21.09.2026 yildagi PQ-345-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat sohasida xodimlarning shaʼni va qadr-qimmatini himoya qilish, xavfsiz, hurmatga asoslangan va kamsitishdan xoli ish muhitini taʼminlash, tazyiq, zoʻravonlik va shu maqsadda xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilish holatlarining (workplace harassment) oldini olish, bunday holatlar yuzasidan murojaatlarni xolis, tezkor va shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka asosan koʻrib chiqishning yagona raqamli mexanizmlarini joriy etish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini (safe workplace) taʼminlashning eng asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) mehnat sohasida tazyiq, jinsiy va jismoniy zoʻravonlik, shahvoniy shilqimlik, ruhiy bosim, taʼqib qilish, kamsitish va shu maqsadda mansab mavqeyini suiisteʼmol qilishga qaratilgan harakatlarning (keyingi oʻrinlarda — tazyiq va zoʻravonlik holatlari) oldini olish va ularga nisbatan taʼsir choralarini koʻrish boʻyicha samarali tizimni joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) mehnat sohasida tazyiq va zoʻravonlik holatlari sodir etilganligi boʻyicha murojaatlarni qabul qilish, bunday holatlarga xolisona baho berish jarayonlarini raqamlashtirish va uning ustidan qatʼiy nazorat oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) mehnat sohasida tazyiq va zoʻravonlik holatlari yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarning shaxsiga oid maʼlumotlarni himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) mehnat sohasida xodimlarga nisbatan yoki ular tomonidan sodir etilgan tazyiq va zoʻravonlik holatlariga oid huquqbuzarliklar yashirilishining oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Mehnat sohasida tazyiq va zoʻravonlik holatlari boʻyicha murojaatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishning samarali tizimini joriy qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy Majlis Senati, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi va Oʻzbekiston ish beruvchilari konfederatsiyasining davlat organlari va tashkilotlarida, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarda hamda ustav kapitalida ushbu yuridik shaxslarning ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslarda (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari), shuningdek, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar boshqa korxona, tashkilot va muassasalarda (keyingi oʻrinlarda — nodavlat tashkilotlar) Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini taʼminlash dasturini (keyingi oʻrinlarda — Dastur) bosqichma-bosqich joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Raqamli texnologiyalar vazirligi 2026-yil 1-dekabrga qadar Boshqaruv samaradorligi agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va tashkilotlari uchun quyidagi imkoniyatlarga ega “Xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhiti” axborot portalini (keyingi oʻrinlarda — Portal) ishga tushirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tazyiq va zoʻravonlik holatlariga oid murojaatni onlayn qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat organlari va tashkilotlarida Portalni yuritish uchun masʼul xodimlar (keyingi oʻrinlarda — masʼul xodimlar), ularning bevosita rahbarlari yoki davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslari tomonidan sodir etilgan tazyiq va zoʻravonlik holatlari boʻyicha murojaatlarni avtomatik tarzda davlat organlari va tashkilotlarining yuqori turuvchi instansiyasiga joʻnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tazyiq va zoʻravonlik holatlari boʻyicha murojaatlarni tekshirish, dalillarni toʻplash, xulosalar tayyorlash, axborot almashinuvi va muloqotlarni Portal orqali amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tazyiq va zoʻravonlik holatlari boʻyicha tekshiruvlar oʻtkazilishi, ularning natijalari, koʻrilgan choralar hamda ularning oʻzgartirilishi bilan bogʻliq jarayonlarga oid maʼlumotlarni Portalda saqlab qolish va ularning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha qisqa onlayn trening kurslarini (keyingi oʻrinlarda — qisqa trening kurslari) tashkil etib borish hamda ular oʻtkazilganligini elektron tasdiqlash amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) tazyiq va zoʻravonlik holatlari boʻyicha murojaatlarni oʻrganish yakunlari, tegishli qisqa trening kurslari va ular oʻtkazilganligi natijalari boʻyicha tahlillarni amalga oshirish, statistik maʼlumotlarni toʻplash va shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq umumlashtirilgan maʼlumotlarni ochiq eʼlon qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) tazyiq va zoʻravonlik holatlari boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari mavjud boʻlgan hollarda murojaatlarni “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organga yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik 2026-yil 1-dekabrga qadar “dmi.mehnat.uz” axborot tizimida nodavlat tashkilotlar uchun ixtiyoriy ravishda foydalanish maqsadida ushbu qarorning 3 bandida nazarda tutilgan imkoniyatlarni yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tazyiq va zoʻravonlik holatlariga doir murojaatlar, ularni koʻrib chiqish bilan bogʻliq maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash hamda ularning qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda oshkor etilishi va tarqatilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan javobgarlik