10.09.2026 yildagi PQ-319-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QARORI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika sohasida uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tizimini yoʻlga qoʻyish hamda ilgʻor xorijiy tajriba va xalqaro taʼlim standartlari asosida takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Maqsadlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar mazkur qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uzluksiz kasbiy taʼlim tizimidagi barcha jarayonlarni raqamlashtirish asosida tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining uzluksiz kasbiy taʼlim bilan qamrovini 100 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uzluksiz taʼlim provayderlari va dasturlarini sohaviy akkreditatsiyadan tizimli oʻtkazishni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uzluksiz kasbiy taʼlim tashkilotlari faoliyatini samarali tashkil etish va sifat kafolati mexanizmlarini joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Sogʻliqni saqlash sohasida uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Tibbiyot va farmatsevtika sohasida uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Uzluksiz kasbiy tibbiy taʼlim tizimini samarali yoʻlga qoʻyish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 2027-yil 1-iyuldan boshlab tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha uzluksiz kasbiy tibbiy taʼlim (keyingi oʻrinlarda — uzluksiz taʼlim) tizimi joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uzluksiz taʼlim berish oʻquv dasturlari tegishli akkreditatsiyadan oʻtgan davlat va nodavlat taʼlim hamda tibbiyot tashkilotlari, tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi nodavlat notijorat tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda — uzluksiz taʼlim provayderlari) tomonidan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uzluksiz taʼlim olishning anʼanaviy shakllari bilan bir qatorda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining bevosita ish jarayoni bilan uygʻunlashgan masofaviy, kechki va boshqa shakllari joriy etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uzluksiz taʼlim tizimi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining bilim va koʻnikmalarini doimiy oshirib borishga qaratiladi hamda taʼlimning kredit-modul tizimiga asoslanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) oliy maʼlumotli tibbiyot va farmatsevtika xodimlari yiliga 50 kreditdan, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari yiliga 28 kreditdan kam boʻlmagan miqdorda malaka oshirish kurslarini oʻtashi majburiy etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) majburiy toʻplanishi belgilangan kreditlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) uzluksiz taʼlim shakli va xususiyatidan (konferensiya, seminar, trening va boshqalar) kelib chiqib, tabaqalashgan oʻquv soatlari asosida hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malaka toifasini olish hamda davlat roʻyxatidan oʻtish sinovlarida qatnashish imkonini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) hisobi yillik asosda yuritiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uzluksiz taʼlim provayderini, malaka oshirish shakli va dasturlarini erkin tanlash huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan kasbiy malaka oshirishni moliyalashtirishning amaldagi hajmi saqlab qolinadi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ajratiladigan mablagʻlar birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan budjet soʻrovnomalari asosida hamda budjet qonunchiligi talablariga muvofiq shakllantirilgan davlat buyurtmasini moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda uzluksiz taʼlim provayderlariga yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) tinglovchilar davlat buyurtmasi doirasida uzluksiz taʼlim provayderi hamda malaka oshirish dasturini erkin tanlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) xalqaro akkreditatsiyalangan uzluksiz kasbiy rivojlanish dasturlari va tadbirlari boʻyicha berilgan sertifikatlarni (kreditlarni) ekvivalent sifatida tan olish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Uzluksiz kasbiy tibbiy taʼlim markazi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligining 2026-yil 15-noyabrdan boshlab quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi “Tibbiy taʼlimda oʻquv resurslarini yaratish va rivojlantirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) davlat muassasasi shaklidagi Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazini (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Markazning tibbiyot sohasida uzluksiz kasbiy taʼlim boʻyicha mahalliy akkreditatsiya tashkiloti sifatida faoliyat koʻrsatishini yoʻlga qoʻyish. Bunda Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi tomonidan roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Markazning boshqaruv shtat birliklari tugatilayotgan “Tibbiy taʼlimda oʻquv resurslarini yaratish va rivojlantirish markazi” davlat muassasasi shtat birliklari hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining umumiy shtat birliklari doirasida shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Markaz xodimlariga Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Markaz 2030-yildan boshlab bosqichma-bosqich xoʻjalik faoliyatini yuritishdan tushgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Markazning nizomini, shuningdek, uning tuzilmasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uzluksiz taʼlim