29.09.2026 yildagi 525-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari sifati indeksini joriy etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoni ijrosini taʼminlash, oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari bandligi koʻrsatkichlari asosida ragʻbatlantirish mexanizmlarini tatbiq etish orqali sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi PF-58-son Farmoniga muvofiq, “Bitiruvchi sifati indeksi”ni ishlab chiqish hamda har yili eng yuqori indeksga ega 20 ta oliy taʼlim tashkilotining Karyera markazlarini Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 500 mln soʻmdan moliyaviy ragʻbatlantirishni yoʻlga qoʻyish belgilangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2026-yil 1-oktabrdan boshlab oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlashning sifat darajasini baholashga qaratilgan “Bitiruvchi sifati indeksi” joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Bitiruvchi sifati indeksi”ni shakllantirish va uning natijalariga koʻra oliy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoridagi natijadorligini kompleks baholashga qaratilgan “Bitiruvchi sifati indeksi”ni shakllantirish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bitiruvchi sifati indeksi”ni davlat axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan raqamli platforma orqali shakllantirish, uning natijalarini eʼlon qilish va ragʻbatlantirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi 2026-yil 10-noyabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan integratsiyalashgan “Bitiruvchi sifati indeksi”ning raqamli platformasini budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ishlab chiqib, ishga tushirishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Bitiruvchi sifati indeksi” avtomatlashtirilgan raqamli platformasiga idoralararo elektron tizim orqali integratsiya qilinadigan axborot tizimlari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Kiberxavfsizlik markazi” DM 2026-yil 1-noyabrga qadar “Bitiruvchi sifati indeksi” raqamli platformasining belgilangan tartibda kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi yuzasidan tegishli ekspertizalardan oʻtkazilishi hamda “Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi” DM ekspertiza jarayonlari yakunidan soʻng platformaning vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishida koʻmaklashsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Raqamli texnologiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar “Bitiruvchi sifati indeksi”ni shakllantirish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlarning oʻzaro tezkor almashinuvini taʼminlash boʻyicha axborot tizimlarini “Raqamli hukumat”ning idoralararo integratsiya platformasi orqali integratsiya qilish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilab qoʻyilsinki, “Bitiruvchilar sifati indeksi”ni shakllantirish va uning natijalariga koʻra oliy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar 2027-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida tasdiqlangan budjet parametrlariga tegishli oʻzgartirish kiritgan holda ajratiladi, 2028-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 22-noyabrdagi 612-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori B.G. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 29-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
525-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 525-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bitiruvchi sifati indeksi”ni shakllantirish va uning natijalariga koʻra oliy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Bitiruvchi sifati indeksi”ni shakllantirish va uning natijalariga koʻra oliy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchi — hisobot yilida oliy taʼlim tashkilotini tamomlab, bakalavr yoki magistr diplomini olgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bitiruvchi sifati indeksi” (keyingi oʻrinlarda — indeks) — oliy taʼlim tashkiloti bitiruvchilarining mehnat bozoridagi natijadorligini band boʻlish tezligi, barqaror bandlik darajasi, oʻrtacha oylik daromadi va bandlik toifasi indikatorlari asosida kompleks baholash koʻrsatkichi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bitiruvchi sifati indeksi”ni shakllantirishning avtomatlashtirilgan raqamli platformasi (keyingi oʻrinlarda — raqamli platforma) — tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan holda, zarur axborotlarni avtomatik ravishda toʻplash, verifikatsiya qilish, qayta ishlash va tahlil qilish orqali indeksni shakllantirishni taʼminlovchi axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy himoyaga muhtoj bitiruvchi — yetim va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan shaxslar, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
