ILOVA
1-ILOVA
Bosqichlar | Subyektlar | Tadbirlar | Bajarish muddatlari | |||
1-bosqich | “Milliy PR-markazi” DM (Markaz) | Xalqaro turizm yarmarkasi va koʻrgazmasi (keyingi oʻrinlarda — xalqaro tadbir) oʻtkazilishi haqida oʻzining rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon joylashtiradi, shuningdek, Oʻzbekistonning yagona milliy stendida ijara maydonidan kelib chiqib joylar sonini (limitni) belgilaydi. | Xalqaro tadbir oʻtkazilishidan kamida 120 kalendar kun oldin | |||
2-bosqich | Ariza beruvchi (turizm sohasi subyekti) | Davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (keyingi oʻrinlarda — YIDXP) roʻyxatdan oʻtgan holda soʻrovnomani toʻldiradi. | Viza talab etilsa: tadbirdan kamida 100 kalendar kun oldin; Viza talab etilmasa: tadbirdan kamida 30 kalendar kun oldin | |||
3-bosqich | Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP | Ariza beruvchi nomidan (shaxsan kelganda) yoki mustaqil ravishda (YIDXP orqali) elektron soʻrovnoma toʻldiradi va avtomatlashtirilgan tizim orqali Markazga yuboradi. | Real vaqt rejimida (soʻrovnoma toʻldirilishi bilan) | |||
4-bosqich | Markaz | 1. Kelib tushgan ariza va maʼlumotlarni koʻrib chiqadi. | Ariza kelib tushgan kundan boshlab 3 ish kuni ichida | |||
2. Ularning Reglament talablariga muvofiqligi yuzasidan arizani qabul qilish yoxud kamchiliklar sababli rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va xabarnoma yuboradi. | Qaror qabul qilingan kunning oʻzida | |||||
5-bosqich | Ariza beruvchi va Markaz (Takroriy murojaat) | 1. Birinchi bosqichda arizasi rad etilgan ariza beruvchi kamchiliklarni bartaraf etib, arizani takroran taqdim etadi. 2. Markaz takroriy arizani qayta koʻrib chiqadi. | Arizalarni qabul qilish muddati yakunlanganiga qadar 2 ish kuni ichida | |||
6-bosqich | Markaz | Ariza qabul qilish muddati yakunlangach, quyidagi qarordan birini qabul qiladi: ajratilgan kvotadan (limitdan) oshmagan taqdirda, talablarga javob beradigan barcha ariza beruvchilarga ruxsat berish toʻgʻrisida; ajratilgan kvotadan (limitdan) oshib ketgan taqdirda, Reglamentga 3-ilovadagi mezonlar boʻyicha baholab, I-IV toifadagi eng yuqori ball olganlarga ruxsat berish, yetarli ball toʻplay olmagan nomzodlarni esa rad etish toʻgʻrisida. | Arizalarni qabul qilish muddati yakunlangan kundan boshlab 5 ish kuni ichida | |||
7-bosqich | Markaz | Xalqaro tadbirda ishtirok etishga ruxsat berish yoxud rad etish toʻgʻrisidagi qarorning elektron nusxasini Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali ariza beruvchiga elektron shaklda yuboradi. | Qaror qabul qilingan kunning oʻzida | |||
8-bosqich | Ariza beruvchi va Markaz | Ishtirokchi sifatida aniqlangan turizm faoliyati subyektlari bilan milliy stenddagi qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha shartnoma tuzadi. | Kelishuvga muvofiq (tadbir boshlanguniga qadar) | |||
2-ILOVA
I. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs toʻgʻrisida maʼlumot | |
1.1. Familiyasi: | |
1.2. Ismi: | |
1.3. Otasining ismi: | |
1.4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR): | |
II. Ariza beruvchi — yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumot | |
2.1. Yuridik shaxsning STIR: | |
2.2. Yuridik shaxsning nomi: | |
2.3. Yuridik shaxsning joylashgan joyi (pochta manzili): | |
2.4. Bank MFO: | |
2.5. Bank nomi: | |
2.6. Bankdagi hisobvaragʻi: | |
2.7. Elektron pochta manzili: | |
2.8. Yuridik shaxs telefon raqami: | |
III. Ariza beruvchi toifasi | |
Quyidagilardan birini tanlang: | |
☐ Turoperator | ☐ Joylashtirish vositasi |
☐ Transport xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilot | ☐ Boshqa tashkilot (koʻrsating):______________________ |