provayderlarini va ularning taʼlim dasturlarini sohaviy (CPD) akkreditatsiyadan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uzluksiz taʼlim dasturlari uchun talablar va uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uzluksiz taʼlim jarayonlarida qatnashuvchi trenerlar va oʻqituvchilar uchun malaka talablarini ishlab chiqish hamda ularning uzluksiz taʼlim jarayonlaridagi faoliyatini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) uzluksiz taʼlim jarayonlari sifatini baholash mexanizmlarini amaliyotga joriy etish va davriy sifat nazoratini yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) uzluksiz taʼlim provayderlari faoliyatini xavfni tahlil qilish (murojaatlar, soʻrovnoma natijasida aniqlangan kamchiliklar, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar materiallari va boshqa ishonchli maʼlumotlar) asosida oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) uzluksiz taʼlim jarayoni xalqaro standartlar boʻyicha amalga oshirilishini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) uzluksiz taʼlim sohasidagi faoliyatga mahalliy va xorijiy tashkilotlarni keng jalb qilish, pedagogika sohasida ilgʻor tajriba almashish borasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) uzluksiz taʼlim provayderlari va dasturlarining elektron milliy reyestrini yuritish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining elektron portfoliosini shakllantirish, uzluksiz taʼlim kreditlari hisobini yuritish hamda uning haqqoniyligi, xolisligi va shaffofligini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Markazga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uzluksiz taʼlim provayderlaridan maʼlumotlarni talab qilib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uzluksiz taʼlim provayderlari va ularning taʼlim dasturlari akkreditatsiyalarini muddatidan oldin bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) xavf tahlili asosida uzluksiz taʼlim dasturlarini toʻxtatib qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy rivojlanish trayektoriyasini hamda uzluksiz taʼlim provayderlari faoliyatini doimiy monitoring qilib borish maqsadida “Elektron tibbiy taʼlim” platformasida Uzluksiz kasbiy rivojlanish modulini (keyingi oʻrinlarda — Modul) yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) tibbiyot sohasining dolzarb masalalaridan kelib chiqib, yangi malaka oshirish dasturlarini tashkil qilish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) uzluksiz taʼlim provayderlari va ularning taʼlim dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish jarayonlariga tajribali mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) uzluksiz taʼlim provayderlari va ularning taʼlim dasturlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishdan tushadigan mablagʻlarni akkreditatsiya jarayonlariga jalb etilgan mahalliy va xorijiy ekspertlar xizmatlariga haq toʻlash, Markaz faoliyatini rivojlantirish va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadlariga yoʻnaltirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) Modulning muntazam ishlashini taʼminlash, foydalanuvchilarni (xodimlar, uzluksiz taʼlim provayderlari, ish beruvchilar) roʻyxatdan oʻtkazish va boshqarish, kreditlar hisobini yuritish, elektron sertifikatlarni shakllantirish hamda platforma maʼlumotlari asosida tahliliy hisobotlar tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash markazlari transformatsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy instituti etib qayta nomlansin va bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy instituti uzluksiz taʼlim provayderi sifatida faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy institutining uzluksiz taʼlim tizimini muvofiqlashtirish borasidagi faoliyat yoʻnalishlari Markazga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy institutining bolalar salomatligiga aloqador yoʻnalishidagi kafedralari Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xabning oʻquv binolari tayyorligiga koʻra unga koʻchirib oʻtkaziladi hamda ushbu yoʻnalishlarda uzluksiz taʼlim dasturlari nufuzli xalqaro taʼlim tashkilotlarini jalb etgan holda yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini kasbiy rivojlantirish instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) etib qayta nomlansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Institut oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ixtisoslashtirish boʻyicha uzluksiz taʼlim provayderi sifatida faoliyat yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Institut xodimlariga davlat oliy tibbiy taʼlim muassasalari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy himoya qilish shartlari tatbiq etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) Institutning ustavi, tashkiliy tuzilmasi, shtat jadvali va mehnatga haq toʻlash razryadlari Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Raqamlashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Raqamli texnologiyalar vazirligi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda 2027-yil 1-yanvarga qadar “Elektron tibbiy taʼlim” platformasida Uzluksiz kasbiy rivojlanish modulini yaratsin hamda Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazining Tibbiy malaka va davlat roʻyxatidan oʻtkazish platformasi bilan integratsiya qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Modulda quyidagilar inobatga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uzluksiz taʼlim provayderlari va ular tomonidan amalga oshiriladigan uzluksiz taʼlim dasturlarining yagona