgani (tasdiqlangani) haqida bildirishnomani Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchining YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga elektron shaklda yuboradi.

Reglamentga 3-ilovada koʻrsatilgan muddatlarda

4-bosqich

Davlat xizmatlari markazi

Davlat xizmatlari markazi xabarnoma yoki bildirishnomani ariza beruvchining elektron manziliga (mavjud boʻlsa) yuboradi va ariza beruvchini bu haqida axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi.

10 daqiqa ichida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA

NAMUNA

Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish uchun

SOʻROVNOMA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar

1. Yuridik shaxsning STIRi:

2. Yuridik shaxsning nomi:

Adliya vazirligi

3. Yuridik shaxsning pochta manzili:

4. Elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa):

5. Telefon raqami:

II. Qoʻshimcha maʼlumotlar

6. Ekspertizadan oʻtkaziladigan hujjat turi:

III. Ilova qilinadigan hujjatlar

7. Hujjat loyihasi

8. Qiyosiy jadval (amalda boʻlgan saqlash muddati koʻrsatilgan sohaviy hujjatlarning roʻyxati uchun)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatish muddatlari va toʻlov miqdorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hujjat loyihasi turi

Xizmat koʻrsatish muddati

Toʻlov miqdori

(bazaviy hisoblash miqdori)

Davlat xizmatini koʻrsatishga masʼul vakolatli organ

1.

Saqlash muddati koʻrsatilgan sohaviy hujjatlarning roʻyxati

30 ish kuni

10 baravar

“Oʻzarxiv” agentligi

2.

Ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish boʻyicha yoʻriqnoma

15 ish kuni

2 baravar

“Oʻzarxiv” agentligi,

Arxiv ishi hududiy boshqarmalari,

Oʻzbekiston milliy arxivlari

3.

Hujjatlar yigʻmajildlari nomenklaturasi

5 baravar

4.

Idoraviy arxiv toʻgʻrisidagi nizom

10 ish kuni

1 baravar

5.

Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi markaziy ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom

6.

Arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi ekspert komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom

7.

Doimiy saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati

15 ish kuni

2 baravar

Arxiv ishi hududiy boshqarmalari,

Oʻzbekiston milliy arxivlari

8.

Alohida qimmatli va noyob hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati

9.

Saqlash muddati 10 yildan ortiq boʻlgan vaqtincha saqlanadigan hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati

10.

Shaxsiy tarkib boʻyicha hujjatlar yigʻmajildlarining arxiv roʻyxati

11.

Hujjatlarni yoʻq qilishga ajratish toʻgʻrisidagi dalolatnoma

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Davlat xizmati koʻrsatish muddati va toʻlovlar miqdori 1 ta hujjat loyihasi uchun koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlash muddati koʻrsatilgan sohaviy hujjatlarning roʻyxati loyihasi faqat davlat organlari, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari tomonidan ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
4-ILOVA

Hujjat loyihasi kelishilishi rad etilgani toʻgʻrisida ___-son

XABARNOMA

20 ___ yil “___” _______

“__________” shahri

Hujjat loyihasining hujjatning nomi va qisqacha mazmuni:

_________________________________________________________________________________________

Hujjat loyihasini tasdiqlagan organ:

Hujjat loyihasini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida foydalanilgan qonunchilik hujjatlari

va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Hujjat loyihasi boʻyicha taklif (tavsiyalar) va eʼtirozlar:

Vakolatli organ rahbarining F.I.O.

QR-kod (matrik shtrixli kod)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
5-ILOVA

Hujjat loyihasi kelishilgani (tasdiqlangani) toʻgʻrisida ___-son

BILDIRISHNOMA

20 __ yil “___”_______

“__________” shahri

Ariza beruvchi __________________ tomonidan taqdim etilgan ______________________________ hujjat loyihasi (nomi) vakolatli organ ____________________ huzuridagi Markaziy ekspert-tekshirish komissiyasi, Ekspert-tekshiruv komissiyasi, Ekspert-tekshiruv uslubiy komissiyasining 20 __ yil “___” _______ dagi “___”-son bayonnomasiga asosan kelishildi (tasdiqlandi).

Vakolatli organ rahbarining F.I.O.

QR-kod (matrik shtrixli kod)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arxiv ishi va ish yuritishga oid hujjatlar loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
6-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

NAMUNA

Hujjat loyihasi ekspertizadan oʻtkazilgani toʻgʻrisida ___-son

XULOSA

20 ___ yil “___” _______

“__________” shahri

Hujjat loyihasining hujjatning nomi va qisqacha mazmuni:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Hujjat loyihasini tasdiqlagan organ:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Hujjat loyihasini ekspertizadan oʻtkazish jarayonida foydalanilgan qonunchilik hujjatlari va meʼyoriy-uslubiy hujjatlar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Hujjat loyihasi boʻyicha taklif (tavsiyalar) va eʼtirozlar:

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

Vakolatli organ rahbarining F.I.O.

QR-kod (matrik shtrixli kod)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2026-y., 09/26/559/1024-son)