barcha darajadagi tashkilotlar rahbarlarining zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Mehnat sohasida tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish boʻyicha samarali tizimni joriy qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat organlari va tashkilotlari xodimlari va mansabdor shaxslari har yili Agentlik bilan kelishilgan oʻquv dasturlari asosida qisqa trening kurslarida oʻqitiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) nodavlat tashkilotlar xodimlari ixtiyoriy ravishda Vazirlik tomonidan tashkil etiladigan qisqa trening kurslarida oʻqitilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish va rivojlantirishga yoki kadrlar bilan ishlashga masʼul boʻlgan xodimlar orasidan kamida bir nafar xodim Portalni yuritish, qisqa trening kurslarini tashkil etish uchun masʼul boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Raqamli texnologiyalar vazirligi Vazirlik, Agentlik va Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar Portalni ishga tushirish uchun uni “112” yagona dispetcherlik xizmati, “dmi.mehnat.uz” axborot tizimi xamda davlat organlari va tashkilotlarining tegishli axborot tizimlariga oʻzaro integratsiya qilishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura mehnat sohasida tazyiq va zoʻravonlik holatlari yuzasidan “112” yagona dispetcherlik xizmati orqali kelib tushgan murojaatlarning oʻz vaqtida, toʻliq va xolisona koʻrib chiqilishini alohida nazoratga olsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Agentlikka davlat organlari va tashkilotlarida Dastur doirasida belgilangan qoidalar aniq va bir xilda ijro etilishini taʼminlash maqsadida Portal orqali monitoring qilish natijasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritish vakolati berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlik Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi, Oʻzbekiston ish beruvchilari konfederatsiyasi bilan birgalikda doimiy ravishda nodavlat tashkilotlar uchun “dmi.mehnat.uz” axborot tizimida mehnat sohasida tazyiq va zoʻravonlik holatlari boʻyicha murojaatlar bilan ishlash imkoniyatlari targʻibotini amalga oshirib borsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Agentlik, Vazirlik, Ijtimoiy himoya milliy agentligi uch oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) davlat organlari va tashkilotlari masʼul xodimlari uchun tazyiq va zoʻravonlik holatlari, shu jumladan, ular yuzasidan murojaatlar bilan Dastur doirasida ishlash boʻyicha maxsus trening kurslarini oʻtkazsin. Bunda maxsus trening kurslari metodologiyasi Agentlik tomonidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi koʻmagida ishlab chiqiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat organlari va tashkilotlari masʼul xodimlarining tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasidagi faoliyatini ragʻbatlantirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Portalni ishga tushirish va saqlash hamda uni boshqa axborot tizimlari va “112” yagona dispetcherlik xizmati bilan integratsiya qilish xarajatlari Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Vazirlikning “dmi.mehnat.uz” axborot tizimini boshqa axborot tizimlari va “112” yagona dispetcherlik xizmati bilan integratsiya qilish xarajatlari Vazirlikning mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Davlat organlari va tashkilotlarining mehnat jamoalariga ichki mehnat tartibi qoidalari doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlangan jinsiy yoki jismoniy zoʻravonlik, shahvoniy shilqimlik holatlarini mehnat majburiyatlarini bir marta qoʻpol buzish sifatida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) xodim tarafidan yoki xodimga nisbatan sodir etilgan tazyiq, ruhiy bosim, kamsitish holatlari hamda murojaat munosabati bilan taʼqib qilish holatlarini mehnat intizomini buzish sifatida baholashni belgilash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini taʼminlash amaliyotini joriy etish boʻyicha tashkiliy masalalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bir oy muddatda nodavlat tashkilotlar uchun tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash hamda bunday holatlarga chora koʻrish boʻyicha yagona namunaviy metodologiyani sohadagi asosiy talablarni inobatga olgan holda ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ikki oy muddatda Adliya vazirligi bilan birgalikda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro mehnat tashkilotining Mehnat sohasida tazyiq va zoʻravonlikka barham berish toʻgʻrisidagi konvensiyasini (190-son, 2019-yil) ratifikatsiya qilish boʻyicha takliflarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda davlat organlari va tashkilotlarining mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini taʼminlashning aniq mexanizmlarini belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Davlat organlari va tashkilotlarining mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini taʼminlash boʻyicha yangi amaliyotni monitoring qilish va uning ijrosi toʻgʻri tashkil etilishini nazorat qilishga masʼul etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining shartnoma asosida jalb qilingan maslahatchisi N.E. Davletova belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Adliya vazirligi Vazirlik, Agentlik, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 21-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-345-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2026-y., 07/26/345/0959-son)