milliy reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uzluksiz taʼlim dasturlarining bazasi va taqvimini doimiy yangilab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun shaxsiy kabinetlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining yagona maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan uzluksiz taʼlim kreditlarini hisobga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ish beruvchilarga Modul orqali xodimlarning shaxsiy portfoliosi va yillik hisoboti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini kuzatish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun uzluksiz taʼlim onlayn dasturlariga Modul orqali kirish hamda baholashdan oʻtish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(z) muvaffaqiyatli tugatilgan malaka oshirish kurslari boʻyicha elektron sertifikatlarni Modul orqali avtomatik ravishda shakllantirib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan yagona namuna asosida xodimning shaxsiy kabinetiga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) sohadagi barcha xodimlarning uzluksiz taʼlim kreditlarini yigʻishining umumlashgan maʼlumotlarini ochiq tarzda koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) xalqaro uzluksiz kasbiy rivojlanish tashkilotlari uchun uzluksiz taʼlim tizimida ishtirok etish imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Modulni yuritish vazifasi Markazga yuklatilib, operatorlik funksiyalari, texnik qoʻllab-quvvatlash va axborot xavfsizligini taʼminlash “Davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator — “UZINFOCOM” MCHJ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sogʻliqni saqlash vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Markaz Toshkent shahri Olmazor tumani Shifokorlar koʻchasi 2-uy manzilidagi Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazining bino va inshootlariga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Parkent koʻchasi 51-uy manzilidagi Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy instituti bino va inshootlarining bir qismiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sogʻliqni saqlash vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) uch oy muddatda Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Uzluksiz tibbiy taʼlimni akkreditatsiyalash boʻyicha kengash (Accreditation Council for Continuing Medical Education) ekspertlari quyidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadida jalb etilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) mavjud uzluksiz kasbiy tibbiy taʼlim tizimini baholash, manfaatdor tomonlar bilan muzokaralar oʻtkazish va tizimni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) uzluksiz taʼlim provayderlari va dasturlarini akkreditatsiyalash standartlarini ishlab chiqish hamda ushbu standartlar asosida akkreditatsiya jarayonini amalga oshirish boʻyicha Markaz xodimlarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) uzluksiz taʼlim provayderlari uchun oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) Modulni yuritish boʻyicha konsalting xizmatlarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) uzluksiz taʼlim provayderlarini akkreditatsiyadan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(vi) Markazni xalqaro akkreditatsiyadan oʻtishga tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 2027-yildan boshlab Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy institutida yetakchi xorijiy hamkorlar ishtirokida aholi orasida koʻp uchraydigan va oʻlim xavfi yuqori boʻlgan kasalliklar hamda holatlar (kardiologiya, shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam, onkologiya va boshqalar) boʻyicha uzluksiz taʼlim dasturlarini amaliyotga joriy etish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) 2026-yilda vazirlikka ajratilgan mablagʻlar hisobidan Markaz faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malaka oshirishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun ajratilayotgan mablagʻlar miqdori uzluksiz taʼlim provayderlari tomonidan zamonaviy standartlar asosida oʻqitishni tashkil etish talablari asosida qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda quyidagi masalalarda Markazga har tomonlama koʻmaklashib borsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Markazni strategik rivojlantirish, uning xalqaro nufuzini oshirish, taʼlim faoliyatini xalqaro darajaga koʻtarish, ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnika bazasini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) uzluksiz taʼlimning ilgʻor shakl va usullarini, shu jumladan, masofaviy taʼlim instrumentlarini joriy etish, oʻquv-metodik resurslarni ishlab chiqish hamda uzluksiz taʼlim dasturlarini doimiy takomillashtirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) professor-oʻqituvchilar hamda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining uzluksiz taʼlimi sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Belgilab qoʻyilsinki, mazkur qaror ijrosi bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Sogʻliqni saqlash vazirligiga ajratilgan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi, 2027-yildan boshlab esa Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri E.E. Adilov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil 10-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-319-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PQ-319-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash sohasida uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbasi

Masʼul ijrochilar

1.

Uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimini joriy etish boʻyicha idoralararo ishchi guruhni tashkil etish va “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlash.

1. Ishchi guruh tarkibi va ish rejasini tasdiqlash.

2. 2026-2027-yillar uchun “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish, muddatlarni belgilash.

3. Vazirlik va idoralar boʻyicha masʼullarni belgilash.

2026-yil noyabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

2.

Normativ-huquqiy hujjatlar paketini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

1. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining uzluksiz kasbiy taʼlimi va rezidentura tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:

uzluksiz kasbiy tibbiy taʼlim tizimi;

qayta tayyorlash, birlamchi va chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirish taʼlim turlarini tartibga solish;

uzluksiz taʼlim provayderlari va ularning dasturlarini akkreditatsiya qilish tartibi;

davlat tibbiyot muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimi tizimi bilan qamrab olish boʻyicha davlat buyurtmasini shakllantirish va moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlashni nazarda tutish;

taʼlim turlari boʻyicha kredit shkalasi va hisoblash qoidalarini (onlayn kurs, seminar, trening, konferensiya va boshqalar) tasdiqlashni inobatga olish.

2026-yil dekabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi

2. Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xabning tuzilishi va ishlash konsepsiyasi takomillashtirilishini hisobga olgan holda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2026-yil dekabr

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Adliya vazirligi,

Bolalar onkologiyasi,

gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

3.

Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab faoliyatini takomillashtirish.

1. Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha quyidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish:

Bolalar saratoni boʻyicha xalqaro akademik xab negizida xalqaro nufuzdagi innovatsion tibbiyot xabini tashkil etish;

xabning maydonini kengaytirish hamda tibbiyotning zamonaviy, raqamlashtirilgan va ilgʻor yoʻnalishlarini tashkil etish;

xabning oʻquv binolari tayyorligiga koʻra unga Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy institutining bolalar salomatligiga aloqador yoʻnalishdagi kafedralarini koʻchirib oʻtkazish choralarini koʻrish.

2. Xab faoliyatini takomillashtirish maqsadida Dana-Farber onkologiya instituti hamda Vena tibbiyot universitetini jalb qilish choralarini koʻrish.

2026-yil oktabrdan boshlab

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi hamda xalqaro moliya institutlari grant va kredit mablagʻlari

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

4.

Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. “Tibbiy taʼlimda oʻquv resurslarini yaratish va rivojlantirish markazi” davlat muassasasini tugatish hamda uning negizida davlat muassasasi shaklidagi Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazini tashkil etish boʻyicha tashkiliy choralarni amalga oshirish.

2. Markazning cheklangan shtat birliklarini Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimining umumiy shtat birliklari doirasida shakllantirish.

3. Markaz filiallarini bosqichma-bosqich tashkil etish boʻyicha konsepsiya, hududlar, shtat va joylashuv takliflarini tayyorlash.

2026-yil noyabr

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

5.

Markazning ustavi, tashkiliy tuzilmasi, shtat jadvali va mehnatga haq toʻlash shartlarini tasdiqlash.

1. Markaz ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

2. Markaz xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlarini hamda shtat jadvalini ishlab chiqish.

2026-yil noyabr

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

6.

Markazni joylashtirish va infratuzilma bilan taʼminlash.

1. Markazni Toshkent shahri Olmazor tumani Shifokorlar koʻchasi 2-uy manzilidagi Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazining bino va inshootlariga joylashtirish.

2. Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazini Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani Parkent koʻchasi 51-uy manzilidagi bino-inshootlarning bir qismiga joylashtirish.

3. Markaz bino-inshootlarini ehtiyojga koʻra taʼmirlash, jihozlash va axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash.

2026-yil dekabr

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar doirasida

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi,

Toshkent shahar hokimligi

7.

Markazni Uzluksiz tibbiy taʼlimni akkreditatsiyalash boʻyicha kengash (ACCME) xalqaro akkreditatsiyasiga tayyorlash.

1. ACCME ekspertlarini jalb qilish va ish rejasini tasdiqlash.

2. Mavjud tizimni baholash, manfaatdor tashkilotlar bilan muhokama oʻtkazish va rivojlantirish konsepsiyasini tayyorlash.

3. Akkreditatsiya standartlari boʻyicha Markaz xodimlari va ekspertlarini tayyorlash.

4. Uzluksiz taʼlim provayderlari uchun oʻquv mashgʻulotlari va akkreditatsiya jarayonlarini yoʻlga qoʻyish.

2026 — 2028-yillar

Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi

Sogʻliqni saqlash vazirligi

(kelishuvga koʻra hamkor ACCME)

8.

Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy instituti faoliyatini takomillashtirish.

Uzluksiz tibbiy taʼlim milliy instituti boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2027-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

9.

“Elektron tibbiy taʼlim” platformasida Uzluksiz kasbiy rivojlanish modulini yaratish va ishga tushirish.

1. Uzluksiz kasbiy rivojlanish moduli uchun texnik topshiriqlarni tasdiqlash.

2. Uzluksiz kasbiy rivojlanish modulining quyidagi qismlarini ishlab chiqish:

uzluksiz taʼlim provayderlari a dasturlarining yagona milliy reyestri;

xodimlar, provayderlar va ish beruvchilar uchun shaxsiy kabinetlar;

kreditlar hisobi, elektron portfolio, onlayn taʼlim dasturlariga kirish, baholash modullari va elektron sertifikatlarni avtomat shakllantirish.

3. Uzluksiz kasbiy rivojlanish modulida xalqaro CPD tashkilotlari ishtirokini taʼminlash mexanizmlarini joriy etish.

2027-yil yanvar

Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

“UZINFOCOM” MCHJ

10.

Xorijiy CPD sertifikatlarni tan olish tartibini joriy etish.

