22.09.2026 yildagi KSQ-8-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi nomidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 288-moddasi ikkinchi qismining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlash hakida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi (bundan buyon matnda — Konstitutsiyaviy sud) raislik qiluvchi M. Abdusalomov, sudyalar K. Kamilov, J. Balkibayeva, R. Ismaylov, Gʻ. Mashkurov, A. Raximov va A. Raxmanovdan iborat tarkibda, bosh konsultant U. Giyazovning kotibligida, taraflarning vakillari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) F. Eshmatova, tegishli davlat organlari vakillari va Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi aʼzolari ishtirokida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning murojaati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 288-moddasi ikkinchi qismining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi uchinchi qismiga muvofiqligini aniqlash toʻgʻrisidagi ishni ochiq sud majlisida koʻrib chiqdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud maʼruzachi sudya R. Ismaylovning maʼruzasini, murojaat etuvchi tarafning tushuntirishlarini va tegishli davlat organlari vakillarining hamda Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi aʼzolarining fikrlarini eshitib, ish materiallarini oʻrganib chiqib, quyidagilarni aniqladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilib, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 288-moddasi ikkinchi qismining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi uchinchi qismiga muvofiqligini aniqlashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 133-moddasi birinchi qismi 1-bandi va “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunining (bundan buyon matnda — Konstitutsiyaviy qonun) 4-moddasi birinchi qismi 1-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning murojaatida keltirilishicha, unga kelib tushgan murojaatlar tahlili oʻrganilganda, 2025-2026-yillar davomida noqonuniy maʼmuriy yoʻl bilan qirq sakkiz soatdan ortiq vaqt ushlab turilganligidan norozi boʻlib fuqarolardan 6 ta murojaat kelib tushganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi uchinchi qismiga muvofiq shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi, biroq Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 288-moddasi ikkinchi qismida chegara tartibini yoki Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali oʻtish punktlaridagi tartibni buzgan shaxslar bayonnoma tuzish uchun uch soatgacha muddatga ushlab turilishi mumkinligi, huquqbuzarning shaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan hollarda esa — ushlash paytidan boshlab yigirma toʻrt soat ichida prokurorga yozma tarzda maʼlum qilib, uch sutkagacha yoki huquqbuzarda oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjat boʻlmasa, prokurorning sanksiyasi bilan (sudning qarorisiz) oʻn sutkagacha muddatga ushlab turilishi mumkinligi va bundagi uch sutkagacha va oʻn sutkagacha muddatlarning belgilanishi shaxsning erkinlik va daxlsizlik huquqini buzayotganligini va bu qoidalar Konstitutsiya normalariga muvofiq emasligini bayon etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) tomonidan maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish muddatlari instituti boʻyicha xorijiy davlatlarning qonunlari oʻrganilganda, Rossiya Federatsiyasi va Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Respublikalarida maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish muddati uch soatgacha ekanligi, Tojikistonda uch soatgacha (oʻn sutkagacha uzaytirilishi faqat sud qarori asosida amalga oshirilishi), Fransiyada toʻrt soatgacha ekanligi, Germaniyada aniq vaqt koʻrsatilmaganligi (hibsga olingan kunning ertasidan kechiktirilmasdan sudga yetkazilishi lozimligi) aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur holatlardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Konstitutsiyaviy suddan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 288-moddasi ikkinchi qismining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud mazkur masalani oʻrganib chiqib va ish materiallarini tahlil qilib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 288-moddasi ikkinchi qismining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi uchinchi qismiga muvofiqligini aniqlash lozim degan xulosaga keldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasining uchinchi qismida hibsga olishga, qamoqqa olishga va qamoqda saqlashga faqat sudning qaroriga koʻra yoʻl quyilishi, shuningdek, shaxs sudning qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq muddat ushlab turilishi mumkin emasligi aniq belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilgan konstitutsiyaviy islohotlardan keyin “Habeas corpus” prinsipi kuchaytirildi, yaʼni shaxsni sud qarorisiz qirq sakkiz soatdan ortiq ushlab turish mumkin