09.10.2026 yildagi 553-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Innovatsiya va startap loyihalar parki faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hududlarda innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladigan yagona moddiy-texnik majmuani tashkil etish, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xizmat koʻrsatish boʻyicha yangi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash, biznes-akseleratsiya dasturlari asosida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarining innovatsion faoliyati raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Taʼlim va ilm-fan vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Innovatsiya va startap loyihalar parklarini (keyingi oʻrinlarda — Innovatsiyalar parki) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Innovatsiyalar parkining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi yangi tashabbuslar asosida innovatsion va startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga bir joyda kompleks moddiy-texnik, tashkiliy-uslubiy, moliyaviy, huquqiy, marketing va boshqa servis xizmatlarini koʻrsatish;

tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini moddiy-texnik, muhandislik-texnik kommunikatsiyalariga ega innovatsion infratuzilma bilan taʼminlash;

biznes-inkubator va akselerator dasturlarini amalga oshirish;

innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining startap loyihalarini barqaror rivojlantirish, innovatsion mahsulotlar sotilishida marketing xizmatlari orqali ularning mahalliy va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashish;

innovatsion mahsulotlarni sertifikatlash va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar, shu jumladan, intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza berish boʻyicha tizimni yoʻlga qoʻyish;

tarmoq sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, ularning natijalari va yutuqlarini amaliy faoliyatiga keng joriy etish;

mahalliy va xorijiy sanoat yarmarkalarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarining faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;

xorijiy yetakchi ekspert muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Innovatsiya va startap loyihalar parki toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarda Innovatsiyalar parklarini tashkil etish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarida amalga oshirilayotgan innovatsion va startap loyihalarni tanlab olish mezonlari va joylashtirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiyalar parkiga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar va xizmatlar haqidagi maʼlumotlar bazasini yuritish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Innovatsiya va startap loyihalar parkining namunaviy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktoriga Innovatsiyalar parkining tuzilmasi va shtatlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlik hamda Surxondaryo viloyati hokimligining Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Boʻston mahallasidagi Termiz yoshlar texnoparkining 1,2 gektar yer maydoniga Innovatsiyalar parkini doimiy foydalanish huquqi asosida joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlari va ularda tashkil etilgan startap studiyalarning hududdagi yangi tashabbuslar asosida innovatsion va startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, biznes-inkubator va akselerator dasturlarini tashkil etish masalalarida Innovatsiyalar parklari bilan hamkorlik qilishini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tashabbuslari asosida Innovatsiyalar parklari tashkil etiladigan tuman (shahar)larni belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiyalar parki faoliyati yillik ish rejalarini tasdiqlash hamda yillik hisobotlarini yigʻilish kengashlarida koʻrib chiqish orqali Vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan muvofiqlashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiyalar parki direktorini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tegishli tuman (shahar) hokimliklari tavsiyasiga asosan Vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiyalar parkida qurilgan bino va inshootlarni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash bilan bogʻliq xarajatlar qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiyalar parki hududidagi ishlab chiqarish maydonlari uchastkalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi Innovatsiyalar parki bino va inshootlarini qurish hamda jihozlash bilan bogʻliq xarajatlar tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq 2027-yilda Davlat budjetidan Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida Vazirlik huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Innovatsiyalar parki faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan ajratiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki boʻlgan hamda operativ boshqarish uchun belgilangan tartibda Innovatsiyalar parkiga berilgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Taʼlim va ilm-fan vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim va ilm-fan vaziri zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 9-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
553-son