1. Tan olinadigan xalqaro akkreditatsiyalar, provayderlar roʻyxatini belgilash.

2. Ekvivalent kredit shkalasi va ekspertiza tartibini ishlab chiqish hamda tasdiqlash.

2027-yil mart

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Adliya vazirligi

11.

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini Uzluksiz kasbiy rivojlanish modulida toʻliq roʻyxatdan oʻtkazish.

1. Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi, nodavlat tashkilotlar, boshqa vazirlik a idoralar tizimidagi tibbiyot a farmatsevtika xodimlarini roʻyxatdan oʻtkazishni boshlash.

2. Uzluksiz kasbiy rivojlanish modulida kreditlar hisobi, portfolio va sertifikatlashtirishni majburiy tartibda yuritishni tashkil etish.

2027-yildan boshlab

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

CPD akkreditatsiya standartlari va tartibini tasdiqlash.

1. Provayderlar va dasturlar uchun sohaviy CPD akkreditatsiya standartlari, chek-listlar va baholash mezonlarini ishlab chiqish.

2. Ekspertlar reyestri, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish va apellyatsiya tartibini belgilash.

2027-yil may

-

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi

13.

Amaldagi provayderlar va dasturlarni CPD akkreditatsiyadan oʻtkazish.

1. Amaldagi provayderlar va dasturlarni Uzluksiz kasbiy rivojlanish modulida roʻyxatdan oʻtkazish.

2. Faqat CPD akkreditatsiyadan oʻtgan provayder va dasturlar orqali kredit berish mexanizmini joriy etish.

2027-yil iyul

Budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmagan manbalar

Markaz,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

14.

Ustuvor klinik yoʻnalishlarda uzluksiz taʼlim kontentini ishlab chiqish.

1. Kardiologiya, shoshilinch va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam, onkologiya, na-bola salomatligi va boshqa ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha kompetensiyalar matritsasini tasdiqlash.

2. Yetakchi mahalliy va xorijiy hamkorlar ishtirokida kurs kontentini ishlab chiqish.

2027-yil yanvar

Mazkur maqsadlar uchun ajratilgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar

Sogʻliqni saqlash vazirligi,

Markaz

3. Kurslarni Uzluksiz kasbiy rivojlanish moduliga joylash va qamrovni monitoring qilish.

2027-yil mart

15.

Bolalar saratoni oʻyicha xalqaro akademik xabda amalga oshirilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini yakuniga yetkazish.

1. 2026-yil yakuniga qadar oʻzlashtiriladigan mablagʻlarga aniqlik kiritish.

2026-yil noyabr

Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasidagi mablagʻlar

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Toshkent shahar hokimligi,

Sogʻliqni saqlash vazirligi

2. Talab etiladigan mablagʻlarni 027 yil ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.

2026-yil dekabr

3. Obyektni foydalanishga topshirish.

2027-yil dekabr

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PQ-319-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tibbiyot va farmatsevtika sohasida uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maqsadli koʻrsatkichlar

Oʻlchov birligi

2026-yil

2027-yil

2028-yil

2029-yil

2030-yil

1.

Oliy maʼlumotli tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining uzluksiz kasbiy taʼlim bilan qamrovi

foizda

30

55

70

85

100

2.

Oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining uzluksiz kasbiy taʼlim bilan qamrovi

foizda

30

55

70

85

100

3.

Yillik majburiy kredit normasini (oliy — 50, oʻrta — 28 kredit) toʻliq toʻplagan xodimlar ulushi

foizda

-

50

65

80

90

4.

Sohaviy (CPD) akkreditatsiyadan oʻtgan uzluksiz taʼlim provayderlari soni (jamlanma)

ta

-

20

40

65

100

5.

Akkreditatsiyadan oʻtgan uzluksiz taʼlim dasturlari soni (jamlanma)

ta

-

100

300

500

700

6.

Uzluksiz kasbiy rivojlanish modulida roʻyxatdan oʻtgan va elektron portfolioga ega xodimlar ulushi

foizda

-

80

95

100

100

7.

Tashqi sifat baholashi (monitoring) bilan qamrab olingan provayderlar ulushi

foizda

-

30

50

75

100

8.

Tinglovchilarning uzluksiz taʼlim sifatidan qoniqish darajasi

foizda

55

65

72

80

85

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2026-yil koʻrsatkichlari bazaviy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatkichlar monitoringi Uzluksiz kasbiy rivojlanish moduli maʼlumotlari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maqsadli koʻrsatkichlar zarurat boʻlganda Sogʻliqni saqlash vazirligining taklifi asosida qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.09.2026-y., 07/26/319/0939-son)