indikator — oliy taʼlim tashkiloti bitiruvchilarining taʼlimni tugatgandan keyingi faoliyati va natijalarini baholash uchun qoʻllanadigan, aniq hisoblash tartibi va formulasiga ega boʻlgan koʻrsatkich;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkiloti toifasi — oliy taʼlim tashkilotida talabalar soni ustuvor boʻlgan taʼlim yoʻnalishidan kelib chiqqan holda, Oliy taʼlim tashkilotlari milliy reytingi doirasida Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan belgilanadigan toifa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot yili — 1-iyul sanasidan boshlanib, keyingi yilning 30-iyun sanasiga qadar boʻlgan 12 oylik davr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar indeksni shakllantirish va uning natijalariga asosan ragʻbatlantirishning asosiy maqsadlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining taʼlimni tugatgandan keyingi faoliyati va natijalarini tizimli baholash hamda baholash asosida oliy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitiruvchilarning bandligi koʻrsatkichlari asosida oliy taʼlim tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida bitiruvchilarning bandligini taʼminlashda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Indeksni shakllantirish va uning natijalariga koʻra oliy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Indeksni shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Indeks Agentlik tomonidan har yili idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, barcha oliy taʼlim tashkilotlari (oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari bundan mustasno) bitiruvchilari boʻyicha shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Indeks oliy taʼlim tashkilotlarini “amaliy fanlar”, “tibbiyot fanlari”, “ijtimoiy-gumanitar fanlar” va “ijod (sport)” toifalariga ajratgan holda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida hisobot yilida 200 nafardan kam bitiruvchiga ega oliy taʼlim tashkilotlarining indeks natijalari alohida qayd etiladi va ularga nisbatan ragʻbatlantirish qoʻllanmaydi, “ijod (sport)” toifasidagi oliy taʼlim tashkilotlari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hisobot yili davomida faoliyati tugatilgan oliy taʼlim tashkilotlari indeksning yakuniy natijalariga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Indeks bitiruvchilarning band boʻlish tezligi, barqaror bandlik darajasi, oʻrtacha oylik daromadi va bandlik toifasi indikatorlari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Indeksni hisoblash tartibi va metodikasi Agentlik tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Indeksni hisoblashda quyidagi toifadagi bitiruvchilarning koʻrsatkichlari inobatga olinmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlat fuqarosi hisoblangan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatni oʻtayotgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ozodlikdan mahrum etilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vafot etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Indeks boʻyicha indikatorlari uchun zarur boʻladigan axborotlar raqamli platformadan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda indikatorlar uchun maʼlumotlar Agentlikning soʻroviga koʻra tegishli vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oliy taʼlim tashkilotlariga indeks natijalarini raqamli platformadagi shaxsiy kabinet orqali kuzatib borish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Indeksning indikatorlarini belgilab olishda foydalaniladigan axborotlarning toʻgʻriligi va ishonchliligi uchun tegishli vazirlik va idoralar masʼul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda notoʻgʻri yoki soxtalashtirilgan maʼlumotlar, shuningdek, oliy taʼlim tashkiloti tomonidan indikator koʻrsatkich(lar)ini sunʼiy oshirishga urinishlar aniqlangan taqdirda, Agentlik direktorining buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkiloti mazkur yildagi indeks natijalaridan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Indeks natijalari asosida ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ragʻbatlantiriladigan oliy taʼlim tashkilotlari soni tegishli toifalarga kiruvchi oliy taʼlim tashkilotlari soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Indeksda ishtirok etadigan oliy taʼlim tashkilotlarining toifalar boʻyicha roʻyxati Agentlik tomonidan har yili 15-iyulga qadar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik har yili 15-avgustga qadar indeksning dastlabki natijalarini shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik indeksning dastlabki natijalari shakllantirilganidan soʻng, oʻn kun ichida ushbu natijalarni oliy taʼlim tashkilotlariga raqamli platforma orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oliy taʼlim tashkilotlari indeksning dastlabki natijalari kelib tushgan kundan boshlab oʻn kun ichida ushbu natijalarni koʻrib chiqadi va xatoliklar mavjud boʻlganda, bu haqida raqamli platforma orqali Agentlikka bir ish kunida xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda aniqlangan xatolik toʻgʻrisida batafsil maʼlumot koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Agentlik aniqlangan xatoliklarni oʻn besh kun ichida koʻrib chiqadi hamda indeksning dastlabki natijalarini oʻzgarishsiz qoldiradi yoki tegishli oʻzgartirishlar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzgartirish kiritilgan taqdirda, bu haqida besh ish kuni ichida Agentlik tomonidan oliy taʼlim tashkilot(lar)iga xabar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Aniqlangan xatoliklar maʼlumotlar manbalari bilan bogʻliq boʻlgan taqdirda, indeksning dastlabki natijalari oʻzgarishsiz qoldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Agentlik indikatorlarni hisoblashda foydalanilgan axborot manbasi boʻlgan vazirlik va (yoki) idoraga maʼlumotlarni shakllantirish jarayonlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi hamda xatolik yuzasidan xabar qilgan oliy taʼlim tashkilotiga asoslantirilgan javob xatini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Indeks natijalari har yili 1-oktabrga qadar jamoatchilik uchun ochiq tarzda Agentlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Indeks natijalarini jamoatchilik uchun tushunarli va taqqoslama tarzda taqdim etish maqsadida har bir toifadagi oliy taʼlim tashkilotlari quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yashil” guruh — eng yuqori natija qayd etgan 30 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“sariq” guruh — keyingi 30 foiz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qizil” guruh — qolgan 40 foiz oliy taʼlim tashkilotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Har bir toifa boʻyicha ragʻbatlantiriladigan oliy taʼlim tashkilotlari soni quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
