30.09.2026 yildagi 530-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda speleoturizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish va turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 21-noyabrdagi PQ-348-son qarori ijrosini taʼminlash, mamlakatning speleoturizm imkoniyatidan samarali foydalanish, turistik infratuzilmani bosqichma-bosqich rivojlantirish, tabiiy va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish hamda ushbu sohada davlat organlari faoliyatining oʻzaro muvofiqligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Turizm qoʻmitasi, Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi, Madaniy meros agentligi, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlari hokimliklarining respublikaning speleoturizm imkoniyati yuqori boʻlgan hududlarida, tajriba-sinov tariqasida, speleoturizmni tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida speleoturizmni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida speleoturizmni rivojlantirish imkoniyati yuqori boʻlgan obyektlar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — obyektlar) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarda zamonaviy turistik infratuzilmani shakllantirish hamda turistlar oqimini oshirish chora-tadbirlari 2026 — 2028-yillar mobaynida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur obyektlarda turistik infratuzilmani barpo etish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini ajratish, ularni ijara yoki doimiy foydalanish huquqi asosida berish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy meros obyektlari hisoblangan obyektlarda qurilish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va obodonlashtirish ishlari Madaniy meros agentligi bilan, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda joylashgan obyektlarda esa Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi bilan majburiy tartibda kelishilgan, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan cheklovlar va taqiqlarga qatʼiy rioya qilgan holda, tegishli ruxsatlar olingandan soʻng bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Turizm qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2026-yil yakuniga qadar respublikaning speleoturizm imkoniyatidan foydalanish va ularni tizimli ravishda targʻib qilish maqsadida obyektlarning turistik imkoniyatlarini aks ettiruvchi mediamahsulotlar ishlab chiqib, ularning Milliy turizm yagona platformasiga joylashtirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2027-yildan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili, zaruratga koʻra, manfaatdor vazirlik, idoralar va turizm sohasi subyektlari bilan birgalikda respublikadagi mavjud speleologiya yoʻnalishida xalqaro ilmiy ekspeditsiyalarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turistlar uchun eng jozibador boʻlgan obyektlar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirsin hamda ularni Milliy turizm yagona platformasi orqali olish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Turizm qoʻmitasi, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-2027-yillarda obyektlarda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish va ularga investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yildan boshlab har yili xorijiy va mahalliy investorlar ishtirokida investitsiya forumlari, taqdimotlar, biznes uchrashuvlar hamda muzokaralarni tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari 2027-2028-yillar mobaynida ushbu qarorga 2-ilovaga muvofiq belgilangan obyektlar hududlarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan ekologik va sanitariya talablariga qatʼiy rioya qilgan holda, zarur muhandislik-kommunikatsiya hamda turistik infratuzilma obyektlarini, shu jumladan, dam olish maskanlari va sanitar-gigiyenik shoxobchalarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda aholi tomonidan oilaviy mehmon uylarini tashkil etishga koʻmaklashsin hamda ularning faoliyatini qonunchilik hujjatlariga muvofiq yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda Turizm qoʻmitasi hamda Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda obyektlarga sayohatlarni tashkil qilishda turistlar xavfsizligini taʼminlash qoidalari hamda tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yildan boshlab har yili ikki marotaba manfaatdor vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda 2027-2028-yillarda obyektlarda oʻquv-amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish amaliyotini yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasiga speleoturizm yoʻlga qoʻyiladigan hududlarda ekologik barqarorlikni taʼminlash hamda obyektlarga sayohatlarni tashkil qilishda atrof-muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish maqsadida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik nazoratini amalga oshirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekistonning speleoturizm imkoniyatlarini xalqaro maydonda keng targʻib qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Turizm qoʻmitasi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yil may-iyun oylarida Xalqaro speleologlar ittifoqi, mintaqaviy ittifoq va assotsiatsiyalar ekspertlari, yetakchi olimlari va speleolog tadqiqotchilari, shuningdek, Yevropa Ittifoqi, Gruziya, Rossiya, Xitoy va Vyetnamdagi ekskursiya oʻtkaziladigan obyektlarga egalik qiluvchi tashkilotlar vakillari ishtirokini taʼminlagan holda, speleoturizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2027-yildan boshlab har yili speleologiya, geologiya, gidrologiya va biospeleologiya boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish hamda ustuvor ilmiy loyihalar uchun xalqaro grantlar jalb qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yoʻnalishlari har uch yilda qayta koʻrib chiqiladi hamda ularning natijalari Milliy turizm yagona platformasida jamlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi bilan birgalikda Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, homiylik xayriyalari hamda tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari hisobidan nufuzli xorijiy telekanallar uchun Oʻzbekistonning speleoturizm imkoniyatini namoyish etuvchi hujjatli filmlar yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston Milliy axborot agentligiga mamlakatimizning speleoturizm imkoniyatini namoyish etish maqsadida tayyorlangan mediamateriallarni xalqaro va mahalliy telekanallar orqali muntazam ravishda namoyish etib borish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Turizm qoʻmitasi, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda speleoturizmni rivojlantirish uchun tanlab olingan obyektlarda amalga oshiriladigan loyihalarning 2027-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritib borilishini taʼminlasin. Bunda ushbu bandda nazarda tutilgan tadbirlar xalqaro grantlar, xususiy investitsiyalar, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Turizm qoʻmitasi raisi A.Oʻ. Aqqulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
530-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-sentabrdagi 530-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida speleoturizmni rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Speleoturizm obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va yagona elektron reyestrni shakllantirish.