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 553-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiya va startap loyihalar parki toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Innovatsiya va startap loyihalar parkining, asosiy vazifalari hamda funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, uning faoliyatini tashkil etish, shuningdek, innovatsion loyihalarni Innovatsiya va startap loyihalar parkiga joylashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion loyiha — yangi ishlanmalar yaratish uchun bajarish muddatlarini, ijrochilarni, moliyalashtirish manbalarini va tegishli infratuzilmani shakllantirishni nazarda tutuvchi tadbirlar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion faoliyat — yangi ishlanmalarni tashkil etish, shuningdek, ishlab chiqarish sohasida ularning sinovdan oʻtkazilishi va amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha faoliyat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Innovatsiya va startap loyihalar parki” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Innovatsiyalar parki) — tegishli hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, innovatsion ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish)ni yoʻlga qoʻyish orqali hududdagi aholining, shu jumladan, yoshlarning bandligini taʼminlash va tadbirkorlik subyektlarining innovatsion loyihalari amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan davlat muassasasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muhandislik-texnik kommunikatsiyalar — Innovatsiyalar parkiga joylashtirilgan innovatsion tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv taʼminoti, kanalizatsiya, transport kommunikatsiyalari va boshqa xizmat turlariga boʻlgan ehtiyojini taʼminlovchi tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va infratuzilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap loyiha — yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot (xizmat) yaratishga qaratilgan, innovatsion gʻoya va texnologiyalarga asoslangan hamda tijoratlashtirish va tez oʻsish salohiyatiga ega boʻlgan loyiha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap studiya — startap gʻoyalarni yaratish, ularni ishlab chiqish, jamoa shakllantirish, mahsulot prototipini tayyorlash va kompaniyaga aylantirish jarayonini tizimli ravishda amalga oshiradigan tashkilot yoki platforma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti — innovatsion loyihasini amalga oshirish istagini bildirgan va (yoki) amalga oshirayotgan, belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Innovatsiyalar parkining asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Innovatsiyalar parkining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi yangi tashabbuslar asosida innovatsion va startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga bir joyda kompleks moddiy-texnik, tashkiliy-uslubiy, moliyaviy, huquqiy, marketing va boshqa servis xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini moddiy-texnik, muhandislik-texnik kommunikatsiyalariga ega innovatsion infratuzilma bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biznes-inkubator va akselerator dasturlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining startap loyihalarini barqaror rivojlantirish, innovatsion mahsulotlar sotilishida marketing xizmatlari orqali ularning mahalliy va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion mahsulotlarni sertifikatlash va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar, shu jumladan, intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza berish boʻyicha tizimni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoq sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, ularning natijalari va yutuqlarini amaliy faoliyatiga keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy sanoat yarmarkalarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarining faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy yetakchi ekspert muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Innovatsiyalar parki oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hududdagi yangi tashabbuslar asosida innovatsion va startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga bir joyda kompleks moddiy-texnik, tashkiliy-uslubiy, moliyaviy, huquqiy, marketing va boshqa servis xizmatlarini koʻrsatish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda innovatsion gʻoyalar va startap tashabbuslarni aniqlash, ularni saralash, tahlil qilish va yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va startap subyektlariga moddiy-texnik, tashkiliy-uslubiy, moliyaviy, huquqiy, marketing va boshqa servis xizmatlarini kompleks tarzda koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap loyihalarni biznes-rejalashtirish, mahsulot ishlab chiqarish, “MVP” (dastlabki mahsulot) tayyorlash, sinovdan oʻtkazish va tijoratlashtirish bosqichlarida uslubiy va amaliy yordam koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga chiqarish maqsadida marketing tadqiqotlari, xosnomga (brendga) aylantirish, reklama, savdo kanallarini shakllantirish hamda mahsulotni tijoratlashtirish boʻyicha xizmatlarni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini moddiy-texnik, muhandislik-texnik kommunikatsiyalariga ega innovatsion infratuzilma bilan taʼminlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion savdolar natijalariga asosan tanlab olingan innovatsion tadbirkorlik subyektlarini Innovatsiyalar parki hududida joylashtirish uchun ijara shartnomasi (keyingi oʻrinlarda — shartnoma)ni tuzadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap yoki innovatsion loyihalarni amalga oshirayotgan tashabbuskor tadbirkorlik subyektlariga muhandislik, texnologik, texnik xizmat hamda maslahat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiyalar parki hududiga joylashtirish boʻyicha tuzilgan shartnomaga asosan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan monitoring yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion infratuzilmaning samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida modernizatsiya qilish, texnik xizmat koʻrsatish va resurslarni yangilash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) biznes-inkubator va akselerator dasturlarini amalga oshirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish boʻyicha