S — tegishli toifa boʻyicha ragʻbatlantiriladigan oliy taʼlim tashkilotlari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Stoifa — ushbu toifaga mansub oliy taʼlim tashkilotlari soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOTT — indeksda ishtirok etadigan oliy taʼlim tashkilotlarining umumiy soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 — ragʻbatlantiriladigan oliy taʼlim tashkilotlari umumiy soni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblangan qiymatlar butun sonlarga yaxlitlanadi hamda yaxlitlash natijasida ajratilgan oʻrinlar yigʻindisi 20 tani tashkil etmagan taqdirda, farq eng katta kasr qismiga ega boʻlgan toifalarga qoʻshib beriladi yoki kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Indeks natijalariga koʻra eng yuqori koʻrsatkichlarga erishgan 20 ta oliy taʼlim tashkiloti ragʻbatlantiriladi hamda mazkur oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati indeksning yakuniy natijalari bilan bir vaqtda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oliy taʼlim tashkilotlarining indeks natijalari teng boʻlgan taqdirda, ustunlik oʻrtacha oylik daromad koeffitsiyenti indikatori boʻyicha yuqori natija qayd etgan oliy taʼlim tashkilotiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oʻrtacha oylik daromad koeffitsiyenti indikatori boʻyicha natijalar ham teng boʻlgan taqdirda, ustunlik barqaror bandlik darajasi, bandlik toifasi va band boʻlish tezligi indikatorlari boʻyicha natijalar ketma-ketligi asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ragʻbatlantiriladigan oliy taʼlim tashkilotlarining har biriga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 500 mln soʻmdan ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ragʻbatlantirish toʻlovlarini moliyalashtirish bilan bogʻliq xarajatlar uchun mablagʻlar har yili markazlashtirilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchisi sifatida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga ajratilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari doirasida ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan indeks natijalariga koʻra ragʻbatlantirish uchun ajratilgan mablagʻlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasida ochiladigan alohida shaxsiy hisobvaragʻida koʻzda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ragʻbatlantiriladigan oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxati eʼlon qilinganidan soʻng Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi oʻn ish kuni muddatda tegishli mablagʻlarni oliy taʼlim tashkilotlarining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻi va bank hisobvaragʻiga oʻtkazish yuzasidan Iqtisodiyot va moliya vazirligiga soʻrovnoma taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga ragʻbatlantiriladigan oliy taʼlim tashkilotlari toʻgʻrisida soʻrovnoma kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida belgilangan tartibda mablagʻlarni tegishli davlat oliy taʼlim tashkilotlarining budjet mablagʻlari boʻyicha shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ragʻbatlantirish toʻlovlari uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari hajmi budjet tizimi budjetlari xarajatlarining iqtisodiy tasnifi boʻyicha 48 21 190 — “Boshqa xarajatlar” xarajatlar moddasida bir satrda, yilning choraklari va oylari boʻyicha rejalashtirilgan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan berilgan ruxsat asosida oʻn ish kuni muddatda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ragʻbatlantiriladigan nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarining bank hisobvaragʻiga mablagʻlarni oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ragʻbatlantirish mablagʻlari Karyera markazlari xodimlarini ragʻbatlantirishga va (yoki) ularni bitiruvchilar bandligi monitoringi, ish beruvchilar bilan hamkorlik, stajirovka va amaliyot dasturlarida ishtirok etishi bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Axborot tizimidan foydalanishda shaxsga doir maʼlumotlarni nomuayyan doiradagi shaxslarga oshkor etish, shu jumladan, shaxsga doir maʼlumotlarni ommaviy axborot vositalarida barchaga maʼlum qilish, Internet jahon axborot tarmogʻiga joylashtirishga yoki shaxsga doir maʼlumotlardan biror-bir boshqa usul bilan foydalanish imkonini berishga qaratilgan harakatlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Indeks natijalaridan norozi boʻlgan oliy taʼlim tashkilotlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bitiruvchi sifati indeksi”ni shakllantirish va uning natijalariga binoan ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bitiruvchi sifati indeksi”ni shakllantirish va uning natijalariga koʻra oliy taʼlim tashkilotlarini ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Agentlik

