17.09.2026 yildagi 493-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi muassasalarda budjetdan tashqari mablagʻlarni shakllantirish manbalarini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazlari va “Gʻamxoʻrlik” markazlari tizimini yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) tizimidagi muassasalarda pulli xizmat koʻrsatish hamda mahsulotlar (tovar va xizmatlar) tayyorlash va ularni realizatsiya qilish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi nazarda tutilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi muassasalarda pulli xizmat koʻrsatish, mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, muassasalarning mol-mulkini ijaraga berish, shuningdek, muassasalarning rivojlantirish jamgʻarmalariga qoʻshimcha mablagʻlar jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan har yili 15-dekabrga qadar kelgusi yil uchun muassasalarda pulli xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish hamda ularning rivojlantirish jamgʻarmalari daromadlarini koʻpaytirishga qaratilgan yillik prognoz koʻrsatkichlar (keyingi oʻrinlarda — prognoz koʻrsatkichlar) tasdiqlanadi va ularning ijrosi tahlil qilib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi muassasalarda (keyingi oʻrinlarda — muassasalar) budjetdan tashqari mablagʻlarni shakllantirish manbalarini kengaytirish maqsadida muassasalardagi tarbiyalanuvchilar (oʻquvchilar, yashovchilar) tayyorlagan mahsulotlar davlat buyurtmachilari tomonidan bir moliya yilida bazaviy hisoblash miqdorining 1 500 baravarigacha miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali xarid qilinishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ijtimoiy himoya milliy agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda 2026-yil uchun prognoz koʻrsatkichlar tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2026-yil 1-oktabrga qadar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prognoz koʻrsatkichlar ijrosini tahlil qilish va ularning ijrosini taʼminlagan Ijtimoiy himoya milliy agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari va muassasalar xodimlarini ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasalar xizmatlaridan foydalanuvchi shaxslar (tarbiyalanuvchilar, oʻquvchilar, doimiy yashovchi shaxslar) tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni realizatsiya qilish boʻyicha tuziladigan namunaviy vositachilik shartnomalarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 17-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
493-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 493-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi muassasalarda pulli xizmat koʻrsatish, mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, muassasalarning mol-mulkini ijaraga berish, shuningdek, muassasalarning rivojlantirish jamgʻarmalariga qoʻshimcha mablagʻlar jalb qilish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Ijtimoiy himoya milliy agentligi) tizimidagi muassasalarda (keyingi oʻrinlarda — muassasalar) pulli xizmat koʻrsatish, mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish, muassasalarning mol-mulkini ijaraga berish, shuningdek, muassasalarning rivojlantirish jamgʻarmalariga qoʻshimcha mablagʻlar jalb qilish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli xizmat — muassasalar tomonidan mijozlarga shartnoma asosida haq evaziga koʻrsatiladigan xizmatlar turlari (reabilitatsiya qilish, tibbiy diagnostika, davolash, qarab turish, defektolog, psixolog xizmatlar va boshqalar), bundan davlat tomonidan kafolatlangan xizmat turlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mijoz — muassasalar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlardan oʻz xohishiga koʻra pulli asosda foydalanuvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tashkiloti — Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga kiruvchi barcha taʼlim tashkilotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy-ijtimoiy muassasa — faoliyat yoʻnalishlariga muvofiq aholiga tibbiy va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatuvchi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga kiruvchi muassasalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat oluvchilar — taʼlim tashkilotlari va tibbiy-ijtimoiy muassasalarda taʼlim oluvchi, tarbiyalanuvchi va yashovchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy boshqarma — Ijtimoiy himoya milliy agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Pulli xizmatlarni koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Pulli xizmatlar mijozlarga muassasa xodimlari va muassasaga fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilingan jismoniy shaxslar tomonidan koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda muassasa xodimlarini majburiy ravishda hamda boshqa jismoniy shaxslarni fuqarolik-huquqiy shartnoma tuzmasdan pulli xizmatlar koʻrsatishga jalb etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Muassasalar tomonidan koʻrsatiladigan pulli xizmatlar turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va xizmat koʻrsatish boʻyicha ommaviy oferta Ijtimoiy himoya milliy agentligi yoki muassasaning rasmiy veb-saytiga joylashtirib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muassasaning