yangi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish maqsadida biznes-inkubator va akselerator dasturlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarini yangi innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqarishga joriy etish va natijalarini tijoratlashtirish maqsadida yirik sanoat korxonalari bilan kooperatsiya aloqalarini oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap jamoalarini biznes modellashtirish, moliyaviy rejalashtirish, marketing strategiyalari, mahsulot ishlab chiqish va tijoratlashtirish boʻyicha oʻqitishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) innovatsion mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining startap loyihalarini barqaror rivojlantirish, innovatsion mahsulotlar sotilishida marketing xizmatlari orqali ularning mahalliy va xorijiy bozorlarda raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion mahsulotlar uchun bozor ehtiyojini oʻrganish, talab va taklifni tahlil qilish hamda raqobat muhitini baholash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
startap mahsulotlarini xosnomga (brendga) aylantirish, dizayn, qadoqlash, reklama, “PR” hamda raqamli marketing xizmatlari bilan taʼminlash ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy va xorijiy bozorlarda mahsulotlar sotilishini kengaytirish maqsadida savdo tarmoqlari, elektron platformalar va “B2B” hamkorlik mexanizmlarini joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport salohiyatini oshirish boʻyicha tashqi bozorga chiqish strategiyalarini ishlab chiqadi, logistika va xalqaro talablarga moslashtirish ishlariga koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) innovatsion mahsulotlarni sertifikatlash va roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha xizmatlar, shu jumladan, intellektual mulk obyektlariga huquqiy muhofaza berish boʻyicha tizimni yoʻlga qoʻyish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlash va texnik reglament talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirish boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga amaliy koʻmak beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektlarini (patent, tovar belgisi, mualliflik huquqi) roʻyxatdan oʻtkazish hamda huquqiy muhofaza berish ishlarini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziyalash, franchayzing, texnologiya transferi va huquqiy shartnomalarni rasmiylashtirishda huquqiy maslahat va amaliy koʻmak koʻrsatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) tarmoq sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy tadqiqotlarni faollashtirish, ularning natijalari va yutuqlarini amaliy faoliyatiga keng joriy etish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda ustuvor sohalar boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish hamda ularni muvofiqlashtirish ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari oʻrtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot natijalarini innovatsion mahsulotga aylantirish va ishlab chiqarishga joriy etish boʻyicha texnologik tayyorgarlik darajasini oshirish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy natijalarni tijoratlashtirish, patentlash va innovatsion mahsulot sifatida bozorga chiqarish mexanizmlarini joriy etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mahalliy va xorijiy sanoat yarmarkalarida tashabbuskor tadbirkorlik subyektlarining faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion mahsulot ishlab chiqaruvchilarning mahalliy va xalqaro sanoat yarmarkalarida ishtirokini taʼminlash maqsadida yillik tadbirlar rejasini shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrgazma va yarmarka tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish uchun taqdimot materiallari, katalog, xosnom (brend) mahsulotlari va reklama kontentlarini tayyorlashda koʻmaklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) xorijiy yetakchi ekspert muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy texnoparklar, ilmiy markazlar, akseleratorlar, venchur fondlar va ekspert tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish choralarini koʻradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro grantlar, investitsiya dasturlari va qoʻshma moliyalashtirish mexanizmlarida ishtirok etish boʻyicha tashkiliy ishlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqish uchun standartlashtirish, sertifikatlash va eksport jarayonlarida xorijiy hamkorlar bilan tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Innovatsiyalar parklarini tashkil qilish va boshqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Innovatsiyalar parklari Oʻzbekiston Respublikasi Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan tashkil etiladi va ustav asosida faoliyat yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Innovatsiyalar parklarini Agentlik tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimliklari tavsiyasiga asosan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik Innovatsiyalar parklarini tashkil qilish, rivojlantirish va faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda Innovatsiyalar parklari faoliyatini monitoring qiladi va amalga oshirilgan ishlarini tahlil qilib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiyalar parklari oʻziga biriktirilgan mulklarga nisbatan egalik va foydalanish, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Innovatsiyalar parklari xodimlari mehnatiga haq toʻlash, bino va inshootlarini saqlash, shuningdek, joriy xarajatlarini moliyalashtirish manbai etib xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan ajratiladigan hamda xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari, davlat mulki boʻlgan hamda operativ boshqarish uchun belgilangan tartibda Innovatsiyalar parkiga berilgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlar, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Innovatsiyalar parkining huquqlari va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Innovatsiyalar parki oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron onlayn-auksion savdolar natijalariga asosan tanlab olingan innovatsion tadbirkorlik subyektlarini Innovatsiyalar parklari hududiga joylashtirish boʻyicha shartnoma tuzish hamda Innovatsiyalar parki hududidagi yer maydoni, bino va inshootlarni shartnoma asosida foydalanishga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiyalar parklari