“Bitiruvchi sifati indeksi” (keyingi oʻrinlarda — Indeks) boʻyicha indikatorlarni hisoblash uchun zarur axborotlarni jamlaydi.

Har yili 1-iyuldan boshlab

2-bosqich

Agentlik

Indeksda ishtirok etadigan oliy taʼlim tashkilotlarining roʻyxatini toifalar kesimida shakllantiradi.

Har yili 1-iyuldan 15-iyulga qadar

3-bosqich

Agentlik

Indeksning dastlabki natijalarini shakllantiradi.

Har yili 15-avgustga qadar

4-bosqich

Agentlik

Indeksning dastlabki natijalarini oliy taʼlim tashkilotlariga raqamli platforma orqali yuboradi.

10 kun muddatda

5-bosqich

Oliy taʼlim tashkiloti

Indeksning dastlabki natijalarini koʻrib chiqish va xatoliklar mavjud boʻlganda bu haqida xabar beradi.

15 kun muddatda

6-bosqich

Agentlik

Indeks natijalari va ragʻbatlantirishga tanlangan oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatini eʼlon qiladi.

Har yili 1-oktabrga qadar

7-bosqich

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Indeks natijalari asosida ragʻbatlantirish mablagʻlarini oliy taʼlim tashkilotlariga oʻtkazib beradi.

10 ish kunida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 525-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bitiruvchi sifati indeksi” avtomatlashtirilgan raqamli platformasiga idoralararo elektron tizim orqali integratsiya qilinadigan axborot tizimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Vazirlik va idora nomi

Maʼlumotlar toʻplami tarkibi

1.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

HEMIS — oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish axborot tizimidan oliy taʼlim tashkilotlari kesimida bitiruvchilar toʻgʻrisida (diplom olgan sanasi, mutaxassisligi, yoʻnalishi, F.I.O., pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR) maʼlumot.

2.

Soliq qoʻmitasi

My.soliq.uz — soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portalidan oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining daromadi, yuridik shaxs va YTT tashkil etganlar bitiruvchilar va oʻzini oʻzi band qilgan bitiruvchilar soni toʻgʻrisida maʼlumot.

3.

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi

My.mehnat.uz — “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining soni, ish joyi, lavozimi, ishga qabul qilingan vaqti va mehnat staji toʻgʻrisida maʼlumot.

4.