emasligi Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur konstitutsiyaviy norma “Habeas corpus” prinsipining asosi boʻlib, u shaxsning ozodligini cheklashda mustaqil va holis sud nazoratining majburiyligini kafolatlaydi, qirq sakkiz soatlik muddat shaxs erkinligini sud qarorisiz cheklashning mutlaq va yuqori chegarasi hisoblanadi. Bu qoida shaxs ozodligini cheklashning har qanday shakliga, jumladan, maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish shakliga ham tatbiq etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BMTning Inson huquqlari boʻyicha qoʻmitasi oʻzining Fuqaroviy va siyosiy huquqlar toʻgʻrisidagi pakt yuzasidan sharhida sud qarorisiz ushlab turishning eng maqbul muddati sifatida qirq sakkiz soat etib belgilagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 288-moddasining ikkinchi qismida chegara tartibini yoki davlat chegarasi orqali oʻtish punktlaridagi tartibni buzgan shaxslar huquqbuzarning shaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan hollarda — ushlash paytidan boshlab yigirma toʻrt soat ichida prokurorga yozma tarzda maʼlum qilib, uch sutkagacha yoki huquqbuzarda oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjat boʻlmasa, prokurorning sanksiyasi bilan oʻn sutkagacha muddatga ushlab turilishi mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday xulosa kelib chiqadiki, shaxs qonunning ushbu normasiga muvofiq, sud qarorisiz — uch sutkagacha, yaʼni yetmish ikki soatgacha yoki oʻn sutkagacha, yaʼni ikki yuz qirq soatgacha maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qatʼiy belgilangan qirq sakkiz soatlik muddatdan yaqqol oshib ketgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng muhimi, ushbu normalarda maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish muddatini qirq sakkiz soatdan uzaytirish zarurati tugʻilganda, buning uchun sudning qarorini olish lozimligi nazarda tutilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq shaxsni qirq sakkiz soatdan ortiq ushlab turish faqat sud qarori asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 288-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish muddatini sud qarorisiz uch sutkagacha yoki oʻn sutkagacha uzaytirish mumkinligi toʻgʻrisidagi norma Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi uchinchi qismiga muvofiq emas degan xulosani keltirib chiqarmokda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga koʻra inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasi birinchi qismi va Konstitutsiyaviy qonunning 21-moddasiga muvofiq, Konstitutsiyaviy sud ishlarini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ustunligi prinsipi, qonun chiqaruvchi hamda ijro etuvchi hokimiyatning hujjatlarida inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligiga oid konstitutsiyaviy prinsipning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boshka normalarining ruyobga chiqarilishi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud faqat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga amal qilgan holda ishlarni hal etadi va xulosalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaviy sud yuqorida koʻrsatilgan holatlarni inobatga olib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 288-moddasi ikkinchi qismidagi shaxsni maʼmuriy yoʻl bilan qirq sakkiz soatdan ortiq ushlab turishga ruxsat beruvchi qoida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi uchinchi qismiga muvofiq emas deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 133-moddasi birinchi qismi 1-bandi, “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 4-moddasi birinchi qismi 1-bandi, 67, 69, 70, 72 va 82-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 288-moddasi ikkinchi qismidagi “huquqbuzarning shaxsini va huquqbuzarlik holatlarini aniqlash uchun zarur boʻlgan hollarda esa — ushlash paytidan boshlab yigirma toʻrt soat ichida prokurorga yozma tarzda maʼlum qilib, uch sutkagacha yoki huquqbuzarda oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjat boʻlmasa, prokurorning sanksiyasi bilan oʻn sutkagacha muddatga ushlab turilishi mumkin”ligini nazarda tutuvchi norma Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27-moddasi uchinchi qismiga muvofiq emas deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining mazkur qarori tegishli tashkilotlarga ijro uchun yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining ushbu qarori “Xalq soʻzi” gazetasi, “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami”, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi va Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qaror qatiy, uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas va u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 22-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KSQ-8-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.09.2026-y., 12/26/8/0966-son)