pulli xizmatlar koʻrsatiladigan binosida quyidagilar toʻgʻrisida maʼlumot joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatiladigan pulli xizmatlar va ularning preyskurant narxlari haqida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli xizmatlar koʻrsatiladigan xona va joylar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mijozlarga pulli xizmatlar ularning murojaatlariga asosan shartnoma yoki elektron ommaviy ofertaga muvofiq haq evaziga koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Taʼlim tashkilotlarida tashkil etiladigan qoʻshimcha taʼlim (davlat taʼlim standartlaridan tashqari) va ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlari ushbu taʼlim tashkilotining rahbari hamda xizmat oluvchilarning, shuningdek, mazkur tashkilotning xizmat oluvchisi boʻlmagan shaxslarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida tuziladigan shartnoma yoxud elektron ommaviy oferta asosida haq evaziga koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼlim va ijtimoiy-reabilitatsiya xizmatlari mijozning talabiga koʻra unga individual yoxud guruh shaklida koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mijozlarda muassasalarga qabul qilishga qarshi tibbiy koʻrsatmalar aniqlangan taqdirda, ular belgilangan tartibda hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Muassasada koʻrsatiladigan pulli xizmatlarning roʻyxati va preyskurant narxlari ushbu muassasa joylashgan hududdagi hududiy boshqarma bilan kelishilgan holda muassasa rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi. Bunda pulli xizmatlarning preyskurant narxi har bir xizmat turi boʻyicha bozor konyunkturasidan kelib chiqqan holda, biroq xizmatlarning tannarxidan kam boʻlmagan miqdorda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Xizmat oluvchilar tomonidan mahsulotlar (xizmatlar) tayyorlash va ularni realizatsiya qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Muassasalarda xizmat oluvchilar tomonidan hunarmandchilik, badiiy va amaliy sanʼat mahsulotlari, gul va koʻchatlar, oziq-ovqat va qandolat mahsulotlari, kompyuter xizmatlari va boshqa yoʻnalishlardagi mahsulotlar (xizmatlar) (keyingi oʻrinlarda — mahsulot) tayyorlanishi mumkin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat oluvchilarning oʻzlariga yoki muassasaga tegishli boʻlgan xomashyo asosida mahsulotlar individual yoki guruh shaklida tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa tomonidan taqdim etilgan xomashyo asosidagi mahsulot xizmat oluvchi bilan tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomaga koʻra tayyorlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlarni tayyorlash muassasa hududida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gʻamxoʻrlik” markazlariga joylashtirilgan nogironligi boʻlgan shaxslar mahsulot tayyorlash jarayonida ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasini amalga oshirish uchun tashkil etilgan loyihalar doirasida ishtirok etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xizmat oluvchi bilan fuqarolik-huquqiy shartnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan xizmat oluvchi nomidan uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki vasiysi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan xizmat oluvchi tomonidan uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining (emansipatsiya holatlari bundan mustasno) yozma roziligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn sakkiz yoshga toʻlgan, muomalaga layoqatli xizmat oluvchi tomonidan mustaqil ravishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn sakkiz yoshga toʻlgan muomala layoqati cheklangan xizmat oluvchi tomonidan uning homiysining yozma roziligi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn sakkiz yoshga toʻlgan muomalaga layoqatsiz deb topilgan xizmat oluvchi nomidan uning vasiysi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Muassasalarda tayyorlangan mahsulotlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat oluvchilarning oʻz xomashyosi asosida tayyorlangan mahsulotlar muassasa tomonidan vositachilik shartnomasi asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa tomonidan xarid qilingan xomashyo asosida tayyorlangan mahsulotlar bevosita muassasa tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda tayyorlangan mahsulotlar birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq tadbirkor yoki muassasa tomonidan realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xizmat oluvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulot narxi mazkur Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat oluvchilar tomonidan oʻziga tegishli xomashyo asosida tayyorlangan mahsulotni realizatsiya qilish uchun muassasaning vositachilik haqi mahsulot narxining toʻrtdan bir qismidan koʻp boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tayyorlangan mahsulotlar (xizmatlar) muassasa tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron savdo platformalari, savdo yarmarkalari orqali, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa usullarda realizatsiya qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat oluvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar davlat buyurtmachilari