Mudofaa vazirligi

Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilaridan harbiy xizmatga qabul qilingan va muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar soni toʻgʻrisida (F.I.O., pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR, xizmat oʻtash hududi, xizmatga qabul qilingan vaqt va lavozimi) maʼlumot.

5.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” — axborot tizimining Yagona ijtimoiy reyestridan:

oliy taʼlim tashkilotlarining ijtimoiy himoyaga muhtoj bitiruvchilari (yetim, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan va  nogironligi boʻlgan) soni toʻgʻrisida (F.I.O., pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR, nogironlik tayinlangan sana) toʻgʻrisida;

“Ijtimoiy reyestr”da “davlat taʼminotidagi oila”, “kambagʻal oila” va “kambagʻallik chegarasidagi oila” toifasida — yagona boquvchi tariqasida roʻyxatga olingan oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari soni toʻgʻrisida (F.I.O., pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR)

6.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

“Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimidan oliy taʼlim tashkilotlarining bola parvarishi taʼtilida boʻlgan bitiruvchilari soni toʻgʻrisida (F.I.O., pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR, taʼtilga chiqqan sanasi) maʼlumot.

7.

Ichki ishlar vazirligi

“Yagona migratsiya bazasi”dan obyektiv sabablarga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi chegarasidan xorijga chiqqan va xorijdan qaytgan (kirish-chiqish) bitiruvchilar soni toʻgʻrisida (F.I.O., pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR, chiqqan xorijiy davlati va ketish sanasi) maʼlumot.

8.

Adliya vazirligi

Davlat xizmatlari markazidan — yuridik shaxs, YTT tashkil etgan bitiruvchilar soni toʻgʻrisida maʼlumot.

“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidan:

oliy taʼlim tashkilotlarining vafot etgan bitiruvchilari soni toʻgʻrisida (F.I.O., pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR, vafot etgan sanasi) maʼlumot.

9.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

“UzASBO” dasturiy majmuasidan:

oliy taʼlim tashkiloti bitiruvchisi toʻgʻrisida (F.I.O., pasport seriyasi va raqami, JSHSHIR, oylik maoshi va daromadi) maʼlumot.

10.

Vazirlik va idoralar

Bitiruvchilar indeksini aniqlash uchun zarur maʼlumotlar integratsiya qilinmagan boshqa vazirlik va idoralardan qonunchilikda belgilangan tartibda olinishi mumkin*.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ushbu jadvalda keltirilgan barcha koʻrsatkichlar hamda indeksni hisoblashda hisobga olinmaydigan bitiruvchilar toifalari boʻyicha maʼlumotlar faqat tegishli davlat axborot tizimlari va rasmiy manbalar orqali tasdiqlangan hollarda inobatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim bitiruvchilari toʻgʻrisidagi maʼlumot olishda bir kalendar yilni qamrab oluvchi maʼlumot taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlar faqat zaruratga koʻra va belgilangan maqsadlarda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-sentabrdagi 525-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlarini koʻrsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 22-noyabrdagi 612-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-bandning uchinchi xatboshisida “59” raqami “60” raqami bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagi mazmundagi 60-ilova bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamentiga
60-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim tashkilotlariga akkreditatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PASPORTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1.

Davlat xizmati nomi

Taʼlim tashkilotlarining akkreditatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma

2.

Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi

Jismoniy va yuridik shaxslar

3.

Davlat xizmatini koʻrsatuvchi vakolatli organ(lar)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

4.

Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan maʼlumotlar

Soʻrovnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:

a) jismoniy shaxs uchun:

familiyasi, ismi va otasining ismi;

biometrik pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi maʼlumotlari (JSHSHIR maʼlumotlari);

maʼlumotnoma tili (oʻzbek/rus/ingliz);

elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami.

b) yuridik shaxs uchun:

toʻliq nomi;

elektron manzili (mavjud boʻlsa) va telefon raqami;

STIRi.

5.

Davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun undiriladigan yigʻim miqdori

Bepul

6.

Davlat xizmatini koʻrsatish muddati

3 ish kuni

7.

Izoh

”.

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.10.2026-y., 09/26/525/0993-son)