Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.03.1998 yildagi 102-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PAXTA LINTIDAN SELLYULOZANING KIMYoVIY NAVLARINI IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh VA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada sellyulozaning maxsus eksport qilishga moʻljallangan kimyoviy navlarini chiqarish boʻyicha ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, sellyuloza asosidagi sellyuloza atsetatlari, karboksimetilsellyuloza va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliy xomashyo bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasining Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodi negizida paxta lintidan sellyulozaning kimyoviy navlarini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasiga “Unionmateks Industrianlagen GmbX” firmasi bilan texnik hujjatlarni tayyorlash, asbob-uskunalar, materiallarni yetkazib berish, montaj ishlarini bajarish va quvvatlarni 2000-yilning may oyida ishga tushirgan holda paxta lintidan yiliga 30 ming tonna sellyuloza ishlab chiqaradigan texnologik asbob-uskunalarni foydalanishga topshirish yuzasidan texnik rahbarlik qilishga kontrakt tuzishga ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Unionmateks Industrianlagen GmbX” firmasi har yili ishlab chiqariladigan sellyulozaning 50 foizini xarid qilish majburiyatini olganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodi “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi bilan birgalikda xorijiy kreditlarni muddatida uzish uchun yetarli hajmdagi sellyulozani sotishga “Unionmateks Industrianlagen GmbX” firmasi bilan fyuchers kontraktini bir oy muddatda tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Obyektni loyihalashtirish, qurish, asbob-uskunalarni yetkazib berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish muddatlari 1-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, loyihaning valyuta qismi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 85 foizi “Germes” jamiyati sugʻurtasi ostida Berliner banki krediti liniyasi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining qayta moliyalashtiriladigan krediti hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt qiymatining 15 foizi “Unionmateks Industrianla-gen GmbX” firmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kafolati ostida Berliner bankining muddati 540 kun boʻlgan krediti hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kreditlarni uzish Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodi tomonidan kredit bitimida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi (2-ilova*).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani Oʻzbekiston Respublikasining 1999 va keyingi yillardagi investitsiya dasturiga kiritishni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yildan boshlab, Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodining buyurtmanomalari boʻyicha zarur hajmda va assortimentda paxta linti ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki ikki oy muddatda Berliner banki bilan kredit bitimini tuzsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Berliner bankiga, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga mazkur loyiha uchun jalb qilinadigan kreditlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlarini belgilangan tartibda berishga vakil qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati kafolatlari boʻyicha yuridik xulosalarni rasmiylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari”, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” kompaniyalari, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi bojxona hujjatlari oʻz vaqtida rasmiylashtirilishini va Fargʻona furan birikmalari kimyo zavodining buyurtmanomalari boʻyicha kelayotgan asbob-uskunalar va material resurslari belgilangan joyga toʻsiqlarsiz yetkazilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari I. H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1998-yil 9-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-son