Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING BAʼZI FARMONLARIGA OʻZGARTIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli “Harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2005-yil 21-iyuldagi PF-3631-son Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-sentabr,
PF-3661-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston shartnomalar va savdo boʻyicha davlat-aksionerlik uyushmasi “Oʻzshartnomasavdo”ni tugatish hamda Oʻzbekiston ulgurji va birja savdosi boʻyicha respublika aksionerlik uyushmasi — “Oʻzulgurjibirjasavdo”ni taʼsis etish toʻgʻrisida”gi PF-772-son Farmoni 5-bandining birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport-import operatsiyalari boʻyicha valyuta nazoratini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son Farmonida:
2-banddagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-martdagi PF-3982-sonli Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2008-y., 14-15-son, 95-modda)
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 9-fevraldagi “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish mexnizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-1924-son Farmoni 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 18-fevraldagi “Import operatsiyalarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1930-son Farmoni 1-bandidagi va 5-bandining 3-xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3321-son Farmoni 1-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 2003-yil 9-dekabrdagi PF–3358-son Farmoni ilovasida:
I boʻlim mazmuni quyidagicha 14-band bilan toʻldirilsin:
“14. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi”;
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2004—2009-yillarda Maktab taʼlimini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi toʻgʻrisida” 2004-yil 21-maydagi PF-3431-son Farmoni 5-bandining ikkinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 7-iyuldagi PF-3453-son Farmoni 4-bandining birinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 11-apreldagi “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-3594-son Farmoni 3-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy investitsiyalar va kreditlar masalalari boʻyicha idoralararo Kengash” soʻzlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 282-modda; 2008-y., 14-15-son, 95-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 06/20/5370/0975-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)