1. Respublika hududidagi speleoturizmni rivojlantirish uchun ustuvor ahamiyatga ega obyektlarni xatlovdan oʻtkazish.

2026-yil dekabr

Turizm qoʻmitasi,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

Fanlar akademiyasi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi

2. Obyektlarning geografik koordinatalari, turistik imkoniyati, texnik holati va huquqiy maqomi boʻyicha maʼlumotlarni yigʻish.

2027-yil yanvar

3. Har bir obyektning elektron pasportini shakllantirish.

2027-yil fevral

4. Yagona elektron reyestrini shakllantirish hamda Milliy turizm platformasi bilan integratsiya qilish.

2027-yil mart

2.

Speleoturizm obyektlarini raqamli pasportlashtirish.

1. Speleoturizm obyektlarini foto va videotasvirga olish ishlarini tashkil qilish.

2027-yil mart

Turizm qoʻmitasi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Obyektlarning 3D modellari va virtual koʻrinishlarini ishlab chiqish.

2027-yil iyun

3. QR-kodlar asosida axborot berish tizimini joriy etish.

2027-yil avgust

4. Raqamli pasportlarni Milliy turizm platformasiga joylashtirish.

2027-yil sentabr

3.

Ustuvor speleoturizm obyektlari boʻyicha boshqaruv rejalarini ishlab chiqish.

1. Obyektlarning turistik, tabiiy va ekologik holatini kompleks baholash.

2027-yil mart

Turizm qoʻmitasi,

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

Madaniy meros agentligi,

Fanlar akademiyasi

2. Har bir obyekt boʻyicha boshqaruv rejasi loyihasini ishlab chiqish.

2027-yil iyun

3. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.

2027-yil avgust

4. Tasdiqlangan boshqaruv rejalarini amaliyotga joriy etish.

2027-yil dekabr

4.

Speleoturistik marshrutlarni shakllantirish.

1. Speleoturistik marshrutlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2027-yil aprel

Turizm qoʻmitasi,

Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

2. Navigatsiya va yoʻnaltiruvchi belgilarni oʻrnatish.

2027-yil iyul

3. Elektron xaritalarni ishlab chiqish va Milliy turizm platformasiga integratsiya qilish.

2027-yil sentabr

4. Marshrutlardan foydalanish samaradorligini baholash.

2027-yil dekabr

5.

Turistik infratuzilmani rivojlantirish.

1. Infratuzilma obyektlarini joylashtirish sxemalarini ishlab chiqish.

2027-yil iyul

Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

2. Loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash va belgilangan tartibda kelishish.

2027-yil sentabr

3. Avtoturargohlar, sanitar-gigiyenik shoxobchalar, dam olish maydonlari va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini barpo etish.

2027-2028-yillar davomida

4. Yaratilgan infratuzilma obyektlarini foydalanishga topshirish.

2029-yil yanvar

6.

Speleoturizm obyektlarida turistlar xavfsizligini taʼminlash.