hududiga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qilish va ulardan zarur hisobotlar talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari tomonidan shartnoma shartlari buzilganda, belgilangan tartibda shartnomani bekor qilish tashabbusi bilan chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, grantlar va boshqa moliyaviy resurslarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsalting, marketing va boshqa servis xizmatlarini tashkil etish hamda ulardan tushadigan mablagʻlarni oʻz faoliyatini rivojlantirishga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari, xususiy sektor va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik kelishuvlari tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiyalar parklari hududida umumiy foydalanishdagi infratuzilmadan foydalanish tartibini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Innovatsiyalar parklarining majburiyatlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiyalar parklari hududiga joylashtirilgan innovatsion tadbirkorlik subyektlari uchun muhandislik-kommunikatsiya va tashkiliy infratuzilmani yaratish va saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiyalar parklari hududiga joylashtirilgan innovatsion tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ularga axborot va tashkiliy yordam koʻrsatish, ular bilan tuzilgan shartnomalar ijrosini taʼminlash va ularga nisbatan asossiz cheklovlar qoʻllamaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkidan maqsadli va samarali foydalanishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati boʻyicha Agentlikka muntazam hisobot taqdim etib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiya va manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, qaror qabul qilishda asosli va qonunchilik hujjatlarida keltirilgan tartibga amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiyalar parklari hududida ekologik, sanitariya va texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Innovatsiyalar parkiga innovatsion korxonalarni joylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Innovatsiyalar parkiga elektron onlayn-auksion savdolar natijalariga asosan Agentlik tomonidan moliyalashtirilgan va (yoki) tijoratlashtirish, tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari hamda biznes-akseleratsiyadan oʻtgan startap loyihalar ijrochilari, shuningdek, patent asosida mahsulotlar ishlab chiqaradigan, xizmat koʻrsatadigan korxonalar, import oʻrnini bosadigan, eksportga yoʻnaltirilgan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari shartnoma asosida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar innovatsion tadbirkorlik subyektlarini Innovatsiyalar parki hududida joylashtirish maqsadida elektron onlayn-auksion savdolarida ishtirok etishning asosiy mezonlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
innovatsion xususiyatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni va (yoki) xizmat koʻrsatishni tashkil etish hamda shu orqali yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini qoʻllagan holda, zamonaviy energiya tejovchi tizimlar va texnologiyalarni joriy etish asosida import oʻrnini bosadigan va (yoki) eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish va (yoki) xizmatlar koʻrsatish boʻyicha innovatsion loyihalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Innovatsiyalar parklari hududida ishlab chiqarish maydonlari uchastkalarini ijaraga berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolar orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Elektron onlayn-auksion savdolarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni tashkil etish uchun Innovatsiyalar parki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovni oldindan eʼlon qiladi va oʻtkazishni tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlovda qatnashish uchun talabgorlarning muhrlangan buyurtmanomalarini olingan sanasi va vaqtini koʻrsatgan holda qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgorlarning buyurtmanomalari solingan konvertlar belgilangan tartibda ochilishiga qadar ularning saqlanishi va maxfiyligini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma shartlarini qonunchilik hujjatlariga asosan belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Innovatsiyalar parklariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlari loyiha ishga tushirilgan kundan boshlab shartnomada belgilangan muddatda ijara toʻlovlarini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tadbirkorlik subyekti tomonidan innovatsion loyiha Innovatsiyalar parklari hududiga joylashtirilgan kundan boshlab uch oy davomida loyihani amalga oshirish boʻyicha choralar koʻrilmasligi (loyihaning harakatsizligi), shuningdek, ishlab chiqarish maydonlari shartnomada koʻrsatilgan maqsaddan tashqari foydalanilishi tuzilgan shartnomani bekor qilish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Innovatsiyalar parklariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyekti tegishli kommunal toʻlovlarini belgilangan tartibda mustaqil ravishda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Innovatsiyalar parklari faoliyatini tugatish haqidagi qaror Agentlik tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Agentlik, Innovatsiyalar parklari hududiga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, manfaatdor tashkilotlar rahbarlari ushbu Nizom talablariga rioya etilishiga shaxsan masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizom talablarini bajarishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 9-oktabrdagi 553-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsiya va startap loyihalar parkining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAMUNAVIY TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Tashkiliy masalalar, monitoring va tahlil boʻyicha bosh mutaxassis

1

Bosh hisobchi

1

Xoʻjalik mudiri

1

Marketing va litsenziyalash boʻlimi

3

* Biznes-inkubator va akselerator dasturlarini amalga oshirish boʻlimi

3

Davlat idoralari va tarmoqlar korxonalari bilan ishlash boʻlimi

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Biznes-inkubator va akselerator dasturlarini amalga oshirish boʻlimi xodimlari soni hududning tashabbuskor tadbirkorlik subyektlaridan kelib chiqib oʻzgartiriladi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2026-y., 09/26/553/1014-son)