tomonidan bir moliya yilida bazaviy hisoblash miqdorining 1 500 baravarigacha miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzish orqali xarid qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vositachilik shartnomasi boʻyicha har bir realizatsiya qilingan mahsulot (xizmat) uchun toʻlangan mablagʻlarning tegishli qismi mazkur mablagʻlar kelib tushgan kundan boshlab bir oy ichida muassasa tomonidan xizmat oluvchilarning tijorat bankida ochilgan hisobvaraqlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Muassasada mahsulotlar tayyorlash (xizmatlar koʻrsatish) ishlari tadbirkorlik subyektlari bilan birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida tashkil etilishi mumkin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa va tadbirkorlik subyektining loyiha doirasida kiritadigan ulushlari miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti tomonidan ushbu muassasaning xizmat oluvchilari va xodimlarini jalb etish, shuningdek, boshqa shartlar birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomani amalga oshirish doirasida tadbirkorlik subyekti tomonidan xizmat oluvchilar bilan shartnoma mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomada oʻzaro kelishuvga koʻra tayyorlangan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarni kiritiladigan ulushlardan kelib chiqib, taqsimlash shartlari ham koʻrsatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Muassasa xizmat oluvchilarni yoki tadbirkorlik subyektini mahsulotlarni tayyorlash uchun talab etiladigan joy, asbob-uskuna va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Muassasalarda pulli xizmat koʻrsatish va mahsulotlar tayyorlash uchun jalb qilinadigan tadbirkorlik subyektlariga muassasa mulkini ijaraga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Muassasaga tegishli boʻsh turgan bino va inshootlar hamda boshqa davlat mulki obyektlari (keyingi oʻrinlarda — davlat mulki obyektlari) xizmat oluvchilarga ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi, kasbga oʻrgatish hamda mijozlarga pulli xizmatlar koʻrsatishni tashkil etish va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa maqsadlar uchun belgilangan tartibda ijaraga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Muassasa oʻziga tegishli boʻlgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini (yer uchastkalari bundan mustasno) ijara toʻlovining eng kam miqdoriga 0,25 koeffitsiyent qoʻllangan holda, mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan maqsadlarda nodavlat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Muassasaga doimiy foydalanish huquqi bilan berilgan hamda boʻsh turgan yer uchastkalari mazkur Nizom maqsadlarida tasarruf etish huquqisiz nodavlat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga ijaraga beriladi. Bunda ijara summasining miqdori yer uchastkasi joylashgan hudud uchun belgilangan soliq stavkasiga teng miqdorda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ijaraga oluvchi ijaraga olingan davlat mulki obyektlaridan foydalanishda ularda tashkil etilgan faoliyat muassasa xizmat oluvchilarining sogʻligʻiga, muassasa hududida harakatlanishiga va dam olishiga salbiy taʼsir koʻrsatmasligini taʼminlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat mulki obyektlarini ijaraga berishda ular bilan birgalikda muassasaga tegishli uning asosiy faoliyatida foydalanilmay turgan asbob-uskuna, jihozlar va boshqa asosiy vositalar ham ijaraga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Pulli xizmatlarni tashkil etish hamda ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasini va kasbga oʻrgatishni yoʻlga qoʻyish maqsadida asosiy vosita, jihozlar va xomashyo xaridi uchun muassasalarga Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlar ajratilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Muassasalarda pulli xizmat koʻrsatish, mahsulotlar tayyorlash va boshqa manbalardan tushgan mablagʻlardan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Muassasalarda pulli xizmat koʻrsatish va tayyorlangan mahsulotlarni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlar muassasalarning rivojlantirish jamgʻarmalariga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Muassasalarning rivojlantirish jamgʻarmalari hisobidan ularning xodimlari quyidagicha moddiy ragʻbatlantirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa rahbari, bosh hisobchi (hisobchi)si va xizmat koʻrsatishda (mahsulot tayyorlashda) ishtirok etgan xodim (keyingi oʻrinlarda — masʼul xodim)ni ushbu Nizomning 26-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan miqdorda mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasa rahbari va xodimlarining ijro intizomi qoidalariga amal qilishi, funksional vazifalarini bajarishi, bilim darajasi, kasbiy qobiliyatlariga qarab, ularga lavozim maoshiga (barcha ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni inobatga olgan holda) nisbatan 300 foizgacha ustama toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida belgilangan ishlanmaydigan bayram kunlarida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 10 baravarigacha mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mehnat faoliyatida yuqori natijalarga erishgan, xizmat vazifalarini