1. Speleoturizm obyektlarida turistlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yagona talablar va yoʻriqnomalarni ishlab chiqish.

2026-yil oktabr

Favqulodda vaziyatlar vazirligi,

Ichki ishlar vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Xavfsizlik talablarini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda tasdiqlash.

2026-yil noyabr

3. Ogohlantiruvchi va yoʻnaltiruvchi belgilarni, evakuatsiya chizmalarini hamda axborot stendlarini oʻrnatish.

2027-yil mart

4. Qutqaruv xizmatlari bilan hamkorlik mexanizmlarini joriy etish va amaliy oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish.

2027-yil iyun

5. Xavfsizlik chora-tadbirlarini baholash va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2027-yil dekabr

7.

Xalqaro speleologik ekspeditsiyalar va ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish.

1. Xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish.

2026-yil dekabr

Fanlar akademiyasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,

Turizm qoʻmitasi

2. Qoʻshma xalqaro speleologik ekspeditsiyalarni tashkil qilish.

2027-yildan boshlab har yili

3. Ekspeditsiyalar natijalari asosida ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish hamda ilmiy xulosalar tayyorlash.

ekspeditsiyalar yakunidan keyin

uch oy muddatda

4. Ilmiy natijalarni yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritish.

har yili dekabr oyida

5. Ilmiy maqolalar va tahliliy materiallarni nashr etish.

har yili dekabr oyida

8.

Speleoturizm sohasi uchun mutaxassislar va gidlarni tayyorlash.

1. Speleoturizm boʻyicha oʻquv dasturlari va malaka talablarini ishlab chiqish.

2027-yil fevral

Turizm qoʻmitasi,

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Gidlar va yoʻriqchilar uchun oʻquv kurslarini tashkil etish.

2027-yil aprel

3. Malakani baholash va sertifikatlash tizimini joriy etish.

2027-yil iyun

4. Malaka oshirish kurslarini muntazam tashkil etish.

2028-yildan boshlab har yili

5. Tayyorlangan mutaxassislar faoliyati samaradorligini tahlil qilish.

har yili dekabr oyida

9.

Speleoturizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish.

1. Investitsiya salohiyati yuqori boʻlgan loyihalar portfelini shakllantirish.

2027-yil mart

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Investitsiya takliflari va taqdimot materiallarini tayyorlash.

2027-yil may

3. Xalqaro va mahalliy investitsiya forumlari, “B2B” uchrashuvlari hamda “road-show” tadbirlarini tashkil etish.

2027-yildan boshlab har yili

4. Tuzilgan investitsiya bitimlari ijrosini monitoring qilish.

har yarim yilda

5. Investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijalarini baholash.

har yili dekabr oyida

10.

Oʻzbekistonning speleoturizm imkoniyatini xalqaro darajada targʻib qilish.

1. Speleoturizm obyektlari boʻyicha hujjatli filmlar, foto va videomateriallar tayyorlash.

2027-yil mart

Turizm qoʻmitasi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

Kinematografiya agentligi

2. Mediamateriallarni xalqaro ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalarda tarqatish.

2027-yil iyun

3. Xalqaro turistik koʻrgazmalar, yarmarkalar va forumlarda Oʻzbekistonning milliy ekspozitsiyasi bilan ishtirok etish.

2027-yildan boshlab har yili

4. Targʻibot tadbirlari samaradorligini tahlil qilish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

har yil noyabr oyida

5. Turistlar oqimi dinamikasini tahlil qilish va natijalarini umumlashtirish.

har yili dekabr oyida

11.

Speleoturizm obyektlarining ekologik holatini monitoring qilish.

1. Speleoturizm obyektlarining ekologik holati hamda antropogen yuklamasini baholash mezonlarini ishlab chiqish.

2027-yil fevral

Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,

Turizm qoʻmitasi,

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

2. Ustuvor obyektlarda ekologik monitoring ishlarini tashkil etish.

2027-yil iyun

3. Monitoring natijalari asosida atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2027-yil noyabr

4. Monitoring natijalarini yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritish.

2027-yil dekabr

doimiy

12.

Speleoturizm sohasida raqamli xizmatlarni joriy etish.

1. Speleoturizm obyektlari uchun raqamli xizmatlarni joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.

2027-yil mart

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Turizm qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Onlayn band qilish, elektron gid hamda QR-kod orqali axborot berish xizmatlarini joriy qilish.

