Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-iyuldagi PF-3631-son Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-sentabr,
PF-3661-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-martdagi PF-3982-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 95-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 20-fevraldagi PQ-3550-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-fevraldagi “Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1930-son Farmoni 1-bandidagi va 5-bandining 3-xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3321-son Farmoni 1-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmoni ilovasida:
I boʻlim mazmuni quyidagicha 14-band bilan toʻldirilsin:
“14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi”;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-iyuldagi PF-3453-son Farmoni 4-bandining birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3594-son Farmoni 3-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha idoralararo Kengash” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2008-y., 14-15-son, 95-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)