sidqidildan va samarali bajarayotgan rahbar va xodimlarni har chorakda bir marta lavozim maoshining (barcha ustama va qoʻshimcha toʻlovlarni inobatga olgan holda) 5 baravarigacha miqdorda mukofotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasalarning jamoa shartnomalarida nazarda tutilgan boshqa turdagi moddiy yordam va toʻlovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muassasa rahbari muassasaning rivojlantirish jamgʻarmasida xodimlarni ragʻbatlantirish uchun ajratilgan mablagʻlar miqdoridan kelib chiqib, mazkur bandda koʻrsatilgan ragʻbatlantirish turini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Muassasada pulli xizmat va mahsulot tayyorlashni rivojlantirishga masʼul xodimlar muassasaning rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan quyidagi tartibda moddiy ragʻbatlantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilgan pulli xizmat va mahsulotlarni realizatsiya qilishdan tushgan mablagʻlarning 10 foizgacha boʻlgan qismi miqdorida muassasa rahbari, bosh hisobchi (hisobchi)si va mahsulot tayyorlashda (xizmat koʻrsatishda) ishtirok etgan xodimlarga mukofot puli toʻlanadi. Bunda xizmat koʻrsatishda (mahsulot tayyorlashda) ishtirok etadigan xodimlar muassasa rahbari tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulki obyektlarini ijaraga berishdan rivojlantirish jamgʻarmasiga tushgan tushumning 5 foizgacha boʻlgan qismi miqdorida muassasa rahbari, bosh hisobchi (hisobchi)siga teng miqdorlarda muassasa rahbarining buyrugʻiga asosan ish haqiga oylik ustama toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan ragʻbatlantirish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlar miqdori nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash hududiy markazlari va sanatoriylarda — 5 foizgacha, Nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazida — 2 foizgacha etib belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur bandga asosan xodimga toʻlanadigan bir oylik mukofot puli miqdori uning lavozim maoshining 5 baravaridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Muomalaga layoqatsiz deb topilgan xizmat oluvchining bank hisobvaragʻiga mazkur Nizom doirasida oʻtkazilgan mablagʻlar uning manfaatlari uchun vasiylik va homiylik organining ruxsati bilan vasiy tomonidan sarflanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Muassasalar rahbarlari muassasada pulli xizmatlar, mahsulotlar tayyorlash ishlarini tashkil etish, tushgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish yuzasidan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Pulli xizmatlar koʻrsatish, xizmat oluvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni realizatsiya qilish, davlat mulki obyektlarini ijaraga berish boʻyicha muassasa xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 17-sentabrdagi 493-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-dekabrdagi 687-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agentlik tizim tashkilotlarida pulli xizmatlarni hamda ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi va kasbga oʻrgatishni tashkil etish maqsadida amalga oshiriladigan asosiy vosita, jihozlar va xomashyo xarid xarajatlarini moliyalashtirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi — ellik toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oltmishinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 313-son qarori bilan tasdiqlangan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agentlik tomonidan mazkur bandning birinchi xatboshisiga muvofiq mablagʻlar yoʻnaltirilishi natijasida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalarining tuman (shahar) gʻaznachilik boʻlinmalarida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlaridagi qoldiq mablagʻlar mahalla fuqarolar yigʻini kesimida ulardagi aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar va mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar soniga mutanosib ravishda qayta taqsimlanishi mumkin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 12-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligida,” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqqizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ushbu band maktabgacha va maktab taʼlimi hamda madaniyat muassasa va tashkilotlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlar, hududiy boshqarmalari va “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga nisbatan tatbiq etilmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga vaucher asosida yangi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 18-iyundagi 376-son qarorining 3-bandi “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b) Agentlik va uning tizim tashkilotlariga tegishli, shuningdek, mahalla hududida joylashgan boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlari ijara toʻlovining eng kam miqdoriga 0,25 koeffitsiyent qoʻllangan holda, balansda saqlovchi tomonidan Dastur doirasida, shuningdek, ijtimoiy-mehnat reabilitatsiyasi, kasbga oʻrgatish hamda boshqa ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatuvchi nodavlat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishga ruxsat beriladi”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2026-y., 09/26/493/0955-son)