2027-yil iyul

3. Raqamli xizmatlarni Milliy turizm platformasi bilan integratsiya qilish.

2027-yil sentabr

4. Raqamli xizmatlarni sinovdan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish.

2027-yil noyabr

5. Raqamli xizmatlar samaradorligini baholash.

har yili dekabr oyida

13.

Mahalliy aholini speleoturizm xizmatlariga keng jalb qilish.

1. Mahalliy aholini turizm xizmatlarida ishtirok etish imkoniyatlarini tahlil qilish.

2027-yil mart

Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari,

Turizm qoʻmitasi

2. Oilaviy mehmon uylari, mahalliy gidlik va servis xizmatlarini rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

2027-2028-yillar

3. Tadbirkorlik subyektlariga axborot va maslahat koʻmagini koʻrsatish.

2027-yildan boshlab doimiy

4. Yaratilgan ish oʻrinlari hamda xizmatlar hajmini baholash.

har yili noyabr oyida

5. Natijalari boʻyicha tahliliy hisobotlar tayyorlab borish.

har yili dekabr oyida

14.

Speleoturizm obyektlarini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish.

1. Xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.

2027-yil aprel

Turizm qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

2. Ustuvor obyektlarni xalqaro ekspertlar ishtirokida baholash.

2027-yil sentabr

3. Obyektlarni xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, tasdiqlash.

2028-yil mart

4. Chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularning natijalarini baholash va yakuniy hisobot tayyorlash.

2028-yil dekabr

15.

Ushbu “Yoʻl xaritasi” ijrosini monitoring qilish va baholash.

1. “Yoʻl xaritasi” chora-tadbirlarining bajarilish holatini tahlil qilish.

har yarim yilda

Turizm qoʻmitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar,

Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari hokimliklari

2. Muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan muhokamalar oʻtkazish.

har yarim yilda

3. “Yoʻl xaritasi” ijrosi boʻyicha umumlashtirilgan hisobot tayyorlash.

har yili 15-yanvarga qadar

4. Hisobotni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

har yili 20-yanvarga qadar

5. “Yoʻl xaritasi”ga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

har yili fevral oyida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-sentabrdagi 530-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida speleoturizmni rivojlantirish imkoniyati yuqori boʻlgan obyektlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Obyekt nomi

Joylashgan hududi

1.

Peshagʻor gʻori

Jizzax viloyati Zomin tumani

(Morguzar togʻlarida Turkiston tizmasining shimoli-gʻarbiy tarmogʻi)

2.

Yaxdon gʻori

Samarqand viloyati Urgut tumani

(Chorchinor mahallasi, tuman markazidan 7 kilometr uzoqlikda)

3.

Omonqoʻton gʻori

Samarqand viloyati Urgut tumani

(tumanning janubi-sharqiy qismi, Hisor davlat qoʻriqxonasi, Zarafshon togʻ tizmasi)

4.

Kiyev gʻori

Samarqand viloyati Urgut tumani

(Kamangaron qishlogʻi yaqinida, Qirqtogʻ massivida — Zarafshon togʻ tizmasi)

5.

Hazrati Dovud gʻori

Samarqand viloyati Nurobod tumani

(tuman markazidan 30 km janubi-sharqdagi Oqsoy qishlogʻi)

6.

Qorongʻi yulduz gʻori

Surxondaryo viloyati Boysun tumani

(Darband qishlogʻi atrofi, Hisor togʻ tizmasi)

7.

Boybuloq gʻori

Surxondaryo viloyati Boysun tumani

(Darband qishlogʻi atrofi, Hisor togʻ tizmasi)

8.

Teshiktosh gʻori

Surxondaryo viloyati Boysun tumani

(Darband qishlogʻi atrofi, Hisor togʻ tizmasi)

9.

Xoʻjaikon tuz koni

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani

(Xoʻjaikon qishlogʻi, Xoʻjaikon massivi hududida)

10.

Amir Temur gʻori

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani

(Hisor togʻ tizmasi etaklarida, Hisor davlat qoʻriqxonasi hududida)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ushbu roʻyxatga Turizm qoʻmitasi tomonidan speleoturizmni rivojlantirish maqsadida oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2026-y., 09/26/530/0997-son)