IV. Ariza beruvchining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | |
4.1. Rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari mavjudligi: | |
☐ mavjud | ☐ mavjud emas |
4.2. Xodimlarning chet tillarini bilish darajasi (milliy/xalqaro sertifikatlar) hamda amaldagi turoperator yoki gidlik sertifikatiga ega xodimlar sonini belgilang: | |
☐ 1 — 3 nafar xodim | ☐ 4 — 6 nafar va undan ortiq xodim |
☐ malakali xodim mavjud emas | |
4.3. Oxirgi bir kalendar yil davomida jalb qilingan turistlar sonini belgilang: | |
☐ 100 nafardan 500 nafargacha | ☐ 501 nafardan 800 nafargacha |
☐ 801 nafardan 1000 nafargacha | ☐ 100 nafardan kam |
4.4. Har bir amaldagi va tasdiqlangan turistik mahsulotlar (turpaketlar) soni: | |
4.5. Barqaror va ekologik turizm standartlariga rioya etilishi, tegishli xalqaro yoki milliy muvofiqlik sertifikati mavjudligi: | |
☐ mavjud | ☐ mavjud emas |
V. Xalqaro tadbir toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | |
5.1. Ishtirok etiladigan xalqaro turizm yarmarkasi yoki koʻrgazmasi nomi: | |
5.2. Oʻtkazilish sanalari: | ____ / ____ / ______ dan ____ / ____ / ______ gacha |
5.3. Oʻtkazilish joyi (shahar, mamlakat): | |
VI. Imzolovchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar | |
6.1. F.I.O.: | |
6.2. Lavozimi: | |
6.3. Arizani qaysi asosda imzolayapsiz? | |
☐ Tashkilot rahbariman | ☐ Rahbar emasman, vakolatni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi |
6.4. Aloqa uchun masʼul shaxs (agar imzolovchidan boshqa boʻlsa): | |
F.I.O.:_________________________________________ | |
Telefon: _______________________________________ | |
Elektron pochta: _________________________________ | |
VII. Tasdiqlash va rozilik | |
☐ Soʻrovnomada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻri va ishonchli ekanligini tasdiqlayman. | |
☐ Notoʻgʻri maʼlumot taqdim etilgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan javobgarlikni tushunaman. | |
☐ Shaxsiy maʼlumotlarimni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq qayta ishlashga rozilik beraman. | |
VIII. Elektron tasdiqlash | |
Mazkur soʻrovnoma my.gov.uz portali orqali elektron raqamli imzo (ERI) bilan tasdiqlanadi. | |
3-ILOVA
T/r | Baholash mezoni | Koʻrsatkichlar | Maksimal ball |
1. | Veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi faollik | Rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarning mavjudligi: rasmiy veb-sayt va sahifalar mavjud boʻlsa — 5 ball; sahifalar faol yuritilsa (soʻnggi 1 oyda muntazam yangilangan boʻlsa) — 10 ball; mavjud emas — 0 ball. | 15 |
2. | Kadrlar salohiyati va professional kvalifikatsiya | Xodimlarning chet tillarini bilish darajasi (milliy/xalqaro sertifikatlar) hamda amaldagi turoperator yoki gidlik sertifikatiga ega xodimlar soni: 1 — 3 nafar xodim mavjud boʻlsa — 5 ball; 4 — 6 nafar va undan ortiq xodim mavjud boʻlsa — 10 ball; xodim mavjud boʻlmasa — 0 ball. | 10 |
3. | Jalb qilingan turistlar | Oxirgi bir kalendar yil davomida jalb qilingan turistlar soni: 100 nafardan 500 nafargacha — 5 ball; 501 nafardan 800 nafargacha — 8 ball; 801 nafardan 1000 nafargacha — 10 ball; 100 nafardan kam boʻlsa — 0 ball. | 10 |
4. | Turistik mahsulotlar (turpaketlar) xilma-xilligi | Turpaketlar soni: har bir amaldagi va tasdiqlangan turpaket uchun — 1 balldan; turpaketlar mavjud boʻlmasa — 0 ball | 10 |
5. | Barqaror va ekologik turizm (Green Tourism) tamoyillari | Barqaror va ekologik turizm standartlariga rioya etilishi, tegishli xalqaro yoki milliy muvofiqlik sertifikati mavjudligi: sertifikat mavjud boʻlsa — 10 ball sertifikat mavjud boʻlmasa — 0 ball | 10 |